Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir



Download 2.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/156
Sana15.07.2021
Hajmi2.84 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156


 1 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
“Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi 
 
 
MAKROIQTISODIYOT 
 
fanidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: X.S.Xadjaev,  
I.A.Bakiyeva, 
Sh.sh. Fayziyev 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ТОШКЕНТ – 2015 


 2 
 
I BOB. “MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH 
1.1. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari 
 
Resurslar,  daromadlar  va  tayyor  mahsulotlar  bilan  ayirboshlashning  barcha 
jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va 
muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har  qanday iqtisodiy tizimning bunday holati 
hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi 
yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu 
kabi buzilish hollari inflyatsiya  va  ishsizlik darajasining,  yalpi ichki  mahsulot va 
milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. 
Sanab  o’tilgan  hodisalar  va  jarayonlar  ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  barcha 
qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida 
paydo  bo’ladi  va  milliy  iqtisodiyotni  yaxlit  ifodalaydi,  ya’ni  ular  keng  qamrovli 
xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb 
ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi. 
Resurslar,  tovarlar  va  daromadlarning  doiraviy  aylanish  alohida  olingan 
korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati 
harakatini  boshqa  fan  -  mikroiqtisodiyot  o’rganadi.  Bu  fan  korxona  yoki 
tarmoqning  daromadlarini,  u  yoki  bu  mahsulotga  bo’lgan  talab  va  taklifning 
hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi. 
Makroiqtisodiyot  umumiy  iqtisodiy  nazariyaning  bo’limi    hisoblanib,  unda 
milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.  
 Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi: 
a) pozitiv makroiqtisodiyot; 
b) normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv  makroiqtisodiyot  real  iqtisodiy  hodisalarni  va  ularning  aloqador-
liklarini o’rganadi. 
Normativ  makroiqtisodiyot  esa  qaysi  sharoitlar    yoki  jihatlar  maqbul  yoki 
nomaqbul  ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.  


 3 
 
   Shu  joyda  iqtisodiy  nazariyaning  ikki    mustaqil  bo’limi  sifatida 
makroiqtisodiyot  va  mikroiqtisodiyot  fanlarining  predmetlarini  o’zaro  farqlab 
olishimiz zarur.  
  Makroiqtisodiyot    yalpi  ishlab  chiqarishining    barqaror  o’sishini, 
resurslarning  to’liq  bandliligini,  inflyatsiyaning  past  sur’atlarini  va  to’lov 
balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir 
butun  holda  tadqiq  qiladi  va  uni  makroiqtisodiy  tartibga  solishning  iqtisodiy 
mexanizmlarini  o’rganadi. 
  Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib  turibdiki  makroiqtisodiyot  predmetida   o’zaro 
bog’liq uch  jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: 
1) milliy iqtisodiyot; 
2) davlat tomonidan  iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 
3)  jahon  xo’jaligi  doirasida  milliy  iqtisodiyotni      boshqa  mamlakatlar 
iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi.    
  Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari 
hisoblanadilar.  
  Bu  sub’ektlar orasida  davlatning  roli    bahsli  masala    hisoblanib kelmoqda. 
Keynschilar    bozor  tizimi  mexanizmlarining    iqtisodiyotni  barqaror  o’sishini 
ta’minlashga  doim  ham  qodir  emas  va  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  zarur 
deb  hisoblasalar,  iqtisodiy  nazariyaning  klassik  maktabi  namoyondalari  bunday 
aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar.  
  Bugungi kunga kelib  ko’pchilik  mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi 
roli  sezilarli  darajada  katta  ekanligini  hisobga  olsak,  davlatning  iqtisodiy 
rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda 
iqtisodiyotni  tartibga  solishi  muhim  ekanligiga  iqror  bo’lamiz.  Davlat 
makroiqtisodiyotning  boshqa  sub’ektlari    hatti-harakatini  belgilovchi  omillarni 
hisobga  olgan  holda,  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishni  ta’minlash  maqsadida,  o’z 
tasarrufida  mavjud  bo’lgan  vositalar  orqali  ularni  yo’naltirib  turadi.  Bu  vositalar 
esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir.  Xulosa qilib aytganda 


 4 
 
makroiqtisodiyot  fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik 
aloqalarini tashkil etishning  nazariy asosi hisoblanadi. 
Zamonaviy  makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi 
jarayonlarda  mavjud  resurslarni  cheklanganlarini qayd  etib,  ularni tejab  ishlatish, 
farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. 
  Makroiqtisodiyot  fani  –  turli  moddiy,  moliyaviy,  mehnat  va  boshqa  tur 
boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali 
ishlatilishini,  iqtisodiy  o’sish  barqarorligini,  ya’ni  milliy  iqtisodiyotni 
rivojlanishini umumiy holda o’rganadi. 
  
  Makroiqtisodiyot  fanining  ahamiyati  nafaqat  davlat  boshqaruvida 
umumiqtisodiy  siyosatni  olib  borishi  va  yo’nalishlarini  ishlab  chiqish  uchungina, 
balki  alohida  tadbirkorlar,  korxonalar,  uy  xo’jaliklari,  oddiy  fuqarolar  faoliyatida 
ham zarur.  

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat