Metallar korroziyasi



Download 128,58 Kb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi128,58 Kb.
#794910
  1   2   3   4
Bog'liq
METALLAR KORROZIYASI


METALLAR KORROZIYASI
Tayanch so’z va iboralar: Korroziya, metall, metallar korroziyasi, korroziya tezligi, korroziya turlari, korroziyadan saqlanish usullari, korroziyaning topokimyoviy turlari, galvonokorroziya, elektrokorroziya, qoplash, kimyoviy qoplash, elektrokimyoviy qoplash, elektrokimyoviy usulda ruxlash, ruxlash jarayoni.
18.1. Metallar korroziyasi va uning turlari
Metallar va ularning birikmalari xalq xo’jaligi va sanoatning deyarli hamma sohalarida qo’llaniladi. Ular xizmat qiladigan atrof-muhitda shunday moddalar borki, ular metallarni yemira boshlaydi. Yemirilish nafaqat metallarda, balki barcha materiallarda sodir bo’ladi. Misol uchun polimer moddalar, beton, yog’och, rezina, xattoki kog’ozlar ham muhit ta’sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi. Korroziya suzi lotincha “corrodore” - yemirilish degan ma’noni anglatadi.
Korroziya o’zining fizik-kimyoviy tavsifi jihatdan 2 xil bo’ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya. Metallda korroziyaning qanday turi sodir bo’lishi metalni kurshab turgan muhitga boglik bo’ladi. Korroziya tabiati jio’atidan oksidlanish jarayoni hamdir.
Kimyoviy korroziya. Korroziyaning ushbu turi elektr toki o’tkazmaydigan muhit (gazlar, noelektrolit suyuqliklar, neft, kerosin, benzin va boshqalar) larda uchraydi. Kimyoviy korroziya o’z navbatida gazdagi va suyuqlikdagi korroziyalarga bo’linadi.
Metalga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va hokazo), elektrolit bo’lmagan suyuqliklar ta’sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo’ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko’p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metalning gaz korroziyasi deb ham ataladi.
Past haroratda gazlar metall sirtiga yutilishi - xemosorbsiya deyiladi. Bunda ko’pgina metallarda (Ni, Cr, Cu, Al) yupqa oksid parda hosil bo’ladi. Bu parda metalni davomli oksidlanishdan saqlaydi. Oksid pardalarning qalinligi 10-15 atrofida bo’lganda metalning tashqi ko’rinishi o’zgarmaydi. Oksid pardalarning qalinligi 50-100 dan ortiq bo’lsa, metalning tashqi ko’rinishi o’zgaradi va metall o’ziga xos yaltiroqlikni yo’qotadi. Magniy, alyuminiy, qo’rg’oshin kabi metallarda hosil bo’lgan oksid pardaning qalinligi 200-400 ga boradi, shuning uchun bu metallar o’z oksidlarining rangiga ega. Oksid pardaning qalinligi harorat ko’tarilishi bilan ortadi.
Gaz korroziyasi ayniqsa metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po’lat buyumlarni gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi.
Suyuq yoqilg’ilar ta’sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziyaga misol bo’ladi. Bunda yoqilg’ining yonishidan hosil bo’lgan CO2, SO2, H2S, NO2, NO kabilar quruq sharoitda metallarni korroziyalantiradi.
Metalning suyuqlik ishtirokidagi korroziyasi elektr toki o’tkazmaydigan suyuq muhitda sodir bo’ladi. Neft, benzin, kerosin, moylovchi yog’lar ishtirokida kimyoviy korroziya kuchayadi.

Download 128,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish