Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)



Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
Alisher NAVOIY 
TARIXI ANBIYO VA HUKAMO
 
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM 
Odam salavotulloh alayh xilqati Odamning kuniyati Bulbashardur va laqabi Safiyullohdur. Chun 
irodatulloh aning xilqatig‘a muqtaziy bo‘ldi, Jabrailg‘a amr bo‘ldikim, bir miqdor tufrog‘ aning tiynati 
taxammuri uchun ul yerdinki, holo Makka aning o‘rnidadur, keltursun. Jabrail alayhis-salom bu amrg‘a 
ishtig‘ol ko‘rguzdi, birhol tili bila anga ont berdikim, tufrog‘ni mendin olmakim, bo‘lmag‘aykim, bu 
maxluqdin noshoyist amr vujudqa kelgaykim, ul sababdin men haq taoloning mujibi saxtu xitobi 
bo‘lg‘aymen. Jabrail a. s. qaytib aning so‘zin arz qildi ersa, Mikoyilg‘a hukm bo‘ldi. Ul dag‘i yerdin 
ham andoq ont eshitib qaytdi, ersa, Isrofilg‘a hukm bo‘ldi. Ul ham ul ikining uzri bila qaytqondin 
so‘ngra Azroilg‘a buyruq bo‘ldikim, yerdin tufroq keturgay. Yer Azroilg‘a ont bergandin so‘ngra 
Azroil ayttikim, haq subhona va taoloning amri saning ontingdin yuqoriroqdur. Bir ovuch tufroq yer 
yuzidin olib, haq taoloning amri bila bihishtga kelturub, Hazrati Muhammad sallallohu alayhi 
vasalamning tiynatin tasnim suyi bila yug‘urub, borcha maloikka arz qildilarkim, maqsudi olam va 
odam ofarinishidin munung xilqatidurkim, oxiruz-zamon payg‘ambari bo‘lg‘usidur. Andin so‘ngra 
Odam a. s. tufrog‘ig‘a qirq kun rahmat yomg‘uri yog‘durub, o‘z qudrat ilki bila taxmir qildikim
«xammartu tiynati odama biyadayya arabina sabohan»
1
andin xabar berur. Chun inson kisvatin 
odamg‘a kiydurdilar haq subhonahu va taolo asmoi husnini anga o‘rgattikim va allama odamaal asmoa 
kullaho
2
va maloyikayi muqarrab aning ilmig‘a mu’tarif bo‘ldilar va tangri taolo hukmi bila anga sajda 
qildilar. Iblisdin o‘zgakim, ul jindin erdi fasajadal maloikatu kulluho‘m ajmaunillo iblisa
3
. Va iblis 
ko‘p toat qilg‘ondin so‘ng maloika martabasig‘a yetib erdi. Chun tangri taolo amridin bo‘yun to‘lg‘odi, 
shaqovat va la’nati jovid tavqi aning bo‘ynig‘a tushtikim, «Va inna alaykal-la’nati ilo yavmiddin»
4

Odam va Havo bihishtda sokin bo‘lsun deb amr bo‘ldikim, «yo Odamu, uskun anta va zavjuka al-
jannata»
5
. Va Havo Odam a. s.ning so‘l yonidin yaratildi. Va ba’zi rivoyatda andoqdurkim, Havo 
dunyoda yaratilib erdi. Har taqdir bila Odamg‘a bug‘doy yemakdin nahy bo‘ldi. Ba’zi uzum, ba’zi 
anjir debdurlar. Iblis Odam jihatidin la’nati abadiyag‘a shoyista bo‘lub erdi. Bu xusumatdin yilon 
vositasi bila bihishtga kirib, Odam a. s. bug‘doy yemak vasvasasin qilib, chun irodatulloh munga joriy 
bo‘lub erdikim, olam yuzin Odam avlodi tutqay. Odam va Havoni bihishtdin chiqardilar. Va Hindiston 
mulkida bir-biridin ayru tushtilar. Odam a. s. Makkaga kelib, Arafot yonida Havog‘a uchradi. Andin 
Arafot ul yerga laqab qoldi. Andin so‘ngra Odam a. s. Ka’ba uyin yasadi. Dag‘i Hindiston sori azimat 
qildilar. Va Jabrail a. s. hububot kelturub, Odamg‘a qo‘sh surub, ekin ekmak qoidasin o‘rgatti. Va 
Havo Odamdin xar qachon homila bo‘lib erdi, iki farzand kelturur erdi: bir o‘g‘ul, bir qiz. Bu o‘g‘ulg‘a 
yana bir qornidin kelgan qizni berurlar erdi va bu qizni yana bir qorindin kelgan o‘g‘ulg‘a berurlar 
erdikim, orada farq bo‘lg‘ay. Qobil bila tuqg‘on qizni oti Iqlimo debdurlar. Tiladikim, Hobilg‘a 
berg‘ay. Qobil o‘z singlining husni jihatidin anga moyil erdi, unomadikim Hobilg‘a bergaylar. Odam 
ikisiga qurbon buyurdikim, har qaysining qurboni qabul tushsa, anga bergay. Hobilning qurboni qabul 
tushub, Odam a. s. Iqlimoni anga berdi. Qobil xusumat jihatidin Hobildek qarindoshikim, saburi jamol 
va ma’naviy kamol bila orosta erdi va Odam a. s. ani bag‘oyat sevar erdi, halok qilib, Odamni aning 
firoqida mubtalo qildi. Avval kishikim, nohaq qon qildi Qobil erdi. Chun andin burun hech kishi 
o‘lukni ko‘rmaydur erdi. Qobil mutahayyir bo‘lub, Hobilni ko‘tarib yurur erdi. Bori taolo hukmi 
munga mutaalliq bo‘ldikim, odamizod mayitning tadfinin bilgay. Iki malakni iki qarg‘a surati bila 
Qobil qoshig‘a yibordikim, bir-biri bila urushub, biri yana birin o‘lturdi va qotil qarg‘a yerni tirnab, 
minqori bila qozib, maqtulni dafn qildi. Qobil dag‘i bu ta’limni olg‘och, Hobilni go‘r qazib, dafn 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish