1. III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi 15-modda



Download 39,47 Kb.
bet1/10
Sana27.09.2021
Hajmi39,47 Kb.
#187014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word


1.

III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi



15-modda.

O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.


Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar.

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O‘LIM JAZOSINI BEKOR QILISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi sud-huquq tizimini isloh qilishning eng muhim vazifasi jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlari, jinoiy jazo tizimini izchillik bilan bosqichma-bosqich liberallashtirish hisoblanadi.

So‘nggi yillarda qabul qilingan “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, sudlar to‘g‘risidagi, prokuratura to‘g‘risidagi qonunlarga, boshqa bir qancha qonun hujjatlariga muvofiq jinoyatlarning tasniflanishi o‘zgartirildi, o‘ta og‘ir jinoyatlar jumlasiga kiritilgan jinoyatlar ro‘yxati kamaytirildi, sodir etilgan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlari, yarashuv instituti joriy etildi. Jinoiy jazolar tizimini liberallashtirishga qaratilgan boshqa bir qancha dasturiy chora-tadbirlar qabul qilindi.

Jinoyatga oid siyosatda, huquqni qo‘llash amaliyotidagi tub o‘zgarishlar mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, kriminogen vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘lim jazosini qo‘llash sohasining bosqichma-bosqich kamayib borayotganligi O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlarning muhim yo‘nalishi bo‘ldi. Mamlakat mustaqillikka erishgan paytda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘lim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq moddalardan iborat edi. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksida bunday moddalar soni 13, 1998-yilda 8, 2001-yilda esa 4 tagacha kamaytirildi. Hozirgi vaqtda, 2003-yilda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng, faqat ikki turdagi jinoyat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi nazarda tutiladi.

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni jinoiy jazoga tortiladigan qilmishlar umumiy sonining bir foizidan kamrog‘ini tashkil etadi. Sodir etilgan jinoyatning og‘irligidan qat’i nazar, qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlarga, xotin-qizlarga va 60 yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan ushbu turdagi jazoni qo‘llash taqiqlangan.

Davlatimizning jinoyatga oid siyosati o‘lim jazosini qo‘llashga nisbatan jahon tendensiyalariga to‘la mos keladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e’lon qilingan insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etadi.

Ayni vaqtda, mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishini hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilishi zarurligini taqozo etmoqda.

Shu bilan birga, ushbu muhim sohadagi islohotlar, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va insonparvarlik ruhida olib borilishini hamda insonlar ongida demokratik qadriyatlar tobora mustahkamlanishini inobatga olgan holda izchillik bilan amalga oshirib borilishi lozim.

O‘lim jazosining bekor qilinishi aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishni, birinchi navbatda, mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi izchil harakatlarini asoslab berishni, jinoiy jazoni yanada liberallashtirish, shu jumladan o‘lim jazosini bekor qilish zaruratining anglab yetilishini kishilar ongida mustahkamlashni taqozo etadi.

O‘lim jazosi umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilgan shaxslarni saqlash uchun majmua va inshootlar qurish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, ana shu muassasalarda ishlash uchun xodimlarni tayyorlash bilan bog‘liq bir qator tashkiliy-tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish lozim.

Jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini puxta ishlab chiqish hamda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ushbu sohadagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni, o‘lim jazosini bekor qilgan va o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarning jazolari ijro etilishini tashkil qilish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlarning tegishli qonun hujjatlarini chuqur o‘rganib chiqishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi muhim vazifa hisoblanadi.

Insonning yashash huquqini e’lon qiluvchi va mustahkamlovchi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalaridan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek jinoiy jazolarni yanada liberallashtirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasida 2008-yilning 1-yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilsin.

Quyidagilar belgilansin:

umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan tayinlanishi mumkin;

jinoyat sodir etganlik uchun umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni maxsus tartibli jazo ijro etiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalarda o‘taydilar.

2. Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati 2006-yilning 1-yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘lim jazosini jinoiy jazolar tizimidan chiqarib tashlash hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirishga aloqador o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:

hozirgi vaqtda o‘lim jazosi tayinlashga yo‘l qo‘yadigan jinoyatlar sodir etgan shaxslar uchun ozodlikdan mahrum etishning aniq muddatlarini belgilash va asoslash;

bunday jinoyatlar uchun jazo tayinlash, ozodlikdan mahrum etish muddatlarini hisoblash tartibi, shuningdek o‘lim jazosi o‘rniga joriy etiladigan jazolarni ijro etish tartibi va shartlari.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarni saqlash uchun zarur ixtisoslashtirilgan muassasalar inshootlari majmuasini qurish va foydalanishga tayyorlash choralari, shuningdek ushbu muassasalarni moliyalashtirish tartibi, ularda ishlash uchun kadrlar tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilsin.

4. Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda o‘lim jazosini bekor qilish masalasi bo‘yicha aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

5. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi muhokamasiga kiritilsin.

6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmalariga yuklatilsin.




Download 39,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish