Muallif: zayliddinov sultonmurod fizika fanidan



Download 321.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.04.2020
Hajmi321.02 Kb.
  1   2


MUALLIF:ZAYLIDDINOV SULTONMUROD 

 

 



 

 

FIZIKA FANIDAN  



MA’LUMOTNOMA 

 

(6-SINF FIZIKA DARSLIGI ASOSIDA) 



 

 

                



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

TOSHLOQ-2020 




FIZIKA TARAQQIYOTI TARIXIDAN 

MA’LUMOTLAR

 

Fizika grekcha «phyusis» – tabiat degan so‘zdan olingan bo‘lib, tabiat haqidagi fan degan 

ma’noni anglatadi. Inson o‘zini o‘rab turgan tabiat haqidagi bilimlarni yashash uchun 

bo‘lgan ayovsiz kurashlar jarayonida o‘rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarni 

to‘plash, insonlar ekin ekib, o‘troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bunday 

qulay imkoniyatga ega bo‘lgan misrlik va bobilliklar to‘plagan bilimlaridan foydalanib 

piramidalar, ibodatxonalar, qal’alar, to‘g‘onlar qurganlar. Qurilishda oddiy 

mexanizmlardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya tekislikdan foydalanishganlar. 

Fizika haqidagi ma’lumotlarni birinchi bor kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri 

Aristotel (Arastu) (milod.avval. 384–322-y.) bayon etgan. Olamning nimadan tuzilganligi 

haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341–270- yillarda yashagan Epikur bergan. Uning 

g‘oyalarini shoir Lukretsiy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» nomli poemasida 

keltiradi. Unga ko‘ra barcha jismlar ko‘zga ko‘rinmaydigan, bo‘linmaydigan atomlardan 

tashkil topgan va ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. 

Fizika qonunlarini harbiy texnikada keng ko‘lamda qo‘llagan olimlardan biri Arximed 

edi. Arximed miloddan avvalgi 287- yilda Sitsiliya orolidagi Sirakuza shahrida tug‘iladi. 

Bu davrda Sitsiliya oroli Rim va Karfagen orasidagi urush maydoni edi. Oroldagi 

hokimiyat mustaqilligini asrab qolish uchun mudofaa inshootlarini quradi. Bunda 

Arximedning muhandislik qobiliyati qo‘l keladi. Rimliklar Sitsiliyaga ham dengizdan

ham quruqlikdan hujum qilishadi. 

   

   


                                                                  

 

 



 

Gretsiyalik tarixshunos Plutarx shunday yozadi: «Rimliklarning ikki tomonlama (dengiz 

va quruqlikdan) hujumidan sirakuzaliklar qo‘rquvga tushdilar. Bunday baquvvat, ko‘p 

sonli qo‘shinga qarshi ularnima bilan javob berishadi? Arximed o‘z mashinalarini ishga 

soldi. Quruqlikdagi qo‘shinlar ustiga shiddatli otilgan ulkan toshlar ularni to‘zg‘itib 

yubordi… Kemalarga birdaniga devor ustidan katta tezlikda xodalar kelib urilib, ularni 

cho‘ktirdi. Temir ilmoqlar kemalarni ilib olib, bir uchidan yuqoriga ko‘taradi, so‘ngra 

ikkinchi uchidan tikka suvga botiradi. Ayrimlari turgan joyida aylantirib yuborilib, 

boshqarilmay qoldi va urilib halok bo‘ldi. Dahshatli manzara!..» Shundan so‘ng rimliklar 

chekinishga majbur bo‘ladi. Shaharni esa uzoq muddatli qamaldan so‘ng muvaffaq  

 bo‘ladi. Bu jangda Arximed ham halok bo‘ladi. Shunday qilib, Arximed urush uchun  

xizmat qilgan hamda shu urush qurboni bo‘lgan birinchi olim sifatida tarixga kirdi. O‘rta  

asrlarda fan va madaniyat rivojlanishi sharqqa ko‘chdi. Bu davrda fizika va boshqa fanlar  

  Аrximed (milod. avval. 287–212). Qadimgi grek

 

allomasi. Juda ko‘p ixtirolar va kashfiyotlar qilgan.



 

 

Jumladan, dalalarni sug‘oradigan mashinalar, 



vintlarni, katta yuklarni ko‘taradigan richag va 

bloklarni, toshlarni uzoqqa otuvchi harbiy 

mashinalarning muallifi. Richagning muvozanat 

sharti, jismlarning suzish  qonunlarining matematik 

ifodasini kashf qilgan.

                              

 

                                                  



 


      rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobolarimiz yashab o‘tdi. Ularga Abu Rayhon 

Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu 

Nasr al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Umar Xayyom, Umar Chag‘miniy, Ulug‘bek 

va boshqalarni misol qilisb keltirish mumkin. 

 

                                                                                                                     



 

 

 



 

Beruniy moddalarning zichligi, koinot fizikasi, minerallar, yorug‘lik, tovush va 

magnit hodisalari kabi ko‘pgina yo‘nalishlarda ishlar olib borgan. Uning, ayniqsa, 

Yer radiusini juda aniq hisoblab topganligi (Beruniyning hisoblashicha Yer meridian 

yoyining bir darajasi 110 245 m ga teng. Bunga ko‘ra Yer radiusi 6 321 km chiqadi. 

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra 6 400 km) diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiyning 

matematika, astronomiya sohasi bo‘yicha ishlarini dunyo tan olgan. Ibn Sinoni butun 

dunyoda tibbiyotning otasi deb bilishadi. Uning bundan tashqari mexanik harakat, 

ob-havoga doir, yorug‘lik hodisalari kabi mavzularga bag‘ishlangan ishlari ham 

mavjud. Umar Xayyom o‘sha davr uchun ancha mukammallashgan taqvim 

(kalendar)ni ishlagan bo‘lsa, Umar Chag‘miniy Yer o‘qining og‘maligi tufayli fasllar 

almashinib turishini qayd qilgan. Fizikaning keyingi taraqqiyoti Yevropa bilan 

bog‘langandir. Chex olimi N. Kopernik birinchi bo‘lib quyosh sistemasining 

tuzilishini to‘g‘ri talqin qilib berdi. Lekin bu ta’limotni qabul qilish oson kechmadi. 

Italyan olimi G.Galiley va nemis olimi I.Kepler o‘z tajribalariga hamda 

hisoblashlariga asoslanib ta’limotni tasdiqlashdilar. Birinchi bo‘lib osmon jismlarini 

teleskopda kuzatgan olim ham Galiley edi. Uning, ayniqsa, jismlarning erkin 

tushishiga doir ishlari diqqatga sazovordir. Buyuk ingliz olimi I. Nyuton fizikaning 

rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Quyosh va sayyoralar harakati sabablari, kuch 

va uning jism harakatiga ta’siri, yorug‘lik rangi haqidagi ilmiy ixtirolar uning 

qalamiga mansub. 

XVIII–XIX asrlar fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash davrlari bo‘ldi. Bu davrlarda 

fan bilan juda ko‘plab olimlar shug‘ullanganlar. Birinchi bug‘ mashinalarining 

ishlatilishi, harbiy texnikaning rivojlanishi, elektrdan foydalanish kabi ko‘pgina ishlar 

ularning mehnati samarasidir. Shu davrda e’tirof etilgan olimlarga J. Uatt, M. 

Lomonosov, L. Eyler, T. Yung, O. Frenel, A. Volta, X. Ersted, A. Amper, G. Om, M. 

Faradey, E.X. Lens, V. Veber, J. Joul, V. Tomson, L. Bolsman, D. Mendeleyev va 

boshqalarni kiritish mumkin. XX asrga kelib fizikada buyuk kashfiyotlar qilindi. Bu 

kashfiyotlar natijasida atom energiyasidan foydalanish mumkin bo‘ldi. Inson 

kosmosga chiqdi. Shu davrning buyuk siymolariga G. Lorens, A.Eynshteyn, 

Beruniy Aby Rayhon Muhammad ibn Ahmad 

(943.4.9–1048.11.12) qadimgi Kot shahrida tug‘ilgan. 

Beruniy o‘z zamonasining hamma fanlarini egallab, 

birinchi navbatda astronomiya, fizika, matematika, 

ma’danshunoslik fanlari bo‘yicha ijod qilgan. U qoldirgan 

meros 152 kitob va risoladan iborat. Asarlarining 70 tasi 

koinot, 12 tasi geografiya va geodeziya, biri fizika va 

boshqa sohalarga bag‘ishlangan. 

 



V. Rentgen, J. Tomson, M. Plank, E. Rezerford, N. Bor, A. Ioffe, S. Vavilov, De Broylni 

misol qilib keltirish mumkin. 

Albatta, fizikaning rivojlanishi bir tekisda kechgani yo‘q. Ayrim davrlarda 

ko‘plab kashfiyotlar qilinsa, ayrim paytlarda rivojlanish sustlashgan. Lekin inson hamma 

vaqt qiyinchiliklarni yengib, oldinga intilgan. 

 


Download 321.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat