Boshi(n) suvga egarlar,
Boqmay sira ohiga.
Rahmi kelib bulutning,
Yig‘lab to‘kar yoshini.
Ushbu gapda ajratib ko’rastilgan qo’shimchani qaysi kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A)qaratqich B)tushum C)jo’nalish D)chiqish
192. Ammo siz hurmatlilarga ma’lumdirki, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimiz bo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir.
-ushbu gapda olmoshga mansub so’zlar nechta o’rinda qatnashgan?
A)3ta B)4ta C)5ta D)6ta
193.Qays qatordagi gapda yordamchi so’zlardan faqat bog’lovchi va ko’makchi qatnashgan?
A)Borishga bordim-u, nima qilishni ham bilmay ikkilanib qoldim.
B) Qoplon chin so‘zli, do‘stga sadoqatli, g‘amxo‘r va mehribon bo‘lgani uchun harsillab yetib kelibdi.
C) Ertalab nonushtasi uchun suzma bermoqchi edim, bechora qushlar juda yovg‘onsirab ketdi.
D) Tesha bilan gul tagini yumshatib, tez-tez suv quyib turdi.
194.Sof ko’makchi yasama so’zga ergashib kelgan gapni aniqlang.
A)Dunyoda go’dakning tilidan ko’ra tantanaliroq tovush yo’q
B) Istiqlol haqida gap ketsa, o‘z fikrini bemalol ayta oladi.
C) Hamma Vatan, yurt uchun o‘zining kerakligini anglab yeta boshladi.
D) Mustaqillik tufayli xalqimiz turmushi o‘zgardi.
195.Qag‘illadi mushugim,
Qarg‘acham miyovladi.
Tom ustida turib jim,
Sichqon mushuk ovladi.
Ushbu she’rda taqlid so’zdan yasalgan fe’llar soni nechta?
A)2 B)3 C)4 D)1
196. Qaysi gapda tovush tushishi va almashishi kuzatilgan?
A) Sen qancha kitob olgan bo‘lsang, men ham o‘shancha miqdorda olib keldim.
B) Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol.
C) Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon.
D) Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko‘z qorachig‘iday asraylik, o‘rtoq!
197.Qaysi gapda bilan ko’makchisi ravish holini shakllantirishga xizmat qilgan?
A) Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga
hayot baxsh eta boshlashdi.
B) Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib, uylariga qaytishdi.
C)Esimni tanibmanki, dehqonchilik bilan shug’ullanamiz, paxta ekamiz.
D)Shoir o’zgacha zavq-shavq bilan ijod qilishga kirishdi .
198.Qaysi gapda ravish bilan ifodalangan payt holi berilmagan?
A) Hukmdor boshga doim baloni nima keltiradi? – deb so‘ragan edi, men darhol «Til!» deb javob berdim.
B) Texnik ishlarni hanuzgacha yakunlay olmadik.
C) Ertalab xonaga kirib kelayotib do’stini ko’rdi-da, ko‘rsatkich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatdi.
D)Kechagi biz ko’rgan odamlarning birortasi ham ko’zga tashlanmadi .
199.Qaysi gapda fe’l bilan ifodalangan maqsad holi berilgan?
A)To’g’ri taqsimlangani uchun muammo kelib chiqmadi.
B) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerga qayg‘u yaqin kelolmas.
C) Tez-tez kitob o‘qib turilsa, fikr ravshanlashadi.
D) Yurtimizni obod qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz.
200.Qaysi gapda vergul uyushiq bo’laklar o’rtasida qo’llanmagan?
A) Kiyiklar ba’zan tog‘ning shundoq belida, ba’zan atrof yaxshi ko‘rinmaydigan yerda bo‘ladi.
B) Yuzlari tandirdan endi uzilgan nonday qizil, mo‘ylovli bir odam uloq boshiga keldi.
C) Vodoprovod yonidagi oshrayhondan bir shox sindirib oldi, qo’llari bilan siqib yuziga surtdi.
D)O’tkir, qonsiragan xanjarini beliga osgan jallod qushbegining hukmiga muntazir edi.
201.Qaysi gapda ikkita shaxs oti mavjud?
A) Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab
qaynatasi – Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi.
B) Maxdum o‘zining chekkan tashvishida haqli bo‘lib chiqdi. Anvarning tevaragida «xolis» maslahatgo‘ylar ham ko‘rinishib qoldilar.
C)Toshbolta unga ham ikki og‘iz «shirin» gaplaridan aytmoqchi edi, qizining ko‘zlariga ko‘zi tushib, shashtidan qaytdi.
D)Bola yugurib borib cholning etagiga yopishdi.
202.Qaysi gapdagi olmoshlarning barchasi tovush o’zgarishiga uchragan?
A) Bularni bajarish uchun unga qancha vaqt kerak?
B) Cholning chapdast, chaqqon o‘g‘li bor ekan, mening ham shunday farzandim bo‘lsa edi.
C) Buning seni hurmat qilmaydi deb qancha aytganim bilan quloq solmading.
D)Hammiz maslahatlashib menikiga borishga qaror qildik.
203. Qaysi javobdagi qo’shma yasama so’z tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha bor?
A)o’rinbosar B)og’iroyoq
C)vatanparvarlik D)sovuqqon
204. Ot//quloq, Yurt//boshi, borib//kelmoq, tinchlik//sevar, xush//xat, osh//ko‘k, qo‘sh//tirnoq, Osh//pichoq, hech//nima, qo‘l//qop, sada//rayhon, Qirq//uch,Yangi//yer.
Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan qo’shma so’zlardan nechtasi ajratib yo’ziladi?
A)3 B)8 C)5 D)7
205.Qaysi gapda uyushiq ot-kesim qatnashgan?
A) Bobom g‘alatilar-da. Bug‘doyrang, cho‘tir yuzlarini ajin bosgan.
B)Ota-onaning roziligisiz, ruxsatisiz ko’chaga chiqmang.
C) Xorazm o‘zbek ilm-fani, san’ati va madaniyatining eng qadimgi o‘choqlaridandir.
D) Vatanni sevish lozim, chunki u bizning nomusimiz, orimizdir.
206. Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.
Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan so’z qaysi turkumda?
A)ravish B)son C)ot D)sifat
207.Men uning g’alati qiliqlariga qarab turib yoshlikdagi bir o’rtog’imni eslab ketdim.
-mazkur gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar nechta o’rinda ishtirok etgan?
A)2ta B)3ta C)4ta D)5ta
208.Qaysi gapda so’z birikmasidagi bog’lanishlarning barcha turi ishtirok etgan gap berilgan?
A) Omonlik tilasang o‘zingga o‘zing, tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.
B) Odob va fazilatlarning boshi tilni tiyib turishdir.
C) Haqiqat yo‘lini ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.
D) Yolg‘on doim rostdan yengiladi.
209. Odob va fazilatlarning boshi tilni tiyib turishdir.
Ushbu gapda moslashuvli so’z birikmasi soni nechta?
A)3 B)2 C)1 D)4
210.Qaysi qatordagi gapda sifat turkumiga oid so’z qatnashmagan?
A) Inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, el-yurtga shunchalik ko‘p foydasi tegadi.
B)Himmati baland odamning qadr-qiymati ham baland bo’ladi.
C)Birinchi ustozi haqida iliq va samimiy fikrlar aytdi.
D) Maqsadga erishmoq uchun oldimizdagi barcha to’siq va g’ovlarni yengib o’tishimiz darkor.
211.Qaysi gapda holli so’z birikmasi berilgan?
A) Mehnat — rohat va farog‘atning kaliti.
B) Yerni siylaganni el siylaydi.
C) Yer — dehqonning joni, suv — qoni.
D)Siz bilan ertaga bafurja gaplashamiz.
212.Qaysi gapda ot-kesim undov so’z bilan ifodalangan?
A) Mehnatda sinalgan odam elda aziz.
B) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar - ko‘kka.
C)Qing’ir ishning oxiri-voy
D)Uff, namuncha hozirdan shuncha mashmasha bo’lmasa.
213.Hovlidagi barcha anvoyi gullar: atirgul,lola va nastarinlarni ko’rsangiz, ko’zingiz quvnab ketadi.
Ushbu gapda ikki qo’yilishining sababi ko’rsating?
A)izohlash ma’nosi bo’lgani uchun.
B)umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’lakdan oldin kelgani uchun
C)ot-kesim bog’lamasiz bo’lgani uchun
D)muallif gapini ko’chirma gapdan ajratish uchun
214.Kesimlari faqat fe’l-kesim bilan ifodalangan qo’shma gapni aniqlang.
A) Vatan tuyg’usidan azizroq tuyg’u yo’q va hech qachon bo’lmaydi.
B) Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni — so‘z.
C) Yaxshi so‘z yuraginga malham bo’lsa, yomon so‘z yurakka g‘amdir.
D) Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
215.Boshqaruvli so’z birikmasi berilgan javobni toping.
A)mungli tovush B)eski bino
C)osmonga tikilmoq D)bahor shamoli
216. Eshik yonida mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor.
Ushbu gapda ham hokim, ham tobe qism vazifasida kelgan so’zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A)ega, hol, hol B)ega, kesim, hol
C)aniqlovchi, hol D)hol, hol
217.Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ikkala qismida ham so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?
A) Kechki osmon ohista qo’rong’u tus oldi.
B) Kutolmagan bu savoldan keyin rangi oqara boshladi. .
C)Tun yarmidan og’gach cho’chib uyg’onib ketdim.
D)Bobom qilgan suvoq uylar endi ancha eskirib qolgandi.
218.Qaysi gapda ot-kesim sifat bilan ifodalanmagan?
A) Sizga aytar so’zim-shu.
B) O‘riklarning yaprog‘i qizil.
C) Quyosh chiqib turgan bo‘lsa ham, nuri ojiz edi.
D) Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin.
219.Kesimi tarkibida majhul nisbat shakli mavjud gap qaysi qatorda berilgan ?
A) Kech kuz bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi.
B) Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko‘chasida
joylashgan, hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi.
C) O’shanda dam olish kunlaridan biri edi, uyda diqqatim oshib ko’chaga chiqdim.
D) Orolchada ishlar qizib ketdi: har kim har xil gullar,
o‘simliklar olib kelib ekdi.
220.Qaysi gapda tasviriy ifoda to’ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi.
B) Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun istiqlolga ming bora ta’zim qilishga tayyorman!
C)O’lmasning buvisi payg’ambar yoshida olamdan o’tdi.
D)Rahmatli xalq dostonlarini baxshidek ohangi, ifodasi bilan boshdan-oyoq ayta olardi.
221.Qaysi gapda ham sifatlovchi aniqlovchi, ham qaratqich aniqlovchini o’ziga tobelantirgan so’z mavjud?
A)Hozirgi zamonning yoshlari o’zini har yoqqa urgani-urgan.
B) O‘g‘il-qizlari odob bilan unga xizmat qilishardi.
C) Hovlisida pishib yotgan giloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi.
D) G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib yangi she’rlaridan o‘qirdi
222.Qaysi gapda tire noo’rin qo’llangan?
A)Yer – insonni to’ydiradigan ulug’ ne’matdir.
B) Kattaga salom ber, kichikka – kalom.
C) Vatansiz inson – kuysiz bulbul.
D) Suv keldi-nur keldi.
223. Boychechak birinchi bo‘lib ochilgani bois ko‘pincha sovuq shamollarga qurbon bo‘ladi, ammo u bahorni boshlab kelgani uchun odamlar bu gulni ko‘ziga surtib,e’zozlaydilar.
Ushbu qo’shma gap haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
-ushbu qo’shma gapning turini aniqlang.
A)ergashgan qo’shma gap
B)uyushiq bo’lakli sodda gap
C)bog’lovchisiz qo’shma gap
D)bog’langan qo’shma gap
224.Ota-onalar baxti chopmagan farzandi bilan hamisha bir bo’ladilar.
Ushbu gapda qaysi mustaqil so’z turkumi qo’llanmagan?
A) ot B)fe’l C)ravish D)olmosh
225.Qaysi javobda shaxs otlari berilgan?
A)hamma,men B)katta,saxiy
C)yigit,shifokor D)talabalik,savdogar
226.Darhaqiqat, Navro‘z o‘zbek xalqining shunday qadimiy va tarovatli bayramiki, u millatning borligini, ulug‘ligini namoyon etadi.- mazkur gapdagi uyushiq bo’laklarning nechtasi yasama so’z bilan ifodalangan?
A)3ta B)4ta C)2ta D)5ta
227.Qaysi gapda juft so’zlar ishtirok etmagan?
A)Kampir qirg’oqning bir burchagida tikka turib, o’zining imo-ishoralari va butun harakatlari bilan cholga qaradi.
B)Men esa chelak bilan elakni olib kelay, yo’qsa madorim qurib ketyapti.
C)Ular ovoz chiqarmay gaplashishga harakat qilishsa-da, idish-tovoq, qozon-cho’michning shaqir-shuquridan cho’chib uyg’onar edi.
D) Ular o‘zlarining eng nodir asarlarida do‘stlikni, insonparvarlikni, mehr-muhabbatni ulug‘laganlar.
228.Qaysi qatorda ega shaklan mavjud gap berilgan?
A)Derazadan ma’yus boqaman.
B)Erta-indin yo’lga tushish hozirligini ko’rish kerak.
C)Ishqning son-sanoqsiz turfa azoblari bor.
D)Birovni tanqid qilishdan avval o’zingga boq.
229.Qaysi gapda ravish holi uyushib kelgan?
A) Turli millat vakillari bilan inoq va ahil yashash ezgu maqsadimizdir.
B) Ozod va obod, erkin va farovon hayotni barpo etish har bir yurtdoshimizning e’tiqodiga aylangan.
C) Kuch – bilim va tafakkurda.
D) Xalq va Vatan manfaati yo‘lida kurashmoq hammamizning burchimizdir.
230.Bahorning ilk kunlarida qishloq manzarasi o’zgacha ko’rinishda jilolanadi.
Ushbu gapda qaratqichli birikma nechta?
A)2 B)3 C)1 D)bunday birikma mavjud emas
231.Qabul qilingan ushbu qonun siz va bizning biznesimiz rivojlanishiga xizmat qiladi.- ushbu gapdagi tobe bog’lanishlar miqdori nechta?
A)5ta B)6ta C)7ta D)8ta
232.Qaysi qatordagi gapda ajratib ko’rsatilgan so’zlar bir xil gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A)Sening dushmaning mening dushmanimdir.
B)Mening kuragim faqat men o’lganimda yerga tegadi.
C)Do’stlar, sizning boshingizga tushgan tashvish qachondir bizning boshimizga ham tushadi.
D)Odam o’z hayotining yaxshi bo’lishini istasa, halol insonlar hayotidan ibrat olsin .
233. Qaysi gapda ham vositali ham vositasiz to’ldiruvchi uyushib kelgan?
A) Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak.
B) Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi.
C) Hujja tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.
D)Siz keltirgan sovg’alarni bayram arafasida yosh-u qariga ulashdik.
234.Quyidagi vositalardan qaysi biri so’zlarni tobe bog’lashda ishtirok etmaydi?
A)ni,dan B)uchun,sayin
C)hamda,na…na D)haqida,bilan
235.Qaysi gapda inversiya hodisasi ro’y bergan?
A)Farhod sho’rlikning biror marta bolalarga qo’shilib o’yin o’ynaganini bilmaydi.
B)Iya, xabarimiz bo’lmabdi-ku? Eringiz bilan salom-aligimiz bor edi.
C)Kishining odobi uning boyligidan yaxshidir.
D) Qaytdi buyuk alloma o’z yurtin quchog’iga.
236.Qaysi gapda otlashgan so’z mavjud emas?
A) Donolar xulqidan o‘rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo‘q qiladi.
B) Olim bo‘lishga ahd qilganlar o‘z ilmini kasb qilib olmasligi va uni mol topish vositasiga aylantirmasligi lozim.
C)O’qituvchisiz jamiyat jonsiz va sovuq ko'rinadi.
D)Agar otang bo’lmaganida sen ahmoqni rosa taziringni bergan bo’lardim.
237.Farzand mehri aritar, g’am zangini ko’ngildan.
-ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi yuz bergan?
A)metafora B)metonimya C)vazifadoshlik D)sinekdoxa
238.Nomustaqil kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Obod va ozod Vatan bizniki. B) Daraxni yer ko’kartiradi, odamni – el. C) Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l.
D) Sayoq yursang, tayoq yeysan. 239.Qaysi gapda ibora so’z birikmasi bo’lib kela olmayadi?
A)Tilini tishlamoq B)hasratidan chang chiqmoq
C)qo’ltig’iga suv purkamoq D)qo’y og’zidan cho’p olmagan 240.Kelasi zamon shakli o’tgan zamon ma’nosida qo’llangan gap aniqlang. A)Unga shu gaplarni aytishim bilan eshikni qars yopib chiqib ketdi B) Tashqari eshikdan ta’zim qilib kirgan amaldor ayol ovozini qo‘rquv bilan pasaytirib xabar berdi. C) Farobiy shunday yozadi: «Agar saltanat har qanday
talabga javob bersa-yu, ammo uni donishmandlik tark etsa, mamlakat hukumatsiz qoladi. D)Erta ertalab sizni uyingizga kelyapti. 241.Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan boshqalarda nafrat uyg‘otib qo‘yishi mumkin. -ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama so’zlar qo’llangan? A)sifat,ot B)ot,sifat,fe’l C)ot,fe’l D)sifat,ot,olmosh
242. O‘zga yurtni afzal ko‘rib, o‘z Vatanini tark etgan kishilar shu zag‘chaga o ‘xshaydilar. Ushbu gapda hokim qismi ot bo’lgan bitishuvli so’z birikmasi soni nechta? A)3 B)4 C)2 D)1
243. El- … manfaati uchun kurashish hammaning burchi. –mazkur gapda tushirib qoldirigan so’zni aniqlang.
A) yurt B) makon C) diyor D) o’lka
A)Men o’sha zamonda yashaganimda, u bilan uchrashganimda qo’l ostida tahsil olgan eng yaxshi shogirdlaridan bo’lar edim.
244.Qaysi gapda sof modal so’z berilgan?
A)To’xtang ota! Gapini tamomlasin.
B)Aqli bor kishi ulardan,albatta, biroz uzoqroq yuradi.
C)Shubhasiz, masal aqlning teranligi, jismning ko’rkamligini bildiradi.
D)Eee, qulog’ini burasang bas, gazlamasi ichida.
245.Qaysi qatorda yoyiq undalma qatnashgan qo’shma gap berilgan?
A)Oq yo’l bo’lsin sizlarga, vatandoshlar.
B)Hoziroq jim bo’l, erka singlim, senga qattiq gapirolmayman.
C)Gapiraver, qizim, qulog’im senda.
D)Muhtaram Umidaxon, baxt va omad sizga yor bo’lsin.
246.Muhabbat sirli qasr, unda sayr etish har kimga nasib etavermaydi.-ushbu gapda qo’llangan olmoshlar hokim so’zga qaysi usul bilan bog’langan?
A)bitishuv usuli B)boshqaruv usulida
C)moslashuv usuli D)bitishuv va boshqaruv usuli
247.Qaysi javobdagi qo’shma gap hol ergash gapli qo’shma gap hisoblanmaydi?
A) Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang.
B) Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni yashnatib tursin.
C)Shnuni bilinki, hamma narsa doim o’zgarishda bo’ladi.
D) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma.
248.Qaysi gapda ergash gapning kesim ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bilan ifodalangan?
A) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘la olmaysan.
B) Shuni bilki, hech narsa mangu qolmaydi.
C) Agar qaysi zamonda tug’ilishimni so’rashsa, men Navoiy zamonini tanlardim.
D) O‘z tilingni tiyishga odatlansang, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.
249.Qaysi qatorda ergashgan qo’shma gap berilmagan?
A)Kimning qalbi pok bo‘lsa, u to‘g‘ri va baxtli hayot kechirishga haqli.
B)Bunday odamlar umr o’tkinchiligini tushunmaydi, bir umr hashamat qurshovida qolishni istaydi.
C) Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi.
D)Tuni bilan uxlolmay qiynaldim, shuning uchun xayolim joyida emas.
250.Qaysi qatordagi gapda barcha so’zlar kesimga bevosita bog’langan?
A)U bizga darg’zab qarab qoldi
B)Tog‘da qushlarning navosi boshlandi.
C)Qishloqda imorat qurishni allaqachon boshlab qo’ydik.
D) Yo‘lovchining o‘zi ichkariga kirdi-yu, ikki ko‘zi
tashqarida qoldi.
251.Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi.- mazkur ergashgan qo’shma gap turini aniqlang.
A)to’ldiruvchi ergash gap
B)hol ergash gap
C)kesim ergash gap
D)ega ergash gap
252.Oradan shuncha yil o’tishiga qaramay Saidaning odati haliyam o’zgarmabdi//gap endi qiziganda nuqul bizni boshqa narsa bilan chalg’itishga urinardi.
-mazkur gapda // belgisi o’rnida qanday tinish belgisi qo’llanishi lozim?
A)vergul B)ikki nuqta C)tire D)nuqtali vergul
253.Qaysi qatorda bog’langan qo’shma gap berilgan?
A) Har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi.
B) Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi.
C) Har bir odam do‘stlaridan shu burch va mas’uliyatlarini ado etishni talab qiladi.
D)Do’stlik mezonlari mansab yoki boylik bilan o’lchanmaydi.
254.Qaysi qatorda bosh gap qismida bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan ergashgan qo’shma gap berilgan?
A)Agar har kimning tili va dili bir bo’lsa, dunyoda sotqinlik sira bo’lmasdi.
B)Dil go’zalligi hech qachon so’nmaydi.
C) Odamlarsiz yashama,doim ular orasi bo’l.
D) Agar ittifoqda bo‘lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi.
255.Qaysi gapda bog’langan qo’shma gap berilgan?
A) Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur.
B) Qayoqqa qaramang, u sizning xizmatingizda.
C) Bilimsizning ko‘ngli xurofotga
moyil bo‘ladi, ilmlining esa bunday moyillikka vaqti bo’lmaydi.
D)Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
256. O‘tgan damlarni eslasam, bir narsadan afsuslanaman: insonning irodasi eskirmas ekan-u, ammo xotira charchab qolarkan.
Ushbu gapda qanday gap bo’lagi qatnashmagan?
A)ega B)to’ldiruvchi C)hol D)aniqlovchi
257.Qaysi gapning egasi belgilash olmoshi bilan ifodalangan?
A) Aravakash bilan birga qolgan qizlarning hammasi bir quloqqa aylangan edilar.
B) Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,
Zamon keldi Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.
C) Odamzot organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan har bir evolutsiya jarayonining mahsuli sanaladi.
D)Hamma yomonliklarning boshida bilimsiz turadi.
258.Aniqlovchi+aniqlovchi+hol+ega+kesim qolipidagi gap berilgan javobni toping.
A) Ariqlarning bo‘yi yam-yashil,o’ynoqi maysalar bilan qoplandi.
B) Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda gulrayhonlar ochildi.
C) Qishloq va shaharlarning ko‘chalarida favvoralar ko‘paymoqda.
D) Onamning mungli ko‘zlarida umidsizlik bilinib turardi.
259.Qaysi gapda vositali to’ldiruvchi vositasiz to’ldiruvchiga bog’langan gap berilgan?
A) Qoziqni o‘sha o‘zim topgan joyga tashlab kelguncha o‘takam yorilay dedi.
B) Bobom shirinso‘zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi.
C) Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘qligi haqida aytib o‘tilgan edi.
D) Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o‘zingni yomon qiliqlardan saqla.
260.Qaysi gapda yasama o’rin-joy oti o’rin holi vazifasida kelgan?
A) Maktab bog‘boni Rasul buvani izlab topdi-da,
unga sekin pul uzatdi.
B) O‘sha kuni Rustam ishdan chiqdi-yu, to‘g‘ri gulzoriga o‘tdi.
C) Dangasa odamning boyligida baraka bo‘lmaydi.
D) Biz yurtimizda tinchlik daraxtini ekdik, uni endi do‘llardan, bo‘ronlardan asrashimiz kerak
261.Kesimlari yasama so’z bo’lgan qo’shma gapni aniqlang.
A)Agar inson biror kasbni mukammal egallasa,
bu unga huzur bag‘ishlaydi.
B)Odamlarning dunyoqarashi o’zgarmasa, bunday millatimizga yot bo’lgan unsurlar yoshlarning ongini zaharlaydi
C)Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki kasb-hunari bo‘lmagan odam kambag‘aldir.
D)Shoir ijodining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, uning she’rlari juda oson o‘qiladi.
262. Dono xalqimiz: ,, G‘araz va hasad bilan yashaydigan, o‘z shaxsiy manfaatiga boshqalar hisobidan erishishni ma’qul ko‘radigan, faqat o‘zini o‘ylaydigan kimsadan o‘zi asrasin” ,- deydi.
-ushbu ko’chirma gapli qo’shma gap tarkibida o’zlik olmoshi nechta o’rinda qo’llangan?
A)2ta B)3ta C)4ta D)5ta
263.Qaysi qatordagi gapda 3 xil mayl shaklidagi so’zlar ishtirok etgan?
A)Tabiatning injiqliklariga qaramay u taslim bo’lmadi, hatto yomg’irda qolsa ham, chekinmadi.
B)Ertaroq kelsang, picha dam olgin, chirog‘im, toza charchabsan.
C) Ertangi kunimiz bundan ham qiyin o’tishi aniq, chunki boshliqni bugun rosa jahli chiqqandi.
D) Sen meni qo‘yib yuborsang, istagan tilagingni bajo keltiraman.
264.Qaysi gapda undalma tarkibida turlovchi qo’shimcha mavjud?
A) Egarda sobitlik ilmini o‘rgan, Dardingga ma’rifat davodir, bolam.
B) Chamasi, kun yarmida biroz o’ziga kelgandek bo’ldi.
C) Yer, sen tabiatning in’omisan.
D) Bunday holda dodingni kimga aytishni ham bilmay qolarkansan.
265 . Noto’g’ri bog’langan so’z birikmalarini toping. 1) shirin taom; 2) shirin xotira; 3)qovunning shirini; 4) kitobning shirini; 5) qovunni kesmoq; 6) daftarning olmoq; 7) suvga ichmoq. A) 1, 4, 5,6,7 B) 2, 3, 4, 7 C) 4, 6, 7 D) 4, 6 266.Qaysi qatordagi qo’shma gapning bosh gap qismida harakat nomi shakli qatnashgan? A)O’rgangan bilimni takrorlash kerak, chunki u orqali bilim yanada mustahkamlanadi. B)Kimki ishlamaslikka harakat qilsa, uning rizqi qiyiladi.
C)Shundan to’g’ri xulosa chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
D)Shuni bilingki, yaxshi dam olish mehnatga hamdam.
267.Ega ergash gapli qo’shma gapni aniqlang.
A) Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan.
B)Hammaga shu ma’lumki, puli ko’pning gapi butun bo’ladi.
C)Olim qozoq biladiki, qishloqda akalari, singillari, tog’alari va pochchalarini hurmat qilmaydigan odam topilmaydi.
D)Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik lozim.
268.Ergashgan qo’shma gap berilmagan javobni toping.?
A)Vatan shunday diyorki, uning ta’rifiga so’zlarni saralab gapirishga majbur bo’lasan.
B)Shunday narsalar haqida xayol suramanki, ba’zida o’zim ham ishonib ketaman.
C) Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq.
D)Hamma odamlarning madaniyatli bo’lgani yaxshi,biroq madaniyatli madaniyatsiz bo’lgandan naf yo’q.
269.Yasama so’zning ega vazifasida kelishi kuzatilgan bog’lovchisiz qo’shma gapni aniqlang.
A)Ma’naviyat juda keng tushunchadir,shuning uchun uning tubi yetib bo’lmas olislikdir.
B)Hayot juda qiziqarli ekan:o’lim bilan quvonch yonma-yon yurar ekan.
C)Dunyoda odamlar qiziqib o’qiydigan kitoblar ko’p, shunday bo’lsa ham, “Masnaviy” ning o’rni bo’lak.
D)Faqat uzoqlardan bir o’qituvchi u tomon qaradi va unga nimalarnidir imo-ishoralar orqali tushuntirmoqchi bo’ldi.
270.Qaysi gapda vergul sodda gaplarni bir-biridan ajratish uchun qo’yilmagan?
A)Mayor Qosimov o’z harakatlati, orttirgan boy tajribasi evaziga kalavani uchini topishga intildi.
B)Kim izlansa, murodiga yetgay begumon.
C)Chempionni havotir aralash hayajon bosmoqda, chunki birinchi marta taqdirlanayotgan edi.
D)Hozirgi kunda olimlar aytadilarki, olmani archmasdan shunday yeyish sog’liqqa foydali ekan.
271.Qaysi gapda qaratqichli birikma mavjud?
A)Mahmud qishloqqa ko’p kelgandi-yu, bu qizni hech ko’rmagan edi.
B)Kimki hayotni o’rganishda o’ta puxtalikka e’tibor qaratsa, uning hayotida juda katta muammolar bo’lmaydi.
C)Dunyoda yaxshi odamlar ko’p, lekin ular turli darajadalarga bo’linadi.
D)U ota-onasini rozi qilish uchun qo’lidan kelgan hamma yaxshiliklarni qildi, lekin ularni moddiylik orqali rozi qilib bo’lmas ekan
272.Tarkibida ham sodda yasama, ham qo’shma yasama ot mavjud ergash gapli qo’shma gapni aniqlang
A) Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas.
B) Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf turadi.
C) Kimki birovga yomonlik qilsa, u shu dunyoning
o‘zidayoq jazosini ko‘radi.
D) Shu narsa ayonki, tabiat ham shu rang ta’siriga tushib qoladi.
273.Ergash gap qismida paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik bor hol ergash gapli qo’shma gapni aniqlang.
A)Eshitdimki, bir kuni podsho bir asirni o’ldirishga buyruq beribdi
B)Sizni suvdan o’tqazib qo’ymasam, daryo juda haybatli ko’rinyapti.
C)Keyin eng quvonarlisi shu bo’ldiki, ko’p o’tmay she’rimni nashr qiladigan bo’ldim..
D) Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma sochilib yotibdi.
274.Qaysi qatordagida ergashgan qo’shma gaplarda belgili va belgisiz tushum kelishigi shakli uchraydi ?
A)Shuni unutmangki, hamma odam ham bir xil emas.
B)Ko’p gapirish obroyingni yo’q qiladi, shuning uchun kam so’zlaganing ma’qul.
C)Oraga shunday jimlik cho’kdiki, hamma miq etmay bir-biriga achinish qiyofasida tikilib qoldi.
D)Shuni manmuniyat bilan ta’kidlash joizki, ushbu kasb tanlashimga onam sabab bo’lgan.
275.Qaysi gapda turlovchi qo’shimchalar ishtirok etmagan?
A) Oygulxon birozdan keyin o’zini qo’lga olib, vaysay boshladi.
B)Shirmonxon ixtiyoriga ko’pdan-ko’p orzular qilardi.
C) Necha bor aytdilar, bu dunyo o’tar payt kelib,boshqa bir olamlar kutar.
D)Gunafshalar qulog’imga madhingni so’zlab-so’zlab charchadilar.
276.Ko’makchi yordamida bog’lanish qaysi gapda kuzatilgan ?
A)Kimki orzularini amalga oshirmoqchi bo’lsa, ularni maqsadga aylantirib harakat qilsin.
B)Shu narsa aniqki, ma’lumotlarlar rasmiy tasdiqlandi.
C)Shuni eslatma sifatida bilib qo’yingki, oshqovoq inson oshqozoni uchun eng kerakli poliz mahsuloti hisoblanadi.
D)Shu ma’lumki, jirafalarning bo’yi o’zi istagan joygacha yetishi mumkin.
278.Bog’lama qatnashmagan gapni aniqlang?
A) Otam ham ba’zi vaqtlar she’r yozib turar, gapga chechan, xushchaqchaq kishi edi.
B) Odam hamisha yashiradigan, yashirishga urinadigan illat hasaddir.
C)Vijdonli odamning qilayotgan amali ham pok bo’ladi. D) Odamga andisha kerak, lekin undan ham oldinroq insof kerak.
279.Avvaldan bu joylar gavjummidi // hozir to’kinchilik paytida shunaqa bo’ladimi?
Mazkur qo’shma gap qismlari orasiga gap mazmuniga mos bog’lovchini aniqlang.
A) yo B) hamda C) biroq D) va 280. Daryo tomondan gurullab esib turgan shabada yo’l bo’yidagi o’t-o’lanlarni tebratar hamda sarg’ayib borayotgan arpalar undan seskanib turar edi. –mazkur gapdagi nomustaqil hollar qaysi gap bo’lagiga ergashgan?
A)aniqlovchi B)ega va aniqlovchi C)ega va to’ldiruvchi D)to’ldiruvchi.
281.Ibora mavjud bo’lgan gapni aniqlang. A) Tantiboyvachchaning nafasi ichiga tushib ketdi, biroq u uyalgan kabi o’zini hech nimani bilmaganday ko’rsatdi. B) Uyg’unbekning bu galgi da’vosi quruq shubha edi xolos: na uning shohidi bor-u, na dalili bor. C) Shu onda chiroq sharaqlaganicha yerga tushib chilparchin bo’ldi va birdaniga ikkita o’q chiqdi. D) Ba’zan ravon tug’ilsa misra, ba’zan bir so’z- soatlab mehnat. 282.Aniqlovchining holga tobelanishi kuzatilgan gapni aniqlang . A)Shifobaxsh buloq shu yerda,biroq haligacha bir tomchi suvdan darak yo’q. B) Nafisa goh sevinib shirin xayollarga beriladi, goh butun vujudini qo’rquv egallaydi. C) Qiz yalt etib yuzlari qizargan Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. D) Onaxon yangi shaharga kam kelgan, lekin bu ko’chadagi binolar esida qolgan ekan. 283.Qaysi qatordagi gapda tushum kelishigi shakli qo’llangan? A) Qo’shni hovlidan shu paytgacha biror janjal chiqmagan. B)Na ko’cha bor, na mustahkam uy-joy, na dala shiyponi bor. C)Til xavfsizligini taminlash ustuvor vazifa bo’lmog’i darkor. D)Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yana ham chiroyliroq, baxtliroq bo’ladi.
284.Do’stlik inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi eng ishonchli tayanchdir-. –mazkur gapda qaysi gap bo’lagi ishtirok etmagan? A)hol B)to’ldiruvchi C)aniqlovchi D)ega 285.Qaysi qatordagi gapda undalma va ega ishtirok etgan? A)Xayriyatki, bugungi kunda maktab o’quvchilari bilimlarni qunt bilan o’rganmoqdalar. B) Odamlar,tinchlikni hamisha asrab-avaylang. C) Sen omon bo’lsang, mening ko’nglim xotirjam. D)Onajon, sog’ligingiz ,albatta, yaxshilanadi. 286. Hozir qishloqda yoz, bu yerga esa bahor endigina qadam qo’ygandek edi: qiyaliklarni qoplagan qoqigullar yulduz parchalariday yaltiraydi, qorli cho’qqilar orasidan yugurib pastga tushib kelayotgan jilg’alarning bo’yida chuchmomolar yaproq yozmoqda. Mazkur matn uslubini aniqlang. A) badiiy B) so’zlashuv C) ilmiy D) rasmiy 287. Badbaxt xoin! Vatanni sevish imondandir,deyishgan. Bu gapni bilasanmi? Bilmasang bekor-da. Vatani yo’q – dunyoda lo’li, xolos. Meni ham bevatan, deb bildingmi?- ushbu matn tarkibida yuklamaga oid bo’lgan birliklar nechta o’rinda qo’llangan? A) 4ta B)5ta C)3ta D)2ta 288. Aravakash bilan qolgan qizlar – hammasi bir quloqqa aylangan edilar,ot bu go’zal ovozning shirin kuylari ostida boshini quyi solib, bo’ynini asta- asta likkillatib, bitta- bitta qadam bosardi.-ushbu gapda qaysi gap bo’laklari uyushib kelganini aniqlang. 1.ega 2.aniqlovchi 3.to’ldiruvchi 4.hol 5.kesim A)1,2,5 B)1,4 C)2,4,5 D)1,3,4 289.Uyushgan bo’laklarning yasama so’zga tobelanishi kuzatilgan gap berilgan javobni toping. A)Shirinso’zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga kuchi yetadigan xislatlardir. B) Vatanga bo’lgan muhabbat samimiy, dildan bo’lmog’i kerak. C)Axir, inson ulug’vor ishlarni qilishdek ko’nikma va bilimga o’z-o’zidan erishmaydi-ku. D)Siz o’z fikrlaringizni hamisha to’g’ri va ifodali bayon qilishga intiling. 290.Qaysi javobda ravish holini shakllantirgan ko’makchi mavjud gap berilgan? A)Sarbon shunday dedi-yu, tugunini olib dasht tomon ketaverdi. B)Asalxon e’tibor bilan uning gaplariga quloq soldi. C)Bu voqealardan bexabarligi tufayli biroz garanglab qolib, gap nima haqida ekanini tushunolmay qiynalib ketdi. D)Bilim bilan ikki olam saodat yo’li ochiladi. 291.Mavhum otning to’ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi gapda berilgan? A)Kimning qalbi pok bo’lsa, u to’g’ri va baxtli yashashga haqlidir. B)Jahonda har nedan to’g’rilik a’lo. C)Bilim har qanday muammo va qiyinchilikni yengib o’tishga zamin yaratadi. D)Husayn Boyqaro va Boburda davlat tafakkuri ustunlik qilgan bo’lsa, Ulug’bekda ilmiy tafakkur yetakchi edi. 291.Lekin Bobo Husayn yo’llagan nomani o’qirkan, xayoliga bir fikr keldi//dorussaltanatga qaytib va uning darvozalarini berkitib olib,shahzoda bilan sulh-saloh tuzsa ne qiladi?- ushbu gapdagi // belgisi o’rnida qanday tinish belgisi qo’llaniladi? A)vergul B)tire C)nuqtali vergul D)ikki nuqta 292. Dam qushlar ovozi, dam daryoning shovullashi, dam musiqa sadosi quloqqa eshitilardi. -ushbu gap turini aniqlang. A)uyushiq bo’lakli sodda gap B)murakkab qo’shma gap C)bog’langan qo’shma gap D)bog’lovchisiz qo’shma gap 293 Ona yurtingni ko’z qorachig’idek asra! -mazkur gapning ifoda maqsadiga ko’ra turini aniqlang. A) istak gap B) so’roq gap C) darak gap D) buyruq gap 294. Javoblarning qaysi birida ham so’roq olmoshi, ham so’roq yuklamasi mavjud? A) Uchi ochilmagan qalamning nechta qirrasi bor? B) Qo’rqma, yuraging yorilmasin, nega yotibsan? C) Bobo, kim odobli? Menmi yoki Shuhratmi? D)Bu yerda ham yozning jazirama saratoniga toqat qila olasanmi? 295. Sof ko’makchi qatnashmagan gapni aniqlang. A)Sizning qoshingizga ko’mak istab kelgandim. B)Sen haqingda o’ylab kecha-kunduz abgorman. C)Bu qadar jonkuyarlik yana qayda bo’lar D)Ahvoli borgan sari qattiq og’irlasha boshladi. 296. Qaysi javobdagi qo’shma yasama so’z tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha bor? A)Qorasuv B)Oqqo’rg’on C)vatanparvarlik D)sovuqqon
297.Grammatik jihatdan teng aloqaga kiruvchi gaplar bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etadi. Biri ikkinchisiga tobe bo‘lgan gaplar esa ergashgan
qo‘shma gapni hosil qiladi.
Ushbu gap qaysi uslubda berilgan?
A)rasmiy B)ilmiy C)so’zlashuv D)badiiy
298.Izoh ma’nosidagi so’z yoki so’z birikmalari, shuningdek, shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil shakli berilsa,qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A)qavs B)qo’shtirnoq C)vergul D)tire
299.Narigi tomonda taraq-turiq boshlandi – quruvchilar ishga tushdilar.
Ushbu gapda tire ishlatilishining sababi qanday?
A)Qo’shm gap qismlari orasida shart munosabati ifodalangani uchun.
B)Zidlik munosabti ifodalangani uchun
C)Izohlash munosabati ifodalangani uchun
D)Qo’shma gap qismlari orasida sabab-oqibat, asos-xulosa munosabati ifodalangani uchun.
300.Bemorga shirin so’z kerak, aqlsizga – ko’z.
Ushbu gapda tire ishlatilish sababini izohlang.
A)Ajratilgan bo’lak bo’lgani uchun.
B)Ot-kesim bog’lamasiz qo’llangani uchun.
C)Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda ikkinchi sodda gap kesimi tushirib qoldirilgani uchun
D) Qo’shma gap qismlari orasida sabab-oqibat, asos-xulosa munosabati ifodalangani uchun.
301.Qaysi gapda rasmiy uslubga mos gap berilgan?
A) Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi.
B) Fe’llar haraka ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir.
C) Ertaga soat 15.00 da maktab jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘ladi.
D) Ko‘kdan quyosh mo‘ralab qaraydi.
302.Qaysi gap imloviy xato qo’llangan so’z mavjud?
A)Go’dakning tili chiqqanda ilk aytgan so’zi “Ona” bo’ladi.
B)Onamning onasini, ya’ni buvimni Momojon matalchi, – derdilar.
C)Shayx yuzida faqat muridlargagina ayon bo’lgan istehzo ko’rindi.
D)Ular bildilarki, hazrat taklifni rat aylagay.
303.Senga eng yaxshi maslahat // mutakabbirlik bilan yuzingni teskari burma va shon-shuhrating bilan faxrlanma.
Ushbu gapda // belgi o’rnida qanday tinish belgisi qo’yilishi kerak?
A)ikki nuqta B)nuqtali vergul C)tire D)vergul
304.Tinch va osuda yashash uchun:
–bir sutkada 7 soat uxlashga odatlaning //
–doim yaxshilikni o’ylang //
–foydali ijtimoiy mehnat bilan band bo’ling //
–bo’sh vaqtingizni ko’proq kitob o’qish bilan o’tkazing.
Ushbu gapda // belgi o’rnida qanday tinish belgisi qo’yilishi kerak.
A)ikki nuta B)vergul C)nuqta D)nuqtali vergul
305.Mamlakatimizdagi joy nomlari – toponimlarni to’plash, ularning rivojlanish va o’zgarish tamoyillarini aniqlash, nomlarning muhim leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini yoritish, ularlarning kelib chiqishini o’rganish har bir hudud bo’yicha toponimik lug’atlar tuzish ma’naviyatimiz va azaliy qadriyatimiz tiklanayotgan hozirgi paytda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu matn qaysi uslubda berilgan?
A)rasmiy B)ilmiy C)badiiy D)publitsistik
306.Tenglik taqqoslik ma’nolari izohlanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A)tire B)Ikki nuqta C)nuqtali vergul D)vergul
307.Qaysi gapda so’lashuv uslubiga xos gap berilgan?
A)hoy, Sanobar, o’zizzi ja bilimdon sanavorasizki… Nima? Qo’ldoshxo’ja yomon bo’lsin deptimi?
B) Endi istiqlol tug‘ini zabardast qo‘llarda mahkam ushlab, uni mustahkamlash, Vatan ravnaqi uchun kurashish eng oliy baxtdir.
C) Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi.
D) Grammatik jihatdan teng aloqaga kiruvchi gaplar bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etadi.
308.Lochin – yirqich qushlar turkumining lochinsimonlar oliasiga mansub qush 20 dan ortiq kenja turi mavjud.Modasi yirik gavdasining uzunligi 49 sm gacha qanotlari yoyilganda 115 sm gacha vazni 1,2 kg gacha bo’ladi.
Ushbu parcha qaysi uslubda qo’llangan?
A)ilmiy B)rasmiy C)publitsistik D)badiiy
309.Qaysi gap paronimni qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud?
A)Adib H.Olimjon hayoti qiyinchilik va ibratga to’la.
B)E, hoy, anor olib bermadingmi? – dedi Turobjon mayin tovish bilan, ammo bu mayin tovishdan qo’rqquvlik edi.
C)E devona, o’zi narsaga muhtoj bo’lsa, senga narsa olib kelarmidi!
D)Menga qara,koppak, xotiningni oldiga shu alfozda borma!
14.Qaysi gapda arxaik so’z berilgan gap mavjud?
A)Eshik sharaqlab ochilib, ostonada qilich yalong’ochlagan ikki sipoh ko’rindi.
B)Sohibqiron o’z jasur bahodirlarini tarxon unvonlari, silovsin mo’ynalari yana boshqa qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlagan.
C)Rayonga aziz mehmonlar keladigan bo’lsa, Xorunboy Ermatov, albattta, ovga olib chiqadi.
D)Sizkim adolatli qozi bo’lsangiz , ayting:kishi gunohiga necha qayta jazolanmog’i mumkin?
310.Qaysi gapda ibora sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan?
A)Ikki g’arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
B)Nilufar miyasi g’ovlab ketganini bilib,sanchib og’rigan chakka tomirlarini ushladi.
C)Miryoqub bo’lsa, nima deyishga hayron bo’lib, boshi qotib qoldi.
D)Endi mulla Fazliddin bo’yni yog’on beklardan ko’rgan yomonliklarini aytib berdi.
311.Qaysi gapda kelishik qo’shimchlarini ko’makchi bilan almashtirib qo’llash mumkin?
A)U laqillab o’tirishga emas, ishlashga kelgan.
B)Kasalligidan darsga kelmaddi.
C)Achchiqichakdan tibbiyotda ip vositasida foydalaniladi.
D)Ko’rganlarini qoyillatib aytib berdi.
312.Qaysi gapda ko’plik qo’shimchasi (lar) umumlashtirish ma’nosida kelgan?
A)Sevguvchi Farhod va Shirinlar haqidagi hikoyalar asrlar bo’yi yashab kelmoqda.
B)Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik.
C)Qizlar o’zlari yasagan ipak koptokni Gulshanga berdilar.
D)Egila berib, egila berib bellarim og’rib ketdi.
313.Kishini g’azab yoki shunga o’xshash his egallasa uning qabul qilgan qarori albattta noto’g’ri bo’ladi.
Ushbu gapda nechta vergul tushirib qoldirilgan?
A)3 B)2 C)4 D)1
314.Qaysi gap”kulmoq” fe’li boshqalariga qaraganda ijobiy bo’yoqdorlik untunlik qiladi?
A)U yoq-bu yoqqa alanglagan edi, tunov kungi shop mo’ylovli buldoerchining tirjayib turganini ko’rdi.
B)Ota-ona jajji farzandiga qarab jilmaydi.
C)Haligi odam dami ichiga tushib xo’mraygancha nari ketdi.
D) Aravaning oldida g’ozapoya orasidan iljaygan kalla ko’rindi.
315.XX asr boshlarida ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy // “Ilm biza o’z ahvolimizni harakotimizni oyina kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilur”, – deb uozgan edi.
Ushbu gapda // belgi o’rnida qanday tinish belgi ishlatiladi?
A)ko’p nuqta B)ikki nuqta C)nuqtali vergul D)tire
316.Hayotning boshqalar ko’rmagan tomonini ko’rish – talant.
Ushbu gapda tireni ishlatilish sababi qanday?
A)Ot-kesim ot so’z turkumi bilan ifodalangani uchun.
B)Qo’shma gap tarkibidagi ikkinchi sodda gap kesimi tushirib qoldirilgani uchun
C)Egani ma’nosi ta’kidlangani uchun.
D)Ot-kesim bog’lamasiz qo’llangani uchun.
317.Qaysi gapda kesim imoviy jihatdan xato yozilgan egasi noma’lum gap berilgan?
A) Behuda so‘zlashdan k o ‘ra jim o ‘tirish abzal.
B) Aytgan barcha so‘zlarimdan qattiq nadomat chekdim.
C)Ota-onaga,vatanga xiyonat qilmaslikni doim yodda tutush kerak.
D) So‘z o‘qi kam onidan hali otilmagan ekan.
318.Qaysi gapda ega va ot-kesim orasida tire to’g’ri qo’lllangan?
A) Maqtanchoq — quruq p o ‘choq.
B)So’z ham – xulq-atvor demakdir.
C) So‘z gavhari garchi border aziz fahmi yo‘q oldidadur bir qadrsiz.
D)Insonlar uchun bu hayotda ilmdan boshqa najot – yo’q.
319.Qaysi gap imloviy xatolik mavjud gap berilgan?
A) Bobom g‘alatilarda. Ko‘p gapiradigan kishini hech yoqtirmaydilar.
B) Agar qarshi bo‘lmasalaring, menda bir taklif bor, – dedi Jovli.
C) Oti nima bu qovuningizning? – qiziqib so‘radi jo‘ram.
D) Qornimga emas, qadrimga yig‘layman.
320.To‘rt narsa badfe’llik badqovoqlik takabburlik va dilozorlik kishiga xor-u zorlik keltiradi
Ushbu gapda qaysi tinish belgilari tushirilib qoldirilgan?
1)nuqta 2)vergul 3)ikki nuqta 4)nuqtali vergul 5)tire
A)1,2,3 B)2,4,5 C)2,3,4 D01,2,5
321.Qaysi qatordagi gapda taxmin-gumon ma'nosini bildiruvchi kelasi zamon shaklining shakldoshi qatnashgan?
A)O'lkamizga bahor kirib kelib, daraxtlar kurtak yozib ko'kara boshladi.
B)Shu kunlarda o'qishing biroz orqaga ketganini tan olishing kerak.
C)uning o'qib, xulqi yaxshilanayotganidan ota-onasi, buvisi ham juda xursand.
D)Siz qayerdansiz,mehmon? Qiziq oldin ko'rishmagandik.
322. hoy, atigi,obbo, qurey-qurey,masalan,
agar,haqiqatan,chunonchi,g'irt.
-yuqoridagi so'zlardan nechtasi oraliq so'z turkumiga mansub hisoblanmaydi?
A)2ta B)3ta C)4ta D)1ta
323.Qaysi gapda yordamchi so'z turkumlariga oid barcha birlik qatnashgan?
A)Ko'z oldimda turgan kulba meni ham shu kenglik qadar chulg'ab olmoqda edi.
B)Akam va men borganimiz bilan bu ish hal bo'lib qolarmidi?
C)Og'zaki nutqi yaxshi bo'lgani uchun ham boshlovchilik qilishni unga topshirishdi.
D)Kechagi voqea haqida unga nimadir demoqchi bo'ldi-yu, uni yana hafa qilib qo'yishdan cho'chib indamay qo'ya qoldi.
324.Qaysi qatorda metonimiya asosida ma'no ko'chishi ro'y bergan?
A)Bitta tuyoq bilan oltita bolani boqaman.
B)Fanning yangi-yangi cho'qqilarini zabt etamiz.
C)Qalbida ishq o'ti alanga oldi.
D)Hozir odamlar dasturxonga qarab to'y egasiga baho beradi-da,taqsir.
325.Qaysi gapda yasama ot qatnashgan?
A)Daryoga doimiy ravishda irmoqlar qo'shilib turmasa, uning oqimi jo'shqin bo'la olmaydi.
B)Oradan uch-to'rt kun o'tgach dadam qipchoqlardan hovli topib keldi.
C)Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko'ngilchan, zahmatkash ayol edi.
D)Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash.
326.Sifatga oid so'z hol vazifasini bajargan gapni aniqlang.
A)Biroz yurganimizdan so'ng keng va bahavo maydonga chiqdik.
B)Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma.
C)Oydinko'l qishlog'ida na ko'l bor, na kattaroq ariq.
D)Oqlangan maktab binosi qarshimizda turardi.
327.Qaysi gapda teng bog'langan so'zlar faqat sanash ohangi yordamida birikkan?
A)Dunyoni taqdir va nayrang boshqaradi.
B)Bugun ma'naviyat, mafkura davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
C)Insonning qalbi va aqlida xuddi nutqidagi kabi u tug'ilib o'sgan yurtning muhri bo'ladi.
D)Nodon hamda kaltafahmlarga butun dunyo o'z tektakliklari nurida ko'rinadi.
328.Qaysi qatordagi gapda faqat bir turdagi tovush o'zgarishi ro'y bergan?
A)Bulutlar o'rniga to'kadi ko'z yosh
Yashaydi, ko'ksida yurak emas tosh
B)Sevganingdan ko'ra o'lgudek sevsang,
Ishq tig'i undan ham suyakka yetsa.
C)Tug'ilish, yashash va harakat,
Hayotni anglamoq va qaytish
D)Yarim tunda meni uyg'otar umid
Yurakka mushtlaydi, berar farmoyish
329.Qaysi gapda tire noto'g'ri ishlatilgan?
A)Kitob- kattagina bog', yozuvchi- uning gullari.
B)Badanning quvvati-ovqat, aqlning kaliti-hikmat.
C)Donning achchig'i-yaxshi, so'zning shirini-yaxshi.
D)Baquvvat xotiraning mohiyati-unutmaslik.
330.Erkin Vohidov dostoni berilmagan qatorni aniqlang.
A),,Quyosh maskani"
B),,Orzu chashmasi"
C),,Qora quyosh"
D),,Ruhlar isyoni"
331. O'lmas Umarbekovning qaysi asari orqali milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi?
A),,Yoz yomg'iri"
B),,Sevgim sevgilim"
C),,Odam bo'lish qiyin"
D),,Qiyomat qarz"
332.Quyidagilardan O'tkir Hoshimovning ,,Ikki eshik orasi" asari qahramonlarini aniqlang.
A)Zabi,Xolmat,Miryoqub
B)Robiya,Kimsan,Muzaffar
C)Qora amma,Shomurod,Anvar
D)Nigor,Qurvonbibi,Orifxo'ja
333. G'am so'zin elimdan avvalroq aytdim,
... so'zin aytaman eldan keyinroq.
-Shavkat Rahmon qalamiga mansub ushbu misradagi nuqtalar o'rniga mos so'zni qo'ying.
A)Erk B)Vijdon C)Baxt D)E'tiqod
334.Janni Rodarining ilk to'plamini aniqlang.
A),,Quvnoq she'rlar kitobi"
B),,Chippolinoning sarguzashtlari"
C),,Uchtadan oxiri bor ertaklar"
D),,Ayyor Buratino"
335.Chingiz Aytmatovning ,,Oq kema" asaridagi qaysi timsol ayni vaqtda butun bir ,,xalq ramzi" hisoblanadi?
A)baliq B)oq kema C)ona bug'u D)gullar
336.Meni ishqdan man etar ul soda shayx,
Dema soda, aytkim loda shayx.
-yuqoridagi Navoiy qalamiga mansub misrada qanday badiiy san'at qo'llangan?
A)talmeh B)tajuhuli orif
C)iyhom D)ruju
337.Qaysi qatordagi gapning kesimi murakkab kesim hisoblanmaydi?
A)Chinakam oqil insonni haqiqiy hasadchilar ham maqtashga majbur bo'ladilar.
B)Uquvsiz insonga qattiq qo'llik bilan biror narsani majburlab o'rgatib bo'lmaydi.
C)Shu payt negadir ishtaham ochilib ketdi.
D) Joyimda qoqqan qoziqdek turgandim.
338.Qaysi gapda olmosh o'zi ishora qilgan so'z bilan bir xil gap bo'lagi vazifasida kelgan?
A)Muammolar har kimda ham bo'ladi, faqat aqllilargina uni hammaga ham aytavermaydi.
B)So'zni o'z o'rnida ishlata bilish ham sa'nat, uning mag'zini chaqish esa farosat sanaladi.
C)Muloyimlik -ulug' vazilat, lekin u har kimda ham bo'lavermaydi.
D)Anvar Mahmudga masalani tushuntirishga harakat qilardi-yu, u hech nimani tushunolmay turardi.
339.Har birimiz bilimlarimizni tinimsiz boyitish haqida o'ylashimiz, fan olamini sayr etib, aqlimizni charxlashimiz kerak.
-ushbu gapda nechta yasama so'z mavjud?
A)5ta B)6ta C)7ta D)4ta
340.Shijoatli yoshlarimizning tadbirdagi ishtiroki yurtimizning porloq kelajagiga ishonchimizni mustahkamlamoqda.- ushbu gapda turlovchi shakllar nechta o'rinda ishtirok etgan?
A)9ta B)10ta C)11ta D)8ta
341.Atrof jimjit,mixga osilgan lampa atrofga xira nur taratadi, chivinlar bir zum ham tinmaydi: chiroq atrofida o'ralashadi.- ushbu murakkab qo'shma gapdagi fe'llar qaysi nisbatda?
1.aniq 2.o'zlik 3.majhul 4.orttirma 5.birgalik
A)1,3,4 B)1,2,3,4,5 C)1,3,4,5 D)1,2,4,5
342.Taxtga o'xshash o'rindiqqa yigirma yoshlardagi, bug'doyrang chehrali, chiroyli ko'z-qoshli, nigohi jiddiy va sinovchan boqadigan, burnida qora xoli bor yigit o'tirdi.- ushbu gapda sifatning sifatga tobelanishi nechta o'rinda kuzatilgan?
A)4ta B)3ta C)2ta D)1ta
343.Biz-yoshlar vatan kelajagimiz.
-ushbu gapga oid tog'ri hukmni aniqlang.
A)kesim tarkibida bitta munosabat shakli mavjud
B)ot-kesim bog'lamasiz bo'lgani uchun tire qo'yilyan
C)belgili yoki belgisiz kelishik shakli mavjud emas.
D)ajratilgan bo'lak qatnashgani uchun tire qo'yilgan.
344. Matn ichida birorta so'z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo'lsa, qavs ichida qanday tinish belgisi qo'yiladi?
A) so'roq B)undov C)ko'p nuqta D)tire
345.Qaysi qatordagi gapda so'z qo'llash bilan bog'liq bo'lgan xatolik mavjud?
A)Tushda ko'rsang, ganj debdilar ilonni
Hushda ko'rsang, yanch debdilar ilonni
B) Ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar nigoh rishtalari bilan bog'lanib, yanada mustahkamlandi.
C) Qo'shiqlarim yetsin osmon-falakka.
D)Har bir odamning do'stlari oldida burch va mas'uliyatlari bor.
346.Quyidagi gaplarning nechtasida so'z birikmasining bog'lanishiga ko'ra barcha turlari qatnashgan?
1.Zargarov sahrodagi ishlar miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
2.Majuntol shoxlari xomush unga egildi.
3. Tilimiz shuhrati dunyoga tanilishida Navoiy benihoya katta xizmat ko'rsatdi.
A)1,2,3 B)1,2 C)1,3 D)2,3
347.Qaysi gapda ega ergash gapli qo'shma gap berilgan?
A)Uni birinchi chaqirganda qanchalik xursand bo'lgan bo'lsa, keyingilarida ham shunchalik suyundi.
B)Kim vatanga qasd etsa, pushaymondan kafan kiysin.
C)Katta arava qaysi yo'ldan yursa, kichik arava ham shu yo'ldan yuradi.
D)Buning natijasi shu bo'ldiki, To'laganning peshonasiga musht tushdi.
348.VOAJAB, ko'zlarimga tor bo'ldi bu dunyo sani so'zlaringni eshitib.- ushbu gapda ajratib ko'rsarilgan so'z qaysi turkumga mansubligini aniqlang.
A)modal B)taqlid C)undov D)ko'makchi
349.. Soliqni to'lang demayman, chunki mazlum xalq ahvolin ko'rib turibman, lekin burchim bunga to'sqinlik qilyapti.
-yuqoridagi gap qo'shma gapning qaysi turiga kiradi?
A) bog'langan qo'shma gap
B)ergashgan qo'shma gap
C)bir necha bosh gapli murakkab qoshma gap
D)aralash turdagi murakkan qo'shma gap
350.Izohlovchi aniqlovchi qo'llangan gapni aniqlang.
A)Gulla, yashna, jonajon O'zbekiston.
B)Yoshlar, ertangi kun charog'onlari siz bo'lasiz.
C)Boyagi yigitning,Avazning, qo'li gul ekan
D)Direktor Otajon Azizovich meni o'z kabinetiga chaqirtirdi.
351.Qaysi qatordagi gapda portlovchi tovushlar miqdori ko'proq?
A)Qizi borning nozi bor
B)Qush uyasida ko'rganini qiladi
C)Sulton suyagini xo'rlamas
D)Sinamagan otning sirtidan o'tma
352.Qaysi qatorda til orqa jarangsiz tovushni jarangli juftiga almashtirilganda ma'nosi o'zgaradigan so'zlar berilgan?
A)gilam,qaymoq,bol
B)ko'r,ekilgan,tuk
C)tut,ko'cha, dog'
D)chala,sal,gul
353.Qaysi qatorda o'zaro shakldosh qo'shimchali so'zlar berilgan?
A)ko'kardi- borardi
B)kitobim-ko'rdim
C)istak-elak
D)iliq-chiziq
354. Qo'shni xonadan qizlarning CHUG'UR-CHUG'URI sira ham tinmasdi.
-ushbu gapdagi ajratib ko'rsatilgan so'zda qanday ma'no ko'chishi yuz bergan?
A)ma'no ko'chishi mavjud emas
B)vazifadoshlik
C)metafora
D)metonimiya
355.Qaysi gapda otlashish hodisasi kuzatilmagan?
A)Uzoq-yaqin yerlardan kelganlar bilan gurungni quyuq qildik
B)Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga
C)Ko'p so'zning ozi yaxshi, oz so'zning o'zi yaxshi
D)Yaxshi so'zga uchar qushlar el bo'lar.
356. Qaysi qatorda ibora qatnashmagan?
A)Buzoqning yugurgani somonxonagacha.
B)O'g'limni bilasan, qo'y og'zidan cho'p olmagan bola.
C)Kun botguncha ishlab tinka-madori quridi.
D)Mana ko'rasan, ish xamirdan qil sug'urganday bitadi.
357.,,Sosunli Dovud" nomli arman xalq eposini o'zbek tiliga kim tarjima qiladi?
A)Usmon Nosir B)Mirtemir
C)Oybek D)H.Olimjon
358.Muqumiyning ,,Tanobchilar" satirik she'rida Sultonali va Hakimjon tomonidan ,,Otamizning birodari" -deb kimni nazarda tutiladi?
A)Chimlig' azizlarni B)Erhubbini
C)Xizr payg'ambarni D)Nuratoni
359.,,to'rt oyig'i teng tushgan, qarchig'ay havosi tekkan"-ushbu ta'rif qaysi xalq dostonidagi otga ishlatilgan?
A) Ravshanda- jiyronqushga
B)Alpomishda-boychiborga
C)Ravshanda-g'irko'kka
D)Alpomishda-ko'kdo'nanga
360. M.Shayxzodaning ,,Jaloliddin Manguberdi" dramasida Jaloliddin kuyovi Amir Badriddinning xoin ekanini qayerdan bildi?
A)Temur Malik jo'natgan xatidan
B)Sultonbefim bergan uzukdan
C)Yaroqbekning gaplaridan
D)Onasining xatidan
361.O'z she'rlaridan birida Geyne bilan o'rtoq tutunganini, Lermontovdan ko'mak o'tinganini yozib, o'zini Majnunga, she'rini esa Layliga o'xshatgan ijodkor kim?
A)E.Vohidov B)A.Oripov
C)M.Yusuf D)Usmon Nosir
362.Quyidagilardan Said Ahmadning ,,Ufq" romaniga oid bo'lgan ma'lumotni aniqlang.
A) ushbu asarda farzand qanchalik tubanlashib ketmasin Ona har qanday vaziyatda o'z bolasidan voz kechmasligi tasvirlangan.
B)o'g'rilarga bo'lgan nafrati tufayli o'zi bilmagan holda o'z onasining qotiliga aylanib qolgan o'g'il tasviri keltirilgan.
C)Vaqtida jur'ati yetmay, qo'rqoqligi tufayli odamlar davrasidan ajralib qolib ruhiy ezilib qiynalayotgan yigit tasviri keltirilgan.
D)Tog'asi qo'lida ikki yil tinim bilmay mehnat qilgan,.biroq tog'asidan qadr ko'rmagan yigit tasviri keltirilgan.
363.Mumtoz adabiyotimizdagi g'azallarda ,,baytul hazan" ya'ni ,, g'am uyi" tushunchasi orqali qaysi payg'ambarga ishora qilib talmeh san'ati yuzaga keltiriladi?
A)Sulaymon alayhisalomga
B)Nuh alayhisalomga
C)Ya'qub alayhisalamga
D)Xizr alayhisalomga
364.Omon Matchonning ,,Eng so'nggi xazina" she'rida nimani ,,eng so'nggi xazina hisoblab, xalqlardagi bu boyliknini saqlashga" da'vat etadi?
A)sabr B)kitob C)g'urur D)mehnatsevarlik
365.Mashhur fransuz adibi Alfons Dode qalamiga mansub bo'lgan avtobiografik xarakterga mansub asarni aniqlang.
A),,Tegirmonimdan xatlar"
B),,Roza va Ninetta"
C),,Kichik Fromon va katta Risler"
D),,Kichkintoy"
366 ,,Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi daf'a yo'rgaklagan kampir hazillashligi va sho'xligi bilan xotin-xalaj o'rtasida dong chiqargan Hamro enaymish. Bolani yo'rgaklagandan keyin hali u qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga tikilgan va mana shu so'zlar bilan erkalatganmish:
-Aylanay, mehmon, kimdan hafa bo'lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting. Qovog'ingizni ochsangiz-chi? Yorug' dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying"
,,Lekin o'shanda ham kulmagan........ undan keyin ham kulmay o'tdi"- Cho'lponning ,,Kecha va kunduz" romanidan olingan bu parchada kimning ta'rifi keltirilgan?
A)Akbarali mingboshi
B)Zebi
C)Razzoq so'fi
D)Saltanat
Do'stlaringiz bilan baham: |