Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/32
Sana13.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
 
 
 
 
 
 


 
 
72 
  III-bob.Pedagogik  aksiologiya  va  undan  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida                      
foydalanish texnologiyasi 
  1.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanishga 
oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi. 
Mustaqillik  yillarida  yosh  avlod,  jumladan,    boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini 
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning  kelajakda barkamol insonlar  bo‘lib 
еtishishlariga  erishish  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  deya  e’tirof 
etildi. 
 Bu  o‘rinda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  «Fidokor» 
gazetasining  muxbiri  savollariga  javob  berar  ekan,  bugungi  kun  yoshlari  ega 
bo‘lishlari  zarur  bo‘lgan  fazilatlar  quyidagilar  ekanligiga  alohida  urg‘u  beradi:  «... 
yoshlarimizning  iymon  -  e’tiqodlarini  mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish, 
ularni  o‘z  mustaqil  fikriga  ega  bo‘lgan  barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash,  ularning 
tafakkurida o‘zligini unutmaslik,    ota  -  bobolarning  muqaddas qadriyatlarini  asrab  – 
avaylash    va    hurmat  qilish  fazilatini  qaror  toptirish,  ularning,  men  o‘zbek 
farzandiman, deb g‘urur  va iftixor bilan yashashiga erishishdir» 
21
 . Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida  milliy  qadriyatlarlarimizga  nisbatan  milliy  iftixor  tuyg‘usini 
shakllantirish  uzoq  muddatli,  murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Bu  jarayonning 
samarali  tashkil  etilishi  bir  qator  omillarning  ta’siri  asosida  kechadi.  Tadqiqotni 
olib  borish  chog‘ida  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  qadriyatlarlarimizga 
nisbatan  milliy  iftixor  tuyg‘usini  shakllantirishning  muhim  omillari  quyidagilar 
ekanligiga ishonch hosil qilindi . 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  qadriyatlarlarimizga  nisbatan  milliy  iftixor 
tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida alohida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan omillardan samarali 
foydalanishga  alohida  e’tibor  qaratish  maqsadga  muvofiqdir.  Quyida  ana  masala 
mohiyati yoritiladi. 
                                           
21
 I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javoblari. 


 
 
73 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  qadriyatlarlarimizga  nisbatan  milliy  iftixor 
tuyg‘usini  shakllantiruvchi omillar. 
№ 
Omillar 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida  milliy 
qadriyatlarga  nisbatan  milliy  iftixor 
tuyg‘usini shakllantirishga bo‘lgan ta’siri 
1. 
Millatning  shonli  tarixi, 
o‘tmishi 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  millat 
tarixi bilan tanishtiradi, ularda millatning 
taraqqiyot  yo‘li  to‘g‘risidagi  bilimlarni 
hosil  qiladi,  milliy  tarix  negizida 
istiqbolga 
bo‘lgan 
ishonchni 
qaror 
toptiradi 
2. 
Milliy til imkoniyatlari 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarining 
milliy  ruhda  fikrlash,  milliy  tafakkurga 
ega  bo‘lishlari  uchun  asos  bo‘lib  xizmat 
qiladi 
3. 
Xalq 
qahramonlarining 
jasorati 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  millat 
ozodligi, Vatan mustaqilligi,  taraqqiyoti, 
istiqboli  uchun  kurashish  oliy  insoniy 
burch  ekanligini  anglatadi,  ularni  millat 
ozodligi, Vatan ravnaqi yo‘lida kurashish 
istagini uyg‘otadi      
4. 
Milliy-madaniy meros  
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
millatga  xos  turmush  tarzi,  borliqqa 
bo‘lgan 
yondoshuv, 
ijtimoiy 
munosabatlari  mazmuni,  milliy  xarakter 
xususiyatlari  bilan  tanishtiradi,  ularda 
milliy 
mentalitetga 
xos 
sifatlarni 
tarbiyalashga yordam beradi  
4.1. 
Milliy  qadriyatlar  (urf-
odat, 
marosim 
va 
an’analar) 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  millat 
hayoti,  o‘tmishi,  kelajagi  uchun  dahldor 
bo‘lgan  omillar  to‘g‘risida  ma’lumotlar 
beradi,  ular  tomonidan  milliy  mentalitet 
xususiyatlarining  to‘la  anglanishi  uchun 
imkoniyat  yaratadi,  Boshlang‘ich  sinf 
o‘quvchilarida  milliy  urf-odat,  marosim 
va  an’analarning  avlodlar  tomonidan 
davom  ettirilishi,  ularning  mazmunan 
boyitib  borilishi    yo‘lida  amaliy  harakat 
ko‘nikmalarini tarbiyalaydi   
4.2. 
Xalq og‘zaki ijodi  
Yosh  avlodning  milliy  qadriyatlar 
ruhida 
ulg‘ayishlari  uchun  sharoit 


 
 
74 
yaratadi, 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini  milliy  ruhiyat,  milliy 
tafakkur,  ijtimoiy  borliqqa  bo‘lgan 
yondoshuv elementlari bilan tanishtiradi, 
ularda milliy ongning shakllanishi uchun 
xizmat qiladi  
4.3. 
Adabiyot  
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga  milliy 
hayot  tarzi,  uning  tarkib  topish  jarayoni, 
milliy  xarakter  elementlari,  ijtimoiy-
milliy  munosabatlar  mazmuni  haqidagi 
ma’lumotlarni beradi 
4.4. 
Ilm-fan 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
millatning  intellektual  salohiyati,  uning 
jahon  ilm-fani  rivojiga  qo‘shgan  hissasi, 
jahon  sivilizatsiyasidagi  o‘rni  bilan 
tanishtiradi 
4.5. 
San’at  
Yoshlarga 
turli 
tasviriy 
vositalari 
yordamida  milliy  hayot  tarzi,  milliy 
xarakter 
xususiyatlarining 
shaxs 
kamolotini  ta’minlashdagi  roli  haqidagi 
bilimlarni beradi  
4.5.1. 
Xalq hunarmandchiligi 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  milliy 
ijodkorlik  mazmunida  aks  etgan  ezgu 
qarashlar bilan tanishtiradi, ularda milliy 
ruhiyatga 
asoslangan 
ijtimoiy 
munosabatni shakllantiradi   
4.5.2. 
Milliy me’morchilik 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga  milliy 
me’morchilik  mazmunida  o‘z  ifodasini 
topgan  ijtimoiy  tafakkur,  milliy  iqtidor 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni 
еtkazib 
berish 
asosida 
ularda 
ajdodlar 
an’analariga  hurmat  tuyg‘ularini  qaror 
toptiradi   
4.5.3. 
Rassomlik 
Rangli  tasviriy  vositalar  yordamida 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  milliy 
hayot  tarzi,  milliy  ruhiyat  xususiyatlari 
bilan tanishtiradi 
4.5.4. 
Milliy 
musiqa 
va 
qo‘shiqchilik 
Ohanglar  yordamida  Boshlang‘ich  sinf 
o‘quvchilari  tomonidan  milliy  xarakter, 
qarashlar 
mazmunining 
anglanishini 
ta’minlaydi, 
ularda 
estetik 
didni 
tarbiyalaydi   


 
 
75 
4.5.5. 
Raqs san’ati 
Inson  va  borliq  o‘rtasidagi  milliy 
munosabat 
mazmunini 
harakatlar 
yordamida 
ochib 
berish 
asosida 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy 
xarakter elementlarini  shakllantiradi 
4.5.6 
San’atning  boshqa  turlari 
(kino,  teatr,  sirk,  milliy 
dorbozlik) 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
milliylikning 
umuminsoniy 
madaniyatdagi  o‘rni  bilan  tanishtiradi, 
ular 
tomonidan 
milliy 
madaniyat 
jihatlarining 
 
turli 
madaniyatlar 
sintezidagi 
rolining 
baholanishiga 
imkoniyat yaratadi   
5. 
Ishlab  chiqarish  sohasida 
erishilayotgan yutuqlar 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarining 
milliy  intellektual  salohiyat  darajasiga 
baho berish asosida respublikada ilm-fan 
ravnaqini  ta’minlashga  o‘z  hissasini 
qo‘shish istagini yuzaga keltiradi   
6. 
Oilaviy sulola an’analari                                                                                                                                                                  
Yoshlar,  jumladan,  Boshlang‘ich  sinf 
o‘quvchilari  tomonidan  milliylik,  milliy 
o‘ziga 
xoslik, 
milliy 
qadriyatlar 
mazmunining  puxta  anglanishi  uchun 
sharoit  yaratadi,  ularni  milliy  ruhiyat 
g‘oyalari  asosida  tarbiyalashga  yordam 
beradi 
7. 
Sport 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  millat 
vakillarining  jismoniy  kuchi,  salohiyati 
darajasi  bilan  tanishtiradi,  ularda    sport 
millat  nomini  jahonga  tez  tanituvchi 
vosita  ekanligi  to‘g‘risidagi  qarashni 
yuzaga keltiradi, ularda shaxsiy jismoniy 
madaniyatni 
tarbiyalashga 
nisbatan 
rag‘bat uyg‘otadi  
8.  
Davlat ramzlari 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarini 
millatning  asriy  qarashlari,  borliqqa 
bo‘lgan  ijtimoiy  munosabati  mazmuni, 
shuningdek,  uning  sha’ni,  g‘ururi,  or-
nomusi,  xalqaro  maydondagi  obro‘-
e’tibori  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bilan 
tanishtiradi,  ularda  millatning  hayot 
tarziga 
nisbatan 
chuqur 
hurmat 
uyg‘otadi,  millatni  ulug‘lashga,  uning 
taraqqiyotini ta’minlashga undaydi 


 
 
76 
  
I.  Millatning  shonli  tarixi,  o‘tmishi.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  millatning 
shonli o‘tmishi, tarixi haqidagi ma’lumotlar ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni 
tashkil  etish  asosida  еtkazib  beriladi.  Ta’lim  muassasasida  o‘qitilishi  yo‘lga 
qo‘yilgan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 
millat  ravnaqi,  uning  taraqqiyoti  tarixi,  erishgan  yutuqlari,  nurli  va  bo‘ronli 
kunlari,  bugungi  hayoti  hamda  istiqbol  rejalari  bilan  tanishtirishga  xizmat  qiladi. 
Sobiq  Ittifoq  davrida  millat  va  milliylik  to‘g‘risida  so‘z  yuritish  mumkin 
bo‘lmaganidek, millat taraqqiyoti, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasiga 
ham  munosib  baho  berilmadi.  Biroq,  mustaqillik  sharoitida  yoshlar,  jumladan, 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  o‘zbek  millatining  asl  tarixi  bilan  tanishtirish, 
ularning o‘z ajdodlarini kimligini anglab еtishlari uchun imkoniyat yaratish yo‘lida 
hech qanday to‘siq yo‘q.  
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  millat  tarixining  shonli  sahifalaridan  olingan 
dalillarni  yuksak  mahorat  bilan  ko‘rsata  olish,  ularda  millat  tarixidagi  barcha 
ijobiy,  milliy  taraqqiyotni  ta’minlashda  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy-
tarixiy  voqea-hodisalar  bilan  haqli  ravishda  faxrlanish,  iftixor  etish  hissini 
uyg‘otish zarur. 
Endigi vazifa Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat tarixi, o‘tmishini chuqurroq 
tanishtirishning  samarali  yo‘llaridan  foydalanishdan  iborat.  Bu  o‘rinda  pedagogik 
faoliyatni quyidagi tahlitda tashkil etish kutilgan maqsadga olib keladi: 
1.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  millatning  shonli  o‘tmishi,  tarixi  bilan 
yaqindan  tanishtirish  imkoniyatiga  ega  «Odobnoma»,  «O‘qish»,  «O‘zbek  tili», 
«Amaliy  san’at»,  «Mehnat»  kabi  ko‘plab  o‘quv  fanlarini  o‘qitish  jarayonida 
bilimlarni  yuqori  darajada  ruhiy-hissiy  ifoda  yordamida  uzatilishini  ta’minlash. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  milliy  iftixor  tuyg‘usi,  asosan,  ta’lim  jarayonida 
shakllantiriladi.  


 
 
77 
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘zbek millatining shonli tarixi, o‘tmishi bilan 
tanishtirishga  yo‘naltirilgan  ta’lim  jarayonini  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  bilan 
o‘zaro uyg‘unlashuviga erishish. 
3.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  millat  o‘tmishi,  tarixi  bilan  tanishtiruvchi 
tadbirning reja uchun emas, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ichki ehtiyojlarini 
inobatga olgan holda ko‘tarinki ruhda tashkil etilishini ta’minlash. 
4. «O‘tmish saboqlari - kelajak asosi». Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarixiy 
jarayonlarni  tahlil  etib,  ularga  xolis  baho  bera  olishlari  ularning  ma’naviy 
еtukligini  belgilovchi  muhim  belgilardan  biridir.  Ta’lim,  shuningdek,  ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-milliy 
taraqqiyotning  «og‘riqli  nuqtalari»,  ya’ni,  taraqqiyotga  to‘siq  bo‘lgan  voqea-
hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan  xabardor  qilish. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat