О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TERMIZ FILIALI
“Tabiiy va aniq fanlar” fakulteti
“Matematika va Informatika fanlarini o’qitish” kafedrasi
“Informatika o’qitish metodikasi” fanidan
Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani: Xasanov F
“____” _______ 2021- yil
Kurs ishi
MAVZU: Elektron boshqarish. Elektron boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari
Himoyaga tavsiya etilsin
kafedra mudiri: To`rayev X
“____” ____ 2020 yil
Ilmiy rahbar: Sattorov S
Talaba: 2 – kurs 203 - guruh
Talabasi Ro’ziyev Allanazar
2020 – 2021- о‘quv yili
MUNDARIJA:
Kirish……………… ……………………………………………………………3
Elektron hukumat………………..……………………………………………….8
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari……………………...………………11
Internet va elektron pochta……………………………………………………...14
Elektron tijorat tizimlari va ularning ahamiyati……………………………..…..19
Elektron raqamli imzo……………………………………………………..……25
Xulosa………………………………………………………………………..…36
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...…37
Kirish
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta'sir ko`rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning yaratilgan 90 % so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo'lib, ular hajmining ko'payib borishi axborot-kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda. Ko'plab mamlakatlar o'zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot-kommunikatsiyalari asosida yo'lga qo'yishni anglab yetishgan. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter ilmini o‘qitishni rivojlantirish bo'yicha qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborotlashtirishni yanada rivojlantirish to'g'risida» 2002 - yil 30 - maydagi PF-3080-son farmoni asosida 2010- yilgacha Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo'lib, u hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida tatbiq qilinmoqda. Jamiyat hayotiga axborotlarni kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi. Mazkur o’zgarishlar birinchi navbatda, yangi axborot kommunikatsiyalarini ta'siri ostida yuz bеrib, inson faoliyatining har bir sohasida axborotga bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda mutaxassislar axborotni asosiy bеlgisi sifatida ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo’linishini e'tirof etadilar. Bu esa, o’z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni avtomatlashtirilgan holga o’tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib bеrdi.
OAVning qaysi turiga nazar tashlamang, axborotni istе'molchiga uzatish jarayonida, aynan jurnalistika xodimlari ishiga guvoh bo‘lasiz.
XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan ―axborot kommunikatsiyalari asri dеya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga egalik ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar ustidan hukmronlik qilish imkonini bеradi. Kompyutеr madaniyatining kirib kеlishi tufayli insonning o’z ustida ishlashi, malakasini oshirishga intilishiga asoslangan fikrlash, bilim olishning yangi ko’rinishi yuzaga kеldi.Bu esa insonda axborotga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.O‘z navbatida bu axborotlar kurashuvini belgilab beradi.
Jarayon (ingl.process)- tashkilot (tizim) muhitiga kiritilgan kuch va vositalarni (resurslarni) chiqishda iste’molchi uchun qimmatli mahsulotga aylantiruvchi harakatlarning izchil ketma ketligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |