Mexmonxonov tayyorlov kursi Ona tili va adabiyoti Qo’lidagi bir dasta kalitlardan birini tanlab uy eshigi



Download 1,43 Mb.
bet1/10
Sana31.08.2021
Hajmi1,43 Mb.
#160289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baza 2020


, ,MEXMONXONOV” Tayyorlov kursi Ona tili va adabiyoti

1. Qo’lidagi bir dasta kalitlardan birini tanlab uy eshigi ochishga intildi.- ajratib ko’rsatilgan so’zning ko’chma ma’nosi qatnashgan gapni aniqlang.

A)Ajdodlarimiz qoldirgan bu ma’naviy xazinalar sirini ochishga hali ko’p intilmog’imiz kerak.

B)Kechgacha tinmay dalada ishlagani uchun ham hozir ancha ochiqqan edi.

C)Biroz o’tgach xonaga och rangli ko’ylak kiyib olgan Ertoyev kirib keldi.

D)barcha gaplarda ,,ochmoq” so’zining shakldoshlari qo’llangan.

2.Qaysi gapda yasama so’z fonetik o’zgarishga uchragan?

A)Derazaga osib qo’yilgan qafasdagi sa’va kechasi bilan tinmay sayrab chiqardi.

B)Samum yalab o’tar yalang toshini, bunda yolg’iz giyoh sho’ra-yu yantoq.

C)Bugun qarabsizki, men ham otaman, mening o’g’lim bor umid yulduzim.

D)Ey farzand, agar sen har qancha notiq bo’lsang ham, o’zingning bilimdonligingni ko’z-ko’z qilma.

3.Ko’zlarim yo’l ustida, kelmadi yor,

Ushbu keng dunyo ko’zimga bo’ldi tor.

Qay qaroqchi oldi yorimning yo’lin,

Mundagi baxtsiz yo’l uzra zor

Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlar haqidagi to’g’ri javobni toping.

A)barcha undoshlar jaranglidir.

B)hamma undoshlar jarangsiz til undoshidir

C)barcha unlilar lablangan unlidir.

D)barchasida sirg’alovchi tovush qatnashgan.

4.Bir kuni Jonkeldiboy hasratini qilib Hotam to’raning o’g’lini yaxshi ko’rganligini, diydoriga to’yolmay besar bo’lganini arz qilib qoldi.

Ushbu gapda fonetik hodisa asosida yozilgan so’zlar soni nechta?

A)3 B)4 C)2 D)5

5.Qaysi gapda qator undoshli so’z ega vazifasida kelgan?

A)Har bir millaning dunyoda borligini ko’rsatadigan oynayi hayoti til va adabiyotdir.

B)Tildagi har bir shakl inson tafakkuri va tuyg’usining natijasidir.

C)Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,avvalo, onasi allasi bilan singadi.

D)Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi.

6.Qaysi gapda faqat ochiq bo’g’inli so’zlar soni ko’proq?

A)Til fikrni vujudga keltiradi, u yo’qolsa, millat zavolga yuz tutadi.

B)So’zlash qobiliyati – hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi.

C)Tafakkur va til ayrim-ayrim holda mavjud bo’lishi mumkinmi?

D)O’z ko’nglingning ko’tarishning eng yaxshi yo’li o’zgalar ko’nglini ko’tarishdir.

7.Qaysi gapda ,,ng” harfiy birikmasi qatnashmagan?

A)Qachon menga ham bunday baxt kulib boqarkin-a?

B)Lekin ko’z oldimga uzun bo’yli to’lachadan kelgan, ovozi mayin va ingichka usta Alim keldi.

C)Bir mahal mehmonxonaning eshigi qattiq taqilladi.

D)G’ira-shira rasadxonada yana bo’yagi tahdidli ovoz yangradi.

8.Qaysi gapda to’ldiruvchi fonetik hodisa asosida yozilgan?

A)Men insoniy axloqning asl mohiyatini anglab yetdim.

B)Bir paytlari qalbimga oltindan tamg’a qo’ydim, Bugun sukut saqlashni men oltinga yo’ydim.

C)Tilni tiysa kim bezgarlikda ham, baxt unga tez kunda bo’lg’usi hamdam.

D)Yomonning bir qilig’i ham ortiq.

9.O’rolboy mehmonlarni kuzatib qo’ygach ishxonasiga kirdi. Yig’ma karavotga yonboshlab yotdi. Malika Sanam haqida chuqur-chuqur xayol sura boshladi.

Ushbu gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi nechta o’rinda qo’llangan?

A)1ta B)2ta

C)3ta D)4ta

10.Qaysi gapda undalma bilan birga kelgan so’z fonetik o’zgarishga asosida yozilgan?

A)Ayrim insonlar, halol va haromni farqiga bormay unga bir xil muomala qilib qo’yishdan o’zingizni saqlang.

B)Darhaqiqat, vatanparvar insonga vatan tushunchasi yot emas, aziz do’stim.

C)Kamtarga kamol bor manmanga zavol bor, jonim qizim.

D)Ey muhtaram onam, sizni xursand qilmasam yashab nima qildim.

11.Saharda bola qo’l sharpasidan uyg’ondi. Bobosining sovuq qo’llari unga tegishi bilan uning badani beixtiyor junjikdi.

-ushbu gapda fonetik o’zgarishga uchragan so’z qanday gap bo’lagi vazifasida kelgan?

A)ega, aniqlovchi

B)aniqlovchi,to’ldiruvchi

C)to’ldiruvchi, hol D)aniqlovchi,to’ldiruvchi,kesim

12.Qaysi gapda til orqa undoshi so’z yasovchi qo’shimcha vazifasida kelgan?

A)So’roqsiz qilingan har qanday harakatni ijobiy baho berib bo’lmaydi.

B)Aql eskirmas kiyim, bilim esa tuganmas buloqdir.

C)Keling,aylanay, siniq ko’zgudan sizga nima naf?

D)Ba’zan bir bu chiziqlar millimetrning o’ndan biri darajasida goh o’ngga, goh chapga burilib turar edi.

13.Qaysi gapda so’z yasovchi qo’shimcha shakl yasovchi ta’sirida fonetik o’zgarishga uchragan?

A)Tobing qochgan shekilli, – achindi bobo. – Issig’ing bor.

B)Shunday uchrashuv sodir bo’lmasligi ham mumkin edi-ku !

C)Dadamning qovog’i soliq, go’yo hamma ishlarda men aybdordek edim.

D)Achchiqni achchiq kesar.

14.Bebaho naslsiz, hayot va mehnat

Olam qalbingizga sut bilan kirgan.

Sizning xamiringiz shu ulug’ xalqqa,

Vatanga muhabbat bilan yo’g’rilgan.

Ushbu she’riy parchadagi olmoshlar tarkibida qanday tovush mavjud emas?

A)til oldi tovush B)chuqur til orqa tovush

C)jarangli tovush D)jarangsiz tovush

15.Qaysi gapda faqat tovush tushishi kuzatilgan?

A)Amakim o’rnidan turdi-da, – mening shunday arslonim bor edi! – dedi yig’lamsirab.

B)O’rtadagi yaltiroq stolga popukli qalin dasturxon yozarkan bilinar-bilinmas kulimsirab qarab qo’ydi.

C)Bobong uzumning yarmini savobi otishmada o’lgan o’g’illarimga tegsin deb, beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatdi.

D)Buvim meni yoshligim sabab aldab ketib qolmasin deb, undan hech ajralgim kelmaydi.

16.Bugun kechasi Bobur ichkarida hadeb behalovat bo’lavergandan keyin Tohir askarlarni chaqirib, uni to’shagi bilan hovlidagi usti ochiq marmar supaga chiqardi.

Ushbu gapda fonetik o’zgarish asosida yozilgan yasama so’z(lar) miqdori nechta?

A)1ta B)2ta C)3ta D)4ta

17.Qaysi so’zning ochiq bo’g’inlari faqat keng unlilardan tashkil topgan?

A)sarmoya B)xushsurat C)sahifa D)beixtiyor

18. Qaysi qatordagi gapda qator undoshli so’z mavjud?

A)Ahmoq kishining tili o’ziga dushmandir.

B)Bahorda yer insonga o’z bag’rini ochadi.

C)Sir emaski, gul bebaho, guliston bevafodir.

D)Ikki dunyo ham mard va saxiy insonlarniki.

19.Qaysi gapda ergash gap qismida tovush o’zgarishi kuzatilmagan qo’shma gap berilgan?

A)Kimning yuragida o’t-olov bo’lsa, o’sha odamning ishlarida tashabbus bo’aldi.

B)Shunga ajablanar edimki, ko’m-ko’k bahor osmoni bolalar uchirgan varrakka to’lib ketar edi.

C)Erishgan yutuqlaringga kibrlanma, chunki hamma narsa o’tkinchidir.

D)O’rmonda sayroqi qushlarning xaridori ko’p bo’ladi, shuning uchun ularni muhofaza qilinadi.

20.Yasama so’zning yasama so’zga tobelanishi qaysi qatorda berilgan?

A)Hovlida bolalar bir-birlarini quvlashib o’ynamoqdalar.

B)Bu tasodif menda yana yangi g’oyalarni paydo qildi.

C)Seminar har bir o’quvchiga ijodiy bilimlarni oshirish mahsulidir.

D)Hunarli inson hech qachon dunyoda kam bo’lmaydi.

21. Qaysi qatordagi gapda faqat jarangsiz tovushdan iborat so’z qatnashgan?

A)Gapning doim qisqasi yaxshi.

B)Qo’shning tinch-sen tinch.

C)Dunyo go’zal va unda ko’rkam joylar bisyor.

D)Xastalikning eng daxshatlisi- johillik.

22.Qaysi gapda imloviy xatolik uchramaydi?

A)Insoniyad minglab qiynoq o’ylab topgan dunyoda, bu qiynoqlar ichra biroq birisi eng ziyoda.

B)Tok ostida o’tirgan ikki do’st – Davron aka bilan Sergey issiqga dosh berib suhbatlashishmoqda.

C)Uning Xolbek degan tengdoshi ancha kichkina-yu, doim kattalarday ma’noli gaplar gapiradi.

D)Qishlog’ oqsaqoli hammani idoraga yig’ib kelishni buyurdi.

23.Qaysi gapda faqat yasama so’z fonetik o’zgarishga uchragan?

A)O’rnida aytilgan egu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir.

B)Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o’tkirligi uchun kurash – madaniyat quroli uchun kur ashdir.

C)U bolakayni sevintirish, uning kayfiyatini ko’tarish uchun shunday qilgan edi, lekin onasi buni o’zgacha tushundi.

D)Ko’nglingda sham yorug’ichalik yilt etgan nur bo’lsa, yaxshilik qilishga qodirsan.

24. Qaysi qatordagi gapda ega vazifasidagi so’z tarkibida lab undoshi ishtirok etmagan?

A)Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim.

B)Na turmushida halovat bor, na hayotida mazmun bor.

C)Biz siz bilan o’ylagan imorat ,taxminan, shu shaklda bo’ladi.

D)Aqlli odamning tili yuragida bo’ladi.

25. Yopiq bo’g’inlari til oldi undoshlaridan iborat bo’lgan so’zni toping.

A)tashakkur B)tannoz

C)shogirdlik D)bellashuv

26.Qaysi so’zda urg’u oxirgi tushgan?

A)ketma B)kumushdek C)zulmat D)borsin

27.monitoring, gulqaychi, sadarayhon, bankomat, marketing, relyef, investitsiya, kallampo.

Ushbu so’zlardan nechtasida bitta ochiq ikkita yopiq bo’g’inli so’zlar soni nechta?

A)2 B)3 C)4 D)5

28. Ochiq bo’g’ini boshqalariga qaraganda ko’proq bo’lgan gapni aniqlang.

A)Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi.

B)Gohida shamol kechalari bo’riday uvullab chiqardi.

C)Aslida, qo’shiq aytishning shukuhi o’zgacha.

D)Dunyo ko’rgan odam bilan hamsuhbat bo’lsang, bahri diling ochiladi.

29. Qaysi gapdagi so’zlarning barchasida old-qator unli tovush ishtirok etgan?

A)Sel na odamni ayadi, na daraxtlarni tinch qo’ydi.

B)Pomir tog’larining cho’qqilarida doim qor bo’ladi.

C)Yigit kishiga qirq hunar oz deyishadi.

D)Biz shahar havosidan qochib, jon asragimiz keladi.

30.Qaysi gapda jarangsiz undoshlar qator undoshni hosil qilgan?

A)Milliy qadriyatlarni asrab-avaylagan inson dardidan xoli yashaydi.

B)Tomoqni asray desang, ehtiyot bo‘lib ye, izzatni asray desang, ehtiyot bo‘lib de.

C) Gapning bezagi – to‘g‘ri so‘z.

D) Dononing so‘ziga quloq solgan odam baxt topadi.

31. Do’stining bunday ,,yumshoq” gaplaridan ko’ngli biroz xijil bo’ldi.- ushbu gapda nechta o’rinda tovush o’zgarishlari kuzatilgan?

A)2ta B)3ta C)4ta D)1ta

32. Qaysi qatorda ,,ng” harfiy birikmasi ishtirok etmagan?

A)Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir.

B)Kishini g’azab yoki shunga o’xshash his egallasa, qabul qilgan qarorlari, albatta, noto’g’ri bo’ladi.

C)Shunday harakat qilingki, birovga yuk bo’lmang.

D)Kim alam chekmabdi umrida bir bor, u meni anglamas, anglamas also.

33.Mana senga olam-olam gul,

Etagingga siqqanicha ol.

Bunda tole har narsadan mo’l,

To o’lguncha shu o’lkada qol.

-ushbu misradagi so’zlar imlosida nechta o’rinda tovush o’zgarishlari kuzatilgan?

A)1ta B)4ta C)2ta D)3ta

34.Qaysi qatordagi gapda faqat ovozdor tovushlardan tashkil topgan so’z mavjud?

A)Boy otamiz mullajiring tovushini uch chaqirim naridan ham sezadi-ya.

B)Devor yuqorida osib qo’yilgan suratga negadir uzoq tikilib qaradi.

C)Talabalikdagi birinchi sayrimiz kuni kiyib chiqqan lolarang ko’ylaging senga juda yarashgandi.

D)Quvonarman, ko’kka yetarman, manglayingda issiq ter ko’rsam.

35.Ilmiy uslub- ilmiy asarlar,ilmiy jurnallar, darslik va qo’llanmalar yoziladigan uslub.

-ushbu gapdagi barcha so’zlar tarkibida ishtirok etgan tovushga oid noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A)jarangli B)ovozdor

C)portlovchi D)til oldi

36.Yillar o’tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun dunyoga tarqaldi.

-ushbu gapda faqat lablangan unlidan iborat bo’lgan so’zning turkumini aniqlang.

A)ot B)sifat C)olmosh D)fe’l

37.Qaysi qatordagi gapda ikkita tovush o’zgarishi kuzatilmagan?

A)O’g’izdan chiqqani meniki.

B)Temir qo’rg’on ichida qizil toychoq o’ynaydi.

C)Yaxshi so’z – ozig’i, yomon so’z- bosh qozig’i.

D)Shu ondayoq go’yo nafasi bo’g’ziga tiqilib, yuragi urishdan ham to’xtab qolday bo’ldi.

38.Nuqtalar o’rniga ,,i” unlisi yozilishi kerak bo’lgan so’zni aniqlang.

A)sov…q B)shov…llamoq C)ur…lmoq D)qov…rmoq

39.Qaysi qatorda so’zlar ma’nosini farqlagan tovushlar hosil bo’lish o’rni jihatdan ham, hosil bo’lish usuuli jihatdan ham bir guruhga mansub hisoblanmaydi?

A)baqir-chaqir B)tarmoq-qarmoq C)darcha-parcha D)yoz-soz

40.Qaysi qatorda gap urg’usi kesimga tushgan?

A)Bordik biz kecha muzeyga.

B)Kecha muzeyga biz bordik.

C)Muzeyga biz kecha bordik.

C)Siz kecha qayerga bordingiz?

41.Oqillar oldida aql tarozisiga sig’magan so’zlarni gapirsangiz, xijolatda qolasiz.- ushbu gapdagi yasama fe’l qanday tovushlardan tashkil topgan?

A)3ta til oldi, 3ta til orqa tovush

B)1ta lab tovush, 3ta til oldi tovush, 2ta til orqa tovush

C)1ta lab tovush, 3ta til oldi tovush, 3ta til orqa tovush

D)1ta lab tovushi, 4ta til oldi tovush, 2ta til orqa tovush

42. Qaysi qatordagi so`zlar alifbo tartibida yozilmagan?

A) andisha, dovyurak, erka
B) javob, nishon, yodgor
C) kalit, matonat, oqil
D) vatan, tadbir, kelajak

43. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so`zlar berilgan?

A) odob, qat’iylik, hozir

B) abadiy, zang, qadriyat

C) tekintomoq, qanoat, maktab

D) darmonsiz, qobiliyat, boxabar

44.Qaysi qatordagi gapda egalar tarkibida ham ochiq, ham yopiq bo’g’in mavjud?

A)Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.

B)Ko’p so’zning ozi yaxshi.

C)Yalqov bilan anqov- dushman uchun katta ov.

D)Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar.

45.Portlovchi undoshlar qator kelgan so’zni aniqlang.

A)Baxt bu- sevsang, sevilsang

B)O’g’li haqida o’ylab, hanuzgacha dard chekadi.

C)Har bir ishni boshlash uchun insonda ,avvalo, qunt bo’lmog’i darkor.

D)Qishning ayozli kunlarida ishimizning mashaqqati yanada ortdi.

46.Asosi jarangli undoshlardan tashkil topgan yasama so’zlarni aniqlang.

1.kiyim 2.mazmun 3.bolalik 4.serdavlat 5.mardona 6.qiyofadosh

A)3,5 B)1,3,4,5,6

C)1,2,3,5 D)3,4,5,6

47.Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda ham bo’g’inlar soni o’zgarmaydi?

A)ovoz, shahar B)bilak,huquq C)oyoq,eshik D)o’g’il,burun

48. 1.Bugungi kunda o’zbek tilidagi so’zlar soni yangi paydo bo’layotgan so’zlar hisobiga ham boyimoqda.

- ushbu gapda ostiga chizilgan so’z bilan ma’nodosh hisoblanadigan so’zni aniqlang.

A)ko’paymoq B)yozilmoq

C)rivojlanmoq D)ishlatmoq

49.Ona o’g’lini yana ko’rish umidida erta-yu kech ostonaga ko’z tikib o’tirardi.- gapda qo’llangan iboraning ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?

A)ta’qib qilmoq B)qiynalib ketmoq C)kutmoq D)xabar bermoq

50.Qaysi qatorda so’zning o’z ma’nosi berilgan?

A)gapning boshi B) oilamiz boshi

C)itning boshi D)ishning boshi

51.Qaysi qatorda ko’chma ma’nodagi so’z berilmagan?

A)oltin kuz B)og’ir kun

C)qaynoq mavzu D) ishchan yigit

52. Qaysi gapda jarangli lab undoshlari nisbatan ko’proq?

A)Borlik yo’qlikni, mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi.

B)Inson ilk bor dunyo yuzini ko’rganda nozik va zaif, o’limi oldida esa salobatli va kuchlidir.

C)Ahmad Tanbal bugun Axsida, shoh saroyida.

D)Men faqat o‘zim chizgan ijodimga mehr qo’yganman, xolos !

53.Mabodo bu gap Nazar Komilov qulog’iga yetib borsa, ikkimiz ham ishdan haydalamiz.- mazkur gapdagi ostiga chizilgan so’zlardagi ma’no ko’chishini aniqlang.

A)metonimiya B)metafora

C)sinekdoxa D)vazifadoshlik

54.Metonimiya asosida ma’nosi ko’chgan gapni aniqlang.

A)Bu yuzni avval ham qayerdadir ko’rgandekman

B)Ona zamin qish uyqusidan uyg’ondi.

C)Odobning toji- andisha.

D)Bir to’da bolalar gur etib o’rikka tirmasha boshladik.

55.Sinekdoxa asosida ma’nosi ko’chgan gapni aniqlang.

A)So’nggi kunlarda she’r yozish ishtiyoqi ancha pasaydi.

B)Holim xarob aylama, ey qaddi sarv qora soch.

C)Tiniq fikr har kimda ham bo’lavermaydi.

D)Ustiga qarab gapiradigan bo’lsak, sira boy odamga o’xshamasdi.

56.Qaysi qatorda arxaik so’zga misol berilmagan?

A)cho’ri B)dudoq

B)meng D)tilmoch

57.Ma’nodoshlik qatori buzilgan javobni aniqlang.

A)ko’p,ancha,bisyor B)tushunmoq,anglamoq,fahmlamoq

C)qiyshiq,egri,notekis

D)yer,zamin,falak

58.Qaysi qatordagi gaplarda o’zaro shakldosh hisoblanmaydigan so’zlar mavjud?

A)Qon yugurdi ol yanog’iga.- Bolangga ham, uyingga ham qara,ham ishla, ham dam ol.

B)Gunohlarga tavba qilgin, yalingin, o’tin.- Hamma o’tinlarni ustma-ust taxlay boshladi.

C)Mana bu bolalarga tut qoqib bering.- Bo’ldi, o’zingni tut.

D)Iliq suvni yuzimga bir-ikki urdim.- Iliq bahor kunlari kirib keldi.

59.Qaysi qatordagi gapda paronimlar bilan xatolik mavjud?

A)Duraxshon yulduzlar sari o’kirgan,

Bo’ynida zanjir-u, qalbi ozod she’r.

B)Obro’ borida bu yerdan tezda tuyog’ingni shiqillat.

C)Ganjga almashmasman bir parcha tuprog’ing.

D)Adib o’z umri davomida kitobxonlarga ulkan meros qoldirib ketdi.

60.Qaysi qatorda o’zaro ma’nodosh iboralar juftligi berilgan?

A)oyog’ini tirab olmoq-ko’zini yog’ bosmoq.

B)payini qirqmoq- tagiga suv quymoq

C)joni achimoq-yuragini yormoq

D)boshi qotmoq-mazasi qochmoq

61.Qaysi qatordagi qo’shma gapning egalari shakldoshlik xususiyatiga ega?

A)Ish quroling soz bo’lsa, mashaqqating oz bo’lar.

B)Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir.

C)Arg’amchiga qil quvvat.

D)Topgan gul keltirar, topmagan bir bog’ piyoz.

62.Qaysi qatordagi gapda o’zaro antonim so’zlar berilmagan?

A)Aql eskirmas kiyim, bilim esa tugamas buloqdir.

B)Do’st achitib gapirar, dushman-kuldirib.

C)Qarilar- izzattda, yoshlar- xizmatda.

D)Yaxshi bilan yurdim-yetdim murodga,

Yomon bilan yurdim-qoldim uyatga.

63.Ibora qatnashgan gapni aniqlang.

A)Aqlli qariya- oqib turgan daryo.

B)Ota-onasini ulug’lagan insonni bir kun kelib bolalari ham boshiga ko’taradi.

C)Hasad bilan emas, havas bilan yashashga o’rganaylik.

D)Yurgan daryo- o’tirgan bo’yra.

64.1.Tadbir ishtirokchilari kutilganidan ancha oz edi.

2.To’g’ri yo’ldan ozganlarga o’zing insof ber.

3.Ozuqa yetishmayotgani uchun chorvamiz ham ancha ozib qoldi-ku.

-yuqoridagi gaplarda keltirilgan ,,oz” so’zi haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.

A)barchasi o’zaro shakldosh

B)barchasi ko’p ma’noli

C)1,3-gaplarda o’zaro shakldosh

D)2,3-gaplarda o’zaro shakldosh

65.Metafora va metonimiya asosida ma’no ko’chishi ro’y bergan qatorni aniqlang.

A)Davra uni sovuq muomala bilan qarshi oldi.

B)Bir boshga bir o’lim.

C)Po’lat sandiq ochildi, ichidan zar sochildi.

D)Mayin va yoqimli ovozi bilan ,ayniqsa, odamlarga juda xush yoqadi.


66.Qaysi antonim juftlik berilgan?

A)aka-singil B)tiniq-loyqa

C)yulduz-oy D)mashaqqat-zahmat
67.Paronimi mavjud sifatni aniqlang.

A)tup B)adil C)darz D)adip

68. Qaysi qatordagi gapda zid ma’nolilik kuzatilmaydi ?

A) Ko’p so’zning ozi yaxshi.

B)Ba’zan shunga o’xshash uzun-qisqa o’ylar girdobidan chiqa olmay qiynaladi.

C) Bu odam achchiq-chuchukni totib, tajribali bo’lib qolgan Rahimquli edi.

D) Egri-bugri yo’llardan hech qachon yurma, o’glim

69.“Kayfiyati yomon, xafa.” Ushbu so’zga mos iboralarni aniqlang.

1) Kayfi buzuq 2) ichini kemirmoq 3) jon kuydirmoq 4) ta’bi xira 5) Ich-etini yemoq 6) avzoyi buzuq. 7) yulduzi issiq

A)2,4,7 B)1,3,5 C)1,2,7 D)1,4,6

70. . Do’stlik… mehri bor, do’stlik… sehri bor,

Do’stlik… gashti bor o’zgacha .

-ushbu misrada qo’shimchasi tushirib qoldirilgan so’zning gapdagi vazifasini aniqlang.

A) hol B) ega C) to’ldiruvchi D) aniqlovchi

71. ...archa- ushbu so’zda nuqtalar o’rniga mos tushmaydigan tovushni aniqlang.

A)sh B)d C)k D)p

72. . Orttirma nisbat shaklidan hosil qilingan birgalik nisbatidagi fe’l qaysi gapda mavjud?

A) Qosh qorayguncha hammalari yana guvullab shahar tomon jo’nashdi..

B) Bolalarga kitob o’qitishni kanda qilmaslik kerak.

C) Kun bo’yi masala hal bo’lavermagach, oxiri bu gapni qishloq oqsoqoliga yetkazishdi.

D)Albatta, hukumat topshirig’ini ortig’i bilan bajarishadi, chunki odamlarimizning yerga mehri bo’lakcha.

73. Bizning o’lkamiz dunyo ilm-fani, san’ati va madaniyatining eng qadimgi o’choqlaridandir.

- ushbu gapda ot so’z turkumiga oid bo’lgan nechta so’z mavjud?

A)5ta B) 7ta C) 6 ta D) 4ta

74. Ajratib yozilishi lozim bo’lgan qo’shma so’zni aniqlang.

A) har//kuni B)karnay//gul C) sovuq//qon D) bira//to’la

75. . Olamda-yu odamda bitta, elatda yo’q, odoblida ikkita. –mazkur topishmoq javobi qaysi javobda ko’rsatilgan?

A)a-tovushi B) e-tovushi C) o - tovushi D)l-tovushi

76. Nuqtalar o’rniga o harfi qo’yilishi lozim bo’lgan so’zlarni aniqlang. 1) s…mon 2) j...hon 3) moj...ro 4) t...moq

A)1,2,3,4 B)1,4 C)2,4 D)1,3

77. Shuni unutmaginki, aqlsiz, nodon insonlar bilan hech qachon tortishma. – ushbu ergashgan qo’shma gapga oid bo’lgan to’g’ri hukmni toping.

A)bosh gapi tarkibida uyushiq bo’laklar mavjud

B)bosh va ergash gap kesimlari har xil shaxsga ishora qilgan.

C)barcha gap bo’laklari ishtirok etgan.

D)ham vositali, ham vositasiz to’ldiruvchi ishtirok etgan.
78. Shirin uyq…dan voz kechib, kechalari qalbni junb...shga soluvchi she’r yozishni maqsad qilgan jajji shoir vaqtlar o’tib kamol…tga erishadi. So’zlardagi tushirilgan tovushlarni aniqlang.

A) u, u, a B) i, i, o C) i, u, a D) u, i, o

79.Har ikki qismida ega mavjud bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gapni aniqlang.

A) Yormat supa atrofiga suvni qalin sepdi, mehmonlardan supaga o’tishni so’radi.

B) Hammamiz daladan chiqib katta yo’l tomon yura boshladik, ana endi qishloq katta to’y tusini olishi aniq edi.

C) Har kun ortar ko’zlarimda nur, shuning uchun yo’q aslo g’amim.

D) Gulnor bu yerga kelsa, Tohir darhol o’ziga biron yumush qildirar edi.
80. Qaysi gapda sifat so’z turkumi o’z ma’nosida qo’llanmagan? A)Sendan qattiq ranjidim, boshqa bu yerga kela ko’rma.

B)Yaxshi odam oshi yer, yomon odam-boshini.

C)Avvalo, taqsirim,imorat uchun mustahkam poydevor zarurki, uning nafisligiga nuqson yetmasin.

D)Dono odamlar davrasida hamisha kamtar bo’l, sukut saqla.

81. Buyruq, farmon so’zlarining ma’nodoshini toping.

A) amir B) bajarmoq C) amr D)qog’oz

83.Keyin biz sezdirmasdan ularga yaqin bordik, bizni payqab qolmasligi uchun panada to’xtadik.

-Ushbu gapdagi orttirma nisbat qo’shimchasini olgan so’zga oid noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A)bo’lishsiz shaklda

B)yasama so’z emas

C)tovush o’zgarish kuzatilgan

D)ravishdosh shaklida

84.O’ylab so’zlagan kishining so’zi to’g’ridir, o’rinsiz ko’p vaysagan til shafqatsiz yovdir.

Ushbu gapda yasama so’zlar soni nechta?

A)3 B)5 C)4 D)2

85.Tarkibida asos+so’z yasovchi+so’z yasovchi qolipidagi ot berilgan javobni aniqlang.

A)Yoshlikda olgan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir.

B)Ma’rifat izlagan inson xato qilishdan cho’chimaydi.

C)Eshitgil bilimli nima deb aytar: “Adolat boshi tilni tiyib turishdir”

D)Vatanparvarlik faqat harbiy xizmatda yoki jangda namoyon bo’lmaydi, balki o’z uyini asrash vatanparlikdir.

86.Yosh o’ynoqi ko’zlarim

Bilim olar kitobdan

Tashkil topib so’zlarim,

Shuur olar kitobdan.

Shuning uchun deymanki:

“Kitob, mening do’stimsan”

Ushbu she’riy parchadagi sodda yasama so’zlar qaysi turkumga mansub?

A)sifat, ot B)ot,sifat, fe’l

C)ravish, ot, fe’l D)fe’l, ot

87.Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor bo’lib, sirting yaltirab, iching qaltirab turib, tirikman degandan ko’ra o’lim afzal.

Ushbu gapdagi sodda yasama so’zlar asosi qaysi turkumga mansub?

A)taqlid so’z, fe’l B)ot, fe’l

C)sifat, ot D)ravish, son

88.Yiqilgan otingdan yurma o’pkalab,

G’anim ranjidan ham chekmagin alam.

Egarda sobitlik ilmini o’rgan,

Dardingga ma’rifat davodir bolam.

Ushbu gapda ham egalik ham kelishik qo’shimchasi mavjud so’zlar soni nechta?

A)3ta B)2ta C)4ta D)5ta

89. Yasalish asosi sifat bo’lgan yasama otni aniqlang.

A)Vatanimiz mustaqillik sari qadam qo’ydi.

B)Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi.

C)Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh.

D)Vaqtni o’ldirish uchun o’qiydiganlarga hech bir asar uzun tuyulmaydi.

90.Tabibga ko’rsatmay kasal tomirini,

Tuzalmoq xayoli xomdur, hushyor bo’l.

Bilmaganing so’ra, so’rash nomusi,

Bilki, bilimdonlik va hurmatga yo’l.

Ushbu gapda tarkibida faqat so’z yasovchi qo’shimcha mavjud so’z qaysi turkumga mansub?

A)sifat B)ot C)fe’l D)ravish

91.Bir masala turli mavzudagi inshoda har xil ifodalanashi mumkin. Ilmiy inshoda berilgan mavzu biror fan nuqtayi nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi.

Ushbu gapda yasama so’zlar soni nechta?

A)3 B)2 C)5 D)4

92.Qaysi gapda sifat + ot qolipidagi yasama sifat mavjud?

A)Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi.

B)Bozorga turli-tuman odam kelib ketadi.

C)Gilosning ertapishar navini chatishtirib undan mo’l hosil olish mumkin.

D)Tibbiyotda achchiqtoshdan davo sifatida foydalanishadi.

93.Qaysi gapda barcha so’zlar yasama so’z hisoblanadi?

A)Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo’lishga harakat qiing.

B)Istamay mutolaa qilayotgan talaba – qanotsiz qush.

C)Rostgo’ylikdan xavf-xatar ko’rsanglar ham, rost so’zlanglar.

D)Rostlik – do’stlik, yolg’onchilik – ko’rgilik.

94.Qaysi gapda sifat turkumiga mansub yasama so’zlar mavjud?

A)Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi.

B)Biz ko’pincha javobga muhtojligimiz uchun emas, suhbatga tortish uchun savol beramiz.

C)Bahslashish ko’plarning qo’lidan keladi, oddiygina suhbatlashishni kamdan kam kishi uddalaydi.

D)Mumtoz adabiyotimizni chuqur o’rganish bugungi avlod zimmasidagi sharafli burchdir.

95.Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, O’zingga sen hunardan o’zgani ota bilma.

Ushbu misrada qaysi turdagi qo’shimcha fonetik o’zgarishga uchragan?

A)faqat so’z yasovchi B)faqat sintaktik shakl yasovchi

C)lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi

D)so’z va lug’aviy shakl yasovchi

96.Bolalar -umrimizning hayotbaxsh kuchi.

Ushbu gapda qanday qo’shimcha mavjud emas?

A)sintaktik shakl yasovchi B)lug’aviy shakl yasovchi

C)so’z yasovchi D)shakl yasovchi

97.O’z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg’ota bilgan mualllim sharaflarga loyiq.

Ushbu gapda sodda yasama fe’l tarkibida nechta ko’makchi morfema qatnashgan?

A)2ta B)1ta C)3ta D)4ta

98.Qaysi qatordagi gapda fonetik o’zgarish kuzatilmagan?

A)Qizni beshikka sol, sepni sandiqqa sol.

B)Yaxshilik qilish qanchalik qiyin bo’lsa, tubanlikka yuz tutish shunchalik oson.

C)Bir paytlar qalbimga oltindan tamg’a qo’ydim, bugun sukut saqlashni oltinga yo’ydim.

D)Har bir kishi kasb-korini bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i, yaxshi xulq-atvor, fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak.

99.Qaysi gapda o’zaro lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar shakldoshlik hosil qilishi kuzatilgan?

A) Hayvonlar takrorlar orqali boshqariladi,shuningdek, o’simliklar ham aql va bilimga egadirlar.

B)Mingboshining uni izlatishga zohiriy bir sababi yo’q edi. Askarlar saf tortib jangga ketishdi

C)Bo’ri polvon intiq bo’lib yashadi. -Hali yaxshi kunlar keladi.

D)To’yxona yonidagi hovlida erkaklar davra qurdi.-Sen-da bu ishlarni boshida turgan “aqlli inson”.

100.Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gul hidini sezmagandek.- ushbu gapda kelishik shakli nechta o’rinda belgisiz qo’llangan?

A)1ta B)2ta C)3ta D)4ta

101.Qaysi gapda buyruq-istak mayli shakli qatnashgan?

A)Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan,

Kimlarnidir o’ychan-u, sizni kulib yaratgan.

B)Shunchaki yozmoqqa ko’ngil to’lmaydi,

Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim.

C)Tong ochar ko’zlarin erinib,

Sevinchdan yig’laydi qiyoqlar.

D)Tomirimda qaynar qon

Tulporidan so’ylagin.

102. Fe’ldan yasalgan sifatlarni aniqlang.

1.sovuq 2.maqtanchoq 3.suvoq 4.to’lin 5.beg’ubor 6.chiziq

A)2,3,4,5 B)1,3,4,5,6

C)1,2,4 D)1,2,4,5,6

A)2,3 B)1,2,3 C)1,2 D)3

103.Kelajagimiz porloq bo’lishini istasang, shunga munosib harakat qil.

Ushbu gapda harakat nomi shaklidagi so’z qanday gap bo’lagi vazifasida kelgan?

A)kesim B)to’ldiruvchi

C)hol D)aniqlovchi

104. Qaysi gapda 3 xil turkumga oid bo’lgan yasama so’zlar berilgan?

A)Kechagi masalalar haqida u bilan do’stona suhbatlashdik.

B)Iliq quyosh nurlari xonaga tushib, qizdira boshladi.

C)Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar past bo’ladi.

D)Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini charxlaydi, dunyoqarashini kengaytiradi.

105.Menimcha, oqil va sodiq er o’z rafiqasi uchun eng bebaho bezakdir.

-Ushbu gapda qo’llangan ot yasovchi qo’shimchaning shakldoshi qaysi qatorda berilgan?

A)yumshoq B)chiziq

C)ko’rdik D)supurgi

106.Dunyoda hech bir xalq to’g’ri kelolmas, Mening bilishimcha, sening elingga.

-gapda qo’llangan bo’lishsizlik olmoshi qaysi turkumga oid so’zga ergashib kelgan?

A)sifat B)fe’l

C)ot D)son

107.Qaysi gapdagi undalma otlashgan sifat bilan ifodalangan?

A)Paxtakorlar, go’zaga ishlov berishni kuchaytiring.

B)Aziz vatandoshlar ! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko’zlab yashaganlar.

C)Inim, kitoblarni sandiqqa joylashtiravering.

D)Qadrdonlar, vatanparvarlikhar bir inson uchun yot tushuncha bo’lmasligi shart.

108.Qaysi gapning kesimi asos ­+ so’z yasovchi+sintaktik+sintaktik shakl yasovchi qolipidagi so’z berilgan?

A)Siz meni qandaydir sirli odam deb o’ylayapsiz.

B)Har bir yaxshi va puxta ish kelajakda katta rivojlanishga sababchidir.

C)O’rgimchakning shoshib bajargan ishi sifatsiz.

D)A.Navoiy asarlari o’zining badiiyligi, mazmundorli va go’zalligi bilan ajralib turadi.

109.Yasama sifatdan yasalgan yasama ot berilgan gapni toping.

A)Ona yurting – Oltin beshiging.

B)Qishin-yozin tinmay mehnat qiladi, bechora bolam.

C)Mamlakatimizdagi o’zgarishlarning salmog’i yo’q.

D)Mehnatni sevmagan odam bir buzuqlikni qilishga tayyordir.

110.Qaysi gapda yasama fe’l qo’llanmagan?

A)Mana bobo quyosh charaqlab, kun iliy boshladi.

B)Zamonaviy bilimga ega,kuchli, saviyali,shijoatli o’quvchilar bizning kelajagimizdir.

C)Pastdagi bog’dan yumshoq, namxush xazon hidi ko’tarilib uning xayollarini to’lin oy sehrlagan tog’ vodiylariga olib ketardi.

D)Safarimizning dastlabki kunlarida ko’p ham qiynalmadik,

111. Bolalarning beg’ubor qalbi to’lib-toshib oqayotgan daryoday jo’shqin.

-mazkur gapdagi yasama so’z(lar) qanday gap bo’lagi vazifasida kelgan?

A)ega va kesim B)aniqlovchi va kesim C)kesim D)aniqlovchi

112.Men juda quvondim: mana endi o’sib ham qoldim yoshim o’n to’rtga kirdi, odamlar menga ishonadigan bo’lib qoldi deb, benihoyat sevindim.

Ushbu gapda ikkita ketma-ket sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qatnashgan nechta so’z bor?

A)2 B)3 C)4 D)5

113. Yasama so’zning holga tobelanishi kuzatilgan gapni aniqlang.

A)Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi.

B)Tepaliklarda qor ostidan zanglagan tunuka va temir, qora va sariq g’isht, beton parchalari chiqib turardi.

C)U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho’lga suv chiqaribdi.

D)Ishyoqmaslarning idorama-idora yurib arz qilishdan boshqa ishi yo’q.

114.Qaysi qatordagi gapda egalik qo’shimchasi yasama so’zga qo’shilgan?

A)Tiling bilan ko’nglingni bir tut.

B)Aqlli odam har doim o’z o’rnini bilib o’tiradi.

C)Do’stingning yutug’i – sening yutug’ing.

D)Og’ziga kelganini demoq – nodonning ishi.

115.Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’zlar qatnashmagan?

A)Osmon bilan yer – egizak, ular bir-birisiz yashay olmaydi.

B)Jon ortiq narsa yo’q, lekin chin do’stlar uchun jonimiz fido.

C)Til tinch bo’lsa, bosh salomat bo’ladi.

D)Oltinda-da qimmat vaqtni samarasiz o’tkazishdan qo’rq.

116.Sodda kesimli gap berilgan javobni toping.
A)Nimani xor qilsang, shunga zor bo’lasan.

B)Asarni diqqat bilan o’qigan o’quvchi beixtiyor uning ichiga kirib ketadi.

C)Unga tik qaray olmay, noqulay holda o’tiribdi.

D)Men aytgan har bir gaplarni birma-bir qayd qilib boring.

117.Qizning yelib-yugurib ish qilishini, uddaburonligini va ayniqsa, o’ziga muttasil mehribonlik qilayotganini ko’rgan ona ich-ichidan quvondi.

Ushbu gapda fe’lning qanday vazifa shakllari ishtirok etgan?

1.harakat nomi 2.sifatdosh

3.ravishdosh 4.sof fe’l

A)1,2,3,4 B)1,2,4 C)2,4 D)1,3

118. Bolaligim tutdi va bir bor,

Buloq uzra yotdim uzalib,

Va san’atga bermasdan ozor,

Hovuch-hovuch suv ichdim qonib.- ushbu misrada egalik qo’shimchalari nechta o’rinda qo’llangan?

A)1ta B)2ta C)3ta D)4ta

119. Qaysi gapda yasama so’zning yasama so’zga tobelanishi kuzatilgan?

A)O’z fikringizni ochiq bayon qiling

B)O’ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish.

C)Ko’p so’zlasang, donolar davrasida doim nodon bo’lib qolasan.

D)Erta bahordan dalalarda ekin ekishni boshlab yubordik

120Shakldoshlik xususiyatiga ega asosga shakldosh qo’shimcha qo’shilgan yasama so’zni aniqlang.

A)mevali B)toshqin

C)tindirmoq D)qishloq

121. Qaysi gapda sodda yasama ot mavjud?

A) Katta arava qaysi yo'ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo'ldan yuradi.

B) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.

C) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko'p ediki, so'rab oxiriga yetolmasday ko'rindi.

D) Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko'rmagansan.
122.Orttirma nisbat shakli ishtirok etgan gapni aniqlang.

Ushbu qoidaga mos javobni aaniqlang.

A)Qo’lingni ochiq tutgin, boshing g’oz tut.

B)Shamollar mayin va yoqimli esardi.

C)Bolalar yashil koptokni suvda oqizdilar.

D)Unga yetolmasligini sezgach xo’rligi kelib bor ovozi bilan baqirdi.

123.Qaysi qatorda barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rniga o unlisi yoziladi?

A) q…rmoq, m…tor, s…roy

B) jo‘x…ri, sazov..r, zo‘r…von

C) ch…qmoq, zalv…rli, tanov…r

D) s…lom, tar…zi, ta…mil

124.Biz mehnatsevarlik va halollikni doim ulug’lab kelganmiz.- ushbu gapda teng bog’lanishni yuzaga keltirgan so’zlarga oid noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A) bittasi qo’shma yasama, bittasi sodda yasama so’z hisoblanadi.

B)biri ot so’z turkumiga, biri sifat so’z turkumiga oid.

C)bir-biri bilan sof bog’lovchi yordamida bog’langan.

D)vositasiz to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan.

125.Taqlid so’zdan yasalgan fe’l qatnashgan gap berilgan javobni toping?

A)Dunyoda aholi soni yildan yilga ko’paymoqda.

B)Hikmatni anglamoqlikni o’zi bir hikmatdir.

C)Eshikni kimdir qattiq taqillatdi, shekilli..\

D)Senda ham bu haqida yetarlicha ma’lumot bo’lsa kerak gapir endi.

126.Inson- butun bir olam, faqat unda asosiy tuyg’u oliyjanoblik bo’lsa bas.

Ushbu gapda yasama so’zlar qaysi turkumga mansub?

A)ot, fe’l B)ot, sifat C)faqat fe’l D)sifat,fe’l

127.Ey odam farzandlari, umrlaringizni tavba va yaxshi amal bilan bezanglar, boshqalarga yomonlik qilishdan o’zingizni saqlang.

Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan so’z haqidagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A)egalik qo’shimchasi qo’llangan

B)kelishik shakli qo’llangan

C)ko’plik shakli qo’llangan

D)so’z yasovchi qo’shimcha qo’llangan

128.Yolg’onchining muruvvati bo’lmaydi,u har insonga zahrini sochadi. -ushbu gapda turlovchi qo’shimchalar soni nechta?

A)2ta B)3ta C)4ta D)5ta

129.Qaysi gapda lash (la+sh) murakkab qo’shimchasi fe’l yasagan?

A)Shoshqaloqlik bilan qaror chiqarmay, chuqurroq o’ylash kerak.

B)Bu yil mahalla ahli bir bo’lib eski guzarni qaytadan tamirlashdi.

C)So’zlash har kimning ham qo’lidan keladi.

D)Biror narsa haqida faqat imonlilar bilan maslahatlash.

130.Qadringni bilganing sayin insofli bo’lasan, Qadringni bilmasang, sharmanda bo’lasan.

-Ushbu she’riy parchada kelishik qo’shimchalari soni nechta?

A)2 B)1 C)3 D)4

131.Lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldi-yu, yulduzli osmonning girdobiga olib, gir-gir aylantirshni boshladi. – ushbu gapdagi sodda yasama so’zlar miqdorini aniqlang.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish