Mustaqili sh I



Download 86,09 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi86,09 Kb.
#381270
Bog'liq
Bank menejmenti va marketingi Yo'lchiyev Axadjon SM 51


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI BO’LIM

Menejment yo`nalishi

SM-51 guruh talabasi Yo’lchiyev Axadjonning Bank menejmenti va marketingi fanidan tayyorlagan

M U S T A Q I L I SH I


Fan: Bank menejmenti va marketingi

Guruh: SM-51

Bajardi: Yo’lchiyev Axadjon

Qabul qiluvchi: Jo`rayev I
Toshkent–2021

Вариант №7

  1. Банклараро рақобат кураши шароитида мижозларни жалб қилиш ва сақлаш муаммоси.

  2. Тижорат банкларининг баҳо сиёсати ва унинг мижозларни жалб қилишдаги роли.

1. Tijorat banklari o’rtasidagi raqobat bir necha darajalardan iborat bo‘ladi. Jumladan:

1. Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat ( universal va ixtisoslashgan banklar).

2. Banklarning boshqa moliya - kredit muassasalari bilan o‘zaro raqobatini tushunamiz. Bunga banklarning investitsiya fondlari, sug‘urta kompagniyalari, brokerlik kompaniyalari va boshqalar bilan bo‘ladigan raqobatini tushunamiz.

3. Tijorat banklarning uchinchi darajali raqobatida savdo uylari, telekommunikatsion kompaniyalari, posta aloqasi va boshqalarni kiritish mumkin. Jahon amaliyotida banklararo raqobatni 2 darajasi keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra raqobat alohida kredit muassasalari o‘rtasida mavjud bo‘lib va o‘zaro raqobat amalga oshiriladi, ikkinchisida esa, guruhlar o‘rtasida raqobat bo‘ladi, ya’ni moliya-sanoat guruhlari yoki bank sindikatlari o‘rtasida raqobat tashkil bo‘ladi. Banklararo raqobatni quyidagi shakllarga ajratib o‘rganishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat;

2. Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat;

3. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat;

4. Baholi va nobaho raqobat;

5. Takomillashgan va takomillashmagan raqobat.

Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat. Bunda banklararo raqobatda ishtirok etuvchi sub’ektlar nuqtai-nazaridan sotuvchi va xaridorlar raqobati yuzaga keladi. Sotuvchilar raqobati – ma’lum xizmat turlarini belgilangan bahoda va miqdorda taklif etib yuqori foyda olishga qaratilagan turli bank xizmatlari va operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat tushuniladi.

Xaridorlar raqobati –ma’lum xizmatlar bahosini va unga bo‘lgan talabni shakllanishiga ta’sir qiluvchi va natijada zarur xizmatlarni arzon va foydali sharoitda xarid qilish uchun xaridorlar o‘rtasidagi bo‘ladigan raqobatga aytiladi. Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lishi banklararo raqobatda sub’ektlar konsentratsiya darajasiga muvofiq bo‘linishidir. Individual raqobatda bir nechta banklar va boshqa sub’ektlar ishtirok etib ular o‘rtasida raqobat shakllanadi. Guruhlar o‘rtasidagi raqobatda banklar uyushmalari, sindikatlari va boshqa birlashmalar ko‘rinishida o‘zaro raqobatning yuzaga kelishi hisoblanadi. Raqobatda ishtirok etuvchilarning qaysi tarmoqqa egaligi bo‘yicha tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘lib o‘rganamiz. Tarmoq ichidagi raqobatda bir tarmoqqa tegishli sub’ektlar raqobatga kirishadi va bir xil xizmat va operatsiyalarini taklif etish orqali o‘zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‘yish sohasida banklar tomonida bir xil stavkada omonatlarni jalb qilish taklif etilgan bo‘lsa, u holda mijozlar ishonchli va barqaror banklar xizmatidan foydalanadi. Banklar tomonidan bir xil tarmoqlar bo‘yicha xizmatlar taklif etib ular o‘rtasida raqobat muhiti shakllanadi. Tarmoqlararo raqobat – bu raqobatda turli tarmoq banklari o‘rtasidagi raqobat tushuniladi. Bunda tijorat banklari tomonidan turli tarmoqlarga o‘z xizmatlarni taklif etadi va ular o‘rtasida tarmoqda o‘rnini mustahkamlash uchun raqobat amalga oshiriladi. Banklararo raqobatning tarmoqlararo raqobat shakliga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar:

1. Tijorat banklari faoliyatiga nisbatan xuquqiy cheklovlarning joriy etilganligi. Bunday cheklovlar banklarning mijozlari, omonatchilari va kreditorlarining huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Masalan, kapitalga qo‘yiladigan minimal talablar va boshqa iqtisodiy me’yorlar.

2. Kredit resurslarining manbalariga egalik qilish imkoniyatning chegaralanganligi. Bu ayniqsa, hozirgi kunda respublikamiz bank tizimida mavjud bo‘lgan raqobat hisoblanadi.

3. Bank mahsulotlarining tabaqalashtirilganligi. Bank mahsulotarining tabaqalashishi bank mahsulotlarining individuallashuvini talab etadi. Baholi va bahosiz raqobat. Baholi raqobatda tijorat banklari ko‘rsatadigan moliyaviy xizmatlar bahosini pasaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan raqobatga aytiladi. Ammo, banklar o‘rtasida baholi raqobatni cheklash quyidagilar bilan chegaralanadi: - banklarning kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar yuqori darajasiga davlat tomonidan chegara belgilanishi mumkin. - bank foiz stavklarining shunday quyi chegarasi borki, bunda banklar foyda ololmasligi va natijada zarar ko‘rishi mumkin. Bunday hollarda banklar bahosiz raqobatni afzal bilishadi. Baholi raqobatning o‘zi ikki turga bo‘linadi:

1. Ochiq baholi raqobat. Bunda bank xizmatlari bo‘yicha baholar pasaytirib boriladi va raqobat amalga oshiriladi;

2. Yopiq baholi raqobat. Bank tomonidan yangi xizmatlar joriy etilib mijozlar bozorida bankning roli mustahkamlanadi va bank xizmatlarining bahosi o‘zgarishi sezilarli darajada bo‘lmaydi. Bahosiz raqobat banklar tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar va operatsiyalar sifatining o‘zgarishiga asoslanib raqobat shakllanadi. Moliyaviy xizmatlar va operatsiyalar sifatini belgilovchi asosiy menzonlar quyidagilardan iborat:



  1. Mijozga xizmat ko‘rsatish tezligi;

  2. opersiyani amalga oshirish muddati;

  3. noaniqlik va xatolarning soni;

  4. bank tomonidan beriladigan maslahatning sifati, bank xizmatini mijoz taqdim etish xarajati yoki tannarxi hisoblanadi.

Banklararo bozorning monopollashuvi jihatdan banklararo raqobat takomillashgan va takomillashmagan raqobatga bo‘linadi. Takomillashgan raqobatda turli va bir nechta banklar tomonida xizmatlar taklif qilinadi va ular o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Takomillashgan raqobatning asosiy jihatlari quyidagilar:

- ishtirokchilar soni ko‘p bo‘ladi;

- raqobat baholi xarakterga ega va reklama va boshqa ko‘rinishlarda amalga oshiriladi.

- yangi tashkil etilgan banklar bunday bozorarga kirishi va mavjudlari erkin tarzda chiqishi mumkin. Takomillashmagan raqobatda bir yoki bir nechta sub’ektlar faoliyati natijasida bozorga ta’sir o‘tkazish orqali, ya’ni teng bo‘lmagan sharoitda raqobatning bo‘lishidir. Takomillashmagan raqobatning 3 ta asosiy shakli keltirib o‘tiladi:



  • Monopolistik raqobat;

  • Oligopoliya;

  • Sof monopol raqobat.

Moliyaviy xizmatlar bozoridan monopolistik raqobatda bozorning asosiy qismini ma’lum tijorat banklari guruhi egallaydi. Ushbu banklar ma’lum xizmat va operatsiyalar bo‘yicha etakchi bo‘lishiga olib keladi. Oligopolistik raqobatda moliyaviy xizmatlar bozorida sanoqli tijorat banklari hukmronlik qiladi va moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Sof monopol raqobat raqobatda tijorat banki ma’lum xizmat turi yoki ma’lum hudud bo‘yicha bozor yagona bo‘lib hisoblanadi. Boshqa tijorat banklari bo‘lmaganligi tufayli ushbu bank xizmatlaridan mijozlar foydalanishga majbur bo‘ladi.

Raqobat qator muhim funksiyalarni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari – tovar va xizmatlarning jamiyatda bozor qiymatini aniqlash va belgilash, muayyan mehnatni jamiyat uchun zarur mehnatga aylantirish hisoblanadi. Raqobat tufayli individual qiymatlarni tenglashtiri sh va mos ravishda, tashkilotni boshqarishdagi, mehnat unumdorligidagi farqlar asosida foyda hajmini differensiatsiyalash ro‘y beradi. Raqobat tarmoqlararo nuqtai nazardan o‘rtacha foyda me’yorini shakllantiradi, jamiyatga kerakli tarmoqlar foydasiga kapitalning oqib o‘tishiga olib keladi. Raqobat shubhasiz, qachon, qanday va qancha tovar hamda xizmatlar taklif etish va ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan holda bozor foydasiga ishlaydi. «Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiy nazariyada eng muhim va hozirgi sharoitda keng foydalanilayotgan tushuncha bo‘lib, ko‘plab iqtisodchilarning jiddiy hamda muttasil e’tiborini jalb etmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistic faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, «raqobat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir sub’ekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi». Ushbu qonunda raqobat faqat tovar bozorlariga tegishliligi belginayapti. E’tirof etish kerakki, mamlakatimiz qonunchiligida bank xizmatlari bozorlaridagi raqobat e’tiborga olinmagan. Bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‘rtasida raqiblik qilish jarayoni sifatida belgilanadi. Tijorat banklarining xizmatlari yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat sifatida tavsiflanadi.

Bank xizmatlari sifatida bank operatsiyalari va bitimlarini amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi xizmatlari, moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari, pul mablag‘larini ishonch asosida (trast) boshqarish, shuningdek, moliyaviy xarakterdagi boshqa xizmatlar ko‘rib chiqiladi. Bank xizmatlari bozorida raqobat, banklar o‘rtasidagi musobaqa, raqiblik kurashi bo‘lib, bunda, banklarning mustaqil harakatlari ulardan har birining bank xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlariga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini chegaralaydi. Bank xizmatlari bozorida raqobatni o‘rganishda uning o‘ziga xosliklarini ochib beradigan quyidagi asosiy tushunchalarni aniqlashtirib olish zarur: Raqobat sohasini bank xizmatlari sohasi, mahsulot (xizmat) turlari va raqobatchilarning mustaqil raqiblik qilishi amalga oshiriladigan bozorlar ifodalaydi. Bank xizmatlari bozorida raqobat predmeti, tijorat banklari o‘rtasida mijozlar hurmatini qozonish va ularni bank xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisoblanadi.

Bank xizmatlari bozorida raqobatning rivojlanishiga doir uchta asosiy muammoni ajratib ko‘rsatish mumkin:

-mamlakat moliya bozorida xalqaro tashkilotlar tomonidan global raqobatning kuchayishi; -mamlakat birlashmalari, sub’ektlari va davlat kapitali ishtirokidagi banklar rolining ustunligi;

-biznesda ma’muriy va iqtisodiy xarajatlarning pasayishi hisobiga bank xizmatlari mahalliy sektori raqobatbardoshligining ortishi. Bank raqobatining mohiyati bank xizmatlarining bozordagi eng muhim tavsifnomasi – raqobatbardoshligida ѐrqin aks etadi.

Bank raqobat sub’ektlari nafaqat banklar, balki bank bozorida ishtirok etuvchi barcha boshqa moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan tashkilotlardir.

Raqobat- raqobatchilarni rag‘batlantiruvchi omil:

- bank xizmatlari turlarini kengaytirish

- bank mahsulotlari sifatini oshirish

- bu mahsulotlar uchun narxlarni tartibga solish Raqobat banklarni yanada samarali ishlash usullariga o‘tishga undaydi.

Bank raqobatining mohiyati, bozorda bank xizmatlarining eng muhim xususiyati - uning raqobatbardoshligi bilan ifodalanadi. Tijorat banki raqobatbardoshligi uning raqobatbardosh xizmatlar ishlab chiqish va sotish yo‘li bilan muayyan bozor (sotuv mintaqasi) talabiga muvaffaqiyat bilan javob qaytarish qobiliyati sifatida tavsiflanadi. Banklararo raqobat deb banklararo bozorda resurslarni jalb qilishdagi o‘zaro munosabatlar va barcha bank xizmat turlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan raqobatga aytiladi Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat bir necha darajalardan iborat bo‘ladi. Jumladan:

1. Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat ( universal va ixtisoslashgan banklar).

2. Banklarning boshqa moliya- kredit muassasalari bilan o‘zaro raqobatini tushunamiz. Bunga banklarning investisiya fondlari, sug‘urta kompagniyalari, brokerlik kompaniyalari va boshqalar bilan bo‘ladigan raqobatini tushunamiz.

3.Tijorat banklarning uchinchi darajali raqobatida savdo uylari, telekommunikasion kompaniyalari, posta aloqasi va boshqalarni kiritish mumkin. Banklararo bozorning monopollashuvi jihatdan banklararo raqobat takomillashgan va takomillashmagan raqobatga bo‘linadi. Takomillashgan raqobatda turli va bir nechta banklar tomonida xizmatlar taklif qilinadi va ular o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Takomillashgan raqobatning asosiy jihatlari quyidagilar:

- ishtirokchilar soni ko‘p bo‘ladi;

- raqobat baholi xarakterga ega va reklama va boshqa ko‘rinishlarda amalga oshiriladi.

- yangi tashkil etilgan banklar bunday bozorarga kirishi va mavjudlari erkin tarzda chiqishi mumkin.

Bankning raqobatbardoshligi o‘sishi uchun tashqi sharoitlardan foydalanish imkoniyatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar qatoriga, fikrimizcha, quyidagilarni kiritish mumkin:

-bankning bozordagi ulushi;

- tizimning o‘sish sur’atlari;

- tashqi muhit qulayligi.

Bankning raqobatbardoshligi o‘sishining ichki salohiyatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar, bizningcha, quyidagilardir:

- mijozlar kapitali (mijozlar bazasi va mijozlar bilan munosabatlarning sifati, bankning kommunikatsiya imkoniyatlari);

- texnologik kapital (ichki biznes-jaraѐnlar sifati, ichki-bank texnologiyalari va menejmenti);

-inson (kadrlar) kapitali (personal sifati);

- raqobatbardosh mahsulot yuzaga kelishi hisoblanadi. Raqobatda ishtirok etuvchilarning qaysi tarmoqqa egaligi bo‘yicha tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘lib o‘rganamiz. Tarmoq ichidagi raqobatda bir tarmoqqa tegishli sub’ektlar raqobatga kirishadi va bir xil xizmat va operatsiyalarini taklif etish orqali o‘zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‘yish sohasida banklar tomonida bir xil stavkada omonatlarni jalb qilish taklif etilgan bo‘lsa, u holda mijozlar ishonchli va barqaror banklar xizmatidan foydalanadi.

Bank raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlari ѐki tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi: Bankning moliyaviy holati: ishonchlilik, rentabellik, likvidlilik va boshqalar.

Xulosa. Banklar raqobat kurashida o’z mijozlarini saqlash qolish muammosi o’z fikrimda ifodalaydigan bo’lsam, birinchi o’rinda bank sifatini oshirish, bank xodimi lavozimiga salohiyatli yoshlarni jalb etish, xushmuomalalik, tezkor xizmat ko’rsatish, o’z konsalting maslahatlarini ayamaslik, bank xizmati turlarini kengaytirish, ziddiyatlarni bartaraf etish, bank imidjiga e’tibor qaratish, institutlarga kelib malakali, bilimdon yoshlar bilan uchrashuvlar olib borish, reklamadan foydalanish va halq orasida aksiyalar o’tkazish va boshqalar deb bilaman.



2. Banklar faoliyatida tahlilning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

* Bank faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash. Tijorat bankining aktivlar, depozitlar, kreditlar, xususiy kapitali va daromadlari tahlil qilinadi. Bunday tahlil orqali tijorat bankining ko‘rstakichlari aynan shunday bank ko‘rsatkichlari bilan solishtirish orqali o‘tkaziladi hamda bankning bank tizimidagi o‘rniga baho beriladi. Natijada bankning reytingi aniqlanishi mumkin. Ushbu tahlil natijalari bankning strategik maqsadlarini ishlab chiqishda foylaniladi.

* Bankning resurs bazasini baholash. Tijorat bankining moliyaviy resurslari (xususiy kapitali, depozitlar, banklararo kreditlar) hajmi, uning tarkibi, sifati va barqarorligi tahlil etiladi. Ularning rivojlanish tendensiyalari baholanib ta’sir etuvchi omillar tahlil aniqlanadi. Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining o‘zgarishi va uning bank resurs bazasiga ta’siri baholanadddi, xususan suzuvchi va qat’iy foizda jalb qilingan resurslarning qiymat o‘zgarishini to‘g‘ri baholash lozim. Bunda tahlil tijorat bankining alohida olingan resurslarini guruhlashtirish orqali amalga oshirilib, tarkibiy ko‘rsatkichlar dinamikasi baholanadi. Natija esa, aynan shuday turdagi tijorat banki ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi va bankning moliyaviy resurslarni boshqarishdagi kamchiliklari baholanadi. Bundan tashqari, tahlil natijalaridan depozit siyosatini, aktiv va passivlarni boshqarish siyosatini ishlab chiqishda keng foydalanish mumkin.

* bank aktivlari holatini baholash. Tijorat banklari aktivlarining (kreditlar, investitsiyalar, lizing, faktoring va boshqalar) tarkibiy qismlari hajmi va uning rivojlanishi tahlil etiladi. Bankning daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlari hamda uning nisbati aniqlanib, daromad keltiruvchi aktivlar salmog‘ini oshirish tadbirlari belgilanadi. Bank aktivlarining likvidliligi va sifati o‘rganilib, amaldagi me’yorlar va xalqaro bank amaliyotida tavsiya etilgan mae’yorlar bilan solishtiriladi. Tahlil natijalari asosida bank faoliyatining samaradorligi, ayniqsa aktivlar harakatiga baho beriladi. Tahlil natijalaridan bankning kredit, investitsion va aktiv va passivlarni boshqarish siyosatlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda foydalanish mumkin.

* tijorat bankining likvidliligini baholash. Ushbu tahlilda tijorat banklarining likvidlilik ko‘rsatkichlari aniqlanadi va uni me’yoriy darajalari bilan solishtirladi. Bank likvidliligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar tahlil etiladi. SHuningdek, bank aktiv va passivlari muddati va miqdori muvofiqligi ta’minlashi lozim. Ushbu tahlil ma’lumotlaridan bankning likvidlilikni boshqarish bo‘yicha siyosatini, taktika va strategiyalarini shakllantirishda foydalanish mumkin.

* bankning daromadliligini baholash. Tijorat bankining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisoboti asosida bank xarajatlari va daromadlari tahlil etiladi. Bankning foizli daromadlari, uning jami daromadlardagi ulushi, xarajatlari tahlil qilinib rentabellik ko‘rsatkichlair baholanadi. Bunda bank aktivlari va kapitalining samaradorlik ko‘rsatkichlari (ROA va ROE koeffitsentlari) tahlil etilib bank faoliyati bo‘yicha xulosa chiqariladi. Tijorat banklarining foiz marjasi va foiz spred koeffitsientlarini aniqlash va ushbu ko‘rsatkichlar orqali banklar faoliyati boshqarilishi mumkin.

* raqobatchi banklar faoliyatini baholash va tahlil etish. Bank xizmatlari bozorida raqobatchi banklarning o‘rni va ular tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarni o‘rganish asosida bank o‘z siyosatini amalga oshirishi lozim. Xususan, bank kredit va depozit xizmatlari bozoridagi o‘rnini mustahkamlash bankning bozordagi mavqeini mutahkamlashga yordam beradi.

* bankning xizmatlar bozorida raqobatbardoshligini baholash va tahlil etish. Tijorat banklarining xizmatlari va mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, uning boshqa bank xizmatlariga nisbatan sifat va miqdor jihatidan salmog‘ini oshirishga xizmat qiladi. Banklarning moliyaviy xizmatlar bozorida marketing tadqiqotlarini o‘tkazishi va natijada moliyaviy xizmatlar taklifini boshqarish mumkin. Tahlil yo‘nalishlari asosida tijorat banklarin alohida faoliyat turlari bo‘yicha: bank kredit portfeli, investitsion portfel, mijozlar kredit qobiliyatini baholash, foiz marjasi, likvidlilik ko‘rsatkichlari, kapital etarliligi ma’lumotlar baholanadi. Tahlil natijalari asosida banklarning istiqboldagi rejalarini ishlab chiqishda foydalaniladi.

Bankning raqobatbardoshligi o‘sishi uchun tashqi sharoitlardan foydalanish imkoniyatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar qatoriga, fikrimizcha, quyidagilarni kiritish mumkin:

-bankning bozordagi ulushi;

- tizimning o‘sish sur’atlari;

- tashqi muhit qulayligi. Bankning raqobatbardoshligi o‘sishining ichki salohiyatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar, bizningcha, quyidagilardir:

- mijozlar kapitali (mijozlar bazasi va mijozlar bilan munosabatlarning sifati, bankning kommunikatsiya imkoniyatlari);

- texnologik kapital (ichki biznes-jaraѐnlar sifati, ichki-bank texnologiyalari va menejmenti);

-inson (kadrlar) kapitali (personal sifati);

- raqobatbardosh mahsulot.

Taklif etilaѐtgan ko‘rsatkichlar bankning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi belgilangan omillarga mos keladi. Keltirilgan omillar quyi guruhlari bank faoliyati joriy samaradorligini baholashda asosiy omillar hisoblanadi. Ularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ko‘rsatkich uning normativ ѐki optimal qiymati tushuniladigan amaldagi va bazaviy qiymatiga ega bo‘ladi.

Xalqaro amaliyotda banklararo bozordagi raqobat muhitini baholashda bozor konsentratsiyai koeffisientidan foydalaniladi.
Download 86,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish