Yusuf obrazi "Qisasi Rabg‘uziy" va "Tarixi anbiyo va hukamo" asarlarida



Download 24,5 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi24,5 Kb.
#405078
Bog'liq
tezis


Yusuf obrazi “Qisasi Rabg‘uziy” va “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlarida

Mumtoz adabiyotimizda Yusuf obrazi keng tarqalgan bo‘lib , ilk bor Musoning “Ibtido” kitobida u bilan bog‘liq voqealar uchraydi. Keyinchalik Yusuf obrazi Abulqosim Firdavsiy, Abdurahmon Jomiylarning “Yusuf va Zulayho” dostonlarida keng yoritilgan. Yusuf bilan bog‘liq voqealarni she’riy shaklda keltirishni Qul Ali o‘zining “Qissayi Yusuf” dostoni orqali boshlagan. Hozirgi kunda Durbekka nisbat berilayotgan “Yusuf va Zulayho” dostoni ham she’riy yo‘lda va ulkan mahorat bilan yozilgan. Sharq adabiyotida Yusuf talqinining turli asarlarda o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Xususan XIII-XIV asrlarda yozilgan Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” va Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlarida ham buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bu ikki asarda ham payg‘ambarlar tarixi haqida yozilgan. Ammo ular o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Rabg‘uziy Yusuf hayotini tavsiflar ekan , o‘zi eshitgan yoki ko‘rgan manbalarini ham keltirib o‘tadi.

Masalan: “Hosil ul-amir. Azizi Misr Yusufni sotg‘in tiladi”.

Yusufning bahosi to‘rt yuz ratl oltun, to‘rt yuz ratl kumush, to‘rt yuz ratl yinju bo‘ldi. Zulayho eri Azizi Misrg‘a aydi:“ Ul o‘g‘lonni san sotg‘in olg‘il bizga qul bo‘lsin ” -deb.

Yana bir rivoyatda Zulayho amoriyg‘a o‘lturub tamoshadin kelurda Yusufga yo‘luqdi Azizi Misrg‘a aydi: “Bu o‘g‘lonni sotg‘in olg‘il ” . Aziz aydi: “ Bizning molimiz yo‘q, unga tegurmaymiz”. Zulayho aydi: “ Bor molimizni beraling, qizlanchilarni beraling. Yetmasa bo‘ynimdagi, quloqimdagilarni berayin”.

“....Azin yarog‘ bo‘lmadi ersa Yusufni olmoq uchun Azizga targ‘ib qildi. Bo‘lmadi ersa otlanib bo‘ylikka bordi, iltimos qildi, ijobat bo‘ldi. Mol tizdi , baho berdi, Yusufni oldi”.

Yuqoridagi keltirib o‘tgan rivoyatimizda Rabg‘uziy Yusufi Azizi Misr sotib olgan yoki Zulayho sotib olgan variantini ham keltirib o‘tgan. Bunday farqlarni Yusuf oilasi bilan bog‘liq holatlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Navoiyning “ Tarixi anbiyo va hukamo” sida “.... aksar turli ittifoqlar borkim, Ya’qub (a.s) g‘a Layodin olti o‘g‘il bo‘ldi: Ro‘bil, Sha’mun, Yaxudo, Lodi, Zehbar, Yaxshar va Rohildan Yusuf (a.s) va Ibn Yamin mutavallid bo‘ldilar va Falixadan Don va Nafxar, Zulfadin Qov va Asra vujudga keldi”.

“Qisasi Rabg‘uziy ” da esa “....Ya’qub Yalavochning olti xotuni bor edi. Tekma xotundan ikki o‘g‘il bo‘ldi-o‘n ikki o‘g‘il bo‘lur”.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Ya’qub (a.s)ning Rohil ayollardan Yusuf tug‘ilgani ikki asarda ham bir xil , ammo ayollari va farzandlarining sonida farqi bor. Navoiy Yusuf tilidan kelgan so‘zlarni dalillash uchun Qur’ondan oyat va suralarni keltirib o‘tadi. Masalan: Yusuf yoshligida bir tush ko‘radi va otasi Ya’qub (a.s) ga aytib beradi.

"Vaiz qola Yusufu liabihi yo abati inni raaytu ahada ashara kavkaban vashshamsa ** raaytuhum li sojidina".

"Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko‘ribman. Hammalari menga hasad qilayotgan emish."

Yoki Yoqub(a.s) va Yusuf bir-birlari bilan topishib, Misr taxtiga o‘tirib, shod-xurram kunlar boshlanganida quyidagi so‘zlarni aytadi:

"Yo abati hozo ta‘vilu ru‘yooya min qablu".

"Ey otajon, mana shu qirq yil ilgari ko‘rgan tushimning ta‘biridir".

Rabg‘uziy fikrlarining manbasini aynan keltirmaydi. Ammo o‘rinli joylarda g‘azal, qit‘a, baytlar va turli janrlardan foydalanadi. Bu uning badiiy jihatdan ham mahoratga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Bayt. Bahoriyyot

Mavlono Nosiruddin Rabg‘uziy:

Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro‘zi,

Kechdi bahman zamharir qish qolmadi qori buzi.

Kun kelu ming ko‘rki ortib tirilur o‘lmish jahon,

Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi.

Rabg‘uziy bu baytni bahor kelib, Yusufni og‘alari dalaga sayr qilish uchun ketmoqchi bo‘lishganida keltirib o‘tadi. Bu baytda u bahor kunlari kelib, qorning izi ham qolmay, yer yuzi yashilikka burkanganini yuksak badiiyat bilan ifodalagan. Shuningdek, bu ikki asar o‘rtasidagi farqlardan yana biri: Navoiy Yusuf haqida xabar berae ekan, fikrlarini lo‘nda-lo‘nda va qisqa ifodalashni afzal ko‘rgan. Rabg‘uziy esa, har bir voqeaga to‘xtalib o‘tgan. Ammo ikki ijodkor ham o‘zlari ko‘zlagan maqsadga erishishgan. Bu ikki asarda Yusuf haqida turli talqinlar berilgan bo‘lsa-da, biz u haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lamiz. Ayni paytda ijodkorlar mavzuga ijodiy yondashib takrorlanmas lavhalar yaratganlar.



Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yusuf haqidagi tarixiy asarlar, dostonlar ko‘p. Ularning har birida xilma-xilliklar mavjud. Ularni o‘rganib farqli jihatlarini tahlil qilish, badiiyatini o‘quvchi uchun ochib berish, tushunarli tarzda kitobxonga yetkazish biz, ya‘ni kasb egalarining zimmasidadir.
Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish