Akromiylar faoliyati.
I.Kirish.
II.Asosiy qism
Akramiylar guruhining tashkil topishi.
Akromiylar faoliyati.
Andijon voqealari
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
«Ayni zamonda, barchamiz bir tanu bir jon bo’lib,
terrorizm va ekstremizm havfiga qarshi qat’iyat
bilan kurash olib borishimiz, «O’z o’yingni o’zing asra»
degan shiorning ma’nosini keng va chuqur anglab,
go’zal va betakror Vatanimizning tinchligini,
xalqimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’iday
saqlashimiz zarur». I. Karimov
Kirish.
Ma’lumki, kishilik jamiyati tarixida ham, bugunida ham kelajagida ham mafkurasiz ijtimoiy guruh, millat va davlat bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Odamlar qaysi davrda, qanday jamiyatda yashamasin, nimagadir ishonish, e’tiqod qilish, ma’lum bir g’oyaga, ilmiy ta’limotga asoslanib ish ko’radi.
Mamlakatimizda demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qaror topishi uchun milliy jipslik (milliy konsolidatsiya) ni taqazo etadi. SHu asosda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, turli guruhbozlikni oldini olish uchun umummilliy, umumxalq manfaatlarni tor sinfiy, mintaqaviy, partiyaviy manfaatlardan ustun qo’yadigan jamiyatning hamma a’zolarini jipslashtiradigan, oliy maqsad sari safarbar qiladigan milliy istiqlol g’oyasi ishlab chiqildi.
Prezidentimiz I.Karimov 1998 yilda «Tafakkur» jurnalini bosh muharriri savollariga javobida «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga hizmat etsin» nomli asarida mafkuraga baho berib, «Mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar»,- deb qayd qiladi.
Umuman, mafkuraning kuchi, qudrati shundaki, u odamlarni jipslashtiruvchi yoki ayirib tashlashi, yoki bunyodkorlikka otlantirishi yoki qirg’inbarot vayronkorlikka giriftor qilishi mumkin. Har qanday mafkuraning mazmuni millat yoki guruhning jamiyatdagi o’z o’rni, atrofdagi millatlar va xalqlarga munosabati, orzu-umidlari, maqsad e’tiqodlaridan iborat bo’ladi.
Ayrim g’oyalar mutlaqlashtirilib, «aqida»ga aylanib qoladi. Bunday g’oyalar jamiyat uchun ko’p kulfatlar keltirishi mumkin. CHunki har qanday aqida negizida ham g’oya mavjud. Mafkuradan farq qilib, aqida mutlaq haqiqat sifatida mo’ayyan guruh tomonidan e’tirof etiladigan va targ’ib qilinadigan rivojlanmaydigan, qotib qolgan g’oya bo’lib, jamiyatni jaholat sari yo’naltiradi. O’zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi esa doimo rivojlanib, boyib boradi. Mafkurani yaxlitligini, ta’sirchanligini ta’minlashda jamiyatdagi siyosat olib boruvchilarning roli ham muhimdir. SHu ma’noda, O’zbekiston xalqlarini maqsad va muddaolarini anglab yetgan Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, bizning milliy mafkuramiz har qanday aqidaparastlikdan, millatchilikdan holi bo’lgan g’oya, birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik fazilatlarini singdirishga hizmat qilishi, Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagi bilan bog’lab turadigan g’oyadir. SHu asosda, milliy istiqlol mafkuramiz el-yurtimizni birlashtirib, har qanday yot, buzg’unchi, vayronkor ekstremistik g’oyalarga qarshi qalqon bo’lishi kerak. SHu nuqtai nazardan, I.Karimov alohida ta’kidlaydiki, «Demak bugungi kunda g’oyani, fikrni ta’qiq bilan, ma’muriy choralar bilan yengib bo’lmaydi. G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin».
Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda, yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol mafkurasini singdirib, uni ma’naviy fazilat darajasiga ko’tarish natijasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishni taqazo etadi.
Immunitet tushunchasi, umuman olganda, tibbiy tushuncha bo’lib, tirik organizmning ichki mo’ayyanligini saqlashga, turli kasallik va infektsiyalardan himoya qilishga qodirligini o’zida aks ettiradi.
Akromiylar. Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli to’xtatilgan noan’anaviy, ham islom ta’limotiga, ham konstitutsiyaviy davlatchilik asoslariga zid bo’lgan guruh «Akromiylar»dir.
Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi – 1963 yilda tug’ilgan Yo’ldoshev Akrom nomi bilan bog’liq. A. Yo’ldoshev Hizb at-tahrirning yetakchisi an-Nabahoniy g’oyalari asosida 12 darsga mo’ljallangan «Imonga yo’l» risolasini yozgan. SHu sababdan akromiylar «Imonchilar» deb ham yuritiladi.
Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g’arazli maqsadlarni ko’zlaydilar. Biroq ular tahrirchilardan farqli o’laroq, xalifalik davlatini mahalliy sharoitdan kelib chiqib, avvalo, Andijonda, so’ng Farg’ona vodiysida amalga oshirmoqchi bo’ldilar. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar – «sirli», «moddiy», «uzviy», «maydon» va «oxirat». To’rtinchi va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari bo’lmog’i lozim edi.
Bu guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo’lib, ular rasmiy ishxonalardan bo’shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug’ullanganlar. Zarurat tug’ilganda «birodarlari»ga «jamoa banki»dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat «birodarlar» o’rtasida amalga oshirilgan.
Akromiylar - islomdagi diniy-siyosiy guruh (oqim). 1997-1999 yillarda Farg’ona vodiysida paydo bo’lgan. Guruh asoschisi -Akrom Yo’ldoshev (1960 yilda Andijonda tug’ilgan). Guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo’lgan. Ular rasmiy ishxonalardan bo’shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shugullanganlar. Ular mavjud tuzumni tan olmaydilar, davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga bo’ysunish lozim deb hisoblaydilar. Akromiylar asoschisi vahhobiylik ta’limotiga tayanib, 1992 yilda 12 darsdan iborat "Imonga yo’l" deb nomlangan dastur ishlab chiqqan. Dasturda oxirgi maqsad - islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta’kidlangan. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. "Sirli" yoki "maxfiy".
2. Moddiy.
3. Ma’naviy.
4. "Uzviy maydon".
5. "To’ntarish". Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini so’zsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlab, o’z hokimiyatlarini o’rnatishi bayon etilgan. Akromiylar hozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro’za, zakot, haj farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. To islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb qaraydilar.
O’zbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning keskin qarshiligiga uchradi va faoliyati barham topdi.Joriy yilning may oyida Andijonda sodir etilgan voqyealar xorijiy siyosatshunoslar, tahlilchilarning e’tiborini tobora ko‘proq tortmoqda. Ular vaqt o‘tgani sari mazkur xodisalar bilan bog‘liq axborotlar, aniqlangan dalillarni tahlil etib, voqyealarga o‘z shaxsiy munosabatini bildirishga harakat qilmoqda.
Bugun biz mushtariylar e’tiboriga Markaziy Osiyo muammolari bo‘yicha taniqli mutaxassislardan biri, London universitetining Sharqshunoslik instituti professori, Buyuk Britaniyadagi Qirollik xalqaro munosabatlar institutining muxbir a’zosi, Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risidagi ko‘plab kitoblar muallifi Shirin Akinerning Andijon voqyealari bo‘yicha tayyorlagan tahliliy ma’ruzasining qisqacha bayonini havola etmoqdamiz.Olimaning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti G‘AQSHG‘ tomonidan yaqinda chop etiladigan ma’ruzasiga uning Andijonga qilgan safari davomida olgan taassurotlari, sinchiklab to‘plagan faktlari, shuningdek ular asosida chiqargan xulosalari asos bo‘lgan.Shirin Akinerning ta’kidlashicha, uning Andijonga kelishidan maqsadi "joriy yilning 13 may kuni u yerda nimalar ro‘y berganini bilishdan iborat bo‘lgan, chunki ommaviy axborot vositalarining xabarlari chalkash va bir-biriga zid edi".Andijonga kelgach, britaniyalik ekspert voqyealar sodir bo‘lgan asosiy joylarga, shuningdek shifoxonaga, qamoqxonaga, qabristonga bordi va jamiyatning turli tabaqalariga mansub odamlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.SH.Akiner safar yakunlari bo‘yicha chiqargan asosiy xulosasini quyidagicha izohlaydi: "Men bu harakatlar ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli yuzaga kelganini tasdiqlovchi birorta ham dalil topolmadim. Bu xatti-harakatlar ko‘proq siyosiy tusga ega bo‘lib, Qirg‘iziston ssenariysi bo‘yicha davlat to‘ntarishini amalga oshirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida tashkil etilgani ehtimolga yaqinroqdir.Menimcha, buning uchun 13 may, ya’ni juma kunining tanlangani ham bejiz emas. Chunki shu kuni odamlar machitlarda juma namoziga to‘planishadi. Balki "isyonchilar", biz o‘z xatti-harakatlarimizni diniy tuyg‘ular bilan bog‘lasak, xalq bizni qo‘llab-quvvatlaydi, degan xayolda taqiqlangan "Akromiylar" islom harakatining a’zolarini qamoqxonadan chiqarib yuborgandir. Aslida ular qattiq adashgan edi. Mening fikrimcha, bu mojaro hokimiyatni egallash uchun urinishdan boshqa narsa emas".SH.Akinerning fikricha, "bu tinch aholi tomonidan tashkil etilgan namoyish emas, balki muayyan darajada harbiy tayyorgarlikka ega qurollangan kimsalar uyushtirgan harakatdir. O‘zbekiston hukumati "isyonchilar"dan olib qo‘yilgan qurol-aslaha va o‘q-dorilar (200 dan ortiq avtomat, 100 ta pistolet va 230 ta granata) to‘g‘risida batafsil axborot berdi; Qirg‘iziston hukumati ham Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan o‘tganlarning qo‘lidagi qurol-yarog‘larni musodara qildi".
Shu boisdan, ekspert-olimaning ishonchi komilki, "bu o‘z-o‘zidan boshlangan namoyish emas, balki puxta tayyorlangan hujumdir.Hujum qilganlar professional jangarilar bo‘lgani va hujumlar yuqori darajada tashkil etilgani ham buni tasdiqlaydi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yerda ro‘y bergan voqyealar to‘g‘risidagi dastlabki xabarlarning yashin tezligida ko‘plab axborot agentliklarining birinchi sahifalarida paydo bo‘lishi ham voqyealar mutlaqo kutilmaganda yuz bermaganligining isbotidir". Ma’ruza muallifi ushbu voqyealardan bir necha hafta oldin Londondaligi paytida "ayrim doiralar O‘zbekistonda nimadir sodir bo‘lishi kerakligini kutib o‘tirganini" his qilganini eslaydi.Britaniyalik ekspertning fikricha, "qamoqxonaga uyushtirilgan hujum aslida, "Akromiylar" harakati a’zolarini ozod etishga qaratilgan; shu bilan birga, ehtimol hibsdagilar ham "isyonchilar"ga qo‘shilishi taxmin qilingan; biroq ularning bu maqsadi ham amalga oshmadi. Aksincha, ular ko‘plab mahbuslarni kuch ishlatish yo‘li bilan qamoqxonani tark etishga majbur qilgan; lekin mahbuslarning deyarli hammasi o‘z ixtiyori bilan ushbu voqyealardan keyin bir-ikki kundan so‘ng qamoqxonaga qaytgan".SH.Akinerning ma’lum qilishicha, "isyonchilar"ning ayrimlari mahalliy aholi vakillari bo‘lgan, ammo ko‘pchiligi O‘zbekistonning boshqa hududlaridan, ba’zilari esa Qirg‘iziston va ehtimol, MDHning boshqa davlatlaridan kelgan bo‘lishi mumkin"."Isyonchilar"ning ayrimlaridan xorijiy valyutada katta miqdorda pul topilgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor. Qirg‘iziston va O‘zbekistonda "buzg‘unchilik faoliyati" tashqaridan mablag‘ bilan ta’minlab turilishiga oid axborot bir muncha vaqt tildan-tilga o‘tib yurdi. Bu narsa aslo dalil bo‘la olmaydi, albatta. Biroq bilvosita dalillar menga bu o‘rinda zikr etilgan axborot haqiqatdan yiroq emas, degan taxminga borish imkonini beradi", - deydi ma’ruza muallifi.Xalqaro doiralarning Andijon voqyealari bo‘yicha bildirgan munosabatiga to‘xtalar ekan, "bunday yondashuvlar asosan ommaviy axborot vositalarining G‘chet elniki - tahririyat izohiG‘ sodir etilgan voqyealarni begunoh, tinch aholini ataylab o‘qqa tutish sifatida talqin qilgan shov-shuvli xabarlari asosida shakllangan. Ushbu ma’lumotlarda "isyonchilar"ning qurollangani va mazkur harakatni harbiy operatsiya sifatida rejalashtirgani haqida lom-mim deyilmagan", deb ta’kidlaydi SH.Akiner.Eng asosiysi, britaniyalik ekspertni keltirilgan manbalarni tanqidiy baholashga urinib ham ko‘rilmagani hayratga soladi. "Mening fikrimcha, voqyea haqidagi xabarlar xronologiyasini puxta o‘rganish va tekshirish ayrim jurnalistlarning qandaydir "mojaro" chiqishini kutgani va voqyealar qanday rivojlanishi to‘g‘risida oldindan tayyorlab qo‘yilgan axborotga ega bo‘lganini ko‘rsatadi", deb yozadi britaniyalik olima.SH.Akiner jurnalistlar tomonidan Andijon voqyealari haqida tarqatilgan axborotlarni tahlil qilar ekan, ularni ikki toifaga bo‘ladi: "Birinchi toifa - voqyealar yuz bergan joydan tasmaga yozib olingan "sharhlar"dan iborat: bu "sharhlar"da atrofda nimalar sodir bo‘layotgani ma’lum qilingan, lekin u yoki bu harakat uchun kimlar javobgarligi, "isyonchilar" o‘t ochgani yoki ochmagani, hukumat qo‘shinlari qaysi nuqtadan o‘q uzgani to‘g‘risida deyarli hech qanday xabar yo‘q.Biz "isyonchilar" qo‘lida qurollar bo‘lganini yaxshi bilamiz, ular bilan hukumat qo‘shinlari o‘rtasida otishma bo‘lgani ham hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Biroq, yangiliklarda bu borada deyarli hech qanday ma’lumot yoki dalillar yo‘q.
Ikkinchi toifa axborot mahalliy aholining go‘yoki "xolis sharhlari"dan iborat. Biroq "mahalliy aholi" - bu asosan hukumatga qarshi chiqayotgan shaxslardir. Albatta, ularning guvoh sifatidagi ko‘rsatmalari muhim, lekin ularning fikrini xolis deyish qiyin".SH.Akiner O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan turli inson huquqlarini himoya qiluvchilar haqida yozar ekan, ta’kidlaydiki, "ular orasida turmush sharoitini yaxshilash uchun o‘z jamiyati bilan ishlashga harakat qilayotgan samimiy va dadil odamlar ham bor. Shunday esa-da, ko‘pchilik uchun "inson huquqlari"ni himoya qilish sohasidagi faoliyat" va "inson huquqlari bo‘yicha faol" unvoniga ega bo‘lish o‘ziga xos daromad manbaiga aylanib qolgan. Ularning faoliyati ko‘pincha tashqi homiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ayrim hollarda esa juda katta miqdorda. Shak-shubhasiz, ularning xorijlik homiylari bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlari alohida taqdirlanadi, jumladan, chet el safarlariga boradi"."Bu soha faoliyatiga doir men uchun eng noxush kashfiyot moliyaviy jihatdan qaramlik o‘ziga xos ma’naviy tobelikni keltirib chiqarayotgani bo‘ldi, - deb yozadi SH.Akiner. - Men O‘zbekistondagi inson huquqlari himoyachilaridan mahalliy hokimiyat bilan muayyan masalalarni hal qilish uchun birgalikda ishlab ko‘rishga harakat qilganmisiz, deb so‘raganimda, ular bunday ishga qo‘l urib ko‘rmaganligini aytishdi".
Shunga qaramay, britaniyalik ekspertning fikricha, "o‘z muammolarini o‘z hamjamiyatlari doirasida, jumladan mahalliy hokimiyat bilan hal qilishga uringanlar muayyan yutuqlarga erishganini ta’kidlashgan.Biroq bunday ishda, xorijiy diplomatlar va muxbirlar ishtirokidagi matbuot anjumanlari, uchrashuvlarda bo‘ladigandek, o‘z ishini ko‘z-ko‘z qilish imkoniyati yo‘q".SH.Akiner "Andijon voqyealari bo‘yicha bildirilgan xalqaro munosabatlar vaziyatni yaxshilashga yordam bermadi. Boz ustiga, bu yerda nima yuz bergani to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan siyosatchilarning andishasiz chiqishlari, O‘zbekiston hukumatini tanqid qilishlari va "bu jiddiy oqibatlar"ga olib kelishi mumkinligi haqidagi ochiqdan-ochiq do‘q-po‘pisalari vaziyatni murakkablashtirdi, xolos", - deb ta’kidlaydi.Britaniyalik ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyatga tashqi tomondan ta’sir o‘tkazishga urinishlar "faqat diniy ekstremistik guruhlarga foyda keltirishi mumkin. Bu ularning kuchi, ta’sirchan yoki jozibador g‘oyalarining emas, balki aniq maqsadlari, rahbariyati, yo‘lga ko‘yilgan tashkiliy tuzilmalari borligining natijasi bo‘ladi... Hozir natijani oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi: bu boradagi kurash uzoq vaqt davom etishi va bu vaziyatda tashqi aralashuvlar foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi mumkin".
Xulosa.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, Prezident I.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida, 2004 yilning 29 aprelidagi nutqida xalqimizni yana bir bor hushyorlikka chaqirib, «Xalqaro terrorchi kuchlar qaytadan birlashib bosh ko’tarayotgan, o’ta makkor va yovuz uslublarni qo’llayotgan bugungi murakkab vaziyatda hayotning o’zi halqaro hamjamiyat, jumladan, mintaqamizda joylashgan barcha davlatlardan bu baloga qarshi kurashishda hamkorlikni ko’chaytirishni, bir yoqadan bosh chiqarib, bunday o’rinishlarga keskin zarba berishni, har qanday tajovuz va terrorchilik hurujlarining oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yo’qotish va avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog’lom tafakkuri uchun kurashishni taqozo etmoqda. Bu kurashdan hech kim chetda qolmasligi kerak», - deb alohida qayd etadi.
Diniy – ekstremistik va terroristik harakatlar mamlakatimizga nisbatan qanday dushmanlik ko’rinishlariga qaramasdan, Prezidentimiz rahbarligida yovuz kuchlarga, muqaddas islom dinimizni yoki musulmon fuqarolarimizni tahqirlashga, jamiyatimiz osoyishtaligiga havf to’g’dirishda hech qachon yo’l qo’yilmaydi. Har qanday tajovuz va terrorchilik hujumlarini oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yo’qotish va, avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog’lom tafakkuri uchun kurashishni taqazo etadi.
Adabiyotlаr
Do'stlaringiz bilan baham: |