BIOLOGIYA
MAVZU: O 'SIM LIKLARNING ZAHARLI GAZLARGA CHIDAMLILIGI
Gazga chidamlilik - oʻsimliklarning havodagi zaharli gazlar konsentratsiyasiga chidamliligi. Gazga chidamli oʻsimliklar zararli gazlarni toʻqimalarida toʻplab, havoni tozalashga yordam beradi. Oʻt oʻsimliklardan chalov, raygrase, betaga; daraxt va buta-lardan qayragʻoch, jiyda, normushk kabilar gazga chidamli hisoblanadi. Shaharlarni koʻkalamlashtirishda gazga chidamli turlar hisobga olinishi lozim.
O 'SIM LIKLARNING ZAHARLI GAZLARGA CHIDAMLILIGI
O 'simliklarning gazlarga chidamlilik xususiyati bu ulaming atmosfera hav osida yomon gazlar to'plangan sharoitda yashashidir.
O 'simliklaming gazlarga chidamliligiga ulaming fizik-geograflk joylashishi hamda ob-havo sharoitlari ham ma'lum darajada ta'sir qiladi.
O 'simliklar o'zlari evolutsiyasi davrida gazlarga qarshi shakllangan adapt atsiyaga ega emas. Ularda bu qobiliyatning evolutsiya davrida shakllanm aganligining asosiy sababi bu hozirgi zamon o'simliklar dunyosining atm osferada zararli gazlar-kam vaqtda, ya'ni yong'inlar kam, kimyoviy jarayonlar deyarli yo'q vaqtlar da shakllanganligidir.
Atmosferaning toza havosi bundan 1 mlrd yil oldin avtotroflaming hayo t faoliyati natijasida vujudga kelgan, ya'ni yer sharining ammiakdan,oltin gugurtning vodorodli birikmasi, metan va uglerod oksididan tozalanishda proterozoy va paleozoy orasida yashagan o 'simliklar katta o'rin tutgan. O 'sha vaqtda o'sgan o'simliklarda gazlarga chidamlilik mexanizmi bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo bu mexa nizm havoda kislorod miqdorining ko'payishi natijasida asta sekin o 'z ah amiyatini yo'qota borgan.
Atmosferaning ifloslanishi avvalo insoniyat faoliyati bilan, ya'ni uning ish lab chiqarishdagi faoliyati bilan bogMiqdir. Hozirgi vaqtda bu holat juda katta ko'lamga ega bo'lganligi uchun biosferaning o'z-o'zini tozalash sistemasi havoni tozalashga ulgurmayapti. Masalan, odam lar faoliyati natijasida havoga 2OO turdan ortiq har xil gazlar tarqaladi.
Bularga biz azot oksidlari (NO, N O 2), CO, oltingugurt oksidi (C O 2) kabi g azsimon birikmalarni, uglevodorodlami, har xil H2C O 4, H N O 3, HC1 ka bi kislotalarning bug*larini, fenollar, kullar, tutunning qattiq birikmalarini , o'z tarkibida qo'rg'oshin oksidi, rux oksidi kabilarni tutuvchi changlarni va yana shularga o 'xshash moddalami misol qi'ib ko'rsatishimiz mumkin.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda atmosfera havosining 52,6%- tashuvc
hs vositalarning ishi natijasida, 18,1 %—isitish sistemalarining ishi natijasida, 17,9%-sanoat korxonalari ishi natijasida, 1,9%-axlatlaming yonishi natijasida, 9,5% esa boshqa har xil vositalar natijasida ifloslanadi.
Havoni ifloslantiruvchi moddalar, ya'ni eksgalatlar o'z zarrachalarining o 'lc hami, og'irligiga nisbatan yerga tushishi va elektromagnit spektrlari bo'y icha chang, bug', tuman va tutunga bo'linadi.
Gazlar va bug'lar o 'simlik barglari og'izchalaridan bemalol o'tishi va huj ayralardagi moddalar almashinuviga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Xusus an, ular hujayra devorlarida va membranalarida boradigan biologik jaray onlarga kimyoviy ta'sir qiladi. Changlar esa barglar yuzasini berkitib qo'y ib, hujayralarda gazlar almashinuvining og'irlashtiradi, quyosh nurlari yutilishini kamaytiradi va suv rejimini buzadi.
Havo ifloslanganda o 'simliklaming nafas olishi avvalo ko'payadi, so'ngra esa susayadi. Yuqorida ko'rsatib o 'tilgan omillar ta'sirida o'simliklarning o 'sish va rivojlanish rejimlari buziladi va ulaming qarish jarayonlari tezlash adi. Kislotalik muhitli gazlardan ko'proq nina bargli o’sim lik turlari zarar lanadi. Bunda ulaming nina barglarining uzunligi kamayadi hamda shox va novdalarda ularning soni ko'payadi. Shuning bilan birgalikda daraxt tanasining yo'g 'onlashishi jarayoni ham juda sus ayib ketadi.
Kislotalik muhitli gazlaming ta'siri uzoq vaqt davom etsa, fitotsenozda h am o 'zgarishlar bolish i mumkin. Masalan, o'rmonlarda o'suvchi daraxtla rning turi kamayadi, o 'tloqlarda begona o 'tlaming ko'payib ketishi kuza tiladi. Bundan tashqari, o'rmon daraxtlarining barglarini o'lchami kichrayi b, soni kamayadi. Shuningdek, daraxtlarda kseromorflik xususiyatlari pay do bo'ladi.
Gazlarga chidamlilik xususiyatlari bilan o'simliklar ikki guruhga bo'linadi:
1.Gazlarning ta'siriga sezuvchanlik xususiyati kuchli o 'simliklar, ya'ni o 'si mlik hujayralarida patologik o'zgarishlar ro'y berish darajasi va uning te zligiga qarab o 'simliklaming gazlarga munosabatining o 'zgarishi.
2. Gazlarga chidamli o'simliklar.
Bu o'simliklarda quyidagi xususiyatlar mavjud:
a) zaharli gazlarning hujayralarga kirishini boshqarish xossasi;
b) sitoplazinaning muqobil bufer holatini va undagi ionlar miqdori nisbatini bir maromda ushlab turish xususiyati;
d) gazlar ta'sirida hosil bo'lgan zaharli moddalardan tozalash, ya'ni zaha rsizlantirish xususiyati.
Gazlaming o 'simliklarga yutilishi xususiyatim oAAAanlisni birinchi navbatd a shu o'simlik ustitsalarining ushbu gazlarga sezuvchanligi bilan belgilanadi.
Masalan, zaharli gazlar ta'sirida gazlarga chidamli o 'simliklar barglarida og'izchalar yopiladi.
O 'simliklaming zaharli gazlarga chidamliligi hujayradagi K+, Na+ va Sa2+ i onlarning miqdoriga bog'liq, chunky bu kationlar ma'lum darajada angid ridlami neytrallash xususiyatiga ham egadirlar.
Amaliyotda qurg'oqchilikka, sho'rlanishga va boshqa stresslarga chidamli o'simliklarda gazlarga chidamlilik xususiyatlari ham kuzatiladi. Bu hoi shu o 'simliklaming o'z tarkibida suv va ionlar holatini tartibga solib turish xu susiyati borligi bilan izohlanishi mumkin.
Bunga misol tariqasida, o 'simliklarga sulfat oltingugurt gazlari ta'sirida ulaming barglarida kseromorflik xususiyatinin g, xlor ta'sirida esa sukkulentlik belgilarining paydo bo'lishini ko'rsatish mu mkin.
Rossiyalik olim V.S.Nikolevskiy o'simliklami C O 2 gaziga chidamlilik xususiya tlarini o'rganish natijasida ulami ush guruhga b o id i. Bular CO2 gaziga chidamli,o'rtacha chidamli va chidamsiz o'simliklar. Ushbu gazga ko'pr oq moslashgan o'simliklar, masalan, qayrag'och, zarang, jiyda o 'simliklari boshqa gazlarga, ya'ni xlor, ftor, azot ikki oksidiga ham chidamlilik xususi yatlarini namoyon qilar ekan.
O 'simliklami gazlarga chidamliligini ulaming mineral oziqlanishni muqobil lashtirish va urug'lik materialini chidamliligini oshirish bilan amalga oshir ish mumkin. Masalan, urugiam i HC1 va H2C O 4 kislotalarining kuchsiz eritmalari bilan namlash ushbu urug'lardan unib chiqqan o'simliklaming k islotalik muhitli gazlarga nisbatan chidamliligini oshiradi.
O 'simliklar muhitda suv rejimini, shamolni va boshqa omillarni boshqari b turish bilan birgalikda atmosferani zaharli gazlardan tozalab turuvchi asosiy omildir. Atmosferaning gazlar bilan ifloslanishi o 'simlik dunyosiga k atta zarar ko'rsatadi.
Gazlarni o'simliklarga ta'sirining kuchayishi bo'yicha quyidagicha joylashti rish mumkin.
F2>C 12>CO2> N O > C O yoki С 12>CO2>NH3>HCN>H2S Hayvoiflar uchun keyingi qator quyidagicha boMadi:
HCN>H2S > C l!>C O2>NH3
Demak, C l2, C O 2, NH3 gazlari hayvonlar organizmiga nisbatan o 'simlik lar organizmi uchun ko'proq zararli ekan. O 'simliklarga gazlaming kuchli ta'siri asosan uning barglariga nisbatan boiadi.
Atmosfera havosining ifloslanishining tuproqqa ham katta ta'siri bor.
Chunki, gazlar birinchi navbatda tuproq mikroflorasiga, uning yutuvchi q ismlariga va o 'simlik ildizlariga ta'sir qiladi. Kislotali muhitga ega boMga n gazlar va yomg'irlar o'simlik to'qimalari suv rejimini buzadi, hujayra si toplazmasining doimiy ravishda kislotalik muhitda bo'lishiga olib keladi v a membranlarda ketadigan tashiluv sistemalari ichini buzadi. Shuning bil an birgalikda hujayralarda ortiqcha miqdorda Ca, Zn, Pb, Su kabi metallami ng yig'ilishiga olib keladi.
Sunday sharoitlarda xloroplastlar membranasining ichi buzilganligi tufayli fotosintez hodisasining tezligi ham kamayadi. Bundan tashqari, xlorofill «а» va karotin tuzilishi buziladi, xlorofill «V» va ksantofill kamroq zararlan adi.
Pigmentlarga, ya'ni xloroplastning pigmentlar sistemasiga CO2 va C l 2 b irikmalari juda yomon ta'sir qiladi. Ammiak esa xlorofillga qaraganda kar otin va ksantofil pigmentlariga yomon ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |