MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY KOEFFITSIYENTLARDAN FOYDALANISH
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va amaliy normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga korxonaning bo‘lajak ishini tahlil qilish va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi.
Korxonaning moliyaviy hisobotlari asosida korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida turli korxonalar ko‘rsatkichlarini yoki bitta korxonaning turli yillardagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin bo`ladi desak adashmagan bo`lamiz.
Mazkur koeffitsiyentlardan foydalanib, firma faoliyati samarador-ligining quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin: 1) rentabellik (profitability); 2) aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover); 3) o‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moliyalashtirish yoki 4) likvidlik (liquidity); 5) bozor qiymati (bahosi) (market value).
Firmaning moliyaviy koeffitsiyentlarini tahlil qilishda, avvalambor, quyidagi ikki jihatni inobatga olish zarur: - vaziyat kimning nuqtai nazaridan baholanadi: aksiyadorlarning nuqtai nazaridanmi yoki kreditorlarningmi? - ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun mezon sifatida nimadan foydalaniladi?
Mezoniy etalonlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: - xuddi shu davr bo‘yicha boshqa korxonalarning moliyaviy koeffitsiyentlari; - o‘rganilayotgan korxonaning turli davr bo‘yicha moliyaviy koeffitsiyentlari; - moliyaviy bozorlardan olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, masalan, aktivlar bahosi yoki foiz stavkalari.
Hozirgi paytda turli sohalari bo‘yicha moliyaviy koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan ko‘plab manbalar mavjud. Dan & Bradstreet, Robert Morris byurosining yillik hisobotlar bo‘yicha tadqiqotlari (Annual Statement Studies by Robert Morris Associates), Savdo palatasining har chorakdagi moliyaviy hisobotlari (the Commerce Department's Quarterly Financial Report) va turli tijorat assotsiatsiyalari ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar endilikda kompakt-disklarda va Internet orqali tarqatilmoqda