Oqsilning chirishi natijasida tuproqda to’plangan ammiak va ammoniy tuzlari o’ziga hos mikroorganizmlar tomonidan oksidlanadi. Oksidlanish jarayonida nitrit va nitrat kislota hamda ularning tuzlari hosil bo’ladi. Bu jarayon nitrifikasiya deb ataladi.

Tuproqda nitratlarning hosil bo’lishini SHlezing va Myunslar tomonidan 1879 yilda aniqlangan. Nitrifikasiya jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlarni boshqa turli bakteriyalardan ajratib olish usulini 1888-1890 yillarda rus mikrobiologi S. N. Vinogradskiy ishlab chiqqan. Ammiakning oksidlanishi biologik jarayon ekanligini olimlar e’tirof qilgan bo’lsalar-da, unda qanday mikroorganizmlar ishtirok etganligi o’sha davirgacha aniqlangan emas edi. Bu masalani S. N. Vinogradskiy hal qilib berdi. U o’zining amaliy tajribalarida nitrifikasiya jarayonini qo’zg’ovchi bakteriyalar organik moddali muhitda rivojlana olmasligini aniqladi. Bu bakteriyalar tarkibida 0,2 % ga yaqin organik moddalar (pepton va glyukoza) bo’lgan muhitda ham yashay olmasligiga ishonch hosil qildi. SHuni nazarda tutib, S. N. Vinogradskiy nitrobakteriyalar uchun tarkibi maxsus anorganik moddalardan iborat oziq muhiti tarkibini ishlab chiqdi. U o’zining tajribalari natijasiga asoslanib, nitrifikasiya jarayoni 2 fazadan iborat ekanligi va bu jarayonlar ikki turli bakteriyalar ishtirokida borishini isbotlab berdi.