Nanotexnologiyalar asosida polimerlar sintez qilish. Polimerlanish reaksiyalari Sopolimerlanish reaksiyalari



Download 0,86 Mb.
bet1/9
Sana17.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#382983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimerlanish jarayonlari - копия


Mavzu: Nanotexnologiya va u asosida polimerlar sintez qilish.
Reja:


  1. Nanotexnologiyalar asosida polimerlar sintez qilish.

  2. Polimerlanish reaksiyalari

  3. Sopolimerlanish reaksiyalari

  4. Ionli polimerlanish reaksiyalari

  5. Anionli va kationli reaksiyalar

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik B.Ibrohimov, OʻzFA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik S.Rashidova va boshqalar mazkur mikrosimpozium soha istiqbollarini belgilash bilan birga, Oʻzbekiston – Rossiya ilmiy hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Mikrosimpoziumda ikki mamlakat olimlarining polimerlar fani sohasida erishgan natijalari sarhisob qilindi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti sintetik va tabiiy polimerlar kimyosi, fizikasi va texnologiyasi yoʻnalishida yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. Institut fundamental va amaliy tadqiqotlar vazifalarini belgilashda asosiy istiqbolli yoʻnalishlar sifatida agrosanoat majmui, tibbiyot va sanoatning turli tarmoqlari uchun yangi materiallar va nanotexnologiyalarga doir samarali ishlanmalarni ilgari surib, mazkur yoʻnalishlardagi ilmiy faoliyatni davom ettirib kelmoqda.



Institut olimlari jamoasi xitin, xitozan, sellyuloza va uning hosilalari kabi tabiiy polimerlar nanozarralarini olish, ularni modifikatsiyalash, metall nanozarralari va ular asosidagi metalpolimer tizimlarni sintez qilish borasidagi tadqiqotlarda yetarli natijalarga erishgan. Shuningdek, tabiiy va sintetik polimerlar asosida ekspluatatsion xossalari yaxshilangan nanostrukturali kompozitsiyalar va kompozitsion polimer materiallar olishning ilmiy asoslari yaratilgan.

Muassasada ilk bor anʼanaviy tahliliy yondashuvlar bilan bir qatorda kompyuter modellashtirish, kvant va molekulyar mexanika usullari yordamida polimer tizimlarda struktura xususiyatlarining shakllanish jarayonlari va maxsus xossalarning namoyon boʻlish mexnizmlarini oʻrganish borasida nazariy tadqiqotlar oʻtkazilgan.


Rossiyada polimerlar fani sohasida biotahliliy tizimlar uchun polimer-oqsilli nanokompozitlar, biomoslashuvchan, bioparchalanuvchan polimerlar, kompozitsion va biomateriallar, geterofazali polimer adgezivlar, oʻzi tiklanadigan toʻrsimon strukturalar, polimer nanokompozitlarni kompyuter modellashtirish, tuproq uchun samarali bogʻlovchi boʻlgan interpolielektrolit komplekslar yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Simpozium ishtirokchisi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kafedra mudiri A.Yaroslavov qishloq xoʻjaligi sohasida polimerlarni qoʻllashga qaratilgan tadqiqotlar ahamiyatiga toʻxtaldi.

– Maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzida har yili 7 million gektarga yaqin ekin maydoni yaroqsiz holatga keladi, – dedi A.Yaroslavov. – Mazkur jarayonga tuproqning eroziyaga uchrayotgani sabab boʻlib, u suv, shamol kabi omillar taʼsirida kelib chiqmoqda. Olimlarimizning shu yoʻnalishda olib borgan tadqiqotlari natijasida polimerlar yordamida tuproq eroziyasining oldini olish va unumdorlikni oshirish usullari yaratilgan. Bugungi kunda ular amaliyotda yaxshi samara bermoqda.

Mikrosimpozium ishtirokchilari polimer tizimlari nazariyasi va modellashtirish, nanotexnologiya va yangi polimer materiallar, sintetik va tabiiy polimerlarning kimyoviy modifikatsiyasi, polimer fani sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tajribasi va muammolari boʻyicha ham fikr almashdi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish