Navro’z mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir



Download 299 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi299 Kb.
#529393
  1   2
Bog'liq
Navroz bayrami umrboqiy qadriyatlar


Angren shahar
43- ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktabining
9-“D” sinf rahbari
Dushayeva Lobarning

mavzusida

Dars mavzusi: Milliy urf - odatlarimiz va zamonaviy an’analarimiz.
Darsning maqsadi:
1) ta`limiy maqsadi: O`quvchi yoshlarga “Navro’z” umumxalq bayrami haqida bilim va ma’lumotlar berish.
2) tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash.
3) rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, nutq malakalarini oshirish.
Dars jixozi: mavzuga oid plakatlar, rasmlar, devoriy ro’znomalar, she’rlar va jurnallar.
Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. O’quv qurollari nazorati

  1. Yangi mavzu bayoni:

N avro’z - mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarda Navro’z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o’ylari, go’zallikka, nafosatga bo’lgan munosabatlari ifodalangan. Ushbu hosiyatli bayramni nishonlashning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular davrlar o’tishi bilan mazmunan boyib, takomillashib kelmoqda. Navro’z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar to’xtatilgan, urushganlar yarashgan, gina-qudratlar unutilgan, ota-ona, qarimdosh-urug’lar, keksalar, kasalmandlar sovg’a-salom bilan yo’qlangan, yangi kiyimlar kiyilgan, turli-tuman Navro’z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, ko’chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda sayillar, o’yin-kulgi, askiyabozlik, qo’chqor, xo’roz urushtirish, kurash, ko’pkari o’tkazilgan, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar bir-birlarinikiga mehmondorchilikka borishgan, yerga birinchi urug’ qadash qo’sh qo’shish, shox moylash marosimlari nishonlangan. Xullas, Navro’z bayrami milliy umumxalq bayrami sifatida juda katta tayyorgarlik va shodu xurramlik bilan o’tkazib kelingan. Uning mazmunida kim Navro’zni shodu xurramlik bilan kutib olsa va o’tkazsa, kelgusi yil Navro’z kelguncha uning hayoti xursandchiliklarga boy bo’ladi degan g’oya yotadi.Navro’z mehnat bayramidir. Bu kun dehqon yer chopib, ekin ekib, dehqonchilik faoliyatini boshlaydi. Navro’z mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi, keksa, noguron, yolg’iz qariyalar, ota-onalar yo’qlanadi, bayram dasturxoni yozilib, mehmon kutiladi, kishilar bir-birlariga sovg’a-salomlar ulashib shirinliklar hadya etishadi. Navro’z-muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro’z munosabati bilan nikoh to’ylari o’tkazilgan, yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan, gullar hadya etishgan. Yangi tushgan kelin qo’lidan choy ichish maqsadida “kelin ko’rdi”ga borishgan.Navro’z bayrami bir kundan bir oygacha nishonlangan bo’lib, uni tantana qilish bilan bog’liq turli urf-odatlar, udumlar rasm-rusumlar avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Bu bayram tantanalari oldidan hovlilar tozalangan, uydagi ko’rpa-yostiq, deraza-eshik pardalari, gilam-poyandozlar yuvilib,xonadon saramjon-sarishta etilgan. Mahallalar, ko’cha va bog’lar hashar yo’li bilan obdonlashtirilgan, ariq-zovurlar, qabrustonlar, tarixiy obidalar tozalangan. uch ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Navro‘zi olam – sharqona yangi yil o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayramdir. Bu dilbar faslda diyorimizda yashayotgan har bir inson yon-atrofimizdagi tabiatning naqadar rang-barang va go‘zal, qanday betakror va jozibali ekanini beixtiyor yana bir bor his etadi. Oftob yerni qizdirib, kurtaklar ochilib, borliq uyg‘onishi bilan odamzotning qalbi, bahri dili ham ochilib, uning vujudi, qon-qoni, suyak-suyagiga yangi kuch-quvvat, g‘ayrat va azmu shijoat kirishi tabiiydir. Bu shukuhli ayyomda yoshu qari, har qaysi inson o‘zini mo‘jizakor tabiatning uzviy bir qismi ekanini chuqur anglaydi, tabiiy muhitni asrab-avaylab, u bilan hamohang bo‘lib, bu osuda hayotning har bir kunining qadriga yetib yashash kerakligini yana va yana bir bor idrok etadi. Bu qutlug‘ yasharish pallasida yeru ko‘k bag‘rida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qalbidan o‘tkazayotgan odamlarimizning dillarida quvonch, tillarida shukronalik hissi paydo bo‘ladi. Shu munavvar kunlarda har qaysi inson vujudida yaqinlariga mehr-oqibat ko‘rsatish, tabarruk qariyalarimizning duosini olish, yetim-yesirlarning boshini silash, bemor va muhtoj odamlarga beminnat yordam va ko‘mak berishday savobli, barchamizning yurak-yuragimizga singib ketgan tuyg‘ular o‘zini yorqin namoyon etadi.Aynan mana shunday xalqimizga mansub fazilatlar, bag‘rikenglik va hamjihatlik, ahillik va o‘zaro hurmat kabi olijanob qadriyatlar odamlarimizning ongu tafakkurida mustahkamlanib, ularning ertangi kunga ishonch tobora kuchayib borayotgani jamiyatimizning bugungi siyosiy-ijtimoiy muhitini ifoda etayotganini kuzatish qiyin emas. Aynan mana shunday ma’naviy iqlim oxirgi yillarda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan, o‘zgalarning havasini tortayotgan yutuq va marralarga erishishda, erkin hayot va demokratik jamiyat qurishda, hech shubhasiz, eng kuchli zamin va garov bo‘lib xizmat qilmoqda, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Xalqimizda “Yaxshi odam – ko‘zidan, yaxshi yil – Navro‘zidan ma’lum” degan chuqur mazmunli maqol bor. Bu yilgi Navro‘zimizning har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar bilan boshlanayotganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Shu kunlarda Vatanimizning bepoyon hududlarida, shahar va qishloqlarida, so‘lim go‘shalarida Navro‘z sayillarini keksayu yosh – barcha yurtdoshlarimiz katta xursandchilik va baland ruh bilan o‘tkazayotgani buning yaqqol daragi va tasdig‘i bo‘lg‘ay, inshoollo. Barchamizning tilagimiz – Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu baraka, baxtu saodat bersin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin.

NAVRO`Z
Gul tergani dalalarga chopamiz,


Buvim bilan yalpiz somsa yopamiz.
Qozonlarda sumalaklar qaynaydi,
Yigit-qizlar davra olib o`ynaydi.
Navro`z keldi,
Navro`z keldi o`lkamga.

Navro'z qadimiy milliy bayrami ("Navro'z bayrami") forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi. Navro'z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir.Kecha va kunduzning bir hilligidir- 12 soat. Yer butunjaxon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo'yicha yil fasllari o'zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa- bahor. Ushbu bayram barcha o'simliklar va daraxtlar gullaganda va bahor tusiga kirgan vaqtda bahor kirib kelayotganda nishonlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar turli milliy taomlarni tayyorlaydilar: Sumalak, Xalik, Ko'k somsa, Osh va boshqalar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'zga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Xozirgi kunda Navro'z bayrami Alisher Navoiy maydonida keng nishonlanmoqda.


NAVRO’Z



Avval yuragingga mo‘ralaydi u, 
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z. 
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu, 
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy


Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz. 
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy, 
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam, 


Harir hovur ichra yayrar dala-tuz. 
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, 
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi, 


Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z. 
Yana dildorlikning fursati yetdi, 
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 


Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish