Moskva lingvistika maktabi qozon lingvistika maktabi peterburg lingvistika maktabi



Download 16,32 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2022
Hajmi16,32 Kb.
#602086
  1   2
Bog'liq
6 маъруза


6- MAVZU: TILSHUNOSLIK MAKTABLARI
Reja:

  1. MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI

  2. QOZON LINGVISTIKA MAKTABI

  3. PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI


MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI

XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar vujudga keldi. Ulardan biri Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) asos solgan Moskva lingvistik maktabi bo‘lib, bu maktab tilshunoslik fanining taraqqiyotiga va qiyosiy- tarixiy tilshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. F.F. Fortunatov so‘zlarni shakl tomonidan tasniflab, ularni o‘zgaruvchi va shakli o‘zgarmaydigan (grammatik shaklsiz, faqat so‘z yasovchi shakllardan iborat) kabi turlarga tasniflaydi, ushbu so‘z shakllarining so‘z turkumlari va gap tarkibidagi o‘rni haqidagi ta’limotlarni ilgari suradi.


Moskva lingvistik maktabida yaratilgan so‘zning shakli hamda so‘zning grammatik turlari,so‘z turkumlarining ikki tomonliligi va gap to‘g‘risidagi ta’limotlar uning shogirdlari Shaxmatov, Peshkovskiy, Pokrovskiylar tomonidan davom ettirildi. Bunga misol sifatida A.A.Shaxmatovning eng yirik asari “Rus tili sintaksisi” (1925-1927), A.M. Peshkovskiyning “Rus sintaksisining ilmiy yoritilishi” (1914), “Ona tili metodikasi, stilistika va lingvistika masalalari” (1930), M.M.Pokrovskiyning “Qadimgi tillar sohasida semasiologik tadqiqotlar” (1895) hamda “Semasiologiya metodlari to‘g‘risida” (1896) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
QOZON LINGVISTIKA MAKTABI
Qozon lingvistik maktabining asoschisi rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignaustis) Boduen de Kurtene (Nesislav) (1845-1929) avval Varshavadagi gimnaziyada, so‘ng Praga, Berlin, Laypsng, Vena, Berlinda tahsil olgan. Uning dastlabki “XVI asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida” nomli asari 1870 yildayoq Leypsigda chop qilinadi. Bu ishi uchun unga magistrlik darajasi va privat dotsent unvonini berishdi. 1874 yilda 29 yoshida “Rezyan shevalarining fonetikasini o‘rganish tajribasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Asosiy asarlari: “Tilshunoslik va tildagi ayrim umumiy mulohazalar” (1871), “Fonetik alternatsiyalarning mahorat nazariyasi” (1895), “XIX asr lingvistikasi yoki tilshunosligi” (1901), “Lingvistik maqolalar va aforizmlar (iboralar)” (1903), “Tilshunoslikka kirish” (1917).
U Qozonda 9 yil, Yuryevda 10 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil ishladi. Peterburgda ishlagan paytda L.V.Shcherba, A.P. Barannikov, V.V.Radlov kabi mashhur tilshunoslarni, Varshavada ijod qilgan paytlarida esa V.Doroshevskiy, N.V.Krushevskiy singari olimlarni yetishtirgan. V.Doroshevskiy semasiologiya, leksikografiya va leksikologiya, til va tafakkur, axborot nazariyasi hamda so‘zlarning lug‘aviy tahlili kabi masalalar bilan shug‘ullangan ko‘zga ko‘ringan olim. N.V.Krushevskiy fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma’lum tilning tovushlari harakterini, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolish va yangi tovushlarning paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisoblaydi.
Qozon maktabi vakillari bilan til faoliyatining psixik, fonetik tomonlari hamda fonologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. U tilshunoslikka fonema nazariyasi va atamasini kiritdi. Uning shogirdi V.A. Bogorodiskiy eksperimental fonetika asoschilardan biri hisoblanib, Qozon universiteti qoshida Rossiyada birinchi bo‘lib fonetik laboratoriya tashkil qilgan, so‘zlardagi morfologik qayta bo‘linish, soddalashish, singarmonizm hodisalari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan, turkiy tillar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan.
PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI
XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920) 1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari, muommolari bilan shug‘ullangan. U qadimgi rus solnomalarining yirik bilimdoni ham edi. Qadimgi qo‘lyozmalar haqida birinchi maqolasini (18 yoshida) e’lon qiladi. 1893 yilda u “Rus tili fonetikasi soxasidagi tadqiqotlar” nomli ilmiy asarini yozadi va 1894 yili uni Moskva unversitetida himoya qiladi va unga magistrlik unvoni bilan doktorlik darajasi beriladi. Iste’dodli yosh olimni 1894 yildayoq akademik qilib saylashadi. A.A.Shaxmatov 150 dan ortiq asar yozgan.

  1. A. Shaxmatov semasiologiyaga grammatikaning bir bo‘limi sifatida qarab, uni sintaksis bilan zich bog‘langan deb hisoblagan. “Rus tili sintaksisi” nomli asarida so‘z birliklari va qo‘shma bo‘laklarning tuzilishi, ikki tartibli (murakkab) va bir tartibli gaplarni mukammal tahlil qilgan. Gapda bitta so‘z ham kommunikatsiya vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan gapni tashkil qilishi mumkin, ammo faqat to‘liq gaplargina aloqa vositasini (kommunikatsiyani) atroflicha bajara oladi. Gapning har bir tarkibiy qismi aloqa vositasining talabiga javob berishi lozim.


Download 16,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish