Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, metil spirtidan zaharlanishning eng yuqori ko'rsatkichlari jahon urushi davrlariga tug'ri keladn. Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida spirtli ichimliklardan zaharlanish hollarining 18% metil spirti hisobiga ro'y bergan. Metil spirti kishi organizmiga suyuqlik va bug' holida ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ko'p olimlarning fikricha, metil spirtining organizmga zahar sifatida ta'sir qiluvchi dozasi 7-8 g, letal dozasi esa 30-100 g atrofidadir. Lekin shunga qaramay ba'zi kishilar 250-500 ml metil spirt ichganda ham bir oz mast bo'lgan, holos. Chinligini aniqlash. Sud kimyosi amaliyotida metil spirti sifatini quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 1. Metil spirtining salitsilat kislota bilan murakkab efir hosil qilishiga qarab. Buning uchun tekshiriluvchi suyuqliq yoki distillyatni salitsil kislota kristallari bilan aralashtirib, so'ngra kontsentrlangan sulьfat kislota solinadi va qizdiriladi. Bunda metil salitsilatga xos bo'lgan xarakterli hid paydo bo'ladi. Reaktsiya sezgirligi metil spirtiga nisbatan 0,3 mg ga teng. CH3OH + HOSO3H → CH3OSO3H + H2O Tekshiriluvchi suyuqlik tarkibida etil spirti bulganda ikkinchi usulni qo'llanish yaxshi natija beradi. 2. Metil spirtini biror oksidlovchi yordamida oksidlash yo'li bilan va hosil bo'lgan formalьdegidni unga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash. Buning uchun metil spirti kislotali muhitda kalii permanganat bilan oksidlanadi. Ortiqcha oksidlovchi biror qaytaruvchi yordamida yuqotilgach, formalьdegidni topish reaktsiyalari olib boriladi. 2NaHSO3 + H2SO4 → 2H2SO3 + Na2SO4 2KMnO4 + 5H2SO3 → K2SO4 + 2MnSO4 + 2H2SO4 + 3H2O yoki 2KMnO4 + 5H2C2O4 + 3H2SO4 K2SO4 + 2MnSO4 + 10CO2 + 8H2O Metil spirtini oksidlovchilar yordamida formalьdegidga o'tkazishda shuni unutmaslik kerakki, reaktsion aralashmaga kuchli kontsentrlangan sulьfat kislota qushib, yuqori haroratda qizdirilganda, distillyatda etil spirti bo'lgan taqdirda undan etilen hosil bo'lishi mumkin. Etilen esa oksidlovchilar bulgan sharoitda formalьdegga aylanadi: CH3–CH2OH + HOSO3H CH3–CH2–O–SO3H + H2O CH2–CH2–O–SO3H CH2=CH2 + H2SO4 Shu sababli bu maqsad uchun, alvatta, suyultirilgan sulьfat kislota kislota ishlatish va reaktsiyani past haroratda olib borish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |