Muallif: Noryigitova Odina
6-“B” SINF UCHUN ADABIYOT TILI FANI
«____”____________202____
Mavzu: O’lmas Umarbekov “Soat” hikoyasi
Maqsad: A)ta`limiy maqsad-o’quvchilarga mavzu yuzasidan umumiy ma’lumot berish, munozara otkazish
B) tarbiyaviy maqsad-o’quvchilarni shoirning ijodiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va o’rgatish
S) rivojlantiruvchi maqsad–o’quvchilarni tez va ravon so’zlashga o’rgatish, nutqni rivojlantirish, darslarni mustaqil tahlil qilishni o’rgatish
Dars turi: og’zaki munozaka, ko’rgazmali,amaliy
Darsda foydalanilaniladigan
metod: an`anaviy, savol – javob,
Darsda foydalaniladigan jihoz: darsliklar,slaydlar, tarqatmalar, testlar.
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
A)Salomlashish.
B) Davomatni aniqlash.
V) o`quvchilarni darsga tayyorlash
II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
Oʻlmas Umarbekov (1934.25.1 Toshkent — 1994.10.11) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan sanʼat arbobi (1984). Urta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasida muharrir, bosh muharrir (1956 —71), Oʻzbekiston K.P MKda sektor mudiri (1971—74), "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi direktori (1971—81), Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1982—86), vaziri (1987—89), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985—89), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1989—91). Ilk kitobi — "Hikoyalar" (1958). "Xatingni kutaman", "Yurak soʻzlari" (1960); "Boboyongʻoq" (1961), "Yulduzlar", "Menga ishonmaysanmi?" (1962), "Hayot abadiy" (1964), "Charos" (1966), "Koʻprik" (1968), "Bolgar qoʻshiklari", "Oltin yaproqlar" (1972), "Qiyomat qarz" kabi hikoyalarida kishilarning maʼnaviyaxloqiy goʻzalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masʼuliyatini koʻrsatishga alohida eʼtibor bergan. "Bolgar qoʻshiqlari" (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheʼriyritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. U.ning "Sevgilim — sevgilim" (1963), "Kimning tashvishi yoʻq" (1965), "Urush farzandi" (1972), "Yoz yomgʻiri" (1973), "Oq qaldirgʻoch" (1974) va boshqa qissalari janriy rangbarangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. "Odam boʻlish qiyin" (1970) va "Fotima va Zuhra" (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulq-atvorida koʻringan salbiy jihatlarni tasvirlash orkali sovet davri maʼnaviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan.
III. YANGI MAVZU BAYONI.
Soat (hikoya) [Oʻlmas Umarbekov]
|
Biz koʻpchilikmiz. Dadam, oyim, men. Toʻrtta ukam ham bor. Oyim bilan dadam ishlashadi. Men oʻqiyman, ikkita ukam ham oʻqiydi. Shuning uchun ham har bir xonada soat bor. Bittasida osma soat, bittasida budilnik... Lekin hech qaysimiz bu soatlarga qaramaymiz. Oyimlar oʻzlari yurgizib tursalar ham, qaramaydilar. Hammamiz vaqtni dadamlardan soʻraymiz. Ularning qoʻl soatlari bor. Oddiy, lekin katta soat. Bilaklariga zoʻrgʻa sigʻadi. Budilnikka oʻxshab «jarang-juring», «jarang-juring», qilib yuradi.
Bu soat buvamlarniki. Ular urushda halok boʻlganlar. Uyga qoraxat bilan shu soat kelgan. Oʻshanda dadam ham frontda edilar. Oyim qutichaga solib berkitib qoʻyganlar. Dadam qaytib kelganlaridan keyin ham anchagacha koʻrsatmaganlar. Men tugʻilganimdan keyin koʻrsatganlar. Shundan beri qoʻllaridan tushmaydi.
Ishxonadan taqdim qilishgan soatlari ham bor. Taqmaydilar. Shuni taqadilar.
Tanish-bilishlari ba’zan:
— Boshqasini taqing, eskib ketibdi-ku! — deyishadi.
Shunda:
— Bu oddiy soat emas, dadamlarniki, — deydilar. Yaqinda men texnikumga kirdim.
— Mana, — dedilar shunda qoʻllaridan yechib, — katta boʻlib qoldingiz. Siz taqing.
Endi uyda vaqtni hamma mendan soʻraydi. Dadamlarning oʻzlari ham mendan soʻraydilar. Minut, sekundigacha aytib beraman soatimga qarab. U judayam katta. Bilagimga zoʻrgʻa sigʻadi. Budilnikka oʻxshab «jarang-juring», «jarang-juring» qilib yuradi. Raqamlariga dogʻ tushgan. Lekin oddiy emas, dadamlarniki
|
V.MUSTAHKAMLASH
1.O`lmas Umarbekov qachon va qayerda tug`ilgan?
2.O`.Umarbekov boshlang`ich ta`limni qayerda olgan?
3. O`lmas Umarbekov qaysi lavozimlarda mehnat qilgan?
4. O`lmas Umarbekov ning dastlabki asari qaysi?
5. O`lmas Umarbekovning to`plamlari?
6. O`lmas Umarbekov qissalari?
7. O`lmas Umarbekovning detektiv yo`nalishidagi asari?
8. O`lmas Umarbekovning romanlari?
9. Gulchehra va Abdulla qaysi asar qahramonlari?
10. O`lmas Umarbekovning kinosenariylari?
V. O`quvchilarni baholash:
VI. UYGA VAZIFA:
Topshiriq. O’lmas Umarbekovning “Soat” hikoyasi yuzasidan oilaviy munozara o’tkazing va dialog sifatida shakllantiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |