Olimlarning asarlari;qaysi davrda yashagani;asarining nimaga oidligi:



Download 1.01 Mb.
bet2/12
Sana15.09.2019
Hajmi1.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Eng qadimgi urug`chilik tuzumi – insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo`lgan, hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan bir davridir.

  • Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan edi.

  • Ibtidoiy to`da – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasidir.

  • Eng qadimgi to`da asta-sekin bo`linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug` jamoasiga aylana bordi.

    Urug` – birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo`lgan qarindoshlar jamoasidir. Dastlabki urug` jamoalari ayol, ya`ni ona tevaragida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug`i davri – matriarxat deb ataladi.

    Matriarxat – eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo`lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug`ga va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.

    Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi urug`ga sardor bo`lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat deb atashadi, patriarxat bilan eng qadimgi urug`chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi.



    Patriarxat – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo`lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo`lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.

    • Eng qadimgi odam dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini «tosh asri» deb atashadi, tosh asri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:



    • Olduvay – miloddan 3-2 million yil avval.

    • Ilk paleolit – miloddan l million – l00 ming yil avval .

    • O`rta paleolit – miloddan l00-40 ming yil avval .

    • So`nggi paleolit – miloddan 40-l2 ming yil avval.



    Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan.


    Qadimgi odamlarning yashagan hududlari







    • Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrlarda odamlarning makonlari a)kichik daryolar yoki b)buloqlar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan. Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. Ibtidoiy odamlar o‘ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Bunday paytda kuchlilargina yashab qolgan.



    Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling

        Bosh sahifa
    davlat universiteti
    ta’lim vazirligi
    O’zbekiston respublikasi
    maxsus ta’lim
    zbekiston respublikasi
    o’rta maxsus
    davlat pedagogika
    axborot texnologiyalari
    nomidagi toshkent
    pedagogika instituti
    texnologiyalari universiteti
    navoiy nomidagi
    guruh talabasi
    samarqand davlat
    toshkent axborot
    nomidagi samarqand
    toshkent davlat
    haqida tushuncha
    ta’limi vazirligi
    xorazmiy nomidagi
    Darsning maqsadi
    vazirligi toshkent
    Toshkent davlat
    tashkil etish
    Alisher navoiy
    rivojlantirish vazirligi
    Ўзбекистон республикаси
    matematika fakulteti
    pedagogika universiteti
    sinflar uchun
    Nizomiy nomidagi
    таълим вазирлиги
    tibbiyot akademiyasi
    maxsus ta'lim
    o’rta ta’lim
    bilan ishlash
    ta'lim vazirligi
    fanlar fakulteti
    махсус таълим
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    umumiy o’rta
    Referat mavzu
    fanining predmeti
    haqida umumiy
    Navoiy davlat
    fizika matematika
    universiteti fizika
    Buxoro davlat
    malakasini oshirish
    davlat sharqshunoslik
    Samarqand davlat