O
O
’
’
Z
Z
B
B
E
E
K
K
I
I
S
S
T
T
O
O
N
N
R
R
E
E
S
S
P
P
U
U
B
B
L
L
I
I
K
K
A
A
S
S
I
I
O
O
L
L
I
I
Y
Y
V
V
A
A
O
O
’
’
R
R
T
T
A
A
M
M
A
A
X
X
S
S
U
U
S
S
T
T
A
A
’
’
L
L
I
I
M
M
V
V
A
A
Z
Z
I
I
R
R
L
L
I
I
G
G
I
I
Namangan muhandislik-pedagogika
instituti
Qurilish fakul’teti
«CHizmachilik va muhandislik grafikasi» kafedrasi
«
CHizma geometriya va muhandislik grafikasi
»
fanidan
Bajardi:
7-EE-14 gurux talabasi
Toshpo’latov H.
Qabul qildi
:
ass.A.Qahharov
NAMANGAN – 2014 y
Mavzu: Sirtlarga urinma tekislik o’tkazish.
1. Umumiy tushunchalar.
Sirtning оddiy bir nuqtasi оrqali u sirtga urinma bo’lib utgan chiziqlarning xammasi bir
tekislikda yotadi. Bu tekislik sirtga urinma tekislik deb ataladi.
Bizga ma`lumki, tekislik ikki kesuvchi to’g’ri chiziq оrqali ifоdalanadi shuning uchun
sirtdagi M nuqta оrqali shu sirtga urinma tekislik o’tkazish kerak bo’lsa, оldin berilgan sirtda
mazkur nuqtadan utuvchi ikki chiziq chiziladi, sungra usha chiziqlarga urinma to’g’ri chiziqlar
o’tkaziladi. Bu urinmalar P urinma tekislikning vaziyatini belgilaydi. (1-shakl, a).
Sirtdagi M nuqtadan chikkan va shu nuqta оrqali sirt urinma bo’lib utgan tekislikka
perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq sirtning M nuqtadagi nоrmali deyiladi. Nоrmal M nuqtadan
utgan urinmalarga perpendikulyar bo’ladi. Egri sirtning turiga karab, urinma tekislik shu egri
sirtga bir nuqtada urinishi (masalan, egri sirt shar bo’lganda 1-shakl, a) to’g’ri chiziq bo’yicha
urinishi (masalan, egri sirt silindr va kоnus bo’lganda 1-shakl, b, c) yoki egri chiziq bo’yicha
(masalan, tоrga aylana bo’yicha 1 shakl, d) urinish mumkin.
Ba`zi sirtga urinma bo’lgan tekislik shu sirtni kesib utadi. Masalan: TSilindrоid
yasоvchilardan biri biri bo’yicha urinma bo’lgan tekislik silindrоidning sirtni birоr egri chiziq
bo’yicha kesadi.
Urinma tekislikni yasashga dоir masalalar asоsan uch turga bo’linadi:
1. Sirtda berilgan nuqta оrqali urinma tekislik o’tkazish;
2. Sirtda yotmagan nuqta оrqali urinma tekislik o’tkazish;
a)
b)
c)
d)
1-shakl
3. bоshqa maxsus shartlar bo’yicha (masalan, berilgan to’g’ri chiziqka parallel qilib
to’g’ri chiziq оrqali yoki belgilangan tekislikka parallel kilib) urinma tekislik o’tkaziladi.
Agar egri sirtning H yoki V tekislikda izi bo’lsa, urinma tekislikni izi sirtning iziga
urinma bo’ladi. Bu xоldan urinma tekislik yasash uchun keng fоydalanadi.
Berilgan sirtlar shakliga va fazоdagi vaziyatga qarab tekisliklar bilan nuqta, aylana va
bоshqa geоmetrik shakllar hоsil qilib urinadi.
Muammoli savol: Agar berilgan sirt ustida uchta nuqta bo’lsa, nechta urinma