1.2.Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari
Inson juda turli-tuman ehtiyojlarga: oziq-ovqat, kiyim, boshpana, ta’lim,
mehnat, ko’ngil ochish, muloqot va ko’plab boshqa ehtiyojlarga ega. Barcha
sanalgan ehtiyojlar cheksiz turli-tuman shakllar, sifatlar, belgilar, xususiyatlarga
ega. Bunda har bir inson yakka holda qanday ehtiyojlar u uchun eng muhim,
ustivor hisoblanishini aniqlaydi, ya’ni u birinchi navbatda qanday ehtiyojlarni
qondirishni zarur deb hisoblaydi.
Inson o’z ehtiyojlarini o’ziga qulay iqtisodiy ne’matlar yordamida qondiradi.
Ularga oziq-ovqatlar, kiyim, kitoblar, avtomobillar, san’at buyumlari va boshqa
shu kabilar kiradi.
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy ne’matlarning bir qismi inson
ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratiladi, bir qismi-ishlab chiqarish natijasi
hisoblanadi.
Iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonga resurslar zarur.
Ishlab chiqarish resurslari – bu tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun
ishlatiladigan resurslardir.
5
Ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarish omillari deb atash qabul qilingan
va ularni uchga ajratiladi:
yer;
mehnat;
kapital.
«Yer» (tabiiy resurslar) – bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda
ishlatiladigan tabiat tomonidan berilgan resurslardir. Tabiiy resurslarga misol
bo’lib suv resurslari, tuproq, o’simliklar, foydali qazilmalar hisoblanadi.
Mehnat (inson resurslari) – kishilarning ishlab chiqarish jarayonida
ishlatiladigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari, sog’lig’ining ahvoli, ta’limi va kasbiy
ko’nikmalarini o’z ichiga oladi.
Kapital (kapital resurslari) – bu inson tomonidan yaratilgan va tovar hamda
xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan
buyumlardir. Kapital resurslariga misol bo’lib binolar va inshoatlar, asboblar va
uskunalar, aloqa vositalari, transport, shuningdek qayta ishlangan hom ashyo va
yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Ba’zan ishlab chiqarish omillarining to’rtinchi ko’rinishi – tadbirkorlik
ajratiladi, chunki u kishilarda tadbirkorlik qobiliyati deb ataluvchi noyob
xususiyatlarning mavjudligini ko’zda tutadi.
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish
resurslarining barcha turlariga: «yer», mehnat, kapitalga ega bo’lishi zarur. Biroq,
inson ularning cheklanganlik muammosiga duch keladi. Bu cheklanganlik
masalan, foydali qazilmalar zahiralarining cheklanganligi kabi tabiiy ravishda
mavjud bo’lsa, shuningdek sub’ektiv ravishda, ya’ni inson psixologiyasi
tomonidan tug’ilishi mumkin, chunki uning ehtiyojlari cheksizdir.
Ishlab chiqarish resurslarini cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov
muammosini qo’yadi:
- NIMA va qanday miqdorda ishlab chiqarish?
- QANDAY texnika va texnologiyani qo’llash?
6
- KIM tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot iste’mol qilinadi?
Aynan shuning uchun iqtisod fanining e’tibor markazida- ishlab chiqarish
uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona
foydalanishni ta’minlash yo’llarini o’rganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini
har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini
qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish
mumkin emasligini ko’zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech
nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko’pincha inson bir iqtisodiy ne’matning
ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi.
Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat
tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan
o’lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy
ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz
kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo’lgan 3 metr mato bo’lagidan yo
ko’ylak yoki kostyum tikish mumkin. Matoning cheklangan miqdori ham ko’ylak,
ham kostyum tikishga imkon bermaydi. Bu vaziyatda tanlash kerak bo’ladi. Bu
tanlov yo ko’ylakdan yoki kostyumdan voz kechishni ko’zda tutadi. Ko’ylakni
tanlash qarori kostyumga ega bo’lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi
ko’ylakning qimmati kostyumga ega bo’lib, olish mumkin bo’lgan foyda va
quvonchlarga teng. Unda ko’ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi-kostyum.
Agar kostyum tanlansa-uning muqobil qiymati ko’ylak bo’lardi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o’rganib,
iqtisod fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam
resurslarni sarflab, o’zining eng ko’p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir.
7
Bu ko’plab variantlar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq
foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo’lganida, tanlov mumkin bo’lmasdi. Agar
cheklanganlik bo’lmaganida, unda tanlov kerak bo’lmasdi. Tanlash muammosi
cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko’piga egamiz.
Nimalar o’rtasida tanlov boradi? Resurslardan foydalanishning eng yaxshi
variantlari o’rtasida. Resurslardan foydalanishning eng yaxshi varianti kam
xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi variant bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |