Mustaqil ishi mavzu


API-mijozlarga xizmat ko’rsatish usuli



Download 171.35 Kb.
bet4/4
Sana20.02.2021
Hajmi171.35 Kb.
1   2   3   4
API-mijozlarga xizmat ko’rsatish usuli

Ko’plab kompaniyalari API’ni tayyor mahsulot sifatida taqdim etishadi. Masalan , Weather Underground metereologik ma’lumotlar olish uchun API sotadi.



Google Kalerndarning Api’sini tarmoqdagi boshqa serverlarning API’sidan qanday farqi bor?

Bu savolga texnik yondashadigan bo’lsak, so’rov va javobning formatida. Brauzer butrun web sahifani generatsiya qilish uchun javobni HTML ifodalash tilida kutadi. Google Kalendarning API’si esa ma’lumotlarni JSON formatida qaytaradi.

Agar API’ga so’rovni kompaniyasi veb sayti server yuborsa , kompaniya server mijoz bo’ladi (xuddi foydalanuvchi saytni tashrif buyurganda brauzer mijoz bo’lgani kabi).

API yordamida foydalanuvchi saytni tark etmagan holda har xil harakatlar qilish imkoniga ega bo’ladi. Hozirda saytlar aksariyat hollarda bir nechta API xizmatlaridan foydaalanishadi. Ko’plab topshiriqlar tayyor yechimlarga ega bo’lib. bu holda ular dasturchilarga kutubxonalar yoki boshqa xizmatlar taklif qilishadi. Va albatta umuman olib qaraganda aynan shunaqa tayyor yechimlaridan foydalanish eng to’g’ri yo’l hisoblanadi.

Ko’plab dasturchilar dastur yaratrish jarayonida dastur yaratish dastur qismlarini bir nechta serverlarga bo’lib yuboradilar. Bu qismlar o’zaro API yordamida ma’lumot almnashadilar. Bosh serverga qo’shimcha yoki yordamchi ffunksiyalar taqdim etadigan dasturlar- mikroxizmatlar (microservices) deb ataladi.

Shunday qilib , kompaniya o’z foydalanuvchilariga API taqdim etishi- kompaniya bir qancha maxsus URL yaratgan , ular esa o’z navbatida faqat ma’lumot qaytarishi demakdir.



Ko’p hollarda bunday so’rovlarni brauzer yordamida yuborish mumkin. HTTP protocol orqali ma’lumot almashish matn ko’rinishida bo’lganligi sababli , brauzerlar API qaytargan javobni bemalol ko’rsata olishadi. Masalan, brauzer yordamida to’g’ridan to’g’ri GitHub API’ga ulanish mumkin va bunda quyidagi JSON formatidagi javobni olish mumkin:


Brauzer hech qanday qiyinchilik va muammosiz JSON javobni namoyish eta oladi. Bunday matndan hech qanday qiyinchiliksiz keyinchalik qo’llash uchun istalgan ma’lumotni ajratib olish mumkin.

API’larga yana bir nechgta misol

“application” (dastur, ilova) so’zi bir qancha hollarda qo’llanilishi mumkin. API holatida u:


  • Dasturiy ta’minotning oldindan aniqlab olingan funksiyasiga javob beruvchi qismi;

  • Butun bir server, butun bir dastur yoki dasturni alohida bir qismi.

Umuman olganda , har qanday dasturiy ta’minotning fragmentini umumiy to’plamdan ajratib olish mumkin va uni ingliz abbreviaturasidagi “A” harvi bilan almoshtirish mumkin. Va u ham qaysidir ma’noda API’ga ega bo’lishi mumkin. Masalan dasturchi biron bir kodni o’z dasturiga tadbiq qilishi uchun boshqa dasturchilar tomonidan yaratilgan kutubxonadan foydalanishi mumkin. Va bu kutubxona dasturchi dasturining bir qismi bo’lib qoladi. Bunda u dasturiy ta’minotning mustaqil fragmenti bo’ladi va dasturning boshqa joylaridan kodda unga murojaat qilish uchun o’z API’siga ega bo’ladi.

Ob`yektga yo’naltirilgan loyihalashda kod mustaqil obyektlar ko’rinishida bo’ladi. Dasturda bir biri bilan muloqotda bo’ladigan bunday obyektlar soni yuzdan oshiq bo’lishi mumkin. Va bunda ularning har birida o’zining API’si bo’ladi. Demak bu holda API dasturdagi obyektlarning ochiq metod va xossalari bo’lib, ular yordamida obyektlar o’zaro muloqotda bo’lishadi. Bundan tashqari obyektlar shaxsiy , ichki logikaga ega bo’lishi va bu logikalar yashirilgan bo’lishi mumkin. Lekin ular API bo’la olmaydi.



Xulosa

Mustaqil ishni tayyorlash jarayonida HTML5, JavaScript, API dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari bilan tanishdik va ular haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’ldik. Shu bilan birga tarmoqlar o`rtasidagi turli API larni o`zaro taqqoslab farqini ko`rib chiqdik.



Foydalanilgan adabiyotlar


  • Merser,Devid. Schaums HTMLning oson tuzilishi. NYC:McGraw Hill Professional, 2003

  • Pauell. HTML vaCSS:to’liq ma’lumotnoma(5-nashr). Dehli: Tata MakGrou-Xill ta’limi,2010

  • Kastro,Yelizaveta. Umumjahon internet uchun HTML. Berkli , Kaliforniya: Peachpit, 2003

Download 171.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati