Jamiyatining



Download 138,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.12.2022
Hajmi138,46 Kb.
#882110
  1   2
Bog'liq
oila ozbekiston jamiyatining asosi
KURS ISHI SHABLON, Vocab Task 1, Янгиарик УСТК эмлаш янги, marketing Oraliq, 3. Theme 9. Presentation, 3462111758, oilaning global inqirozi va uni bartaraf etishda ijtimoiy ishning orni, B b m Mustaqil ish, 3-Laboratoriya-104-guruh


OILA— O'ZBEKISTON
JAMIYATINING
ASOSI
16 yoshlilar uchun oila haqida o'ylash zaruriy ehtiyoj. Biroq unga oilaning 
butun mohiyati, ko'lami, mas'uliyati, oila oldidagi burchini his qilish, oila 
sog'lomligini va mustahkamligini ta'minlashga tayyorgarlik darajasi va hayotiy 
tajriba zarur ekanligi hammaga ayon. Biroq, bu yoshda har bir yigit-qiz o'z 
kelajagi, baxtli turmushi, muhabbatli hayoti haqida o'ylashi muqarrar. 
Oila azaldan xalqimiz uchun muqaddas hisoblangan. Uni asrash, avaylash va 
har bir oilaning o'z an'anasi, turmush tarzi, hayotiy me'yorlari borki, bu ana shu 
muhitning sog'lom va mustahkamligi bilan ulkan jamiyatning bir bo'lagi sifatida 
miliiy va ijtimoiy taraqqiyotning asosi hisoblanadi. 
Ayni ana shu jamiyatning kichkina yacheykasining ma'navjy qiyofasi, 
mustahkamligi, axloqiy va jismoniy yetukligi oilaning baxtli va totli hayotiga asos 
bo'ladi. Bu esa yosh avlodning oilaga munosabatini, oila qurish ehtiyojini va orzu-
umidini bir qadar pishitib olishiga yordam beradi. 
Inson paydo bo'libdiki, asrlar mobaynida muhabbat haqida orzu qilib keladi. 
Butun Yer sharida insoniyat millati, yashayotgan makoni, diniy mansubligi va 
e'tiqodidan qat'i nazar u haqda o'ylaydi, orzu qiladi. Rassomlar, shoirlar
musiqachilar qator-qator noyob va betakror asarlar yaratishadi. Biroq hayot 
haqiqati shundaki, oila, muhabbat tushunchalari uyg'unlashib ketib, eng oddiy 
holatda hayoting davomida bir-biringni qo'llab-quvvatlashing, bir-biringni himoya 
qila olishing va asray bilishing, hayotdagi eng go'zal lahzalarni butun ko'lami bilan 
his qila olishing doimiy ehtiyojga va inson tayanchiga aylanadi. Ana shunday 
ko'nikmaga ega bo'lgan har qanday yoshni oila qurishga tayyor deyish mumkin. 
Agar jamiyatdagi har bir oila ana shunday imkoniyatga ega bo'lsa, shunday muhit 
yarata olsa, o'z hayotidan mamnunlik, o'tayotgan kunidan rizolik kayfiyati bilan 
yashasa, jamiyat baxtli va farovon bo'ladi. 
Har bir yosh oila qurishga kirishar ekan, u oila qonunchiligini, huquq va 
majburiyatlarini aniq bilmog'i lozim. 
O'zbekistonda oila qurish tartibi qonun bilan belgilangan. Eng muhimi, har 
bir yosh oila qurish yoshiga yetmog'i va ma'lum darajada o'z hayotini yo'lga 
qo'yish ko'nikmasiga ega bo'lmog'i lozim. Bu O'zbekistonda o'g'il bolalar uchun 
18, qiz bolalar uchun 17 yosh qilib belgilangan. Jismoniy va axloqiy barkamollik 
insonning ijtimoiy mustaqilligini belgilovchi, o'z hayotini yo'lga qo'yishga qodirlik 
salohiyatini ko'rsatuvchi intellektual imkonyatdir. 
Butun dunyoda barcha mamlakatlarda nikohdan o'tish madaniyati ijtimoiy-
huquqiy voqelik, to'y esa yorqin va unutilmas bayram sifatida qabul qilingan. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq: 
"Oila 
jamiyatning asosiy bog'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish 
huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga 
asoslanadi". 
Davlatning oilaga bunday munosabati bejiz emas. Chunki har qanday 
oila katta yoki kichikligidan qat'i nazar, ijtimoiy voqelik hamda jamiyatning bir 
bo'lagidir. Har bir oilaning ijtimoiy shakllanishi jihatidan u ijtimoiy hayot nuqtai 


nazaridan jamiyatning barcha sohalari bilan siyosiy,ma'naviy, iqtisodiy, 
huquqiy va madaniy-ruhiy qiyofasiga ta'sir o'tkazadi. 
Olimlarning xulosalariga ko'ra, nikoh va oila bir narsa emas. Chunki 
nikohda rasmiy-huquqiy majburiyat bor. Oila tushunchasida esa ma'naviyat, qalb 
va tuyg'u bilan bog'liq bo'lgan, har ikki tomondagi sevgi va muhabbatning o'zaro 
uyg'unligi orqali dunyoga keladigan burch, mas'uliyat, bir-biri oldidagi javobgarlik 
tuyg'usi yotadi. Nikoh ittifoqidagi bir-birini sevgan ikki inson o'rtasida uchinchi 
odam - bola dunyoga keladi. Ana shundan so'nggina tom ma'nodagi 

Download 138,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti