METIL SPIRTI KIMYO 20/3 TURG’UNOVA AZIZA REJA: 1– Spirtlar. 2 – Metil spirit. 3 – Metil spirt qo’llanilishi. Spirtlar — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksayogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, S. bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. S.dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi. Metil spirti (metanol) CH3OH Kimyoviy toza metil spirti hapakatchan, rangsiz, tiniq suyuqlik bo'lib, suv va ko'pgina organik erituvchilar boshqa har qanday nisbatda aralashadi. Mazasi va hidi etil spirtini eslatadi. Solishtirma og'irligi 0,7964. Metil spirti 650 atrofidagi haroratda qaynaydi. Suv bug'i bilan yaxshi haydaladi. Shuning uchun uni biologi k ob'ektdan ajratib olishda bundan qulay usul taklif etilmagan. Suv bug'i bilan haydalganda o'rta hisobda 32 % gacha metil spirti yo'qoladi. Olingan distillyatda spirt kontsentratsiyasi kam bo'lsa, uni bor-yo'qligini aniqlash uchun distillyatni deflegmatsiyalash - qayta quruq haydash yaxshi natija beradi. Toksikologik ahamiyati. Metil spirti uchuvchan zaharli moddalar o'rtasida ancha yuqori toksikologik ahamiyatga ega. Chunki u, birinchidan organizmga farmakologik jihatdan kuchli ta'sir ko'rsatsa, ikkinidan, kimyo sanoatida juda keng qo'llanadi. Metil spirti hozirgi vaqtda katta kimyo mahsulotlarini olishda eng zarur modda - formalьdegidni sintezlashda birdan-bir xom ashyo hisoblanadi. Bundan tashqari, lok va nitrobuyoqlarni eritishda noqulay organik erituvchi sifatida ishlatiladi. Metil spirti dorishunoslik sanoatida, qishloq ho'jaligida keng qo'llanadi. U etilenglikol moddasi bilan bir qator ichdan yonar dvigatellarni sovutishda ham ishlatiladi. Qishloq ho'jaligida zaharli insektitsid purkalgan bog'dorchilik mahsulotlaridan dorilarni yuvib tashlash uchun qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |