“Mikrokreditbank” bankining faoliyati
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
“Mikrokreditbank” bankining tashkil topishi va faoliyat jarayoni.
“Mikrokreditbank” bankining ichki tartib qoidalari va me’yoriy hujjatlari.
“Mikrokreditbank” bankining tashqi aloqalari va o’zaro hamkorlari.
“Mikrokreditbank” bankining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli
“Mikrokreditbank” bankining kredit bo’limi haqida.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillar tub islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda o‘zgarishlar va burilishlar davri bo‘ldi. Xususan, tadbirkorlarning ishlab chiqarish loyihalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur qarorlarning qabul
qilinishi, milliy valyutaning liberalizatsiyasi, umuman, tadbirkorlik faoliyati uchun keng erkinliklar yaratib berilishi iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarida
ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, respublikamizning xom ashyo eksportiga bog‘liqlik darajasini keskin tushirishga erishildi. Bunda YAlpi ichki maxsulot tarkibida qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ulushini kamaytirgan xolda tayyor maxsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarni rivojlantirilmoqda. O‘tgan 2017 yil respublikamiz iqtisodiyotini boshqarishni yanada liberallashtirish sharoitida bank tizimining barqarorligini ta’minlash, sohani isloh etish va yanada rivojlantirish borasida hukumatimiz rahbariyati boshchiligida qator ustuvor vazifalar belgilanib, bugungi kunda ular ijrosi yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 16 iyundagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini yanada oshirishning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3066-sonli qaroriga muvofiq hamda hukumatning tegishli qarorlariga binoan “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitali va resurs bazasi mustahkamlantirildi
O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlantirish omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik taraqqiyotini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu soha bozor kon’yukturasi o‘zgarishlariga tez moslasha olish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish, o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish kabi xususiyatlariga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda moliyalashtirishda tijorat banklari o‘rni muhim ahamiyatga ega.
Mikrokreditbank 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvvatlash, ularni imtiyozli resurslar bilan ta’minlash, respublikamiz barcha hududlarida aholining kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanishida moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali daromad manbalarini oshirish hisoblanadi. Bugun mamlaktimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi.
“Mikrokreditbank” bankining tashkil topishi
Do'stlaringiz bilan baham: |