Oila muhitida o‘smirlarda shakllanidagan jinsiy idnetifikatsiyaning gender xususiyatlari



Download 247,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi247,3 Kb.
#896021
  1   2
Bog'liq
oila-muhitida-o-smirlarda-shakllanidagan-jinsiy-idnetifikatsiyaning-gender-xususiyatlari



Oila muhitida o‘smirlarda shakllanidagan jinsiy 
idnetifikatsiyaning gender xususiyatlari 
Odinaxon Alijonovna Otajonova 
olimovlaziz82@gmail.com 
 
K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada oilada ota-onalar hamda ularning o‘smirlik 
yoshidagi farzandlaridagi shaxsiy hamda gender identifikatsiyaning o‘zaro bog‘liq 
jihatlari haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: 
jinsiy identifikatsiya, gender roli,oilada o‘zaro munosabatlari, 
gender stereotiplar 
 
Gender characteristics of sex identification in the family 
environment
 
Odinaxon Alijonovna Otajonova 
olimovlaziz82@gmail.com 
 
National Institute of Art and Design named after K.Behzod
 
Abstract: 
This article explores the relationship between aspects of personal and 
gender identities between parents and their adolescent children. 
Keyword: 
gender identification, gender role, intra-family relationships, gender 
stereotypes
 
Mamlakat mustaqilligining tarix oldida qisqa bo‘lgan davrida oila, onalik va 
bolalik masalalari davlatimiz olib borayotgan ustivor yo‘nalishlar bilan uyg‘un tarzda 
yechimini topa boshladi. Chunki fuqarolik jamiyati va undagi oilalarda ro‘y beradigan 
har qanday o‘zgarishlar bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, 
har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda oilaning, ota-
onalarning, jumladan, xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir. 
Ona Vatanimiz yer yuzidagi eng kuchli va qudratli bo‘lmog‘i uchun, shu zamin 
farzandlari jismonan sog‘lom, aqlan yetuk va barkamol bo‘lishlari shart. Bu muhim 
shartni ado etish uchun, eng avvalo bola kamol topayotgan oila deb atalmish 
muqqaddas dargohda, unga yaqin insonlarning o‘zaro munosabatlari samimiyat 
hukmron bo‘lishi, ya’ni, oilaning ma’naviy muhiti sog‘lom va unda yashovchi insonlar 
yaxshi hulq egalari bo‘lishlari ayniqsa muhimdir.
Zero, dono xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejis 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
633


aytilmagan. Bu naqlning zamirida ko‘p hikmat bor, ya’ni bola oilada tarbiya toparkan, 
ota-onadagi xulq-atvorni, muomala maromlarini qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul 
qiladi va o‘z hatti-harakatlarida ham shu sifatlarni namoyon qila boshlaydi.
Shu o‘rinda, oilaviy munosabatlarda ayolning o‘rnini targ‘ib qilgan olimalardan 
biri Oxund Lutfulloh Sulaymon qizi Olimat ul Banotning “Muosharat odobi” 
risolasidagi ushbu fikrlarni keltirish joizdir: “Oilaning baxtu saodati ham xotunlarning 
aqlli-yu ilmli bo‘lmoqlariga bog‘lanmishdir. Xotunlar yaxshi tarbiyali bolalarni 
yetishtiradilar. Ularning tarbiyalari orqali dunyoda ulug‘ zotlar etishib chiqishi 
muqarrardir. Agar xotun o‘qigan bo‘lsa, o‘zining kim ekanligini, vazifasi nimadan 
iborat ekanligini shak-shubhasiz biladi. Bolalarini esa go‘zal tarbiya qiladi, eri bilan 
yaxshi muomalada bo‘ladi va nihoyat, Alloh Taoloning amriga muvofiq hayot 
kechiradi. Va shu sababli o‘zi ham. eri ham, bolalari ham dunyo va oxiratda masrur 
bo‘ladi”
Shuningdek, oila masalalari bo‘yicha chop etilgan va hozirgacha o‘z qadrini 
yo‘qotmagan qimmatli asarlardan yana biri tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddinning 
“Oila” kitobidir. Bu asarda u oilada farzand tarbiyasida onaning rolini yuqori baholab, 
u “Xotunlari tarbiyali bo‘lgan xalq – tarbiyali-yu, xotunlari tarbiyasiz bo‘lgan xalq 
tarbiyasiz, xotunlari tirishqoq, tadbirkor, irodali bo‘lgan xalq boyu, xotunlari yalqov 
yoki isrofgar xalq faqir bo‘lishi aniqdir” deb ta’kidlaydi. 
Xotin kishining bola tarbiyasidagi roli xususida: “Bolalariga tarbiya bera 
bilmagan va husni axloq o‘rgata olmagan xotindan foyda o‘rniga ulug‘ zararlar 
ko‘rilur. Zero bunday xotunlar xalq orasida vabo mikroblaridan zararli bo‘lgan 
insonlarni etishtirurlar” deb aytgan fikrlari bugungi kunda ham ibratlidir.
Zero, farzand kamolotida ota-onaning o‘rnini beqiyosdir. Chunki ota ham, ona 
ham farzandiga hulqidan ortiq meros bera olmas deyiladi muqaddas kitoblarimizda. 
Shu bois, biz tadqiq etgan muammoning zamirida ana shu masalaning yechimiga 
javoblar topish masalasi yotadi. 
Tadqiqotimizda hozirgi erkinlik va demokratik munosabatlar rivojlanib 
borayotgan sharoitda o‘zbek oilalaridagi o‘smir yoshli o‘g‘il va qizlarning jinsiy 
identifikatsiyasini to‘liq oilalar misolida o‘rganildi va ota-onalikning ushbu jarayonga 
ta’sirini aniqlandi va gender mavzusi kompleks ijtimoiy-psixologik tadqiqotning 
predmetiga aylantirildi. 
Bizga ma’lumki, bola dastlab ota-onasining hulqidagi jinsiy tafovutlarni, so‘ngra 
boshqa kattalar, o‘qituvchilar, tanish-bilishlarning xulqiga nazar solib, erkak va ayolga 
xos sifatlarni idrok qiladi va o‘zini u yoki bu jins vakiliga identifikatsiya qiladi. Ya’ni, 
jinsiy identifikatsiyaning ilk muhiti – bu oila va undagi er-xotin munosabatlaridir. Bola 
shakllanadigan dastlabki ijtimoiy tasavvurlardan biri – “agar jinsimga mos ravishda 
harakat qilmasam, meni boshqalar qoralashadi”, degan fikrdir. Shaxsning o‘zgalarga 
va o‘zga jins vakiliga bo‘lgan munosabatlarining yo‘nalishini belgilovchi g‘oya ham 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
634


aynan shunday ijtimoiy tasavvurga asoslanadi. 
Ma’lumki, ota-onalar identifikatsiyasi ota-onalar shaxsidagi muhim shaxsiy 
fazilatlarga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘z navbatida bola tomonidan anglanmagan 
taqlid qilish orqali ro‘yobga chiqishini e’tirof etishadi. Bolalar o‘z o‘yinlarida ota-
onalarining xatti-harakatlarini va fe’l-atvorlarini yaqqol aks ettiradilar. Qo‘g‘irchoqni 
qo‘liga olib o‘ynayotgan qiz bolani kuzatganda uning qo‘g‘irchoqni shirin so‘zlar aytib 
erkalayotganini, avaylab tizzasisga yotqizib alla aytayotganini ko‘rish mumkin. Bu 
holatda qizaloqning onasiga, uning hatti-harakatlariga taqlidini ko‘rish mumkin. 
Oila muhiti yigit va qizlarda o‘z jinsi to‘g‘risida muayyan bilim va 
tasavvurlarning shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy makon ekan, aynan jinsi 
to‘g‘risidagi adekvat tasavvurlar eng avvalo ota yoki onaning o‘z jinsiga mos va xos 
ijtimoiy hulq andozalarini namoyon etishga qanchalik darajada tayyorligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ya’ni, qiz boladagi aynan feminin sifatlar va ularning shaxsan anglanish 
darajasi onasining jinsiy sifatlariga va ular orqali otaning ona ijtimoiy rollarini to‘g‘ri 
baholashi, munosabat bildirishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham biz 
o‘smirlardagi jinsiy identifikatsiyaning mazmunini belgilashda ota-onalardagi jinsiy 
tasavvurlardan ham kelib chiqib o‘rgandik. 
1-jadval 
O‘smirlardagi gender identifikatsiyaning shaxsiy “Men” obraziga aloqadorligi (Kun 
metodikasi bo‘yicha, foiz hisobida, n=148) 
Ijtimoiy rollar 
O‘smir qizlar (n=83) 
O‘g‘il bolalar (n=65) 
Qayd etilgan 
sifatlarning 
o‘rtacha 
mikdori 
Foiz 
hisobida 
Qayd etilgan 
sifatlarning 
o‘rtacha 
mikdori 
Foiz 
hisobida 
Oilaviy rollar 
10,5 
28,9 
7,5 
21,5 
Kasbiy rollar 
7,5 
19,3 
9,0 
32,3 
Boshqa ijtimoiy rollar 
14,0 
51,8 
12,5 
46,2 
Tadqiqot ob’ektimiz bo‘lmish ota-onalar hamda ularning o‘smirlik yoshidagi 
farzandlaridagi shaxsiy hamda gender identifikatsiyaning o‘zaro bog‘liq jihatlari 
o‘rganib chiqdik.. Bunda biz tadqiqotning mantig‘i va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidadn 
kelib chiqib M. Kun va T. Makpartlendlar tomonidan taklif etilgan “Men kimman?” 
deb nomlangan testdan foydalandik. Aynan shu metodik vositadan shaxs 
ijtimoiylashuvida gender xususiyatlarning rolini aniqlashning amaliy ahamiyati katta, 
chunki ushbu metodika shaxsdagi shaxsiy hamda gender xususiyatlarning o‘zaro bir-
biri bilan bog‘liq ekanligini aniqlash imkonini beradi. 
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘smirlarda 
jinsidan qat’iy nazar, ijtimoiy rollarga nisbatan shaxsiy identifikatsiyasi brasida ular 
ijtimoiy tasavvurlarida yaqinlik mavjud. Masalan, qizlar ham, o‘g‘il bolalar ham 
o‘zlariga ta’rif berganlarida shaxsiy o‘rinlari va maqomlarini oilaviy rollar va kasbiy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
635


rollardan ko‘ra boshqa turli ijtimoiy rollar doirasida tasavvur qiladilar. Bundan 
tashqari, olingan natijalar o‘smirlar ijtimoiy ustanovkalarida baribir jinsiy o‘ziga xoslik 
borligini ham ko‘rsatdi. Masalan, o‘smir qizlarda oilaviy ustanovkalar yigitlarga 
nisbatan yaqqolroq ifodalangan. Deyarli 29 foiz qizlar uchun gender identifikatsiya 
oilaviy rollar maqomidan kelib chiqqani holda, 21,5 foiz yigitlarda uning oilada tutgan 
maqomi ustun ifodalangan yoki boshqa ijtimoiy rollar ham qizlar tomonidan teranroq 
aks etgan (mos ravishda 51,8% va 46,2%). Bu ham ijobiy fakt bo‘lib, yigitlarning 
o‘smirlik davridayoq kelajakka intilishi va o‘zini ijtimoiy rollar doirasida tasavvur 
qilishidan dalolat beradi. 
Shu o‘rinda biz ushbu natijalarni 36 nafar o‘smir bola ularning otasi (36 nafar) va 
onalari (36 nafar) ning Kun metodikasi yuzasidan bergan javoblarini solishtirdik. 
Quyidagi 2 - jadvalda solishtirma natijalar o‘z aksini topgan. 
2- jadval 
Ota-onalar va o‘smirlarning shaxsiy va jinsiy identifkatsiyalari natijalari (Kun 
metodikasi asosida, foiz hisobida, n=108) 
Ijtimoiy rollar 
O‘smirlar (n=36) 
Ota-onalar (n=72) 
o‘g‘il bolalar 
(n=15) 
qizlar 
(n=21) 
otalar
(n=36) 
Onalar 
(n=36) 
Oilaviy rollar 
21,5 
28,9 
27,8 
37,5 
Kasbiy rollar 
32,3 
19,3 
41,7 
32,5 
Boshqa ijtimoiy rollar 
46,2 
51,8 
30,6 
30,0 
Ota-onalarning fikrlarini o‘smir yoshli ularning farzandlari va tengdoshlariniki 
bilan solishtirish bu o‘rinda yoshga oid tafovutlarning va ijtimoiy maqomdagi farqning 
sezilarli ta’siri borligini ko‘rsatdi. Masalan, ayol-onalar bizning taxminlarimizni aniq 
isbotladilar. Chunki ularning “Men-konsepsiya”sida xotin-qizlarning oilaviy 
munosabatlar doirasidagi mukammal va barqaror o‘rni stereotip tarzda mavjudligi 
ko‘rindi. Ya’ni, 37,5 foiz onalar o‘zlaridagi shaxsiy va gender sifatlarni avvalo oiladagi 
“ayol-ona” maqomidan kelib chiqib tasavvur qilishlari ma’lum bo‘ldi. Keyingi 
o‘rinlarda kasbiy rollar va boshqa ijtimoiy rollar bayon etilgan. Shunisi xarakterliki, 
aynan xotin-qizlar javoblarida zamonaga mos bir ustanovka aks etdiki, ularning 
javoblarida u yoki bu rolga keskin ustivorlik berish xos emas. Masalan, biz kutmagan 
holda oilaviy rollar 37,5%, kasbiy rollar - 32,5% va boshqa ijtimoiy rollar 30 foizlik 
o‘rinni egalladi. Bu zamonaviy o‘zbek ayolining har sohada o‘zining munosib o‘rnini 
egallashga intilayotganligi, faqat uy doirasida cheklanmasdan, undan tashqari ham o‘z 
shaxsini munosib rollarda ko‘rishga intilayotganligining yorqin ifodasidir. 
E’tiborli jihati shundaki, tadqiqotimiz oilada ota-onalarning o‘zaro munosabatlari 
ta’sirida tarbiyalanayotgan qiz bolaning avvalo onasining otasiga munosabatiga e’tibor 
qaratishini, onaning oilada bajarayotgan gender roliga qarab o‘zini kelajakda aynan 
ayollik va onalik roliga tayyorlab borishini isbotladi. Otaning onaga munosabatiga 
qarab esa, qizlar odatda o‘zini kelajakda turmush o‘rtog‘iga nisbatan qanday tutishini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
636


o‘rganib boradi. O‘g‘il bolalardagi jinsiy tarbiyasida ham shunga o‘xshash tamoyil 
ustivor bo‘ladi, ya’ni, u ham ota onalar o‘zaro munosabatlariga mos tarzda o‘zini 
kelajakda oila boshlig‘i, er roliga hamda onasining yurish-turishi va farzandlarga 
munosabatiga qarab, otalik roliga ruhan tayyorlab boradi. 
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, kattalarning oilaviy munosabatlari xarakteri 
ularning 
o‘z farzandlaridagi gender o‘ziga xoslikni tarbiyalash, jinsiy 
identifikatsiyaning shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy psixologik muhit rolini 
o‘ynaydi. Chunki davr taqozosi bilan xotin-qizlarda shakllanayotgan yangi
demokratik, faol sifatlar qizlar psixologiyasiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, shu 
oilada kamol topayotgan o‘g‘il bolaning tasavvurlarida jinslararo muloqotning 
samarali shakllari to‘g‘risida bilimlar bo‘lishiga ham imkon beradi. To‘liq oila 
muhitida hamkorlik va sherikchilikka asoslangan er-xotin munosabatlaridagi 
erkakning o‘rni va roli ham o‘g‘il bolada erkak jinsiga oid identifikatsion sifatlarning 
namoyon bo‘lishi va shakllanishiga maqbul shart-sharoit yaratishi o‘z isbotini topdi. 
Erkakning faol va etakchi mavqei, undagi liderlikning sifati va turidan qat’iy nazar, qiz 
bolada istiqboldagi oilaviy munosabatlarda zamonaviy ayol-ona obraziga ega bo‘lish 
va gender muomila maromlarini aniq tasavvur etishga imkon beradi. 
Zamonaviy o‘zbek oilasidagi erkaklar va ayollarning o‘zaro munosabatlarida 
ayollar mavqeining mustahkamlanib borayotganligi, ularning liderlik pozitsiyalarida 
aks etadi, bunda liderlikning hamkorlik va sherikchilikka asoslangan uslubi o‘smir 
yoshlarda jinsiy identifikatsiyadagi ijobiy jarayonlarni ta’minlaydi. Chunki oilaviy 
munosabatlardagi sherikchilik hamda gender tenglik ayollik va erkaklik obrazlarida 
femininlik sifatlarining maskulinlik va androgenlik sifatlari bilan uyg‘unlashuvini 
ta’minlaydi.
Bugungi siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga boy davrda xotin-qizlarda 
shakllanayotgan yangi, demokratik, faol sifatlar ko‘plab gender tadqiqotlar istiqbolini 
belgilamoqda. O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini samarali tashkil etishda 
gender-menejment dasturlaridan foydalanish borasida ilmiy izlanishlar olib 
borilmoqda. Bu tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda xotin-qizlarning 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oila, davlat va jamiyat qurilishidagi 
benazir o‘rinlarini yanada oshirish masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor 
qaratilib kelinmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, tadqiq etilayotgan barcha gender muammolarining o‘ta 
dolzarbligi eng avvalo uning tarbiyaviy mohiyati bilan izohlanadi. Biz ilgari surgan 
muammolarning hayotiy va dolzarbligi o‘zbek xalqi ma’naviy madaniyatining o‘sishi 
va ushbu jarayonga fanning aralashuvi bilan ham bog‘liqdir. Respublikamizda yil sayin 
rivojlanib borayotgan ijtimoiy psixologiya fani jamiyatimiz buyurtmasiga muvofiq, har 
bir individ shakllanishining asosiy o‘chog‘i hisoblangan oila muammolarini hozirgi 
davr talablari darajasida tezroq va samaraliroq yechishga yordam bermog‘i, oilaviy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
637


hayotga taalluqli bo‘lgan sub’ektiv jarayonlarni boshqarishning yul-yo‘riqlarini 
ko‘rsatmog‘i, sog‘lom, barkamol, mukammal avlodni o‘z jinsiga hamda milliy 
qadriyatlarimizga xos tarzda tarbiyalash, shuningdek, ayollarning oila va jamiyatdagi 
munosib mavqelarini ta’minlash, onalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom naslni 
yaratish ishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi shubhasizdir. 

Download 247,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish