MAQSADLARNI QUYISH Reja: Menejmentda maqsadlarni konkret va aniq o’lchamlari
Boshqaruvda maqsadlarni o’rni
Maqsadlarni qo’yish
Konkret va aniq o’lchamlarga ega bo’lgan maqsadlar. Tashkiliy faoliyat maqsadlarini bu xilda belgilash, tashkilot rahbariyatiga jarayon davomida navbatdagi tashkiliy qarorlarni qabul qilish va ishning borishini baholashga, tashkilot faoliyatining pirovard natijaga nisbatan nechog’lik samarali hamda to’g’riligini belgilashga imkon yaratadi.
Maqsadlarni vaqt o’lchovini hisobga olib belgilash. Mazkur tamoyilga ko’ra, eng avvalo, uzoq muddatga, so’ngra o’rtacha va qisqa vaqt oralig’iga mo’ljallangan maqsadlar belgilab olinadi. Maqsadlarning real tarzda qo’yilishi, ya’ni mavjud shart-sharoitlarda ularga erishish mumkin bo’lishi lozim. Turli tashkiliy maqsadlarning bir-biriga zid kelmasligiga alohida e’tibor berish shart.
Vazifalar pirovard natijaga erishish uchun avvalroq bajarilishi lozim bo’lgan aniq tadbirlardir.
Alohida xususiyatlari. Tashkiliy vazifalar faoliyatning bevosita maqsadlarini ifodalaydi. Ularni miqdoriy jihatdan o’lchash mumkin. Odatda vazifalar deb, aniq ijrochining zimmasiga yuklangan va bajarilish muddatlari aniq belgilangan ish(lar)ni nazarda tutishadi.
Texnik jihatdan olganda, tashkiliy vazifalar konkret lavozimga nisbatan belgilanadi. Har bir lavozim doirasida bajarilishi shart bo’lgan ishlar majmui pirovard natijaga erishish yo’lidagi muhim bosqich sanaladi.
Tashkiliy vazifalar kategoriyasi: - odamlar bilan ishlash;
- predmetlar bilan ishlash;
- axborot bilan ishlash.
Maqsadlar shajarasi; tashkiliy maqsadlarning o’zaro tobeligi va kengaytirilishi. Maqsadlar shajarasining modeli amaliy faoliyat uchun juda qulay vosita bo’lib, u boshqaruvchilikning tashkiliy maqsadlari va vazifalarini belgilashga nisbatan tizimli (tartibli) yondashuvga imkoniyat beradi. Maqsadlar shajarasi yordamida ularning tartiblashtirilgan ierarxik tuzilmasi ta’riflanadi.
Tashkiliy faoliyatning umumiy maqsadi. Tashkilotning kichik tizimlari faoliyatini belgilovchi bosh maqsadlarga quyidagilar kiradi:
* ishlab chiqarish;
* marketing;
* personal;
* moliya.
2. Umumiy tashkiliy maqsadning ierarxik tuzilmasini tuzish davomida ushbu muhim tamoyilga e’tibor berish lozim, faoliyatning kelgusi bosqichidagi maqsadlarga yetishish uchun ilgarigi bosqichning maqsadlarini ro’yobga oshirish lozim;
3. Tashkiliy faoliyatning turli xil bosqichlarida maqsadlarga erishish yo’llariga emas, balki ularning mazmuni (natija) ga e’tibor berish shart.
4. Tashkiliy faoliyatning har bir bosqichida qo’yiladigan maqsadlar tamomila mustaqil bo’lishi, bir-biridan kelib chiqmasligi kerak.
5. Maqsadlar shajarasining asosini belgilangan vaqt mobaynida ma’lum tartibda bajarilishi mumkin bo’lgan vazifalar majmui tashkil etishi lozim.
6. Umumiy tashkiliy maqsadning kichikroq maqsadlarga ajratilishida bosh maqsadning murakkabligi, ko’lami va tashkiliy tuzilmasini e’tiborga olish muhimdir.
7. Tashkiliy maqsadlarni belgilash jarayonida nafaqat maqsadlar shajarasiga, balki maqsadlarning rivojlanish dinamikasiga ham alohida e’tibor berish lozim. Tashkilot faoliyatining istiqbol rejasini tayyorlash chog’ida jarayonning dinamik modelidan foydalaniladi.
Boshqaruvchilik faoliyatining yaxlit tizimi sifatida menejment tashkilot oldiga qo’yilgan barcha maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan boshqaruv tizimining har bir pog’anasida turgan rahbarlar o’z vakolatlari doirasidan kelib chiqib, oldida turgan aniq maqsadlarni yaxshi anglashi kerak. Ushbu asosda maqsadli faoliyatning muayyan davrida menejer qo’l ostidagi xodimlarning faoliyatini yo’lga qo’yishi lozim. Menejmentning umumiy maqsadlari va vazifalari boshqaruvchilik tizimining barcha pog’onalaridagi menejerlar bilan bahamjihat ishlab chiqiladi.