ammiak va ammoniy tuzlari nitrit kislotagacha oksidlanadi. Bu reaksiya tubandagicha boradi:
2NH3 + 3O2 → 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ (158 kkal)
Reaksiya oxirida nitrit kislota hosil bo’lguncha bir qancha oraliq reaksiyalar boradi. Bu reaksiyalarni quyidagicha ifodalash mumkin:
NH3 NH2OH HNO HN(OH)2 HNO2
ammiak gidroksilamin giponitrit dioksi nitrit
kislota ammiak kislota
Nitrifikasiya jarayonining birinchi fazasini oval shakldagi nitrozomonas (Nitrosomonas) bakteriyasi qo’zg’atadi. Bu bakteriya harakatchan, xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun bo’ladi. Nitrozomonas hujayrasining yirik-maydaligiga qarab: a, b, s tur xillari uchraydi.
Nitrifikasiyaning ikkinchi fazasida
nitrit kislota nitrat kislotagacha oksidlanadi. Bu fazada uchburchak shakldagi mayda tayoqchasimon nitrobakter (Nitrobacter) ishtirok etadi. Reaksiyani tubandagicha ifodalash mumkin:
2HNO2 + O2 2HNO3 + 180kJ (48kkal)
Nitrit kislotaning nitrat kislotagacha oksidlanishi vaqtida oraliq mahsulot sifatida nitrit kislotaning gidrati hosil bo’lib, oxirida u nitrat kislotaga aylanadi. Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi:
Nitrosomonas va Nitrobaster doim birga uchraydi va birining hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi tomonidan o’zlashtiriladi. Bu tipdagi ikki mikroorganizm munosabati metabioz deyiladi.
Nitrosomonas va Nitrobaster doim birga uchraydi va birining hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi tomonidan o’zlashtiriladi. Bu tipdagi ikki mikroorganizm munosabati metabioz deyiladi.
Nitrifikatorlar kimyoviy energaya, CO2 va H2O hisobiga organik moddalar sintezlaydi. Energiyani HN3 ning HNO2 gacha va HNO2 ning HNO3 gacha oksidlanishidan oladi, ya’ni xemosintez jarayonini amalga oshiradi.
Nitrifikasiya jarayonining birinchi bosqichi ikkinchisiga nisbatan jadal o’tadi, chunki birinchi bosqichda 658 kJ, ikkinchi bosqichda atigi 180 kJ energiya ajraladi. Nitrifikatorlar organik modda sintezlash uchun yashil o’simliklar singari, havodagi CO2 ni yoki tuproqdan NaHCO3 ni tarkibidagi CO2 ni o’zlashtiradi. Bikarbonatlar tez parchalanib, CO2 hosil qiladi:
2NaHCO3 = Na2CO3 + CO2 + H2O
Nitrozamonas bir qism uglerodni o’zlashtirishi uchun 35 qism azot oksidlanishi kerak. Bu bakteriyalar ham yashil o’simliklar singari, oziqlanish jarayonida karbonat angidridni o’zlashtiradi.