Mundarija: Kirish Sug‘urta bozori uning tarkibiy tuzilishi va ularga umumiy tavsifnoma



Download 33,99 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi33,99 Kb.
#192051
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi xushnud


Mundarija:

Kirish

  1. Sug‘urta bozori uning tarkibiy tuzilishi va ularga umumiy tavsifnoma.

  2. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari

  3. Sug’urta bozorini professional ishtirokchilari to’g’risidagi nizom



Kirish:

1.Sug‘urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi

Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan operatsiyalar bilan shug’ullanmasligi zarur.Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko’rish mumkin.Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchunkundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamaya

So‘nggi yillarda mamlakatimizda moliya bozorining sug‘urta segmentini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, respublikada sohaning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 ta sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2018-yil mobaynida to‘langan sug‘urta to‘lovlari hajmi 461,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu esa oldingi yildagiga nisbatan 71 foizga ko‘p. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari hajmi esa 2 trln. so‘mga yetib, 35 foiz ortgan.

Lekin soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan, sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urta ob’ektlariga nisbatan noqonuniy talablar qo‘yib, sug‘urtalash ishlarini amalga oshirish hollariga yo‘l qo‘yilayotgani shulardan biri.Ba’zan esa sug‘urta kompaniyalari sug‘urtalash jarayonida sug‘urtalanuvchilarga ularning haq-huquqlarini to‘liq va to‘g‘ri tushuntirmayotgani sababli tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqib, ishlar sudlarga qadar yetib boryapti.O‘z navbatida, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda, to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmaslik yoki bu jarayondagi byurokratik to‘siqlar qayta sug‘urtalash imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarib, fuqarolarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchi pasayishiga olib kelayotgan edi.Prezidentimizning joriy yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishi ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu muammolarni hal qilish, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Qarorga muvofiq, sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Sug‘urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish, sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish kabilar shular sirasidandir.Endilikda sug‘urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlari 2020 – 2022-yillarda bosqichma-bosqich oshiriladi. Chunki kompaniya o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar bo‘yicha aynan ustav kapitali miqdorida javob bera oladi, ya’ni bu ko‘rsatkich uning majburiyatlari bajarilishiga o‘ziga xos kafolat rolini o‘ynaydi. Shu boisdan qarordagi ushbu jihat juda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, hujjatda daromadlarning 20 foizigacha miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllantiriladigan sug‘urta tashkiloti zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdori sug‘urta tashkiloti ustav fondining 50 foizigacha oshirilishi belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida, sug‘urta tuzilmalari faoliyati barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qaror bilan kiritilayotgan yana bir yangilik shundaki, endilikda sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha elektron polislarni (“E-polis”) rasmiylashtirish mexanizmi joriy etiladi. Ya’ni bu chora mamlakatimizda elektron sug‘urtalashni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, avvalo, mijozlarni vijdonsiz sug‘urta agentlarining tovlamachilik harakatlaridan himoya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish, sug‘urta kompaniyalari ortiqcha xarajatlarini qisqartirish hamda bu mablag‘larni ularning faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirish imkonini beradi.

Sug‘urta bozori ishtirokchilari faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, shu jumladan, ularning soliq yukini maqbullashtirish – hujjatdan ko‘zda tutilgan yana bir aniq maqsad. Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvaridan yuridik shaxslar — sug‘urta brokerlari va sug‘urta agentlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi komissiya mukofotining 13 foizi miqdorida belgilanadi. Gap shundaki, sug‘urtalashda bozor va davlat boshqaruv dastaklari o‘rtasidagi oraliq o‘rinni narx yoki sug‘urta mukofoti egallaydi. Bu mezon tarif stavkasi bilan belgilanadi. Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofoti qonun asosida, normativ ravishda o‘rnatiladi. Yagona to‘lov stavkasining Qarorda kщrsatilgan miqdorda belgilanishi ham soliq tushumlarining samarasi, ham sug‘urta bozori ishtirokchilari uchun og‘ir bo‘lmagan darajani kafolatlaydi, sug‘urta sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 2020/2021-o‘quv yilidan sug‘urta bozorida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun oliy ta’lim muassasalarining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki bo‘limlarga test sinovlari o‘tkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish tartibi joriy etiladi. Bu esa sohadagi malakali kadrlar yetishmovchiligini yaqin yillarda bataraf qilish, demakki, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etgan sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi. 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 

Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakat moliya bozorida bu xizmatlarning o‘rni hozircha katta emas.

Joriy yilning olti oyida sug‘urta tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan bo‘lsa-da, sug‘urta tushumi aholi jon boshiga 50 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.Ushbu sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4 foizni tashkil etmoqda. Qiyos uchun, bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11 foiz, Germaniyada 6 foiz, Rossiyada 1,5 foizni tashkil etadi.Buning asosiy sabablaridan biri - sug‘urta xizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Misol uchun, o‘tgan olti oyda umumiy sug‘urta tarmog‘ida 887 milliard so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ilgan bo‘lsa-da, ushbu davrda mijozlarga to‘langan sug‘urta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11 foiziga  to‘g‘ri kelgan. Dunyoda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 50-60 foizdir.

Yig‘ilishda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish masalasi muhokama etildi. "Sohaga nazoratchi emas, ilg‘or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug‘urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois ushbu inspeksiyani tugatib, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sug‘urta sohasini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qo‘yildi.Avvalo, aholi va tadbirkorlarning sug‘urtaga ishonchini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sug‘urta hodisasini adolatli baholash va to‘lovlarni tezkor to‘lash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi. Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Jumladan, sug‘urta kompaniyalarining lizing faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va lizing xizmatlari bo‘yicha soliqqa tortish tizimini takomillashtirish vazifalari belgilandi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini sug‘urtalash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 

Milliy sug‘urta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta’minlash, ilg‘or korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilandi. 

Sug‘urta sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni nufuzli xorijiy bilim yurtlarida o‘qitish va yetakchi kompaniyalarda malakasini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.



Mamlakatda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish haqida so‘z borar ekan, davlat rahbari bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tibbiy xizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta’kidladi.

Sug‘urta bozori – bu sug‘urta holatlari ro‘y berganda jismoniy va yuridik shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug‘urtalovchilarning mavjudligidir. Hozirgi kunda jahon amaliyotida sug‘urtada ikki tendensiya amal qilmoqda: sug‘urtalovchilarning ixtisoslashuvi va universallashuvi, ya’ni ma’lum sug‘urta kompaniyalari sug‘urtaning deyarli barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib o‘z faoliyatlarini kengaytirsalar, boshqa bir kompaniyalar sug‘urtaning ma’lum bir turlari bo‘yicha ixtisoslashib ushbu xizmat turini mukammal o‘zlashtirib olmoqdalar. Bu yo‘nalishlarning birinchisi bevosita mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining kuchayishi bilan bog‘liqdir: ushbu jarayon sug‘urta ishida ham obyektiv zarurat tug‘dirmoqda. Sug‘urtalovchilar faoliyatining universallashish tendensiyalari ko‘proq iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni u qadar ko‘p bo‘lmagan mamlakat, hudud yoki mintaqalarda yuz bersa, ixtisoslashuv jarayonlari iqtisodiyoti va sug‘urta tizimi rivojlangan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakat, hudud yoki mintaqalarga xosdir, chunki sug‘urta bozori endigina rivojlanayotgan, sug‘urtalashga talabgorlar soni u darajada ko‘p bo‘lmagan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari bir yoki ikki sug‘urta turiga ixtisoslashish bilan yetarli darajada mijozlarga ega bo‘la olmaydilar. Shuning uchun ham ular mumkin qadar ko‘proq turdagi sug‘urta xizmatlarini amalga oshirib ko‘proq mijozlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar. Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa sug‘urtalanishga talabgorlar soni yetarli darajada bo‘lib, ammo ularning talablari ham yuqori darajadadir, bunday talablarni qondirish uchun esa ma’lum bir sug‘urta turiga ixtisoslashib, ushbu tur bo‘yicha mukammal bilimlarni egallash va katta tajribaga ega bo‘lish talab etiladi. Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Bunga yuqorida aytib o‘tganimiz sug‘urta sohasining xali yuksak darajada rivojlanmaganligi, korxonalar, tashkilotlar va aholining sug‘urta to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarining yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli sug‘urta xizmatlariga talabgorlar sonining yetarli emasligi sababdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikada sug‘urta bozorini rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish sug‘urta tizimi xodimlari va hukumatning asosiy vazifalaridan biridir. Respublikamizda sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uchun bugungi kunda avvalo quyidagi muammolar va vazifalarni yechish muhimdir: - hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtaga va uning xizmatlariga bo‘lgan talabini har tomonlama shakllantirish zarurdir; - mamlakatimizda sug‘urta sohasidagi bozor mexanizmlarini talab darajasida qo‘llanilishiga erishish va shu asosda ixtiyoriy sug‘urtalashga sug‘urtalanuvchilarni jalb etishni talab darajasiga yetkazish zarur; - respublikamizda ayni paytda mavjud bo‘lgan sug‘urta zahiralarini investitsiyaga Ayniqsa mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarida kapitalizatsiyaning talab darajasida emasligi, hali milliy qayta sug‘urtalash bozorini rivojlantirishga kam e’tibor berilayotganligi tufayli qayta sug‘urtalashga xorijiy sug‘urta kompaniyalarini jalb etish tendensiyasi saqlanmoqda. Hozirgacha mamlakatimiz sug‘urta bozorida axborotlar tizimining taraqqiy etmaganligi natijasida sug‘urtalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy barqaror va to‘lovga layoqatli sug‘urta kompaniyalarini tanlab o‘zining mol-mulkini, sog‘ligini sug‘urtalash imkoniyatlari chegaralanib qolganligi sug‘urta faoliyatining keng rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Sug‘urta bozori amal qilishining asosiy sharti, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning mavjud bo‘lishi va sug‘urtalovchilar bu talabni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan xarakterlanadi. Demak, sug‘urta bozorining faoliyat ko‘rsatishi qiymat qonuni hamda talab va taklif qonuni bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Sug‘urta bozori subyektlarning mustaqil bo‘lishini, ularning o‘zaro teng imkoniyatlar bilan raqobat olib borishi, asosiy munosabat sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi bo‘yicha, ya’ni sug‘urta mahsulotlarini sotib olish, gorizontal hamda vertikal rivojlanish aloqalarini olib borish bilan ta’riflanib kelinadi. Sug‘urta bozori o‘zining tarkibiy jihati bo‘yicha ikki aspektga bo‘linadi, bular: - tashkiliy - huquqiy aspekt; - hududiy aspektdir. Tashkiliy-huquqiy aspekt, bu aksionerlik, o‘zaro hamkorlik asosida, xususiy va davlat sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi. Hududiy aspekt esa mahalliy (regional), milliy (respublika, mamlakat va h.k.), mintaqaviy va jahon sug‘urta bozori ko‘rinishida shakllanadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Bunga O‘zbekiston sug‘urta bozorini misol qilib olishimiz mumkin, Bugungi kunga kelib O‘zbekiston sug‘urta bozorida 30 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritishmoqda, shulardan 29 tasi umumiy sug‘urta turlari bilan shug‘ullanishsa, 1 tasi hayot sug‘urtasi turlari bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek 1 tasi qayta sug‘urtalashni amalga oshiruvchi kompaniya. Xizmat ko‘rsatish nuqtai nazaridan sug‘urta bozorlari mahalliy sug‘urta bozori va ichki sug‘urta bozoriga, hamda tashqi va global, ya’ni dunyo sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Ichki sug‘urta bozorining asosini ma’lum mamlakat ichidagi sug‘urta munosabatlari tashkil etadi. Ichki sug‘urta bozorining asosiy vazifasi mamlakat ichkarisidagi sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish hisoblanadi. Sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirish asosan marketing kuzatishlarini olib borish orqali sug‘urta bozorini o‘rganish, sug‘urta xizmatlarini reklama qilishni amalga oshirish, talabni aholi o‘rtasida, mulk egalari o‘rtasida shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta kompaniyasining bozorga mo‘ljallangan, har tamonlanma qulay, bozorga moslashgan sug‘urta tariflari uning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta bozorining infratuzilmasini takomillashtirib borish orqali har bir operatsiyadan bozor ishtirokchilari yaxshigina manfaat ko‘rishadi. Shuni takidlash kerakki, ixcham kompaniya va foyda keltiradigan tarif siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish ichki sug‘urta bozorining muhim vazifasidir, chunki sug‘urta kompaniyalari o‘z tarif tizimlariga asosan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan bahoni belgilashga erishadilar. Tashqi tomondan sug‘urta bozoriga ta’sir etuvchi omillar va ichki omillar asosida sug‘urta bozoriga ta’sir ko‘rsatib, uning holatini o‘zgartirish mumkin. Tashqi omillarga, davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy inflyatsiya, valyuta kursining o‘zgarishi va boshkalarni kiritish mumkin. Sug‘urta bozori alohida tizim sifatida ichki va tashqi kuchlarning o‘zaro birlashishi, spiral shaklida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab dinamikasining o‘sishida o‘z aksini topadi. Bu tizim chegaralangan emas, chunki tashqi va jahon sug‘urta bozori hamda ichki sug‘urta bozori bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, spiralning har bir tuguni ma’lum bir darajada sug‘urta bozorida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan potensial talabga ta’sir etadi. "Sug‘urta asoslari" 60 Sug‘urta bozoridagi sug‘urta kompaniyalarining o‘z mijozlarini ko‘paytirib borishi ularga katta miqdorda foyda keltirishi bilan birga, milliy sug‘urta bozorining rivojlanishiga olib keladi va natijada sug‘urta kompaniyalari xalqaro sug‘urta bozorlariga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xuddi shunday imkoniyatga ega bo‘lgan Angliya, AQSh, Germaniya, Shvetsariya, Fransiya, Yaponiya kabi ko‘pgina mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalari transmilliy kompaniyalarga aylanib, jahon sug‘urta bozorida yetakchilik qilish bilan birga, dunyodagi yetakchi banklar bilan bir qatorda kredit beruvchi moliyaviy tashkilotlarga aylanib bormoqdalar. Sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ixtiyoridagi pul mablag‘larini ssuda kapitali sifatida, pulga ehtiyoj sezgan talabgorlarga ma’lum foiz to‘lash sharti bilan, kelishilgan muddatga kreditga bermoqdalar. Ssuda operatsiyalari bo‘yicha ko‘p mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari banklardan keyingi o‘rinni egallab kelmoqdalar va yirik moliyaviy tashkilotlarga aylanib, iqtisodiyotda yetakchi o‘rinni egallashga da’vo qilmoqdalar. Sug‘urta tashkilotlaridan kredit olish banklarga qaraganda ancha qulay bo‘lib, sug‘urta kompaniyalari kreditni mijozlarga uzoq muddatga mo‘ljallab berishyapti, banklarda esa bunday imkoniyat deyarli yo‘q. Sug‘urta kompaniyalarining berayotgan uzoq muddatli kreditlari qimmatli qogozlar bilan bog‘langan bo‘lib, bu aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, veksel va hokazolarni o‘zida mujassamlashtiradi. Sug‘urta kompaniyalariga kelib tushadigan badallar va aktivlar hisobidan hosil bo‘lgan mablag‘larni turli ko‘rinishdagi investitsiyalarga yo‘naltirish, homiylik ko‘rsatish va depozitlashtirishdan keladigan pullar, hamda boshqa daromadlar sug‘urta kompaniyalarining investitsiyaga yo‘naltirayotgan mablag‘lari hajmini yanada oshirish imkonini bermoqda va kredit bozorida sug‘urta kompaniyalarining mablag‘lariga talab oshib bormoqda. Sug‘urta bozorining bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanib borishiga ichki va tashki omillar ta’sir etishini yuqorida ko‘rsatib o‘tdik. Gap shundaki, sug‘urta bozori davlat tomonidan boshqarilib va nazorat qilib turilishi zarur. Bu rivojlangan mamlakatlar sug‘urta bozorlarini o‘rganib chiqarayotgan xulosamiz hisoblanadi. Sug‘urta bozorida davlat qonunlarning buzilishini nazorat etishi, davlat tomonidan olib borilayotgan sug‘urta siyosatinining sug‘urta kompaniyalari tomonidan qanday amalga oshirilayotganligini, sug‘urta tariflarining qanchalik davlat belgilagan me’yorlarga to‘g‘ri kelishini, ularning bozor talabiga moslashtirib borilayotganligini nazorat qilib borishi lozim. Demak, sug‘urta bozorini faqat rivojlantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ichki davlat aralashuvi orqali boshqarilib turishga sug‘urta bozori talab sezadi. Yaqin yillarda O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin deb o‘ylaymiz: - milliy sug‘urta bozori a’zolarining bozordagi aktivligini oshirish, bozorning ishonchliligini ta’minlash, sug‘urta faoliyatini nazorat qilishni xalqaro andozalar darajasida olib borish, sug‘urta faoliyatini tartibga solish bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlarni hamda huquqiy bazani yanada takomillashtirish; - milliy sug‘urta bozori infratuzilmasini yanada takomillashtirish, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari hisoblangan sug‘urta vositachilari faoliyatini aktivlashtirish bilan birga milliy sug‘urta bozorida ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida aktuariylar, auditorlar, assistans xizmati, adjasterlar va syurveyerlar faoliyatini kengaytirish; - milliy sug‘urta bozorining rivojlanish darajasini oshirib borib, uni xalqaro sug‘urta bozori hamda qayta sug‘urtalash tizimiga qo‘shilishiga sharoit va imkoniyatlar yaratib berish muhim vazifalardan hisoblanadi. Sug‘urta bozoridagi munosabatlarni rivojlangan mamlakatlar sug‘urta bozorlari va xalqaro sug‘urta bozori tajribalaridan foydalangan holda rivojlantirishga davlatimiz moddiy va huquqiy yordamlarni amalga oshirishi zarurdir.


Download 33,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish