Mustaqil ishi Yangiyer 2021 Mavzu: Moodle ta’lim platformasi afzalligi va kamchiliklari



Download 32,74 Kb.
bet1/8
Sana03.03.2022
Hajmi32,74 Kb.
#481537
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
modul tizimi mustaqil ish




Toshkent Kimyo Texnologiyalar Instituti Yangiyer filiali 6-20 guruh talabasi Aminov Ravshanning Axborot texnologiyalar fanidan tayyorlagan


Mustaqil ishi


Yangiyer 2021

Mavzu: Moodle ta’lim platformasi afzalligi va kamchiliklari




Reja:

1.Masofaviy ta’lim mohiyati.


2.Masofaviya ta’limda MOODLE texnologiyasi. Virtual ta’lim tizimidan foydalanish texnologiyasi


3.Masofaviy ta’lim tizimida ochiq LMS (Learning management system) va LCMS (Learning content management system) haqida tushuncha.

4.LMS tizimining intatuzilishi. Masofaviy ta’limda CMS (Content Management system) tizimini asosiy funktsional masalalari.

Masofaviy ta’lim mohiyati.
Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kommunikatsiyadir.
Masofali ta’lim G‘arbda an’anaviy bo‘lib qoldi: har bir yuqori mavqega ega bo‘lgan universitet hozirgi kunda albatta, masofali ta’lim dasturiga ega. Ko‘plab maxsus "masofali o‘quv yurtlari" ochilmoqda, ulardan ko‘pchiligi dunyoda mashhur va turli mamlakatlarda o‘zlarining bo‘limlarini ochmoqdalar (misol uchun, Britaniyada Open University). Tahminlarga qaraganda, aynan masofali ta’lim (an’anaviy o‘qish shakllari bilan birgalikda) keng tarqalib boradi, ta’limning bu shaklini "kelajak ta’limi" deb atamoqdalar.
Ko‘pchilik chet el davlatlari masofali ta’limni ustuvor yo‘nalish deb e’lon qildilar va ushbu yo‘nalishni rivojlantiirshga katta mablag‘lar ajratmoqdalar. Ushbu jarayonni amerikaliklar boshlab berdilar Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida o‘quv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo‘ldosh teleko‘rsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu o‘quv kurslari ustida bir necha o‘quv muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi paytlarda ta’limning ushbu turi Yevropada ham faol rivojlanmoqda. Avstraliya ta’lim dasturlarini ommaviy ravishda kompyuter tiliga o‘tkazib, ularni faol eksport qilmoqda.
Mamlakatimizda masofali ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘pchilik masofali ta’lim – bu shunchaki bizga ma’lum sirtqi ta’limning yangi shakli deb hisoblaydilar. Ma’lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson uyidan chiqmasdan o‘qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo‘lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni aynan masofali ta’lim va zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan ajralmasligidan iborat.
Bugungi kunda talaba o‘z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha G‘arb universitetlari dasturlari bo‘yicha ta’lim olishi mumkin. Ta’lim siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bo‘lib bormoqda. Masofali ta’lim g‘oyasida aynan ta’lim an’anaviy turlarida qabul qilingan (ham kunduzgi, ham sirtqi) "o‘quvchilarning bilimga intilishlaridan" "bilimlarni o‘quvchilarga qarab harakatlanishi" juda muhim. Dastavval masofali ta’lim oliy ta’limga ega insonlarning malakalarini oshirishlari uchun mo‘ljallangan edi. Uning eng oddiy turi – bu avvallari ham mashhur bo‘lgan televizion ko‘rsatuvlar seriyasi hisoblanadi: butun bir kanal maxsus ta’lim dasturi uchun ishlaydi. Hozirgi kunda yanada kuchliroq texnikalar paydo bo‘lishi bilan masofali ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda. Rossiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar sababli uning ba’zi oraliq bosqichlari o‘tkazib yuborildi va eng ilg‘or – Internet tarmog‘i orqali ta’lim olish turi keng tarqaldi.
Jahon amaliyotida masofali ta’lim barcha kurslari uchun albatta sertifikat beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha kurslarda ham albatta bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda taklif etilayotgan ko‘pchilik masofali ta’lim kurslari – bu qiziqishga asoslangan mashg‘ulotdir. Faqatgina izlash serverlarining o‘zi "masofali ta’lim" so‘rovnomangizga minglab manzillarni ko‘rsatib beradi. Bu dastur o‘quvchiga faylda ma’lum bilimlar hajmi ko‘rinishida kelib tushadi. Uni o‘rganib chiqqandan keyin "talaba" dasturni "tekshirishni" ishga tushiradi -dastur unga savollar beradi.
Savollarga javoblar asosida o‘quvchiga keyingi bosqichga o‘tish taklif etiladi yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bo‘lishi kerakligi xabar qilinadi. Aniq fanlarda bilimni baholash masalasi nisbatan oson hal qilinadi va bu yerda testlar qo‘llanilishi o‘zini oqlaydi, lekin gumanitar fanlarda albatta javobning matni kerak bo‘ladi. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari tajribalari nazorat o‘tkazishni sirtqi ta’lim shaklida bo‘lgani kabi, kunduzgi o‘qish mashg‘ulotlari ko‘rinishida o‘tkazish yaxshi bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin, misol uchun, oliy o‘quv yurti AQShda, o‘quvchi esa – Rossiyada bo‘lgan hollarda nima qilish kerak? Bu yerda albatta yozma imtihon yagona yo‘li hisoblanadi.
Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar usuli keng tarqalgan, bugungi kunda qo‘llaniladigan o‘qitish usullaridan biri quyidagicha bo‘lishi mumkin: "Talaba" axborotni oladi, uni o‘rganib imtihon topshiradi. Boshqa usul ham mavjud. O‘quv materiallari serverga kiritiladi, ularni o‘zlashtirib ma’lum vaqtdan so‘ng nazorat ishini yozadilar. Shunday qilib, bloklar bilan o‘quvchilar butun dasturni o‘zlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar imtihonlar topshirish vaqtini belgilaydilar. G‘arbda ko‘chirib olishga odatlanishmagan: agarda bilim olishni xohlasangiz o‘qish kerak. Endi uyda o‘tirish va g‘arb namunasidagi diplom olish imkonidan tashqari masofali ta’lim nimasi bilan afzal eqanligini tushunib olish qoldi.
Uning xususiyatlari haqida fikr yuritar eqanmiz, birinchi navbatda, moslashuvchanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tish zarur. Masofali ta’lim tizimida bilim oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam mashg‘ulotlarga qatnamaydilar, balki o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda hamda qulay sur’atlarda ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar, odatiy hayot tarzini buza olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta ustunliklar mavjud. Bundan tashqari, o‘qishga kirish uchun talabadan ma’lum bilim darajasi talab qilinmaydi va har kim fanni o‘zlashtirishi va baholanishi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha o‘qishi mumkin.
Masofaviy ta’limning uzini metodik, iktisodiy, sosial yutuklari va afzalliklarga xamda uzining kamchiliklari va salbiy tomonlarga ega.
Metodik yutuqlar va afzalliklargaqkuyidagilarni kiritish mumkin:

  • Dars jadvalni kulayligi. O’quvchi uziga ma’kul bulgan vaktda o’quv jarayoniga katnashishi mumkin.

  • Kulay foydalanish manzillari. O’quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish

joyida va boshka joylardan o’quv jarayoniga katnashishi mumkin.



  • Kulay ukish tempi. Ta’lim, o’quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida utkaziladi.

  • Kulay o’quv reja. O’quv rejani talabalarga individual va davlat ta’lim talablariga mos xolatda tashkil kilish mumkin.

  • Ma’lumotlar bazasini tuplanishi. Oldingi ukigan talabalar bilimlarini tuplash

va undan foydalanish imkoniyati.



  • Kurgazmali kulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan tulik foydalanish imkoniyati.

Malakali ukituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb kilish. Iktisodiy yutuklar va afzalliklarga kuyidagilarni kiritish mumkin:



  • Cheksiz masofaga ta’lim berish. Ukituvchi va o’quvchilar urtasidagi masofa xech kanday axamiyatga ega emas.

  • Ish jarayoniga xalakit bermasligi. O’quvchi ishdan ajralmas xolatda ta’lim

oladi.


  • O’quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta’lim texnologiyalarni tulik kullagan o’quv muassasa talabalar soni 2-3 barovar oshishi mumkin.

  • Narxi. Masofaviy ta’lim kurslari 2 va 3 barovar oddiy kurslarga karaganda arzon.

Sosial yutuklar va afzalliklarga kuyidagilarni kiritish mumkin:



  • Ijtimoiy guruxlarga ajratish yukligi. Masofaviy ta’lim kursida ikkinchi oliy yoki kushimcha ma’lumot oluvchilar, malaka oshirish va kayta tayyorganlik utash istagida bulganlar; ikkinchi paralel ma’lumot olishni xoщlagan talabalar; markazdan uzokda, kam uzlashtirilgan mintakalar aщolisi; jismoniy nuksonlari bulgan shaxslar; armiya xizmatida bulgan shaxslar; erkin kuchib yurishi cheklangan shaxslar; va boshkalar katnashishi mumkin.

  • Yosh cheklanishlari yukligi. Ukishga jalb kilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno kilinadi.

Ammo masofaviy ta’limda salbiy tomonlari xam borligi xakida aytish lozim.


Ularga kuyidagilarni kiritishimiz mumkin:



  • Elektron xolatdagi ta’lim va mulokot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual xolatdagi ta’lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtki) ta’lim turlarida ukish istagida bulishadi.

  • Davlat masofaviy ta’lim standartlari yukligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan kupgina masofaviy ta’lim kurslari bitiruvchilariga fakat ushbu kursni bitirganligi xakida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi.

  • Virtual muxit va texnika ta’minot bilan boglikligi. Masofaviy ta’lim internet

borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikasion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taallukli.



Covid-19 virusining chegara bilmasligi, sarhad tanlamasligi, endi tug’ilgan chaqaloqdan tortib nuroniylarimizgacha yetib borishi sababli o’rnatilgan karantin ta’lim va tarbiya jarayonimizning uzilishiga yoxud to’xtab qolishiga sabab bo’la
olmaydi. Darhaqiqat, bu virus mamalakatimizda aniqlangan ilk kunlardan boshlab yurtboshimiz qarorlariga muvofiq yurtimizda ham karantin e’lon qilindi. Korxona va muassasalarning faoliyati masofaviy tizimlar orqali boshqarilishi yo’lga qo’yildi. Ommaviy axborot vositalari, televideniya, internet tarmoqlarining roli yanada kuchaydi. Shu o’rinda o’quvchi-yoshlar, talabalarning ta’tilda bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, unumli foydalanish maqsadida masofaviy o’qitish
jarayonlari, onlayn bog’cha va onlayn maktab teledasturlari ishga tushirildi. Fikrimiz dalili sifatida, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 27-martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni
joriy etish to’g’risida”gi 233-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo’lab-quvvatlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari tomonidan fanlar bo’yicha tayyorlangan 150 dan ortiq video darslarni Utube.com ijtimoiy tarmog’idagi institutlarning rasmiy sahifasiga hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ochilgan masofaviy ta’lim portal tizimi education_online guruhiga joylashtirildi. Professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan elektron ta’lim resurslari(o’quv-uslubiy majmua, o’quv-uslubiy ko’rsatma, ma’ruzalar kursi, bitiruv malakaviy ishlar va hokazolar) ZiyoNet ta’lim portaliga muntazam ravishda joylanib kelinmoqda. Talabalarga masofadan turib xizmat ko’rsatish maqsadida Axborot-resurs markazining ijtimoiy tarmoqdagi telegramm bot kanalida t.me@andmiarm_bot sahifasi ishga tushirilgan. Ushbu kanalda institutdagi mavjud ta’lim yo’nalishlariga o’tiladigan fanlarning jami 4824 nomda 83,5 Gb hajmdan iborat asosiy o’quv adabiyotlari, o’quv-uslubiy majmualari va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan. Online
kutubxona ham faoliyatda. Ushbu elektron kutubxonadagi mavjud ARMAT dasturiga ARM fondida mavjud 5904 nomdagi to’liq matnli elektron o’quv adabiyotlar joylashtirilgan. Foydalanuvchilar ushbu elektron kutubxonadan masofadan turib foydalanishlari mumkin. Institutning telegram ijtimoiy tarmog’idagi t.me@edu.uz ga joylashtirilayotgan ta’lim resurslariga oid ma’lumotlar, kirish bepul bo’lgan ta’lim axborot saytlari ro’yxatlari, televideniya orqali masofaviy o’quv mashg’ulotlari efirga uzatiladigan telekanallar haqida
axborot muntazam joylashtirib borilmoqda. Talabalarning ijtimoiy tarmoqlarda dars jarayonini o’zlashtirish darajasini hamda ustoz-murabbiylar bilan
muloqotni faollashtirish uchun telegramm ijtimoiy tarmog’ida guruhlarga bo’lingan holda fanlar yuzasidan professor- o’qituvchilar boshchiligida alohida kanallar va guruhlar ochilib, ularga talabalar jalb etilgan. Oliy o’quv yurtlarida
bir necha yildan buyon MOODLE masofaviy ta’lim platformasi o’quv jarayoni hamda online darslarda muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Bunda universitet tomonidan, har bir talaba o’z guruhiga, guruhlar esa yo’nalishlar kesimida taqsimlangan.Tarmoq oliy ta’limning professor-o’qituvchilari, bakalavr, magistrantlar uchun mo’ljallangan. Online dastur ma’ruza, seminar mashg’ulotlaridan tashqari mavzu yuzasidan taqdimot, namunaviy videodarslar, bahs-munozarali, muammoli vaziyatlar, glossariy va mavzuni mustahkamlashga doir test savollari bilan boyitilgan. Mazkur tizimga 18 ta ta’lim yo’nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklarida o’qitilayotgan 365 ta fanlarga oid ma’lumotlar kiritilgan. Ushbu tizim orqali 2019-2020-o’quv yilining bahorgi semestridagi fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi kerak bo’lgan mavzular yuzasidan talabalarga tegishli bilim va ko’nikmalar berilmoqda hamda talabalarning o’zlashtirishini
kurs yakunida onlayn tarzda fan doirasida test tizimi orqali baholanishi belgilangan. Tizimga mobil qurilmalar, planshet va kompyuterlar orqali kiriladi.
Onlayn ta’lim tizimi to’g’risida talabalarda o’tkazilgan so’rovnomаlar natijasida:
tizim barchaga bilim olishda qulayligi, uzoq masofadan qatnamaslik, har qanday holatda ham bog’lana olish, ustozlar bilan muloqot jarayonlari va yurtimizda sinovli damlar bo’lishiga qaramasdan, yoshlar uchun, bilim olishlari uchun
sharoitning yaratilganligidan mamnundirlar. Ammo bu imkoniyatdan cheklangan
talabalar ham yetarli. Ba’zilar tog’li hududda istiqomat qilishi,internetga ulanishda muammolar borligini aytsa, ayrimlarda kirish uchun vositaning yo’qligi,
kimlardadir tizimni tushunmaslik holatlarining uchrashi achinarli
holat. Zero, vaziyat taqozosiga ko’ra bilim olish o’zimiz uchun zarur bo’lib, yurtimizning tinchligi, yurtboshimizning ishonchi, biz yoshlarning bu yo’lda sabr bilan birga birdam harakatda bo’lishimizni talab etadi


Download 32,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish