O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Muhammad al-Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Fakultet:AKT
Kafedra:
Fan nomi: Ma`lumotlar bazasi
Mustaqil ish
Mavzu:Ma`lumotlar bazasini
shakllantirishda texnalogiyalar perspektivalari
Guruh:110-20
Bajardi:Artiqova Madina
Tekshirdi:Muxtorova Gulnora
Toshkent-2021©
Mavzu: Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar perspektivalari
Reja:
1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
2. Ma’lumotlar bazasining modellari turlari.
3. Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi
4. MBBT funksional imkoniyatlari.
Kirish
Hozirgi kunda inson xayotida MBda kеrakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muxim rol o’ynaydi. Sababi jamiyat taraqqiyotining qaysi jabxasiga nazar solmaylik o`zimizga kеrakli ma'lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MB ni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Ma'lumki, MB tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko’rinnshda fondalanish juda qiyin edi. Dastur tzuvchilar ma'lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki u faqat karalayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi.
Har bir yangi masalani xal qilishda Ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu xol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog’idagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi o`rinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun ko`p dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi, ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda kompyuterning xotirasiga saqlanadi.
Ma’lumotlar deb, ma’lum bir shaklda qayd qilingan, qayta ishlash, saklash va uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi.
Ma’lumotlar bazasi deb, kompyuter xotirasida saqlanadigan bir-biriga bog’liq bo’lgan bir predmet sohadagi ma’lumotlarning to’plamidir. Ushbu ta’rifdan quyidagi xulosalar kelib chikadi.
Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim. Kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini Kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Kompyuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD) da saqlanadi. Keyin esa kompyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga yuboradi. Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma’lumotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan.
O’zaro bog’langan to’plamni tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to’ldirilishi, o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasining modellari turlari
MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bulishi mumkin. Har qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida karash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
· Relyatsion model;
· Ierarxik model;
· Semantik model.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog’langan to`plamidan iborat.
MB ning ierarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysunish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt (graf) ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi satxdagi bir necha tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq satxdagi bitta tugun bilan bog’langan bo’ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir.
MB ning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U ham tugun, satx, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli satxdagi elementlar orqali “erkin”, ya’ni “har biri hamma bilan” ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
Ko`pchilik MB lar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniklanadi. MB da ustunlar - maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.
Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi
MB alohida olingan modullardan tashkil topgan. MB boshqarish bloki disklardagi ma'lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so`rovi (guery) orasidagi intеrfеysni aniqlaydi. Modullar quyidagicha:
Fayl mеnеdjеri - ma'lumotlar to`zilmasi bilan disklar o`rtasidagi bog`lanishni boshqaradi.
Guery - prosеssor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.
Prеkompilyator DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo`lib, u quyidagi opеratsiyalarga javob bеradi:
1. MB dan ma'lumotlarni ajratib olish,
2. MB ga ma'lumotlarni kiritish,
3. MB dan ma'lumotlarni olib tashlash,
4. MB ni modifikatsiya (o`zgartirishlar) qilish.
Kompilyator DDL (Dala Definition Language)- MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MB ning tuzilmasi ko`pincha jadval shaklida bo`ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda dеyarli barcha MB lar asosan rеlyatsion modеllar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft
Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarga ega, bu dastur
vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi profеssional xujjatlar tayyorlash imkonini bеradi. Shulardan biri MB lar bilan ishlashga mo`ljallangan Microsoft Access dasturi bo`lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki. bu foydalanuvchiga xar tomonlama mukammal bo`lgan xujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
MBBT funksional imkoniyatlari
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishini taqozo qiladi. Informatsion texnologiyalarda axborotlarni kompyuterlarda qayta ishlash kun sayin rivojlanmoqda va jamiyatning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Shu bois, kompyuterda ma’lumotlarnining saqlanishi va u bilan bog’liq bilimlarga ega bo’lish muhim hisoblanadi.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keyin foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Kompyuterdagi Ma’lumotlar - Ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Ular maxsus dasturlar - Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida boshqariladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – (MBBT-DVMS-Data Base Management System) Ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash hamda boshqarish haqidagi universal dasturlar vositasidir.
MBBTning asosiy qismini boshqarish dasturi tashkil qiladi. Bu dastur MB bilan muloqotni o`rnatishga bog`liq bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtiradi. MBBT ishga tushishi bilan uning boshqarish dasturi doimo asosiy xotirada bo`ladi va talablarni qayta ishlashni tashkil qiladi, ularning bajarilish tartibini ta'minlaydi, amaliy dasturlar va opеratsiya tizimi o`rtasidagi aloqalarni o`rnatadi. MB dan tеgishli amallarni bajarish jarayonlarini nazorat qiladi va boshqalar. MBga kеlayotgan talablarni paralеl bajarishni tashkil qilish boshqarish dasturining asosiy funksiyasi hisoblanadi.
MBBTning boshqa qismini ma'lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to`plami tashkil qiladi. Bu to`plamga tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, sеrvis dasturlari va boshqalar kiradi.
Ma’lumotlar bazasi (MB-DV-Data Base) Ma’lum bir sohaga tegishli bo’lgan Ma’lumotlar to’plamidir. Ma’lumotlar bazasi MBBT orqali qayta ishlanadi. Bugungi kunda ma’lumot (berilgan)lar muhim hayotiy milliy resurslar sifatida qo’llaniladi. Bu resurslarii shunday tashkil etish lozimki, unan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Shunday qilib, Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularii ma’lum bir texnologiya asosida yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Bu texnologiyaning asosini Ma’lumotlar bazasi(MB) va banklari(MBn) tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasi va banklaridan foydalanish o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plamlariga kirishni, ulardan foydalanish hamda ishlashni avtomatlashtiradi, ma’lumotlarni yangilash, keraksiz bo’lganini yo’qotishni avtomatlashtirishni ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazasini normal ishlatish uchun u quyidaga xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
1. MB dagi ma’lumotlarning bir nusxali bo’lishi. Aks holda xotirada saqlanadigan ma’lumotlar ikki nusxada bo’ladigan bo’lsa, bu qarama-qarshilikka olib keladi.
2. Ma’lumotlarni birgalikda ishlata olish imkoni, ya’ni MB ga ko’p foydalanuvchilar yoki ko’pgina dasturlar tomonidan murojaat qilish imkoni bo’lishi kerak.
3. MB ni kengaytirish imkoni, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritish va MB tarkibiga yangi ob’ektni kiritish imkoni bo’lishi kerak.
4. MB bilan ishlash qulayligi, ya’ni MB ning tarkibi dasturlovchi va foydalanuvchi uchuny oddiy, tushunarli shaklda bo’lishi kerak, bu MB ustida bajarilayotgan amallar oddiy ko’rinishga ega bo’lishi kerak.
5. MB ga effektiv murojaat qilish vaqti qancha kam bo’lsa, MB bilan ishlash unumdorligi shuncha yuqori bo’ladi.
6. MB ning o’zaro mosligi, ya’ni ma’lumotlarning fizikaviy saqlanganligi va mantiqiy mosligi (ma’lumotlar bir-biriga mantiqiy qarama-qarshi bo’lishi mumkin emas) hamda ma’lumotlarning faolligi.
Ma’lumotlar banki (MBn) deb, ma’lumotlarni markazlashtirgan tartibda yig’ish va kollektiv tarzda undan foydalanishni ta’minlovchi dasturlar, til hamda tashkiliy vositalar tizimiga aytiladi. MB ning komponentalariga MB va MBBTlari kiradi. MBn istalgan ma’lumotlar to’plamiga tegishli bo’lishi mumkin, jumladan, mustaqil fayllar, MB va axborot qidiruv tizimlari.
MB larni keng miqyosda ishlatilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
- operativligi bilan (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan);
- qulayligi bilan (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi);
- himoyalanganligi va yaxlitligi bilan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin emasligi hamda EHM texnik vositalarning nosozligidan himoyalanganligi.
Xulosa
Ba'zan, MB ishlatilishi samaradorligini oshirish maqsadida uning tuzilishi ham o`zgartirilib turiladi. Bu holda MB ning iеrarxik va tarmoqli modеllari vujudga kеladi.
MB ni tashkil qilish, uni to’ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta'minoti bo`lishi lozim. Bunday dastur ta'minoti MB (yuqorida qayd qilganimizdеk) dеyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning o`zida bir nеcha foydalanuvchiga xizmat ko`rsata oladi, ya'ni ma'lumotlardan bir vaqtda bir nеcha kishining foydalanishi mumkin. Bunday MB larni tashkil qilishda yuqori darajadagi dasturlash tillari: Qipper, Paradox, FoxPro lar mavjud. Bu MB lardan Windows muhitida ishlash imkoniyatiga ega Microsoft Works 3.0, yangi tеxnologiya asosida ishlay oladigan «kliеnt - server»-SQL Windows Solo kabilarni kеltirish mumkin. Ammo, bu tillarda ishlab chiqilgan MB juda qimmat bo`lgani uchun Microsoft firmasi Microsoft Office tarkibida (kichik va o‘rta biznеs xodimlari uchun juda qulay bo`lgan va birmuncha arzon) Microsoft Access (Access 2.0 va Access-9x) ni ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar. Toshkent 2005- y.
2. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов. Введение в информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 2002.-156с.
3. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G‘ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. T.: Iqtisodiyot, –
Do'stlaringiz bilan baham: |