Milliy qadriyatlar millat iftixori. O’zbek tilida so’z yasalishi
Soʻz yasalishi - 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Mas, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), "qil" yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda "yasalish" soʻzi "yasamoq" feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning "Fonetika", "Leksikologiya"ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Mac, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda "Soʻz yasalishi" birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Mac, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor
Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi:
Milliy;
Diniy;
Mintaqaviy;
Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi.
Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.
Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir.
Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir.
Eng qadimiy sanʼat turlaridan biri boʻlgan baxshichilik milliy madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz, anʼana va qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etadi. Elimizning ezgu niyat hamda istaklarini ifodalaydi.
Biroq, afsuski, maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismi boʻlgan ushbu noyob sanʼat keyingi davrlarda birmuncha unutilayozdi. Shunday bir sharoitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev baxshichilik sanʼatini bebaho nomoddiy madaniy meros sifatida qayta tiklash, yanada rivojlantirish, boyitish tashabbusi bilan chiqdi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qarori asosida Termiz shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalq ogʻzaki ijodining mazkur yoʻnalishidagi noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, keng targʻib qilib, uni jahon uzra yoyish, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu festival koʻlami va ahamiyati jihatidan juda nufuzli sanaladi. Buni uning YUNЕSKO shafeligida oʻtkazilayotgani, mazkur sanʼat bayramida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (AYSЕSKO), shuningdek, Afgʻoniston, Turkiya, Tojikiston, Kuvayt hamda boshqa davlatlardan koʻplab faxriy mehmonlar, 80 dan ortiq mamlakatlardan 300 ga yaqin vakillar qatnashishidan ham bilish mumkin. Shuningdek, 20 davlatning ommaviy axborot vositalari xodimlari anjumanni bevosita yoritib borishi kutilmoqda.
Milliy qadriyat va anʼanalarimizni yanada rivojlantirish, folklor sanʼatimizni boyitish, dunyo boʻylab keng tarannum qilish borasida olib borilayotgan bunday ezgu ishlarni xalqimiz katta mamnuniyat bilan kutib olyapti. Bu barchaga faxr-iftixor, gʻurur bagʻishlamoqda. Sanʼat, madaniyat, adabiyot sohasi ijodkorlaridan ayrimlarining quyidagi fikrlaridan ham buni anglash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |