III. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qitishni tashkil etish
8. Har yili 1 maygacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan fan
doktorlari (keyingi o‘rinlarda yetakchi olimlar deb ataladi) tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya
etiladigan mavzulari ishlab chiqiladi, mavzular oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot
muassasasining ilmiy kengashida ularning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga
muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
9. Tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot
muassasasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga kiradigan
tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishiladi, keyinchalik ushbu mavzular 15 maygacha bo‘lgan
muddatda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi 1 iyungacha bo‘lgan muddatda
taqdim etilgan mavzularni ularning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqadi,
keyinchalik ularni doktorlik dissertatsiyalari mavzularining tavsiya etilayotgan ma’lumotlar bazasiga kiritadi.
Tavsiya etilayotgan doktorlik dissertatsiyalari mavzularining ma’lumotlar bazasi har bir mavzu bo‘yicha
mavzuni ishlab chiqqan fan doktorining familiyasi, ismi, otasining ismi va ish joyi ko‘rsatilgan holda
Qo‘mitaning Internet-sahifasida e’lon qilinadi.
Zaruriyat bo‘lganda, Qo‘mita bilan kelishilgan holda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar
akademiyasi, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning takliflari asosida dissertatsiya ishlari mavzulari
o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
10. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti shaklida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun
talabgorlar ma’lumotlar bazasidan doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha
ilmiy ma’ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur.
Talabgorda doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha o‘zining takliflari mavjud bo‘lgan taqdirda, u
tegishli oliy ta’lim muassasasi kengashiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga murojaat
qiladi. Oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi mavzuni fan va
texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan bir oy muddatda ekspertizadan
o‘tkazadi, mavzuni tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga
kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishib oladi hamda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar
institutiga hujjatlar qabul qilish e’lon qilinishi muddatigacha kamida bir oydan kechikmasdan Fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga dissertatsiya ishi mavzusini ma’lumotlar
bazasiga kiritish to‘g‘risida taklif yuboradilar.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi
yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 1 iyungacha bo‘lgan
muddatda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga keyingi yildan boshlab katta
ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni davlat budjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha
asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.
12. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
bo‘yicha har yilgi qabul kvotasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi va 1
iyuldan kechikmasdan tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z
tasarrufida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga
yuboriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ajratilgan
kvotalarni idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari va tegishli mutaxassisliklar
bo‘yicha taqsimlaydi. Taqsimlangan kvota tegishli oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot muassasalariga
1 avgustgacha bo‘lgan muddatda yetkaziladi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqlangan qabul kvotasi asosida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilga budjet buyurtmanomasini taqdim etadi.
13. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari qabul kvotalariga muvofiq har yili 1
sentabrdan kechikmasdan, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini
qabul qilish to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar va topshiriladigan
imtihonlar ro‘yxatini, o‘qitish haqini to‘lash shartlarini (budjetdan moliyalashtirish, to‘lov-kontrakt asosida
o‘qitish) va boshqa zarur shartlarni ko‘rsatgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi.
Hujjatlar 15 oktabr — 15 noyabr davrida qabul qilinadi.
14. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-
tadqiqot muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi yoki Milliy xavfsizlik xizmati ta’lim muassasasining
magistratura diplomiga tenglashtirilgan diplomi yoxud fan nomzodi diplomi yoki magistr darajasi joriy
etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal
loyihasi;
ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy
konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlariga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun
dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa
ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan test
sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;
yetakchi olimlardan birining uni ilmiy konsultant sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi. Bunda
tavsiya etilgan mavzular bazasidan tanlab olingan mavzu bo‘yicha, qoidaga ko‘ra, ushbu Nizomning
8-
bandiga
muvofiq ushbu mavzuni taklif etgan yetakchi olim ilmiy konsultant bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim
etadilar.
15. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida rektor (direktor) raislik qiladigan qabul
komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasi a’zolari o‘qitish mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi olimlardan
rektor (direktor) tomonidan tayinlanadi.
16. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish uchun kirayotgan shaxslar mutaxassislik, O‘zbekiston
tarixi, fanning bilish nazariyasi va metodologiyasi hamda falsafa, fan metodologiyasi, chet tili (ta’limning
oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Kirish imtihonlari savollari qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib
tuziladi va ular oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan
tasdiqlanadi. Fanning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan talabgorlar kirish
imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadilar.
Kirish imtihonlari 1 — 20 dekabr davrida bo‘lib o‘tadi.
17. Qabul komissiyasi 22 dekabrgacha bo‘lgan muddatda kirish imtihonlari natijalaridan va ajratilgan
qabul kvotasidan kelib chiqib katta ilmiy xodimlar institutiga qabul qilinganlarni tanlaydi.
Bir necha talabgorlarning kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy
ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblariga;
tegishli mutaxassislik bo‘yicha a’lo baholi diplomga ega bo‘lganlarga;
mutaxassislik bo‘yicha imtihon natijalariga ko‘ra ko‘p ball to‘plaganlarga;
ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga (shu jumladan hammualliflikda) patentga ega bo‘lganlarga ustunlik
beriladi.
18. Tanlash natijalari qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va bir kun
muddatda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tasdiqlashi uchun
kiritiladi. Bunda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan bir
vaqtning o‘zida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutiga kirganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari
tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari «OAK Byulleteni» jurnalida e’lon qilinishi shart.
19. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni qabul qilish oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot
muassasasi rahbarining tegishli kengashlarning tanlash natijalarini va doktorlik dessertatsiyalari mavzularini
tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida 25 dekabrgacha chiqariladigan buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Bunda
yangidan qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga
muvofiq keyingi yilning 1 yanvaridan boshlanadi.
O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ilmiy konsultantlar ham belgilanadi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish va ularning tasdiqlangan mavzulari
to‘g‘risidagi ma’lumot oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasiga, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga joriy yilning 31 dekabrigacha taqdim etiladi.
20. Ilmiy konsultant bir vaqtning o‘zida 3 nafardan ko‘p bo‘lgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga
va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin emas.
21. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning
yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining
ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
22. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy-metodologik kursning o‘quv rejasini
ishlab chiqadi va u ham oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy
kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va masalalarini, fan bo‘yicha
nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-
izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi.
23. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish
maqsadida o‘qishning keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy
kengashi tomonidan fan sohalariga ko‘ra OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv
dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan
mustaqil o‘zlashtiriladi.
24. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yuklama hajmi
haftasiga 36 soatni tashkil etadi, undan — ko‘pi bilan 12 soati auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi
mumkin.
25. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab fan nomzodi darajasiga
ega bo‘lgan katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda lavozim
maoshi belgilanadi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida
tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ta’lim tarmog‘i
bo‘yicha oliy o‘quv yurtida, fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli
mablag‘larni ajratadi. Ushbu mablag‘lar hisobiga ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda lavozim
maoshlarining tegishli to‘lovlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy
xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy
ta’minoti harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. O‘qishga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga davlat budjeti mablag‘lari hisobiga
qonun hujjatlariga muvofiq haqi to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi.
Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq
vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish
munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.
28. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili,
shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha mutaxassislikka muvofiq
bo‘lgan ikki fan bo‘yicha imtihonlarni topshirganlaridan keyin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga
qo‘yiladilar.
29. Doktorlik dissertatsiyani o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya
qilgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari
hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.
30. Ilmiy konsultantlar tomonidan oliy ta’lim muassasasida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan
olib borilgan ish har bir katta ilmiy xodim-izlanuvchi uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy o‘quv
soatlariga kiritiladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasasida ilmiy konsultantlarning katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan
mehnatiga haq to‘lash o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonun
hujjatlarida belgilangan tartibida har bir izlanuvchiga bir yilda 100 soat hisobidan kelib chiqib fan tarmog‘i
uchun ajratiladigan davlat budjeti mablag‘laridan har oylik asosida amalga oshiriladi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar-xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ilmiy
konsultantlar mehnatiga haq to‘lash o‘qish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Dissertatsiya ishini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya
qilgan katta ilmiy xodim-izlanuvchining ilmiy konsultantiga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot
muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari
miqdorida mukofot to‘lanadi.
32. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning o‘qish muddati ular ishining umumiy stajiga qo‘shiladi.
IV. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish
33. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy o‘quv yurti va ilmiy-
tadqiqot muassasasiga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar va tashkilotlar Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni
muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning oliy ta’lim muassasasi va
ilmiy-tadqiqot muassasasidagi faoliyati samaradorligi monitoringini olib boradilar.
34. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha
amalga oshiriladi:
a) o‘qishning birinchi yilida:
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiyada yoki seminarda (davra suhbatida) ma’ruza bilan
chiqish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha
seminarda so‘zga chiqish (rahbar bilan birgalikda);
b) o‘qishning ikkinchi yilida:
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida ikkita ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi;
dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);
konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
v) o‘qishning uchinchi yilida:
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (ulardan ikkitasi — chet
elda);
dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi (ulardan biri — chet elda);
dissertatsiya ishi natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir
marta);
yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan dissertatsiya ishi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAKning tegishli talablariga
javob beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy
fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida
o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.
35. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi
yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ichki tartibi va qoidalari buzilganda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar
lavozimidan ozod etilishlari mumkin. Ushbu sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga
tiklanmaydi.
36 Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha
tegishli kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim
etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy
kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan chetlatiladilar.
37. Monitoring yakunlari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tegishli ilmiy
kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning yakka
tartibdagi rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tadqiqot
muassasasiga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
V. Mustaqil izlanuvchilik tartibida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash
38. Mustaqil izlanuvchilikka bakalavr yoki magistr darajasiga, yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, yoki
oliy harbiy ma’lumotga, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga,
kamida besh yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati bo‘lgan va muayyan ilmiy
yutuqlarga ega bo‘lgan (ixtiro uchun patentlar, e’lon qilingan ilmiy materiallarga ega bo‘lgan, ilmiy-texnologik
ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar.
39. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1 sentabrdan kechikmay mustaqil
izlanuvchilikka talabgorlar hujjatlarini qabul qilish boshlanishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon
beradilar. Hujjatlar 15 oktabr — 15 noyabr mobaynida qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikda talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy ta’lim
muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga murojaat qiladi:
ish joyidan tavsifnoma;
ma’lumotnoma;
oliy ta’lim yoki fan nomzodi to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatga layoqati yuzasidan test sinovidan o‘tganligini
tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;
ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.
40. Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka har yili 25 dekabrgacha, mutaxassislik bo‘yicha suhbat
natijalari va tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya)ning xulosasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-
tadqiqot muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan, shuningdek ta’limning o‘rganilgan oldingi darajasida chet tili
bo‘yicha imtihon natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
41. Mustaqil izlanuvchilarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik
yordam berish maqsadida mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ularning yetakchi
olimlardan ilmiy konsultantlari belgilanadi.
42. Mustaqil izlanuvchilar ular rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatda ilmiy rahbar bilan
kelishgan holda oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga doktorlik
dissertatsiyasini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejalarini tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
43. Izlanuvchilarning dissertatsiyalari mavzulari ular rasmiylashtirilgandan keyin uch oy mobaynida
oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanishi kerak.
44. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturining o‘quv rejasini
ishlab chiqadi. O‘quv rejasi ham mustaqil izlanuvchi rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatda oliy ta’lim
muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Nazariy-metodolik dastur ushbu fan bo‘yicha umumiy konsepsiyani hamda ilmiy-tadqiqotlarning
metodologiyasi, nazariy asoslari va usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy dastur mustaqil izlanuvchi tomonidan
ilmiy konsultant yordamida o‘qishning birinchi yili mobaynida o‘zlashtiriladi.
Keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi
tomonidan fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi. Malaka o‘quv dasturlari mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.
45. Mustaqil izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘quv yuklamasi hajmi haftasiga
12 soatni tashkil etadi, undan — ko‘pi bilan 4 soati auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.
46. Mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish tartibi ushbu
Nizomning
34-bandi
talablariga o‘xshash.
Monitoring yakunlari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tegishli ilmiy
kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarning yakka tartibdagi
rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tadqiqot muassasasiga ega
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi rejalarni muntazam ravishda bajarmaydigan va oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-
tadqiqot ichki qoidalarini buzuvchi mustaqil izlanuvchilar izlanuvchilikdan chetlatilishi mumkin.
47. Yakka rejalarni muvaffaqiyatli bajargan va mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet
tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka imtihonlarini
topshirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladilar.
Mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAKning tegishli talablariga javob
beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar va
iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
48. Ilmiy konsultantlar tomonidan oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash
ularning o‘quv yuklamasi umumiy hajmiga kiritiladi va har oylik asosida har bir izlanuvchi uchun bir yilga 50
soat hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu muassasalarning budjetdan tashqari
mablag‘laridan haq to‘lanadi.
Ilmiy tadqiqot muassasasida ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq
to‘lash har oylik asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonun
hujjatlarida belgilangan tartibida har bir izlanuvchiga bir yilda 50 soat hisobidan ushbu muassasalarning
budjetdan tashqari mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar — xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
bilan mehnatiga haq to‘lash o‘qishga tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
49. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qigan, biroq dissertatsiya himoya qilmagan shaxsga
mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
50. Bir necha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil
izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |