Mikrokreditbank” bankining faoliyati Reja
hisobot Muhammad
“Mikrokreditbank” bankining ichki tartib qoidalari va me’yoriy hujjatlari. Umumiy qoidalar Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʼgʼrisida"gi, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisidagi,"Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida"gi Qonunlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzmilliybank tizimiga tushadigan murojaatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va koʼrib chiqish tartibini belgilaydi. 1.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini (keyingi urinlarda -murojaatlar) qabul kilish va belgilangan tartibda koʼrib chiqish maqsadida,Oʼzmilliybankda telefon aloqasining liniyasi (keyingi o’rinlarda Ishonch telefoni deb ataladi) tashkil etiladi. 2.Murojaatlar Oʼzmilliybankka kelib tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda koʼrib chiqiladi, qoʼshimcha oʼrganish va tekshirishlarni talab qilmaydigan murojaatlar esa oʼn besh ish kunidan kechiktirilmasdan koʼrib chiqilishi lozim. Murojaatni koʼrib chiqish uchun tekshirish oʼtkazish, qoʼshimcha materiallar talab qilibolish yoki boshqa chora-tadbirlar koʼrish zarur boʼlgan hollarda, murojaatni koʼrib chiqish muddati ijrochi departamentning, bildirishnomasi asosida Oʼzmilliybank Raisi oʼrinbosarlari tomonidan istisno tariqasida uzogʼi bilan bir oydan ortiq boʼlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va bu haqda murojaat qilgan shaxsga maʼlum qilinishi shart. 3.Ishonch telefoniga qilinayotgan murojaatlar dushanba kunidan juma kunigacha(juma kuni xam), (bayram kunlaridan tashqari) soat 9.00 dan 12.00 gacha va 13.00 dan 18.00gacha Oʼzmilliybankning masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinadi. 4.Murojaatlarni koʼrib chiqishda murojaat qiluvchilar toʼgʼrisida olingan maʼlumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yohud qonun bilan qoʼriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar va agar murojaatchilarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʼlsa, maʼlumotlarni bank xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Murojaat kiluvchi shaxs toʼgʼrisidagi murojaat mavzusiga tegishli boʼlmagan maʼlumotlarni surishtirib bilishga yoʼl qoʼyilmaydi. Ishonch telefoni orqali murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi 5.Oʼzmilliybank tizimida tashkil etilgan Ishonch telefoniga qilinadigan murojaatlar Qorakalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar uchun (0-371) 234-42-10-raqami, Toshkent shahri uchun esa 234-42-10-raqamiga shaharlararo telefon tarmogʼi orqali murojaat qilishlari mumkin. 6.Ishonch telefonining raqamlari ommaviy axborot vositalari, Oʼzmilliybankning internet sayti, boʼlim va ularning filiallarida tashkil etilgan maxsus "tadbirkorlik burchaklari" hamda "tadbirkorlar xonalari"dagi ishonch telefonlari roʼyxatiga kiritish va boshqa yoʼllar orqali jismoniy hamda yuridik shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi. 7.Ishonch telefoni orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chikish boʼlimida tashkil etiladigan va murojaatlarni qabul qilish uchun masʼul boʼlgan malakali xodimlarga biriktiriladi. Tashkil etilgan maxsus telefonlardan murojaatlarni qabul qilish uchun masʼul boʼlgan xodimlardan tashqari boshqa xodimlarning foydalanishiga yoʼl qoʼyilmaydi. 8.Ishonch telefoni orqali tushayotgan murojaatlarni toʼplash va umumlashtirish uchun telefondagi soʼzlashuvlarni yozib olinadi. 9.Ishonch telefoni orqali tushgan barcha murojaatlar daftarlarda qayd qilinadi va ikki yil mobaynida saqlanadi. 10.Ishonch telefoni orqali telefon qoʼngʼiroqlarini qabul qiluvchi masʼul xodimlar: familiyasini, ismini, otasining ismini va egallab turgan lavozimini aytishlari; qoʼngʼiroq qiluvchilarga Ishonch telefoni faqat Oʼzmilliybankning boʼlim va filiallari faoliyati yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish maqsadlari uchun ishlashini tushuntirishlari; qasddan yolgʼon maʼlumot taqdim etilishi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʼlishini maʼlum qilishlari; koʼngʼiroq qilgan shaxsga ushbu Nizomning 11-bandida koʼrsatilgan axborot va maʼlumotlarni maʼlum qilishni taklif etishlari, aks xolda murojaat koʼrib chiqilmasligini tushuntirishlari lozim. 11.Ishonch telefoni orqali murojaat qilishda murojaat qiluvchi uzining familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joylari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni, shuningdekagar u yuridik shaxs boʼlsa, yuridik shaxsning toʼliq nomi, xizmat koʼrsatuvchi Oʼzmilliybank boʼlimi (filiali), javob yuborilishi kerak boʼlgan joylashgan yeri (pochta manzili), qayta bogʼlanish uchun telefon raqamini maʼlum qilishi hamda murojaatning mohiyatini bayon qilishi shart. 12.Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish boʼlimining masʼul xodimlari tomonidan umumlashtiriladi va Ishonch telefoni orqali tushadigan murojaatlarni roʼyxatga olish uchun ishlab chiqilgan maxsus dastur orqali elektron koʼrinishda hamda belgilangan tartibda ochilgan daftarlarda roʼyxatdan oʼtkaziladi. 13.Qabul qilingan murojaatlar bir ish kunidan kechiktirilmay boʼlimning masʼul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda koʼrib chiqish uchuntegishli departament va mustaqil boshqarmalar boshliqlariga hamda mazkur masala boʼyicha tayinlangan masʼul xodimlarga elektron koʼrinishda yuboriladi. 14.Ushbu Nizomning 11-bandida koʼrsatilgan axborot va maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki ularning takdim etilmasligi sababi asossiz boʼlgan taqdirda murojaatlar roʼyxatdan oʼtkazilmaydi va koʼrib chiqilmaydi. Murojaatni koʼrib chiqish davomida aynan koʼrib chiqilayotgan masala yuzasidan takroriy ravishda murojaat tushganda, mazkur murojaat roʼyxatdan oʼtkazilmaydi. 15.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari alohida jurnalda yoki kartochkalarda roʼyxatga olinadi. Ularda tartib raqamlaridan oldin arizachi familiyasining birinchi harfi yoziladi. 16.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari roʼyxatga olinganidan keyin skanerlanadi xamda WSPersonal dasturiga kiritiladi. 17.Arizachiga javob yuborish talab qilinmaydigan (masala uning huzurida koʼrib chiqilgan) hollarda murojaatni koʼrib chiqish topshirilgan xodim tarkibiy boʼlinma rahbari nomiga xat tayyorlashi, unda murojaatnomada koʼtarilgan masalani oʼrganish yakunlarini aks ettirishi hamda topshirik bergan Bank rahbariga axborot taqdim etishizarur. 18.Jismoniy va yuridik shaxslarning bank vakolatlari doirasida hal etilmaydigan masalalar boʼyicha murojaatlari 5 kundan oshmaydigan muddatda tegishli muassasaga yuborilib, bu haqda arizachiga xabar beriladi. Fuqaro shaxsan murojaat qilgan hollardaesa, u qayerga murojaat qilishi kerakligi tushuntiriladi. II.Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi 19.Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha O‘zmilliybankning tegishli departamentlari va mustakil boshqarmalari tomonidan nazoratga olinadi. 20.Murojaatni ko‘rib chiqish muddati ushbu Nizomning 2-bandi birinchi xatboshisiga muvofiq belgilanadi, shuningdek 2-bandining ikkinchi 15-xatboshisida keltirilgan holatlarda O‘zmilliybankning tegishli Rais o‘rinbosarlari tomonidan muddat belgilanadi. Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar mazmuniga ko‘ra, muayyan mansabdor shaxslarning qarori, harakati yohud harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan bo‘lsa, ushbu shikoyat aynan mazkur mansabdor shaxslarning o‘zlari tomonidan ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 21.Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar ijro muddati ko‘rsatilgan holda taalluqliligiga ko‘ra O‘zmilliybankning bo‘lim filiallariga ko‘rib chiqish va xulosa kiritish uchun yo‘llanishi mumkin. 22.Murojaatlarning tezkor ravishda ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida Ishonch telefoni orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha mas'ul xodimlar bevosita tashkil etilgan Ishonch telefoniga qung‘iroq kilib, ulardan murojaatlar yuzasidan izoh surashlari, shuningdek zaruriy ma'lumotlar va materiallarni talab qilishlari mumkin. 23.Zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida, murojaat qiluvchini jalb etgan holda tegishli bo‘limlar mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqib o’rganilishi mumkin. Murojaat qiluvchilarning murojaati yuzasidan xabardor qilinganligi to‘grisida Ishonch telefoni orqali tushadigan murojaatlarni ro‘yxatga olish daftarida tegishli yozuv qayd etiladi. Murojaat qiluvchiga berilgan javobning nusxasi elektron shaklda ijrochi departament va mustaqil boshqarmalarda saqlanadi. 24.O‘zmilliybank tomonidan Ishonch telefoni orqali murojaat qiluvchilarning bo‘lim va ularning filiallariga qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqilishida qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan hollarda, ijrochi departamentlar va mustaqil boshqarmalar tomonidan tegishli tijorat banklariga aniqlangan qonun buzilishlarini, ularning sabablarini va qonun buzilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro muddatlarini ko‘rsatgan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuboriladi. 25.O‘zmilliybankning Ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarni nazoratdan chiqarish, mazkur murojaat yuzasidan murojaatchi xabardor qilinganidan so‘ng,O‘zmilliybank Apparatining Metodologiya va qarorlarni bajarish bo‘limi tomonidanamalga oshiriladi 26.Ishonch telefonlari orqali tushayotgan murojaatlarning qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi xolatini o‘rganish maqsadida O‘zmilliybank o‘zining bo‘lim vafiliallarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazishga haqlidir. 27.O‘zmilliybankda O‘zmilliybank Apparatining Metodologiya va qarorlarni bajarish bo‘limi, departamentlar va mustaqil boshqarmalar bilan birgalikda Ishonch telefoni orqali tushayotgan murojaatlarning belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat olib boradi va o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar ko‘radi. 28.O‘zmilliybank tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy yuridik shaxslarning murojaatlari to‘grisida”gi Qonuniga muvofik ko‘rib chiqiladi. IV.Yakunlovchi qoidalar 29.Ishonch telefoni orqali tushayotgan murojaatlarni belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish uchun O‘zmilliybankning departament va mustaqil boshqarmalari rahbarlari shaxsan javobgardirlar. 30.O‘zmilliybank tomonidan Ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarning ijro etilishi yuzasidan belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etilmagan, shuningdek berilgan ko‘rsatmalar bajarilmagan yoki talab darajasida bajarilmagan holatlarda O‘zmilliybankning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 31.Murojaat qiluvchilarning tuxmat va haqoratdan iborat ariza, taklif yoki shikoyat berganligi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ishonch telefoni orqali murojaat qiluvchilar ularning murojaatlarini qabul qilishva ko‘rib chiqishning asossiz rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidirlar. 32.Ishonch telefoni orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma'lumotlarning oshkor etilmasligi uchun qonun hujjatlariga muvofik shaxsan javobberadilar. 33.Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori Download 58,79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |