Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyasiyani
vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyasiya”
termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”,
“ko‘pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyasiyaning iqtisodiy mohiyati
muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va
xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Inflyasiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSH Federal hukumati 1861 – 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog‘oz pullarni emissiya qilishi sabab bo‘ldi. G‘arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyasiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning
o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi.
Dastlabki davrlarda inflyasiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri,
hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og‘irligi talab
darajasidan past bo‘lgan haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan tanga pullar muomalaga
chiqarilishi hisoblanadi. Muomalada qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi natijasida tanga – pul bilan bog‘liq inflyasiya muammosi qog‘oz – pulga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi.
Inflyasiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar
tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund
inflyasiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifatida 30 , P.Xeyni esapulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini
ta’kidlaydilarRossiya iqtisodchi olimlari V.A.Щegorsov va V.A.Taranlar “Inflyasiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ularning bahosini o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.” 32 , deya ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor SH.Abdullaeva
inflyasiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyasiya so‘zining iqtisodiy mohiyati –
muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul
chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi 33 .
Guvohi bo‘lganimizdek, inflyasiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar
bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyasiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi natijasida muomaladagi qog‘oz va tanga pullarning sotib olish
qobiliyatining pasayishidir”.
Iqtisodiyotda inflyasiya darajasini aniqlashning turli yo‘llari mavjud bo‘lib,
ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va inflyasiya darajasini (2)
aniqlovchi tengliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |