Oliy attestatsiya komissiyasi rais qarori


IV. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar



Download 478,32 Kb.
bet8/9
Sana24.01.2017
Hajmi478,32 Kb.
#1040
1   2   3   4   5   6   7   8   9

IV. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar

faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish

 

33. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi. Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasiga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar va tashkilotlar  Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni  muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot  muassasasidagi faoliyati samaradorligi monitoringini olib boradilar.



 

34. katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

 

a)  o‘qishning birinchi yilida:



dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola  e’lon qilinganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiyada yoki  seminarda (davra suhbatida) ma’ruza bilan chiqish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha seminarda  so‘zga chiqish  (rahbar bilan birgalikda);

 

b) o‘qishning ikkinchi yilida:



mutaxassislik  bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida ikkita ilmiy maqola e’lon  qilinganligi;

dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki  natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi  rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;

 

v) o‘qishning uchinchi yilida:



mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi  (ulardan biri – chet elda);

dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida uchta tezis mavjudligi (ulardan  biri- chet elda);

dissertatsiya ishi  natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

yakka tartibdagi  rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;

OAK talablariga muvofiq e’lon qilingan ilmiy ishlar  mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan dissertatsiya ishi.

 

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar  dissertatsiyani himoya qilishgacha   OAK ning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda  e’lon qilingan ilmiy ishlariga ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha  dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.



 

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik  ish  tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

 

35. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ichki tartibi va qoidalari buzilganda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar lavozimidan ozod etilishlari mumkin. Ushbu sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlatilgan shaxslar  o‘qishga tiklanmaydi.



 

36. Muntazam ravishda  (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha tegishli  kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan  chetlatiladilar.

Muntazam ravishda  (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha tegishli  kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan  chetlatiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son “Axborotlashtirish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar”:

 

37. Monitoring yakunlari oliy ta’lim  muassasasi yoki  ilmiy-tadqiqot muassasasining  tegishli ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqiladi.  Kengashlarning  tavsiyasi bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar  faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muasasasi va ilmiy-tadqiqot muasasasiga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.



 

V. Mustaqil izlanuvchilik tartibida ilmiy va

ilmiy-pedagog kadrlar  tayyorlash
38. Mustaqil izlanuvchilikka bakalavr yoki magistr darajasiga, yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, yoki oliy xarbiy ma’lumotga, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar  olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga, kamida besh yil amaliy ish stajiga  ega bo‘lgan, ilmiy izlanishlarga  layoqati bo‘lgan va mufyyan ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan (ixtiro uchun  patentlar. E’lon qilingan ilmiy materiallarga ega bo‘lgan, ilmiy-texnologik ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar.

 

39. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1 sentyabrdan kechikmay  mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar xujjatlarini qabul qilish boshlanishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon  beradilar. Xujjatlar 15 oktyabr-15 noyabr mobaynida  qabul qilinadi.



Mustaqil izlanuvchilikda  talabgor quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy ta’lim  muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga murojaat qiladi.

ish joyidan tavsifnoma;

ma’lumotnoma;

oliy ta’lim yoki fan fomzodi  to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga layoqati yuzasidan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK xujjatining nusxasi;

ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar   (patentlar) ro‘yxati.

 

40. Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka har yili 25 dekabrgacha, mutaxassislik bo‘yicha suhbat natijalari va tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya)ning xulosasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan,  shuningdek ta’limning o‘rganilgan oldingi darajasida chet tili bo‘yicha imtihon natijasi bo‘yicha  rasmiylashtiriladi.



 

41. Mustaqil  izlanuvchilarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam berish maqsadida  mustaqil izlanuvchilarni  qabul qilish to‘g‘risidagi  buyruqda  ularning etakchi olimlardan ilmiy  konsultantlari belgilanadi.

 

42. Mustaqil izlanuvchilar ular rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatda  ilmiy rahbar bilan kelishgan holda  oliy ta’lim muassasasi yoki  ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga  doktorlik dissertatsiyasini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejaslarini  tasdiqlash uchun taqdim etadilar.



 

43. Izlanuvchilarning dissertatsiyalari mavzulari ular  rasmiylashtirilgandan keyin uch oy mobaynida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanishi kerak.

 

44. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturining o‘quv rejasini ishlab chiqadi. O‘quv rejasi ham mustaqil izlanuvchi rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki  ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashida tasdiqlanadi.



Nazariy-metodologik  dastur ushbu fan bo‘yicha umumiy konsepsiyani  hamda ilmiy-tadqiqotlarning  metodologiyasi,  nazariy asoslari va usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy  dastur mustaqil izlanuvchi tomonidan ilmiy konsultant yordamida o‘qishning birinchi yili mobaynida o‘zlashtiriladi.

Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha  malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va  tasdiqlanadi. Malaka o‘quv dasturlari mustaqil  izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.

 

45. Mustaqil izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot  ishlariga o‘quv yuklamasi xajmi xaftasiga 12 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi bilan 4 soat auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.



 

46. mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish tartibi ushbu Nizomning 34-bandi talablariga o‘xshash.

 

Monitoring yakunlari  oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tegishli  ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha  mustaqil izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasiga  o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.  Ilmiy konsultantlar faoliyatini  nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasiga ega vazirliklar,  idoralar va tashkilotlar  tomonidan amalga oshiriladi.



 

YAkka tartibdagi rejalarni muntazam ravishda bajarmaydigan va oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ichki qoidalarini buzuvchi mustaqil izlanuvchilar izlanuvchilikdan chetlatilishi mumkin.

 

47. YAkka rejalarni muvaffaqiyatli bajargan va mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi,  chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan  fanlar bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani  himoya qilishga qo‘yiladilar.



 

Mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAKning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan  birga, ijtimoiy-gumanitar  va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya  natijalari bo‘yicha monografiya  e’lon qilinishi kerak.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim  muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida  pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

 

48. Ilmiy konsultantlar tomonidan oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash ularning  o‘quv yuklamasi umumiy  hajmiga kiritiladi va xar oylik  asosida  har bir  izlanuvchi uchun bir yilga 50 soat  hisobidan qonun xujjatlarida  belgilangan tartibda ushbu muassasalarning byudjetidan tashqari mablag‘laridan haq to‘lanadi.



 

Ilmiy tadqiqot  muassasasida ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to‘lash har oylik asosida  o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganligi uchun mehnatga soatbay  haq to‘lashning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda har bir izlanuvchiga bir yilda 50 soat hisobidan ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari  mablag‘laridan amalga oshiriladi.

 

Ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar -  xorijiy fuqarolar va  fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnatga haq to‘lash  o‘qishga tuzilgan  shartnomalarga muvofiq amalga  oshiriladi.



 

49. Katta ilmiy xodim –izlanuvchi  sifatida o‘qigan, biroq dissertatsiya himoya  qilmagan shaxsga mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.

 

50. Bir necha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida bir  vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.



 

 

VI. To‘lov - kontrakt asosida oliy o‘quv



yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish

 

51. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish qonun xujjatlariga va\yoki O‘zbekiston Respublikasining  xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qabul  kvotalaridan ortiqcha to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.



 

52. To‘lov-kontrakt  asosida oliy o‘quv  yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirishda shu jumladan ilmiy konsultantlar  mehnatiga haq to‘lash, tadqiqotlar  va eksperimentlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga oluvchi o‘qish uchun haq to‘lash miqdori, shuningdek uni to‘lash tartibi  qonun xujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi. SHartnomada, shuningdek katta ilmiy xodimlar-izlanuvchining lavozimi maoshini va  o‘qish uchun haq to‘lash miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan ular bilan bog‘liq ijtimoiy ajratmalar bilan birgalikda  qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilishi mumkin.

 

VII. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi xujjat

 

53. Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim  talablarini bajargan va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda davlat namunasidagi  fan doktori diplomi beriladi.



 

54. Fan doktorlarining ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etgan holda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashdagi ishtiroki ularning ilmiy-pedagogik va jamoat  faoliyatining muhim jihati sifatida qaraladi va  hisobga olinadi.

 

 

Ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga ilova



 

 

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish rejalashtirilayotgan ___________



 

________________________________________________________ da ishlovchi

(oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining nomi)

 

______________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha fan doktorlari to‘g‘risida



(mutaxassislik shifri va nomi)

 

M A ‘ L U M O T L A R



F.I.O.

Tug‘ilgan yili

Mutaxassislik shifri

va nomi, doktorlik

dissertatsiya

nomi


Ilmiy darajasi, unvoni

Ish joyi va lavozimi

Oxirgi 5 yilda mutaxassislik bo‘yicha asosiy ilmiy ishlar (monografiyalar, maqolalar) ro‘yxati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Rahbar ___________________                    ________________________

(imzo)                                                                 (F.I.O,)

 

 

M.O‘.



 

 

Sana “______” yil “_____”__________________



 

 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi



Nizomdan (2012 y.) ko‘chirma

21. Katta ilmiy xodim- izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda  dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi  rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi  o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda  tasdiqlanadi.

22. Ilmiy konsultant  tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy – metodologik kursining o‘quv rejasini ishlab chiqadi va u ham oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi  o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.

Nazariy-metodoligik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va  masalalarini, fan bo‘yicha nazariy asoslarini  va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili  mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi.



23. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida o‘qishning keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi  tomonidan fan sohalariga ko‘ra  OAK tomonidan  belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv  dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.



24. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yuklama hajmi xaftasiga 36 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi  bilan 12 soat auditoriya  mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.

25. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda lavozim maoshi belgilanadi.

26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan  tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida  tayyorlangan xarajatlar  smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi  Davlat byudjetidan ta’lim olish bo‘yicha  oliy o‘quv yurtida,  fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli mablag‘lar  ajratadi. Ushbu mablag‘lar hisobiga ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda lavozim maoshlarining tegishli  to‘lovlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat  bojxona qo‘mitasi va Milliy xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga  qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy ta’minoti xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



27. O‘qishga qabul qilingan katta  ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qonun xujjatlariga muvofiq  haqi to‘lanadigan  mehnat ta’tili beriladi. Tegishli xujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish,  homiladorlik va tug‘ish ta’tilida  bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga  chaqirilish munosabati bilan  uzaytirilishi  mumkin.

28. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi,  chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar  bo‘yicha  mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan ikki fan bo‘yicha imtihonlarni topshirganlaridan keyin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga qo‘yiladilar.

29. Doktorlik dissertatsiyasini  o‘qish muddati tamom bo‘lishidan  kamida 6 oy muddatidan oldin himoya qilgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot  muassasasining byudjetdan  tashqari mablag‘lari  hisobiga eng kam oylik ish haqining  o‘n  besh baravari miqdorida  mukofot to‘lanadi.

 

 



Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi

Nizomdan (2012 y.) ko‘chirma

34. katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola  e’lon qilinganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiyada yoki  seminarda (davra suhbatida) ma’ruza bilan chiqish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha seminarda  so‘zga chiqish  (rahbar bilan birgalikda);

 

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

mutaxassislik  bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida ikkita ilmiy maqola e’lon  qilinganligi;

dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki  natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi  rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;



v) o‘qishning uchinchi yilida:

mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi  (ulardan biri – chet elda);

dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida uchta tezis mavjudligi (ulardan  biri- chet elda);

dissertatsiya ishi  natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

yakka tartibdagi  rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;

OAK talablariga muvofiq e’lon qilingan ilmiy ishlar  mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan dissertatsiya ishi.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar  dissertatsiyani himoya qilishgacha   OAK ning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda  e’lon qilingan ilmiy ishlariga ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha  dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik  ish  tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

35. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ichki tartibi va qoidalari buzilganda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar lavozimidan ozod etilishlari mumkin. Ushbu sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlatilgan shaxslar  o‘qishga tiklanmaydi.

36. Muntazam ravishda  (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha tegishli  kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan  chetlatiladilar.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori:



 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son “Axborotlashtirish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar”:



 

 

(4.2) YAngiliklar:

 

(4.3) Fan doktorli ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (seminarlar) to‘grisidagi ma’lumotlar bo‘limi:

a) Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash koshidagi ilmiy seminar tarkibi:



Download 478,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish