Navoiy viloyati Qiziltepa tuman
3-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan “Zakovat”
intellektual bilimdonlar musobaqasining
ishlanmasi
“Zakovat” intellektual o`yini
Maktabning “Kamolot” xonasi bezatilgan jamoalar kelib o’z o’rnini egallashgan.
Boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va bilimga chanqoq, yurtimizning kelajagi bo’lgan intellectual bilimdonlar. Mana bugun Zakovat klubi a’zolari tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” o’yini munosabati bilan yig’ilib turibmiz. Bugungi bellashuvimizda maktabimizning 5-9- sinf o`quvchilaridan tuzilgan 5 ta jamoa o’zaro bellashadilar.
Demak sizlarni jamoalarimiz va ularning a’zolari bilan tanishtiraman. I guruh a`zolari:
Nasullayeva Malika- 5-“A” sinf Ro`ziyev Ulug`bek- 6-“A”
Doniyeva Gulnoza- 8- “A” Ismatova Kumush- 7-“A”
Ahmadova Madina- 9-“A”
2-guruh a`zolari:
Zaripova Madina- 5-“A” Hamidov G`olib- 6-“A”
Zaripova Mahbuba-7-“A” Shomurodova Marjona- 8-“B”
Baxtiyorov Sevdiyor-9-“B”
3-guruh a`zolari:
Turobova Mahinur-5-“B” Nasullayev Ravshan- 6-“A”
Jamilova Nilufar-7-A“ Abdurashidov Firdavs- 8-“A”
Muhiddinova Mohichehra- 9-“B”
4-guruh a`zolari:
Nozimqulova Madina-5-“A” Isroilova Sarvinoz- 6-“B”
Istamova Kumush- 7-“A” Yunusova Yulduz-8-“B”
Sharofiddinova Sabina- 9-“A”
Endi hakamlar hay`ati a`zolari bilan tanishtiramiz:
Maktabning ma`naviy- ma`rifiy ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari-F. Ubaydullayev
Tarix va huquq fani o`qituvchisi-Berdiyeva Umida
“Kamolot” YoH yetakchisi- Sharopova Madina
MIG` fani o`qituvchisi-To`layeva Nasiba
Matematika fani o`qituvchisi- Sodiqova Gulshirin
Endi o’yinni boshlasak ham bo’ladi.O’yin shartlari bilan tanishtiraman. Barch fanlar bo`yicha savollar o’qilgandan keyin jamoalar bir daqiqa ichida savolga javob topishadi va javoblarini yozib uzatishadi.
Demak fizika fani bo`yicha savollar:
1. U yunon olimlarining atom haqidagi qarashlarini rivojlantirib,atom ham bo`linishi mumkinligini aytdi. U qaysi olim va atom haqida qanday fikrlarni aytgan?
(To’g’ri javob: Abu Bakr Ar-Roziy-atom ichida bo`shliq va bo`lakchalar bo`lib,bu bo`lakchalarning hammasi harakatda bo`ladi.Bo`lakchalar orasida o`zaro ta`sir kuchlari mavjud.)
2. Nima sababdan yengil avtomobil shudgorga botiib qoladi-yu, traktor bemalol yuradi?
( To`g`ri javob: yengil avtomobilning g`ildiragi yuzi traktorning g`ildiragi yuzidan kichikligi uchun bosim katta bo`ladi,shunnig uchun yengil avtomobil botadi. Bosimni kamaytirish uchun yuza kattalashtiriladi, bosimni ko`paytirish uchun kichiklashtiriladi)
3. Quyosh har kuni yer yuziga nur sochadi. Quyoshd an kelayotgan yorug`lik oqimi o`zi bilan birga issiqlik energiyasiini ham olib keladi.Quyoshdan kelayotgan issiqlik qaysi hodisa orqali uzatiladi?
( To`g`ri javob: Nurlanish hodisasi orqali)
4. Ovoz qaysi paytda uzoqqa boradi? Issiq kundami yoki sovuq kundami?Sababini tushuntiring.
( To`g`ri javob: Tovush tezligi havo temperaturasi ortishi bilan ortadi. Issiq kunda uzoqqa boradi)
Botanika fanidan savollar:
-
Suv shillig`i qanday ko`payadi?
(To`g`ri javob: suv shillig`i-germatroofik hayvon. Uzun shilimshiq ip ichida juda ko`p tuxum qo`yadi. Tuxumdan nozik chig`anoqli molyuskalar chiqadi)
-
To`liq o`zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarga qaysi hasharotlar kiradi?
(To`g`ri javob: Qo`ng`izlar, kapalaklar,pashshalar, burgalar,chumolilar, arilar)
-
Qondagi eritrositlar qanday vazifani bajaradi?
(To`g`ri javob: Ular tarkibidagi gemoglobin o`pkadan kislorodni biriktirib hujayralarga yetkazib beradi.Karbonad angidridni o`ziga biriktirib o`pkaga olib keladi)
-
Tomir urishi qanday paydo bo`ladi?
(To`g`ri javob: Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to`lqinlanib turishidan tomir urishi,ya`ni puls hosil bo`ladi)
Kimyo fanidan savollar:
-
Suvning qattiqligi qaysi element tuzlariga bog`liq va u tuzlarning nomi?
-
Kislorodning allatropik shakl o`zgarishi nima va u qanday vazifalarni bajaradi?
-
Davriy sistemani yaratgan rus olimi Mendeleev oilada nechanchi farzand bo`lgan va uning laqabi nima edi?
-
Suv kislotami yoki oksid? Javobingizni izhlang.
Geografiya fanidan savollar:
-
Yer yadrosining harorati qancha? (To`g`ri javob: +400 C)
-
8 ta planeta nomini ayting.
(To`g`ri javob: merkuriy,venera,yer,mars,yupiter,Saturn,uran,neptun)
-
Dunyodagi eng baland sharshara qaysi?
(To`g`ri javob: JAnubiy Amerikadagi Anxel sharsharasi 1054 m)
-
O`zbekistondagi eng baland tog` (To`g`ri javob: Hisor tog`i 4643 m)
Ona tili va adabiyot fanidan savollar:
-
A.Navoiyning ”Hayrat-ul abror” dostoni necha bobdan iborat?
(To`g`ri javob: 63 bob )
-
Foniy so`zining ma`nosi? (To`g`ri javob: vaqtincha)
-
Gap tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
(To`g`ri javob: 2 ga qo`shma va sodda)
-
Bobur ruboiylarida keltirilgan Laim so`ziining ma`nosi nima?
(To`g`ri javob: gado )
Tarix fanidan savollar:
-
Qadimgi Misrda uning nomi shu qadar muqaddas nomga aylanganki,bu nomni ovoz chiqarib aytishga hech kimga huquq berilmagan.Uning nomini tilga olish juda zarur bo`lib qolgan taqdirdagina majoziy ma`noda ”Ulug` uy” deb aytilgan. Bu so`z shu uyda turadigan shaxsni nazarda tutib aytilgan. Hujjatlarda rasmiy ravishda ”rahmdil xudo”,tog` nomlari bilan ataganlar.Ushbu ulug` shaxs kim edi?
(To`g`ri javob: Misr podshosi,ya`ni fir`avn.)
-
VIII asrning o`rtalarida paydo bo`lgan musulmon mamlakatlaridagi xalqlarning diniy yo`nalishdagi ijtimoiy-faalsafiy,madaniy-ma`naviy hayotida keng tarqalgan,murakkab hamda ichki ziddiyatlarga too`la ushbu g`oyaviy oqimning nomi uning namoyondalari ustilariga tashlab yurgan jun mato-yoping`ich nomidan kelib chiiqqan. Ushbu ta`limot namoyondaalari o`zlikdan va foniy dunyodan kechgan zotlar bo`lib,ular bu dunyo g`avg`olaridan ozod edilar.Katta nufuz va obro`ga ega boo`lgan ushbu ta`limoot qaysi edi?
(To`g`ri javob: So`fiylik-arabcha ”so`f” jun so`zidan olingan. Suf jundan to`qilgan oddiy va dag`al matodir)
-
Mashhur qomusiy olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, tilshunos, matematik, musiqashunos, huquqshunos, yozuvchi va shoir-O`zbekiston xalqlari madaniyatini dunyo miqyosida ko`tarishga hissa qo`shgan buyuk olim.Uning 1000 yillik yubileyi YuNESKO qarori bilan dunyo miqyosida kenng nishonlangan edi.Ushbu buyuk alloma kim?
(To`g`ri javob: Abu Ali Ibn Sino 980-1037. 1980-yil dunyoda 1000 yilligi nishonlangan)
-
Ushbu jarayonning oqibatida ko`p ming-minglab mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati,tili,rasm-rusumi jahon boo`ylab kuchayib borayotgan katta millatlar,yirik milliy madaniyatlar,boy tillar bilan raqobatlasha olmay,o`z-o`zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy,lisoniy-zaboniy hayotdan chetga chiqib qolmoqda.Ammo uning ijobiy tomonlari ham maavjuddir.Ushbu jarayonning nomi qanday?
(To`g`ri javob: Globallashuv-lotincha glob-dumaloqlashuv,kurralashuv demakdir)
Huquq fanidan savollar:
-
O`zbekistonda 4 ta partiya va 2 ta harakat mavjudligini bilamiz. O`sha 2 ta harakat nomini ayting.
(To`g`ri javob: ”Kamolot” YoIH 2001, O`zbekiston ekologik harakati 2008)
-
O`zbekistonda o`zini-o`zi boshqarish organi qanday ataladi va uning raisi vakolati necha yil?
(To`g`ri javob: mahalla 2,5 yil)
-
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida Konstitutsiyamizning birorta qoidasi davlatimiz huquqi va manfaatlariga zara etkazadigan tarzda talqin qilinishi mumkin emasligi belgilab qo`yilgan?
(To`g`ri javob: I bo`lim III bob 16-modda )
Rus tilidan savollar:
-
На какой вопрос отвечает слово большая?
(To`g`ri javob: какая)
-
Кто написал стихотворение «Я помню чудное мгновенье»
(To`g`ri javob: Пушкин)
-
Назовите второстепенные члены предложения
(To`g`ri javob: дополнение, определение, обстоятельство)
-
Расскажите о части речи.
(To`g`ri javob: причастие, деепричастие, числительные, местоимение)
Ingliz tilidan savollar:
-
If you cook it is will be food if not a bird.
(To`g`ri javob: egg)
Qo`shimcha savollar:
-
Asal nega aynimaydi?
(To`g`ri javob: chunki,u tarkibida suv saqlamaydi,shu saba ozuqani achitadigan organizmlarning asal ichida yashab qolshi dargumon )
-
Iordaniya va Isroil o`rtasida joylashgan ”o`lik dengiz” ko`lida inson nega cho`kmaydi?
(To`g`ri javob: ko`l sho`rligi nihoyatda zich. )
Do'stlaringiz bilan baham: |