Mustaqil ishi abdulla qahhor hikoyalarida axloqiy masalalar



Download 72,97 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2022
Hajmi72,97 Kb.
#326601
  1   2
Bog'liq
abdulla qahhor hikoyalarida yumorning ahamiyati va manavij- axloqij muammolarning qojilishi



O’ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI


PR menejment va PR tahlil magistratura boshqichi

talabasi

SULTONOV ISLOMBEKning

ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYALARI

fanidan

MUSTAQIL ISHI

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA AXLOQIY MASALALAR
REJA:

KIRISh

  1. Abdulla Qahhor hikoyalarida ma’naviy-axloqiy muammolar va obrazlar talqini

  2. Abdulla Qahhorning “To‘yda aza” hikoyasida shaxs fojeasi talqini

  3. Ma’naviyat va ruhiyat uyg‘unligi

XULOSA

Abdulla Qahhor hikoyalarida ma’naviy-axloqiy muammolar va obrazlar talqini
“Yozuvchining maxorati shundaki, butun bahorni chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera oladi...” degan edi Abdulla Qahhor.

Darxaqiqat, go‘zallik oshuftasi bo‘lgan adib insonning ruh va qalb go‘zalligini qo‘shiqdek o‘z asarlariga chuqur singdira olgan haqiqiy yozuvchi, o‘zbek adabiyotini dunyo badiiy tafakkuri maqomiga olib chiqqan mashxur san’atkordir. U umuminsoniy ma’naviy – ruhiy dard va malham haqida nafaqat so‘zladi, balki uni kitobxonlar qalbiga jo qildi. Bu beqiyos yaratiqlar uning bebaho asarlarida bo‘y ko‘rsatib kelmoqda. Uning hikoyalari turli mavzularda yaratilgan bo‘lsa-da, ularning hammasini zalvorli hayotiy muammolar, o‘ziga hos harakterli qahramonlar, birlashtirib turadi. Kichik janrdagi ulkan mazmun namoyon bo‘ladi.

A.Qahhorning mahorati shundaki, hayot haqiqatini badiiy libosga burkab har tomonlama yetuk asarlar yaratadi. Abdulla Qahhor asarlariga takrorlanmas rang va ohang bag‘ishlagan qudrat hayotdir. Yozuvchi umri davomida dildan o‘tkazgan o‘ylari, yoshlikda ko‘rgan – kechirganlari, hayotini chulg‘agan fikrlarini umumlashtirib badiiy shaklga soldi.

“Badiiy adabiyotning asosida, shubhasiz, inson ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarning badiiy ifodasi turadi. Shu boisdan ham hech bir ijodkor yo‘qki, o‘z asarida bu masalani chetlab o‘tgan bo‘lsin. A.Qahhor ijodi, jumladan, hikoyalari yuzasidan ham shu fikrni aytish mumkin”1.

Haqiqatan ham, Sharq mentalitetiga ko‘ra bdiiy adabiyot insonlarga estetik zavq berishdan tashqari ma’naviy ozuqa va ta’lim-tarbiya ham berishi azaldan ma’lum. Bunday holat inson ma’naviyatiga jiddiy e’tibor bergan ijodkor A.Qahhor ijodida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Hayotda uchrab turadigan ayrim toifa odamlarning hayotda yo‘l qo‘ygan xatoliklari, qusurlari, ularda shakllangan salbiy ma’nodagi xarakter-xususiyatlarni ifodalash uchun yozuvchi ko‘proq hajviyotga murojaat qiladi.

“Hajvga, kulgiga moyillik unga tashqaridan yopishgan yoki hayotiy tajriba tufayli orttirgan bisot emas, tug‘ma xislatdir. Hajviyotga moyillik uning qonida mavjud, qolaversa, uning fikrlashidagi o‘ziga xoslikdan tug‘ilgan”2.

Hayotda uchrab turadigan, o‘z yoshiga munosib xatti-harakat bajarmaydigan insonlar toifasi haqida ham hikoyalar mavjud.

A.Qahhor bunday odamlarni o‘zining “To‘yda aza” nomli hikoyasida ishonarli tarzda ko‘rsatib bergan. Hayot haqiqatini badiiy dalillab yangi asarlar yaratish A.Qahhorning uslubining bir ko‘rinishi. “To‘yda aza” hikoyasi ham aynan o‘zi ko‘rgan voqeadan ta’sirlanib qog‘ozga tushurgan asarlaridan biridir. Yozuvchining umr yo‘ldoshi Kibriyo Qahhorova o‘zining “Chorak asr hamnafas” kitobiga ushbu hikoyani yaratish haqida shunday yozadi: “1956 yilning yozida uyimizga yoshgina, qizi tengi tannoz juvonga uylangan bir tanishimiz kelib qoldi. Mehmondorchilikdan so‘ng biz ularni mashinaga o‘tkazib shahar aylandik. Yo‘l bo‘yi bozorga tushib, ul – bul harid qildik. Bechora yoshi o‘tib qolgan “kuyov bola” yosh xotinni oldida o‘zini tetik tutishga harakat qilib, joni halqumiga kelsa hamki, o‘zini bardam, chaqqon ko‘rsatib, yelib yugurganicha mayda – chuydalarini mashinaga eltib qo‘yardi. A.Qahhor uning hansiraganini ko‘rib, qo‘lidan to‘rxaltani olishga harchand urinsalar-da, bari bir u tutqich bermas edi. Harid qilingan yuklarni mashinaga joylab, hammamiz o‘rindiqqa o‘tirgandan keyin “kuyovbola”ning aft-angoriga qarasak, holi xarob, burnining uchi oqarib, kalta-kalta nafas olyapti.

A.Qahhor mashinaning ichki ko‘zgusidan menga qarab:

- Zo‘ri behuda miyon meshikanad, – deb qo‘ydilar.

Shu voqea turtki berdiyu, “To‘yda aza” degan hikoyani yozdilar va o‘shanda menga mashina ichida aytgan tojikcha maqolni – “Zo‘ri behuda miyon meshikanad”ni (“Ortiqcha chiranish – belning zavoli”) hikoyaga epigraf qilib qo‘ydilar”.

Ko‘rinadiki, ushbu hikoyaning yozilishiga sabab bo‘lgan hayotiy asos va asosiy obrazning prototipi ham mavjud ekan.

Hikoya Muxtorxon Mansurovning portreti bilan boshlanadi. “Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar dilkashki, uni ko‘rgan kishi har faslning o‘z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari to‘g‘risidagina emas, umr fasllari to‘g‘risida ham aytsa bo‘lar ekan, deb qolardi. Uning bitta – ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq cho‘qqi soqoli… Yopirimay, soqol ham odamga shunga yarashadimi-ya!...”1

Hikoya boshlanishidan ko‘z oldimizga barcha yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan nuroniy qariya gavdalanadi. A.Qahhorning mahorati shundaki, u hikoyada qahramon portretini berish orqali uning ichki dunyosini ham ochib bergan. Asar davomida muallif nutqi orqali qahramonga nisbatan salbiy munosabat shakllanayotgani ma’lum bo‘lib boradi.

“Shu orada domla qayoqqadir ketib bir haftadan keyin paydo bo‘ldi. Uning avtobusdan tushib kelayotganini ko‘rgan choyxonadagi odamlar hang-mang bo‘lib qolishdi; chol o‘lgur soqolini, shunday chiroyli soqolini, tag-tugi bilan qirdirib tashlabdi! Achinmagan, xafa bo‘lmagan odam qolmadi”2.

Ushbu parchadagi “chol o‘lgur” jumlasi orqali mahalladoshlarning cholga munosbatini o‘zgarganligini payqash mumkin.

“A.Qahhorning harakter yaratish maxoratida yana bir o‘ziga xos tomoni bor – u xarakterlarni tasvirlar ekan, ularning faoliyatiga, hatti-harakatiga aralasha bermaydi, xuddi ularning taqdiriga befarq qarayotgandek “yaxshi”ni ham, “yomon”ni ham loqayd tasvirlayotganday tuyuladi. Aslida esa, albatta, bunday emas… Xarakterlar tasviridagi loqaydlik, aslida loqaydlik emas, o‘quvchining qalbiga kuchliroq ta’sir qilish imkonini beradigan vosita”3.

Ushbu fikrlar “To‘yda aza” hikoyasi uchun ham mos bo‘lib, bunda ham muallif asosiy voqealar jarayonidan chetga chiqib turadi va voqelikka xolis munosabat bildiradi. Domla haqidagi gaplar asosan maxalla, mahalladagi kishilar, choyxonadagi odamlar tilidan gapiriladi. Muxtorxon domlaning uylanishini eshitib mahalla axlining quvonchi, ko‘rmagan bo‘lsalar-da kelinni g‘oyibona yaxshi ko‘rib qolishlariyu, domlaning o‘zgarayotgani ham mahalla axlining nazari, o‘zaro suxbatlari orqali berilgan.


  • Mahallamizning tolei bor ekan, - deyishar edi. – Domla otaxonimiz edilar, kelinimiz bizga onaxon bo‘ladilar…”

“... Domlaga hech bir g‘ubor qo‘ninishini istamagan boshqalar bu ikki gunohni bir-biriga yegizib, uni oqlashga tirishdi:

  • Domlamiz biron xayolga borib, soqolini qirdirganu hozir pushaymon, uyalganidan bizga ro‘para bo‘lmadi…”1

Mahalladoshlarining domlani oqlashiga sabab Muxtorxon Mansurov barchaning ko‘nglini oladigan, ularning qalbiga yo‘l topa olgan kishi edi. Shunday odamdan har bir kishi ko‘ngli sovishini istamas, otaxonni bezab turgan odamoviligiyu nuroniy chehrasini yuraklaridan o‘chirib tashlashni xohlashmas edilar. Lekin ushbu fikrlarga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud edi:

“Ba’zi birovlarning ko‘ngliga allaqanday jirkanch, domlaning sha’niga hech to‘g‘ri kelmaydigan gaplar keldi… Shunda mahallaning qariyalaridan Karim ota hozir ba’zi birovlarning ko‘ngliga kelgan gapdan ham xunukroq bir taxminni aytib qoldi:



  • Xayr, ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin, - dedi, - kelinimiz yoshga o‘xshaydi… Qiz bo‘lmasa deb qo‘rqaman!

Karim otaning bu taxmini, domlaning keyingi vaqtlardagi raftoriga qaraganda ehtimoldan uzoq bo‘lmasa ham, odamlarga qattiq malol keldi. Bir ikki kishi Karim otaning dilini og‘ritdi”2.

Hikoya davomida yana Muxtorxon Mansurovning portretiga duch kelamiz: “Domla, boshida chamandagul to‘ppi, egnida kalta va tor shim, katak ko‘ylak, yengini baland shimargan, bilagida kattakon tilla soat, o‘zi yakka pivo ichib o‘tirgan emish!”3. Domlaning bunday ko‘rinishi har bir kishida qiziqish uyg‘otadi. Shunday dilkash, shunday istarali domla nega bunday masharali va hunuk axvolga tushib qoldi. Uning ma’naviyati tubanlashgani, bachkana, nomaqul odatlar orttirgani har bir kishini g‘azabini qo‘zg‘aydi. Odamlarni dil-diliga kirib borib, ko‘nglidan joy egallab, barchaning hurmatiga sazovor bo‘lgan domla, nega bunday tubanlashib, tanazzulga yuz berdi ekan. Shunda biz domlaning uylanishi, ayni paytda o‘z talabasi 20 yashar juvonga uylanayotganini bilamiz.

To‘y kuni domla tarfdan borgan Karim ota Mansurov domlaning portreti bilan bog‘liq yana bir o‘zgarish haqida xabar beradi:


  • Ha, aytganday, - dedi Karim ota piqirlab kulib, - domla sochlarini bo‘yatibdilar!.. Azbaroyi xudo, kuya tushgan po‘stakka o‘xshaydi!.. Mayli, bo‘yoq topilgan bo‘lsa bo‘yasin, lekin shu bo‘yoq qilig‘ini ham bo‘yashga, sochiga mos qiliqlar qilishga urinsa uncha yaxshi chiqmas ekan1.

Shunday dilkash, mahallaning hurmatiga sazovor bo‘lgan, mahallaning jami odamlarining dildoshiga aylangan oqsoqolni, odamlardan ayirgan, qo‘ni-qo‘shnisining hurmati o‘rniga, g‘azab va nafratiga sababchi bo‘lgan juvonni, mahalla ahli ko‘rishga oshiqadi.

Yozuvchi qizni ortiqcha ta’riflab, yoki qora bo‘yoqqa chaplab uning xarakteriyu tarixi haqida biron nima demaydi, portreti orqali o‘quvchiga uning qanday qiz ekani ko‘rinadi: “Kelin darhaqiqat yosh, lekin huddi qiziqchilikka semirganday yum-yumaloq: egniga yengsiz qizil ko‘ylak, boshida popushakning tojiga o‘xshagan qizil shlyapa; qo‘lidagi sumkasi, oyog‘idagi poshnasi bir qarich tuflisi ham qizil”2. Juvonning qandayligi ikki-uch jumla orqali ko‘rsatib berilgan. Yozuvchi bu ayolga beriladigan tavsifni o‘zi chetga chiqib turgan holda mahalla odamlari nazari orqali ifodalashga intiladi. Kelinni ko‘rish uchun borgan ayollar tilidan ko‘nglidagi tasvirni beradi:

“Uni adovat va nafrat bilan boshdan oyoq kuzatgan ayollardan biri burilib ateledan chiqib ketar ekan:


  • Xo‘rozqandga o‘xshamay o‘l! – dedi

  • Qarigan chog‘ida xo‘rozqand yalamay domla ham o‘lsin! – dedi yana biri”3.

Bunday satangga xo‘rozqand deb nom berilishida o‘ziga yarasha ma’no anglashiladi. Ma’lumki, qizil rangning o‘ziga xos xususiyatlari qatorida uning jalb qiluvchilik xususiyati ham mavjudligi barchamizga sir emas. A.Qahhor qizni bu rangdagi kiyimda tasvirlashiga sabab deb, uning yengil tabiatli ekanligiga ishora qilish, deyish ham mumkin. Qizga xo‘rozqand laqabi berilishida ham xuddi shu ma’no yashiringan, ya’ni shirin narsaga pashsha aylanishi nazarda tutilgan.

Bu laqabning darrov tarqalib ketishi, domlani yo‘ldan urishi bilan mahallaning fayzini o‘g‘irlagan, odamlarning dilini hamisha yoritib turadigan ma’naviy chiroqni so‘ndirgan bu ayolni ko‘rgan ham, ko‘rmagan ham “toshni teshadigan” bir g‘azab bilan yomon ko‘rib qoladi. Qolaversa, odamlardagi bu g‘azab shunga olib keldiki, domla deganda odamlarning ko‘ngliga g‘ashlik tushadigan bo‘lib qoladi. Domla shu narsani sezib odamlarning ko‘ziga ko‘rinmaslikka tirishadigan bo‘ladi. Hikoya davomida domla faqat tirishib, chiranib, zo‘rma-zo‘raki yashaydi, yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan xarakatlar qiladi: parkda aroq va pivoni qo‘shib ichib o‘tirishi, shunday chiroyli oppoq soqolini qirdirib olib tashlashi-yu to‘yida yosh juvonga qo‘shilib qarsak chalib, ashula aytishi kabilar hammasi uning ma’naviy tanazzulini dalolatlaydi.

Yoshiga yarashmagan qiliqlari bilan domla maxalladagi insonlar qalbida allaqachon o‘lib bo‘lgan edi. Xo‘rozqand kelin va sharmandasi chiqqan domlaning to‘yi o‘zlari uchun to‘y bo‘ladigan bo‘lsa, odamlar uchun domlaning azasi edi. Hikoyaning nomlanishi ham bejizga “To‘yda aza” deb atalgan emas. Lirikadagi oksimoron usuli, ya’ni ikkita zid tushunchani yonma-yon keltirish orqali ma’noni kuchaytirish aynan mana shu sarlavhada ko‘zga tashlanadi. To‘ydagi aza domlaning faqat jisman qazo qilishi emas, uning ruhan, ma’nan ham qazo qilishidan dalolat beradi.

“Xo‘rozqand” kelinning bir-ikki ryumka ichgandan keyin alamidan chidolmay o‘yinga tushishi, uning psixologiyasidagi o‘ziga xos jihatlardan darak beradi va kitobxonning nafratiga duchor bo‘ladi Adabiyotshunos olim U.O’ljaboyev A.Qahhorning mahorati xaqida shunday yozadi: “Har bir vaziyatdagi qahramon holatini uning ichki dunyosi bilan mutanosiblikda ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladi. Xarakterlar talqinidagi harakat, holat va ruhiyat irodasi san’atkorlik bilan topilgan yorqin detallar vositasida o‘quvchiga yetkaziladi”1. Darhaqiqat, Muxtorxon Mansurovning portreti har bir harakati uning qanday yomon vaziyatga tushib qolganini ko‘rsatadi.

“…Domlaning fikr-yodi o‘zini iloji boricha yosh ko‘rsatishda bo‘lib qoldi. U nima qilsa, nima desa shuni esdan chiqarmas, yosh ekanini ko‘rsatish uchun qulay kelgan hech bir imkoniyatni qo‘ldan bermas “hali yoshsiz” degan kishiga jonini, jahonini berishga tayyor edi”2.

Ko‘rinadiki, domlaning tengi-tengdoshi bo‘lmagan inson bilan yashash istagi o‘zining ma’naviy tanazzuliga sabab bo‘lmoqda. Ushbu istak zamirida ma’naviyati puch odamning psixologiyasi yashiringanligi barcha muammolarning asosi bo‘layotgani hikoyadan anglashiladi.

Inson misqollab yiqqan obro‘sini bir zumda havoga uchirib yuborishi mumkin. Agar u irodali, haqiqatdan chin inson bo‘lmasa. Yuqorida jumlalardan anglashimiz mumkinki, insonlar ko‘nglidan joy olish oson emas. Mahallaning g‘azabiga duchor bo‘lgan domla ularning qalbida sovigan cho‘g‘dek o‘chadi. Mahalla nazari orqali domlani dilkashligiyu xo‘rozqandga uylanishi mahorat bilan tasvirlangan.

“Abdulla Qahhorning hajviy hikoyalarida satirik xarakterlar juda hayotiy bo‘lib, yorqin va qabariq chizilgandir. To‘g‘ri, yozuvchi hech qaysi hikoyada qahramon xarakterini butun tarixi bilan ko‘rsatmaydi, uning takomil jarayoni bilan tanishtirmaydi. Shuningdek, qahramonlar psixologiyasini chizganda, aniqrog‘i, ularning xatti-harakatini psixologik jihatdan dalillaganda muallif biror o‘rinda ortiqcha tafsilot, noo‘rin cheklanishlarga yo‘l qo‘ymaydi. U asosan, biror konkret detal yordamida yoxud bitta-ikkita harakat orqali xarakterni ochadi., hatto ayrim hikoyalarda uch-to‘rt ibora orqali berilgan nutq tugal bir qiyofaga ega bo‘lgan hayotiy xarakter chiziladi”3.

Yuqoridagi tahlillardan mahalladoshlarining domla va “xo‘rozqand” xususidagi so‘zlari har ikkalasining xarakterini ochib berganligiga guvoh bo‘ldik. Hikoyaning biror o‘rnida asosiy qahramonlar nutqidan foydalanilmaganligini hisobga olsak, ushbu asarda ko‘proq epizodik obrazlar nutqi ahamiyatli ekanligini anglash mumkin.

Xarakterni ochib beruvchi badiiy detallar asarda anchagina ekanligi adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, portret detallar sirasiga kiruvchi, domlaning soqoli, “xo‘rozqand”ning qizil kiyimi, domlaning avval kiyib yuradigan va keyinchalik kiygan kiyimlari shu vazifani bajaradi. Domlaning bo‘yalgan, lekin o‘ziga yarashmagan sochi ham portret detal bo‘la oladi.

Hikoyadagi psixologik detallarga kelinning va domlaning to‘ylari vaqtidagi xatti-harakatlari, domlaning kelin bolani sanatoriyga olib ketish chog‘idagi holatini misol tariqasida keltirish mumkin:

“Kechqurun eshik oldiga ko‘kish taksi ko‘ndalang bo‘ldi. Domla, kuni bo‘yi yelib-yugurib holdan toyganiga qaramay, ikkita og‘ir chamadonni mashinaga o‘zi olib chiqdi va bagajnikka o‘z qo‘li bilan joyladi; o‘sha yengsiz qizil ko‘ylagini, qizil shlyapasini kiyib hovlidan yana xo‘rozqand bo‘lib chiqqan kelinga mashinaning eshigini ochib berdi, keyin chiqib yoniga o‘tirdi”1.

Bunda domlaning ortiqcha chiranishi uning xatti-harakati, xususan, xo‘rozqandning “chuchkirish” kasaliga davo bo‘ladigan dengiz bo‘ylariga putyovka topish uchun haddan ortiq yelib-yugurishi, chamadonlarni mashinaga o‘zi olib chiqishi orqali ko‘rstilgan. Bu harakatlar keyin ham davom ettiriladi. Domla yurib ketayotgan mashinadan tushib qolgan ikkita chamadonni boshqalarga bermay o‘zi olib borishi natijasida zo‘riqib mashinaning ichida vafot etishi, ya’ni fojeasiga ham o‘zining zo‘rma-zo‘raki harakatlari sabab bo‘lganligi uning xarakterini ko‘rsatuvchi omillardir.

“Abdulla Qahhor “To‘yda aza”da yumoristik tanqid tig‘ini har ikkala obrazga teng qaratgan. U na domlaga yon bosdi, na yosh juvonga. Har ikkalasini ham baravariga qoralaydi, masxara qiladi, ulardan zaharxanda kuladi”2...

Ko‘rinadiki, ushbu hikoya kitobxonga ibratli saboq bo‘ladi. To‘g‘ri yashashga o‘rgatadi, fikrni uyg‘otadi, ma’naviy dunyosini yanada boyitadi.
Xotinlar” hikoyasida inson matonatining ifodasi
Abdulla Qahhorning hikoyalari xalqimiz tomonidan ma’naviy boylik sifatida qadrlanib kelinmoqda. Uning “Nurli cho‘qqilar”, “Mayiz yemagan xotin”, “Xotinlar” hikoyalari kishilarni ezulik ruhida tarbiyalash, ularga estetik zavq berishga qaratilgan. Muhimi shundaki, adib hikoyalarida kitobxonga ma’naviy ozuqa berish uchun nasihat qilish, bayon etish yo‘li bilan erishmaydi. Balki qahramonlar faoliyati, asarning umumiy ruhidan ustalik bilan keltirib chiqaradi.

“Xotinlar” hikoyasi urush yillarida yozilgan hikoya bo‘lib, yozuvchi urush bo‘layotgan bir paytda ayollarning irodasi, matonati, mehru oqibatini mahorat bilan tasvirlab bergan.

Asarga birinchilardan kirib kelgan personaj Sobiraxon bo‘lib, uning xatti-harakati va gap-so‘zlari, shuningdek, unga boshqa insonlarning munosabatlari uning xarakterini tavsiflaydi.

“... Biroq hash-pash deguncha yetti-sakkiz choqli xotin-xalaj to‘planib bu gaplarning mavridi bo‘lmay qoldi. Bular Sobiraxonning yoru do‘stlari, o‘rtoqlari edi. Asqar ota bu hurmatli juvon boshqa xotinlardan raftori bilan ajralib turar degan bir o‘yda edi, biroq Sobiraxon yoru do‘stlari orasida shularning biri bo‘lib qolganini ko‘rib, ajablandi. Bular kimningdir uyiga kirishganda, Sobiraxon hatto to‘rga o‘tgani ham unamadi”1.

Bu parchadan Sobiraxonda manmanlik yoki izzattalablik yo‘q bo‘lgan samimiy insonlardan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi.

O’z halol mehnati tufayli katta obro‘ga, izzat-ikromga sazovor bo‘lgan Sobiraxon front ortidagi yorini bir zumga unutmagan holda sabr va chidam bilan MTSda ishlaydi. Sobiraxon va Asqar otani suhbatidan bilib olishimiz mumkinki, ayol boshi bilan bir necha erkakning ishini qilib, o‘z xizmati bilan front ortidagilarga yordam beryapti. Sobiraxonga oddiy ko‘z bilan qaragan Asqar ota keyinchalik uning shijoatiga qoyil qoladi. Boshida “uy qizi” bo‘lib keyinchalik Komila opani yordami bilan traktorchi bo‘lib oladi. Sobiraxon mehnatkash ayolgina bo‘lib qolmay, balki aqlli, farosatli, sadoqatli yor hamdir. Buni esa eriga jo‘natgan maktubidan bilib olish mumkin.

Urush davrida ayollar yanada matonatli, jasoratli bo‘lishgan. Ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirsalar-da, irodalarini bukmay yashashda davom etishgan. Asqar otani Sobiraxonday juvonga hurmati ortib borar edi. Biroq uning o‘rtoqlarini ko‘rgach, Sobiraxon shulardan biri ekanligiga guvoh bo‘ladi.

“Xotinlar”da A.Qahhorning boshqa hikoyalaridan farqli o‘laroq, personajlar ko‘p. Turgan gapki, janr imkoniyatida ular haqida atroflicha ma’lumot berish mumkin emas. Lekin yozuvchining mahorati shundaki, bir-ikki so‘z yoki ishoralar bilan, ba’zan qisqa tafsilotlar orqali ularning ayrimlari haqida kitobxonga kerakli ma’lumotni berishga erishadi”2.

Bunda, albatta, Asqar ota nigohi muhim rol o‘ynaydi. Bunday personajlar sirasiga “oqsoqol”, Risolat va Qumri obrazlarini kiritish mumkin. Ularning o‘zaro aytgan bir-ikki og‘iz gaplari xarakterlarini tavsiflaydi.

Bu hikoyada xat shakliga bir necha bor murojaat qilingan. Hikoya kompozitsiyasida Bahrining yigitiga yo‘llagan xati, yigitining Bahriga jo‘natgan nomasi ixcham syujet yaratgan. Hayot xaqiqatini ta’sirli qilib ochib bergan.

Hikoyada haqiqiy muhabbat, vafo, yoriga sadoqat Bahri obrazi orqali ochib berilgan. “Agar sizdan bo‘lakni desam dushman otgan o‘qlardan biriga ko‘ksim nishona bo‘lsin”, deb aytgan gapi urushga ketayotgan yigitiga o‘z va’dasi edi.

“Asqar otaning nazarida Bahrining bu so‘zi gul ko‘tarib, ashula aytib oh chekib, zo‘r kelganda xatto picha ko‘z yoshi to‘kib arz qilinadigan, lekin anchayin qarshilikka uchrasa chok – chokidan so‘kilib ketadigan munosabatning emas, gulsiz ko‘z yoshisiz arz qilinadigan va qarshilikka uchragan sayin kamol topadigan munosabatning ifodasi edi. Birinchi xil muhabbat tilda, ikkinchi xil muhabbat dilda bo‘ladi”1.

Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek urush davri qiyinchiliklarida, insonlar bir-biriga suyanchi tayanch bo‘lib yashayotgan bir paytda ham irodasi bo‘sh, faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi vafosiz, xiyonatkor ayollar ham bo‘lgan. Hikoyada buni Umri obrazi orqali ko‘rishimiz mumkin. Asqar otaga Umri haqida Sobiraxon aytib beradi.

Umrining erini kuzatar chog‘idagi artistona – soxta holati quyidagicha kinoyaviy usul bilan bayon qilinadi:

“Agar muhabbat shunday kezlarda to‘kiladigan ko‘z yoshi bilan o‘lchansa, yuzta Shirinu yuzta Laylining muhabbati bunikiga urpoq ham bo‘lmas edi. “Judolik” degan so‘z bino bo‘lgandan beri bunaqa ko‘z yoshini ko‘rmagandir... Ana yig‘iyu mana yig‘i!”2

Umri kabi ayollar hech qanday qabihlikdan qaytmasligi o‘z yerini nomiga qora xat yozmoqchi bo‘lganligi, uning qanchalik tuban ekanligidan darak beradi. Bunday yuzsiz ayollardan jirkanishi hatto eslashni ham xohlamasligi Sobiraxon kabi pok vijdonli sadoqatli ayollarning ichki dunyosi nechog‘liq go‘zal ekanligini ochib beradi.

Risolat aytib berayotgan hikoyaning “kunim bitgan bo‘lsayu o‘q tegsa “Onajon”! deb yiqilarmikinman, “Umrixon!” deb yiqilarmikinman?” deb frontdan xat yozgan erini o‘z ko‘ngil xushligi uchun hech ikkilanmay o‘ldiga chiqarmoqchi, birovga kelgan “qora xat” ni o‘z nomiga yozib olmoqchi bo‘lgan joylariga kelganda Asqar ota otni to‘xtatib, ikki qo‘lini ko‘tarib beixtiyor


  • Ilohi omin!” deb yubordi. Keyingi tasvir shunday davom etadi. Hamma to‘xtab unga qaradi. Uning ko‘zlaridan oppoq soqoliga qatra-qatra yosh tomar edi.

  • Ilohi omin! Shu ayolning ko‘zi oqib tushsinu G’afforjon sog‘-salomat kelib, uni ko‘cha-ko‘yda yetaklab yursin! Xudoyo xudovanda, shu yoshga kirib dargohingda hech narsa so‘ragan emas edim3

“Keksa otaxon tilidan aytilayotgan bu gaplar “yurt qayg‘usida hamma narsani unutgan, azob chekayotgan, og‘ir juda og‘ir mehnatda tasalli topayotgan boshqa xotin-qizlarning ko‘plab kishilarning, xalqning nomidan chiqarilayotgan hukmday bo‘lib jaranglaydi4.

Ushbu hikoyada inson ma’naviyati Sobiraxon, Bahri kabi urush davri og‘ir sinovlaridan matonati bilan o‘tib kelayotgan ayollar talqinida ham, Umri kabi benomus, bevafo, vijdonsiz kimsalar misolida ham aks ettirilgan.

Mahalla” hikoyasida insonlararo mehr-oqibat tuyg‘ularining ifodalanishi

Insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat tuyg‘ularining o‘ziga xos ifodasi aks ettirilgan asarlardan biri “Mahalla” hikoyasi bo‘lib, unda bir umidsizlikka tushgan insonning mahalladagilarning samimiy munosabatlari orqali hayotga qaytarilganligi ko‘rsatilgan.

Hikoyaga Erkin Vohidovning insonlarning mehr quyoshi odamzodga jon baxsh etishi haqidagi to‘rtligi epigraf qilib tanlangan. Bu asarning mohiyatini to‘laqonli qamraydi. Hikoya Rohat buvi va Hikmat buvalarning ellik uch yillik o‘ziga xos hayot tarzi: “... ellik uch yildan beri mehr atalmish ulkan tuyg‘u rishtasini pilla qurtiday bir maromda asta-sekin chuvib, bir-birining qalbini o‘rab-chulg‘ab kelgan...” umrlarining kampirning o‘limi sababli zavol topishi, so‘ngra yolg‘iz qolgan Hikmat buvaning yolg‘izlikdan iztirob chekishi kabilar aks ettirilgan:

Hikmat buvaning iztiroblari uning bolalari qilayotgan g‘amxo‘rliklar kuchaygani sari battar oshib borishi tasviri bilan aks ettirilgan. Farzandlari nima qilsalar, “Onang borida shu ishni qilmading” qabilidagi gaplari bilan javob qaytarishi uning ruhiyatini dalolatlaydi. Uning holati bir poy eski kalish detali orqali izohlanaadi. Chunki o‘sha kalishni kampiri oyog‘i og‘rib qolganida kiygan bo‘ladi. Bundan chol bolalarini kampirini yaxshi qaratmaganliklarida ayblaydi. Bir kuni u yo‘qolib qoladi. Keyinchalik bilishsa, u qabristonga borib, kampirining yonidan go‘r qazitib qaytadi. Lekin uyiga qaytayotgan chog‘ida bir cho‘tkachi uning axvolini ko‘rib, unga bir piyola choy tutib aytgan gaplari chol ruhiyatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi:



  • Xafa bo‘lmay yuribsizmi, otaxon... Kampir onam alomat ayol edilar... siz o‘sha kuni o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lib ta’ziyaga kelga odamlarni payqamadingiz... Ana odamu... Mahallaga sig‘may ketdi! Mahallamizning ko‘chasi bir metr cho‘kdi!.. Kampir onam dunyoga kelib odam ekkan ekanlar. Dunyoga kelgan odam avvalboshi odam ekishi kerak ekan. Men ibrat oldim1...

Hikoyaning yana bir epizodik qahramoni bo‘lgan mahallalik shifokor Hikmat buvaning axvolini ko‘rib, u ham kampirdan gap ochadi:

  • Onaxonimiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar, shuncha odam bekorga kelgani yo‘q! Lekin, otaxon, mahallamizga biron sakkiz chelakli bitta samovar kerak ekan, o‘sha kuni juda-juda bilindi. Mahalladan pul yig‘sak, xonadonga necha puldan tushadi?

Cholning hamiyati qo‘zg‘ab ketdi.

Shifokor undan shu gapni kutgan ekanmi, jilmayib qo‘ydi2. Mana shu jilmayishning tagida cholni hayotga qaytarish, uning dardiga ko‘pchilikning dardi orqali malham qo‘yish fikri yashiringan edi. Chol haqiqatan ham, mahallaning to‘y-m’rakalarida ishlatiladigan idish-tovoq, samovaru qozongacha jamlab, ularni tartib bilan ishlatilishini yo‘lga qo‘yib oladi, o‘zi uchun qazdirgan go‘rini boshqalarga berishni qabriston mudiridan so‘rab xat yozishi bilan asar yakunlanadi.

“Yozuvchi mazkur hikoyada kampirining vafotidan so‘ng o‘lim vasvasasiga tushib qolgan bir insonning bunday tushkun bir kayfiyatdan mahalladoshlari va atrofidagi odamlarning mehri, e’tibori tufayli qanday kutilganini, hayotga qanday qaytganini o‘ta tabiiy, jonli, hayotiy va sodda tasvirlarda berishga muvaffaq bo‘lgan”1.

Ushbu hikoyada ilgari surilgan hayotiy muammo, ya’ni insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, hamjihatlik va hamdardlik tuyg‘ularining aks etishi bugungi kunimizning ham muammolaridandir.

A.Qahhorning “To‘yda aza” hikoyasida shaxs fojesi talqini masalasi va “Xotinlar” hikoyasida inson matonati ifodasi hamda “Mahalla” hikoyasida insonlararo mehr-oqibat tuyg‘ularining ifodalanishi masalalari va yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:



  1. A.Qahhor Muxtorxon Mansurov obrazi orqali o‘z imkoniyati darajasini hisobga olmay, nomunosib xatti-harakatlari orqali tanazzulga yuz tutgan insonlar fojeasini ko‘rsatadi;

  2. Adib shaxs fojeasi talqinida nutq unsurlari va badiiy detallardan unumli foydalanadi. Qahramonlar psixologiyasi ularning xatti-harakatlari orqali ochib beriladi.

  3. “Xotinlar” hikoyasida inson matonati masalasi Sobiraxon yoki Bahrixon kabi ayollarning xarakterini Umri kabi tuban kimsalarga qarama-qarshi qo‘yish orqali ko‘rsatiladi.

  4. Maqsadga erishish yo‘lida yozuvchi personajlar nutqi va Asqar ota nigohidan unumli foydalanadi.

  5. “Mahalla” hikoyasida insonlararo mehr-oqibat tuyg‘ularining ifodalanishi asarda Hikmat buva obraziga mahallaadoshlar, xususan, cho‘tkachi va shifokor nutqi orqali ta’sir etishi jarayoni bilan ifodalanadi.

  6. Hikoyada ma’naviy madad masalasi mahalladoshlar siymosida personaj nutqi va psixologik holatlar ifodasida ishonarli tavsiflangan.

Xullas, Abdulla Qahhor hikoyalarida ma’naviy-axloqiy muammolarnig qo‘yilishi masalasi hajviy hikoyalarda achchiq zaharxanda – sarkazm orqali qahramonlar xarakteri tavsiflangan bo‘lsa, boshqalarida yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati orqali talqin etilgan. Ushbu hikoyalar ma’naviyatimiz xazinasida bebaho boylik sifatida ardoqlanadi.
Xulosa

Hikoya janri o‘zbek adabiyotida azaldan shakllanib, taraqqiy etib kelayotgan epik janrlardan hisoblanadi. Ushbu janrning rivojlanishi yangicha mazmun bilan boyib borishida ulkan hissa qo‘shgan adiblarimizdan biri Abdulla Qahhor bo‘lib, uning hikoyalari o‘zbek adabiyotida mustahkam o‘rniga ega ekanligi, o‘ziga xos xarakterlar talqini bilan ajralib turishi ularni turli masalalarga ko‘ra tadqiq etish zaruratini yuzaga keltiradi.

“Ijod jarayonida san’atkorning diqqat markazida turadigan predmetlardan biri – insonning shaxs sifatidagi konkret xususiyatlarini, individual belgilarini ko‘rsatishdir. Tomchida quyosh aks etganidek, badiiy asarda inson hayotining konkret manzaralari, individual belgilari orqali hayotdan olingan umumlashmalar ifodalanadi”1. Shu ma’noda A.Qahhor hikoyalarida turli toifa kishilarning shaxs sifatidagi individual belgilari yorqin ko‘zga tashlanadi. Adib asarlarida alohida obrazlarining turfa xil tabiati aks ettirilgan. Ularning ma’naviy-axloqiy muammolar ifodasidagi o‘rni va yozuvchi mahorati masalasi atroflicha o‘rganilmaganligi, bu mavzuda fundamental tadqiqot ishi yaratilishiga ehtiyoj borligini anglatadi.

Abdulla Qahhorning hikoyalari maqsadning aniqligi, syujetning siqiqligi, kompozitsiyaning puxtaligi, xarakterlarning yorqinligi, psixologik tahlilning kuchliligi bilan katta estetik ahamiyatga ega. Adib hikoyalarida qarama-qarshi qo‘yish usulidan, hayotiy konflikt va psixologik tahlildan, jonli xalq tili boyliklaridan mahorat bilan foydlanadi.

Uning, ayniqsa, “Xotinlar”, “Mahalla”, “To‘yd aza”, “Mayiz yemagan xotin”, “Nurli cho‘qqilar” kabi hikoyalari badiiy mahorat jihatidan ibratlidir. Ularda yozuvchi asar g‘oyasini gavdalantirishda obrazlarning xatti-harakatlarini asos qilib oladi va personajlar xarakterini ularning o‘z harakati, fe’l-atvori va tili vositasida ochadi. Natijada, hikoyalardagi obrazlarning har biri o‘ziga xos xatti-harakati, xulq-atvori va tashqi ko‘rinishi jihatidan bir-biridan ajralib, farq qilib turadi. Yozuvchining mahorat bilan yaratgan qahramonlari bugungi kunda ham ardoqlanadi.

Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida Anvar va Muhayyo nomli ikki yosh yurakning otashin muhabbati, buloq suvidek toza, quyosh nuridek pok sevgisi hayajon bilan hikoya qilingan.

A.Qahhorning yuqorida ko‘rib chiqilgan asarlari ibrat bo‘larli hayot voqealari tanlaganligi bilan ahamiyatlidir. Asarlarida ma’naviy-axloqiy muammolarni tasvirlashda yoki hayotni borligicha aks ettirishda yozuvchi mahorati xususida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

- A.Qahhor tanlangan asosiy muammoni tasvirlashda asarlarida o‘ziga xos uslub qo‘llaydi. Yozuvchi “To‘yda aza” hikoyasida keksa domlaning ma’naviy tubanlashuvi uning o‘limiga sabab bo‘lishini tasvirlagan. Domlaning o‘limi yengil yumor bilan tasvirlanishi o‘ziga xos usul bo‘lib, bu hikoyaning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab bo‘lgan omillardan biridir.

- A.Qahhor asarlaridagi xarakterlar talqinida alohida yo‘nalish seziladi. Ya’ni, har bir xarakter o‘z hayotiy asosiga ega va real tasviriy ko‘lam bilan yo‘g‘rilgan. Xarakterga mos badiiy tasvir vositalari ko‘plab keltirilgan va bular ham nasriy asarlardagi qahramonlarning ishonarli tavsiflanishida yetakchi vzifasini o‘tagan.

- Yozuvchi yosh, shakllanayotgan xarakterlarni tavsiflashda sharoit va makon tasviriga alohida ahamiyat qaratadi, ularning ruhiy holati ifodasida o‘ziga xos o‘rin tutishlariga erishadi.

- Adibning “Muhabbat” qissasidagi xarakterlar o‘z tirishqoqligi, fidoiyligi va mardliklari bilan ajralib turadi. Unda ikki qalbning sevgi sarguzashti asosida hayotdagi past-balandliklar, yaxshi va yomonliklar, inson xarakterining murakkabligi, yoshlar tafakkur dunyosining kengligi va boyligi ochib berilgan. Sof sevgi va insoniy burch to‘g‘risidagi poklik va halollik haqidagi chuqur mazmun go‘zal shaklda ifodalanib, haqiqiy insoniylik ulug‘langan.

Umuman olganda, Abdulla Qahhor asarlarining aksari ma’naviy-axloqiy muammolar talqin etilgan asarlar sirasiga kiradi. Ularni atroflicha o‘rganish bugungi adabiyotshunoslikning oldida turgan dolzarb masalalardandir.



Download 72,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish