Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida ma`naviyat



Download 79 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2022
Hajmi79 Kb.
#692134
  1   2
Bog'liq
1448873659 mustamlakachilik-va-qaramlik-sharoitida-manaviyatarxiv.uz


Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida ma`naviyat. Ma`naviy barkamol inson tushunchasi, uning sharqona ta`rifi
Reja:


1. Xalqni milliy ma`naviy - ma`rifiy zaminlardan mahrum qilish mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadidir.
2. Qaramlik sharoitida o`zbek xalqining ona tili, e`tiqodi, milliy me`rosi, g`ururi, qadriyatlaridan mahrum etilishi .
3. Islom Karimov ma`naviy barkamol insonni tarbiyalash zamon talabi ekanligi to`g`risida.
4. Ma`naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati.
5. Komil inson va uning sharqona fazilatlari.

Xalqni milliy ma`naviy-ma`rifiy zaminlardan mahrum qilish mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadidir.


Tarixdan ma`lumki, bir xalqni o`ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni o`zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma`naviy taraqqiyotini bo`g`ib qo`yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o`tgan an`anaviy yo`llaridan biri bo`lib hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o`ziga singdirib yuborishni, buning uchun o`z mafkurasi va g`oyalarini ularga majburan joriy etish, madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy qadriyatlari rivojiga yo`l bermaslikni o`z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o`z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan: “Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo`lsangiz, dastavval o`sha yerda yashayotgan xalqni o`z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma`naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o`raladi, sizga qarshilik ko`rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo`lmaydi”. Madaniyat va ma`naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo`l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik yo`llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan rejalashtirib qo`yishadi.
Madaniyat, ma`naviyat va ma`rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning ma`naviyati va ma`rifati barbod bo`laversa, odamlar o`z-o`zidan e`tiqodsiz bo`lib ketadi. Unday o`lkada, mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy g`urur, iftihor, milliy qadriyatlar asta-sekin zaiflasha boshlaydi. Ana shunday o`lkani, mamlakatni, uning xalqini mustamlakachilik kishanlarda ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish mumkin.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma`naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga nisbatan bir necha bor ustun bo`lsa, unday joylarda mustamlakachilik tartibini saqlab turish oson kechmaydi. Bizning o`lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma`naviy-ma`rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidagina ancha ustun turardi. Chor hukumati olimlar maslahatiga amal qilib, bizning o`lkada qanday qilib bo`lmasin, o`zlarining xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tariqa “uzil-kesil” g`alabaga erishishga astoydil kirishdilar.
O`tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish, ruhan, ma`nan mayib majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur o`ylab, uzoqni ko`zlab va rejalashtirib qo`yilgan mash`um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor hukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o`zbek xalqini milliy o`zligini anglashdan butkul mahrum qilib o`tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg`usidan judo bo`lgan, istiqbolini ko`rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish muddaosi turgan.
Ma`naviyat va ma`rifatdan mahrum xalq milliy jixatdan o`zini anglab ololmaydi, taqdirga tan berib yashashni o`ziga ep ko`radi. Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan holda o`z mustamlaka asoratiga solgan Turkiston xalqlarini ma`naviyat, ma`rifat va madaniyatdan bebaxra qoldirish masalasiga alohida ahamiyat berdilar. Bu yo`lda hech tab tortmay insofu diyonatni, rahm shafqatni butunlay unutdilar.
Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg`uni paymol etishga, milliy qadriyatlarni toptashga, butkul yo`qotib yuborishga qaratilgan edi. Chorizm bu o`lkada savodsizlik, bilimsizlik holatini vujudga keltirish va uni mustahkamlashdan manfaatdor edi.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini tilini, san`atini yo`q qilsang bas, tez orada o`zi tanazzulga uchraydi”, - deb “bashorat” qilgan edi. Uning ana shu “dono” ko`rsatmasi Turkistondagi ma`naviyat, ma`rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklar uchun qo`llanma bo`lib xizmat qildi.
Chor xukumatining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli madaniyatli, ziyrak, oqilu dono farzandlari allaqachon tushunib yetgan edilar. Chor xukumati mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo`llab - quvvatlagan, shu yo`lda jafo chekib halok bo`lgan buyuk qalb egasi Abdurauf Fitrat o`zining “Turkistonda ruslar” risolasida: “Ko`rdim, kezdim, eshitdim, o`qidim. Mamalakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo`qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarining sodiq ishonchli qorovullari bo`lg`on eski Rusiya xukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko`rdimi, ko`rmoqchi bo`ldimi. Mana shu savolga-“Yo`q!”dan boshqa bir javobimiz yo`qdir. Yurtimiz 51 yil idorasi askariy ostida turgani uchun biz Ovruponing madaniy millatlari bilan ko`risholmadik, ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. Bizning ko`zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.
Shunday qilib, chor hukumatining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan mustamlakachilik siyosati va xalqlar o`rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo`q qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy- madaniy taraqqiyotini bo`g`ish, ularga erkinlik bermaslik, milliy qadriyatlarini yerga urish, kamsitish, milliy g`ururlarini, ma`naviyatini paymol etish qo`rquvda ushlashdan iborat edi.
2.Karamlik sharoitida o`zbek xalqining ona tili, e`tiqodi, milliy me`rosi, g`ururi, qadriyatlaridan mahrum etilishi.
Rossiyada Oktabr to`ntarishidan keyin, boshqa jumhuriyatlarda bo`lganidek Sovet xokimiyatining dastlabki yillarida O`zbekistonda ham madaniy ma`rifiy taraqqiyot bo`ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o`sdi, milliy ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy - siyosiy hayotda ijobiy o`zgarishlar bo`ldi. Lekin O`zbekiston mustaqilligiga qadar bo`lgan 74 yil ichida madaniy - ma`rifiy tarraqqiyotlarimiz imkoniyatlaridan to`la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo`l bermaydigan g`ovlar paydo bo`ldi. O`zbek xalqining madaniyati va ma`naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to`sqinlik qilish sobiq sovet jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko`ra kuchaydi. SHo`ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e`tiqodi rad etildi, o`rniga “shaxsga sig`inish” balosi ro`baro bo`ldi.
Milliy ma`naviy qadriyatlardan biri milliy urf- odatlar, an`analar, diniy tarbiyaviy marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o`zbek xalqi boshiga tushgan og`ir dard bo`ldi. Yuqorida qayd etganimizdek 30-yillarning o`rtalariga borib milliy ma`naviyatimizni to`liq sindirib tashlashga qaratilgan siyosat amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib tashlandi.
O`zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda islom dinining ko`zga ko`ringan yirik vakillari birin - ketin qamaldi, surgun qilindi, imi jimida- otib tashlandi. Chorak kam bir asr davomida diniy – ma`naviy tarbiyaga o`rin berilmadi. Diniy axloq va madaniyatning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.
Dahshatlisi shu bo`ldiki, islom dinini “fosh etish” maqsadida aziz -avliyolarning mozorlariga o`t qo`yildi, maqbaralari ostin – ustun qilindi. Kommunistlar, rahbar hodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo`rqib qolishdi. Yurak otib borganlar patiyadan o`chirilib, ishdan olindi.
Til- har bir xalq va millatning milliy o`zligini namoyon qilishda muhim vositadir. Ja`miki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi... Ona tili – bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar! Shaxs ma`naviy kamolotining zarur shartlaridan bri o`z ona tilini bilishidir. Til bilmaydigan odam xalqning dilini ham bilmaydi. Biron – bir sabab tufayli milliy til yo`qolsa millat bora-bora yo`qolib ketadi, milliy o`ziga xosligini yo`qotadi. Shunday bo`lgach, biron - bir milliy tilning yo`qolishi o`sha xalqning muqarrar ravishda halok bo`lishiga olib keladi.
Mustabid tuzum siyosati talabi va zo`ravonligi asosida ma`naviyatimizning muhim qirrasi imlomiz ketma – ket uch marta o`zgartirildi. 1929 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o`tildi. Oradan 12 yil o`tgach, kiril alifboi qabo`l qilindi. Shu tariqa xalqimiz o`zining 1000-1200 yillik ko`hna tarixidan, o`tmishidan, ma`naviy me`rosidan mahrum bo`ldi. Ota- bobolarimizdan qolgan kitoblar, asosan arab va fors tillarida yozilgan. Imloning o`zgartirilishi natijasida o`sha kitoblarni o`qiy olmaydigan bo`lib qoldik. Yaqin o`tmishimizning riyokor siyosati natijasida mo`g`il bosqini keltirgan yo`qotishdan ham ko`ra kattaroq ma`naviy falokatga uchradik. Bu tariximizni, madaniyatimizni, milliy ma`naviy me`rosimizni yo`qotishga urunishning yangicha yo`li edi.
3. Islom Karimov ma`naviy barkamol insonni tarbiyalash zamon talabi ekanligi to`g`risida.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning har bir nutqi va ma`ruzalari, maqola va asarlarida yuksak ma`naviyat kelajak poydevori ekanligini qayta – qayta ta`kidlamoqda. “Zero, -deb uqtiradi Islom Karimov, - biz jamiyatimiz taraqqiyotining faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilan emas, xalqimizning ma`naviy barkamolligi, Demokratik va insonparvarlik tamoyillarini kishilar ongida nechog`lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz”.
Ma`naviy tarbiya sohasida ko`zbo`yamachilikka yo`l qo`yish nihoyatda xatarli. Ma`naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik ahamiyatli sohasiki, bu borada xo`jako`rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o`zi bo`larchilik va lo`ttibozlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma`naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko`lamli madaniy , tarixiy, ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak bo`ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma`naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo`lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta- sekin amalga oshiradigan jarayon bo`lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma`naviy bo`shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir. Bu bo`shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Bunga keyingi vaqtlarda yuz bergan mudhish voqealar yaqqol misol bo`la oladi. Shu sababli tarixiy burilish davrlarida obyektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to`g`ri munosabatda bo`lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to`g`ri anglab, bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon - e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularning o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan barkkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri , ma`naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo`llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta`kidlab kelmoqda. Zotan yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma`naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham yurtboshimiz “Yuksak ma`naviyat – kelajak poydevori” degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko`tardiki, yuksak ma`naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo`lib qoldi.
Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Ruspublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” nomli ma`ruzalarida quyidagi fikrlariga e`tiborni qaratmoq lozim: “Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon e`tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirishdir. YA`ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho me`rosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat”. Bunda biz ma`rifatparvar Abdulla Avloniyning: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo momot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan o`gitiga amal qilishimiz zarur.
4. Ma`naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati.
Ma`naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma`naviy barkamol inson tushunchasi sog`lom avlod tushunchasi bilan ham bog`lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy hislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo`lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota – onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to`rt jihatga e`tiborni qaratdi , ya`ni har bir fuqaro :
-- o`z haq- huquqini taniydigan bo`lsin , buning uchun kurashsin ;
-- o`z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo`lsin, imkoniyatlarini ishga solib , samarasini ko`rsin;
-- atrofida sodir bo`layotgan voqea - hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;
-- shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg`un holda ko`rib , faoliyat yuritsin.
Bo`lar barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to`liq ta`rifdir.
Ma`naviy- ma`rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftihordir. Milliy g`urur bu milliy iftihordir. Milliy g`urur o`z xalqining bir nacha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklari , tarixiy me`rosi, urf – odatlari , an`analari, odob – axloqi, turmush tarzi, yuksak ma`naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e`zoz bilan munosabatda bo`lish, avaylab -asrashdir.
O`z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o`z millatining istiqboli uchun qayg`urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g`urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatarvarlik ham bo`lmaydi. Bunday kishilarni ma`naviy barkamol inson deya olmaymiz.
5. Komil inson va uning sharqona fazilatlari.
Komil inson tushunchasi ma`naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma`naviy barkamollikka erishmay komil insondarajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma`naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog`lom avlod, ma`naviy barkamol, komil inson-darajama-daraja chuqur ma`no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo`lsak, komil inson bo`lishning aniq cheki va chegarasi yo`q. Bizning ko`xna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma`naviy - axloqiy tarbiya rolini o`ynagan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta`limot va amaliyot sanaladi.
Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutloq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg`ularga limmo-lim to`la pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu hislatlarning ifodachisi.
Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida ko`p asarlar bitilgan. Ana shunday kishilardan biri XIII asrda yashagan Aziziddin Nasafiy bo`lib, “Insonni komil” nomli risolasida komil insonga ta`rif berib shunday yozadi: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va xaqiqatda yetuk bo`lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to`rt narsa kamolatga yetgan bo`lsin:yaxshi so`z, yaxshi fe`l, yaxshi axloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg`on, riyo, va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
Komillikning belgisi haq yo`lidan borib, xalqqa foyda ke ltirishdir. Kishi o`z so`zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to`g`ri yo`lga solsa, haq yo`lida fido bo`lsa, u shuncha komil bo`ladi.
Komil barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon Sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo`llanma vazifasini o`tagan ko`p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo`lgan. Shulardan ba`zilarini sanab o`tamiz. Chunonchi,Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa`diyning “Guliston”, “Bo`ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Alisher Navoiyning “Mahbubo`l-qulub”, Xusayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy” va boshqalarni ko`rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning ko`pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to`g`rilik, rostgo`ylik, insonparvarlik, ma`rifatli bo`lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Komil inson va e`tiqodililik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamog`imiz lozim. Mustaqil O`zbekistonning bozor munosabatlariga o`tish sharoitida iymonli bo`lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bo`lish nechog`lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma`naviy barkamol inson tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning quyidagi ta`rifida komil insonning asosiy xususiyatlari har tomonlama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir: “Komil inson deganda, -deb yozadi Islom Karimov,- biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz”.
Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan bog`lab komil inson chizgilariga quyidagi hislat va fazilatlar kirishini umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin:
Komil insonning umumiy hislatlari: yoqimlilik, ko`rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug`sifatlik, o`ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar;
Komil insonning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do`stlik, g`amxo`rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalalik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlik, mehmondo`stlik, halollik, to`g`rilik, diyonatlililk, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar;
Ishbilarmonlik hislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas`uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchilik, uddaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta`masizlik, tavakkalchilik va boshqalar;
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnlilik, ba`manilik, xotirjamlik, sog`lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar;
Sobitlik xislatlari: faollik, qat`iyatlik, tezkorlik, jo`shqinlik, sabotlilik, bir so`zda turishlik, barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, o`zini yo`qotmaslik, sovuqqonlik, o`ziga talabchanlik, kamsuqimlik, o`zini-o`zi idora eta bilish va boshqalar;
Ehtiroslilik hislatlari: ko`tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, xazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, oliyjanoblik, iffatlilik, otashinlik, nozik tabiatlilik, xayolilik, xijolatpazlik, va xokazolar.
Bizningcha, ayni shu hislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog`lom va komil inson ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish