Mehr muruvvat insoniy fazilat
Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida ruy bergan muhim o`zgarishlardan biri ma'naviy yangilanish, kishilarning ongi, tafakkuri va dunyoqarashining boyib, kengayib borayotganligi hamda erkinlik kasb etayotganligidir. Xususan, yoshlarimizning elu-yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini yanada oshirish, ilmu-fanni va madaniyatni hamda san'atni gullab yashnatish, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, o`tmishini, ajdodlari boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini o`rganish, munosib baholash borasidagi faoliyatlari ayniqsa kishini quvontiradi.
Mamlakatimiz rahbari Islom Abdug`anievich Karimov 2008 yilni "Yoshlar yili" deb elon qildi. Bu O`zbekiston yoshlarga katta ma'suliyatni yuklaydi desak mubolag`a bo`lmaydi. O`ylaymizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topayotgan yurtimiz yoshlari bu yuksak ishonchni oqlash yo`lida bor bilimi va kuch g`ayratini, albatta safarbar etadilar. Yosh avlodni ma'naviy, ahloqiy yetuk inson bo`lib yetishishida, Qur'onu- Karim va xadislarda, O`rta Osiyolik mashhur mutaffakir va donishmandlar Muso al-Xorazmiy, Axmad Farg`oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf xos Xojib asarlarida, shuningdek "Temur tuzuklari"da, Ulug`bek va Alisher Navoiy asarlarida hamda XIXasrning o`rtalarida ijod qilgan Axmad Donish, Furqat, Muqimiy va boshqalarning kitoblarida umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatiga katta e'tibor berilgan. Ma'naviy-ahloqiy kamolot nima? Odamzot paydo bo`libdiki, hamisha odamiylik sha'niga yarasha xatti-harakat qilishga, o`zida u yoki bu fazilatlarni mujassamlashtirishga intilib keladi. Odob, hulq-atvor asrlar davomida tarkib topib, takomillashib borgan. Ular har bir shaxsning o`zini tuta bilishi, xatti-harakati, muomilasi jarayonida o`z ifodasini topadi.
Ma'naviy yetuklik insonning ehtiyojiga aylanib qolishi zarur. Odob qoidalari hamma uchun xayotiy talabdir. Ahloq kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo`lsa, odob shaxsning ko`zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomila munosabati tarzida namoyon bo`ladi. Jamiyatimizning buguni, ertasi va kelajagi ko`p jixatdan yoshlarimiz tarbiyasiga bog`liq. Shunday ekan bizning maqsadimiz milliy, ma'naviy va moddiy qadriyatlarimizni, odob-ahloqni yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirishdan iboratdir.
Yoshlarimiz ahloqiy tarbiya jarayonida, ya'ni o`qish, jamoat ishlarida tirishqoq, do`stlarga sofdil munosabatda bo`lish, o`z burch va vazifalariga vijdonan yondashish, xalol mehnat qilish kerakligini, ba'zi tengdoshlarining ayrim salbiy odatlariga befarq bo`lmaslikni tushunib anglab boradilar. Shuningdek ular o`z manfaatlari uchungina emas, balki oilasi, sinf va maktab jamoasi sha'niga dog` tushirmaslikka o`rganadilar. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma'naviy-ahloqiy barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma'naviy-ahloqiy tarbiya tushunchasi keng qamrovlidir. Ma'naviy-ahloqiy barkamol inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari xullas butun oila a'zolari, qo`ni qo`shnilari, mahalla-kuyi va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg`uradi; tevarak- atrofni o`rab olgan insonlar unga kerak bo`lgani singari, o`zi ham ularga kerakli kishi bo`lishga intiladi; Odob-ahloq, fe'l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblaydi; ota-bobolaridan yodgor bo`lib qolgan madaniy me'rosni qadrlaydi; Milliy qadriyatlarni e'zozlaydi va ularga sodiq bo`lib qoladi; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg`ulari barqaror bo`ladi; o`zaro muomila-munosabatda o`rnak bo`lishga moil bo`ladi; birovning og`irini yengil qilishni odat qiladi; umumxalq ma'qullagan va xurmat qilgan Konstitutsiyani hurmat qiladi va unga sadoqat namunalarini amalda ko`rsatadi; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, xarbiy vatanparvarlik tuyg`ulari bilan yashaydi; diyonat va adolat, mehr-shavqat va ezgulikni himoya qiladi, va'daga vafoli bo`lishni o`ziga kasb qilib oladi.
Vatan-mehr muruvvat manbai. Ajdodlar va avlodlar hoki nixon topgan, kindik qoni tomgan, daryolari oqqan, bog`u-rog`lari gullab yashnagan, ekinzorlari mavjlanib va boyliklari qatlanib yotgan, elu-yurtini, xalqu-millatini birlashtirgan, daholaru, yo`lboshchilari, donishmandu-donolari bo`lgan makon- Vatandir. Vatanni anglash, tushunish his-tuyg`usi eng muqaddas, ulug` va azizdir. Bu tuyg`uning shakllanishi inson bolasida birdaniga, bir zumda hosil bo`lmaydi, balki Vatan tuyg`usi bolada ona allasi aytila boshlagandan boshlab to inson umrining so`ngi damlarigacha davom etadi.
Vatan-muqaddas, u munavvar, mukarram sajdagohdir, Vatan iftihordir, saodatdir, Vatan muqaddas kitobdir, o`qigan sayin o`qiging kelaveradi, qalbing quvonchga, sevinchga, shodlikka va g`ururga to`laveradi. Vatanni, onani hech nimaga almashtirish, tenglashtirish va baholash mumkin emas. Vatanni, uning yerini va suvini sotgan kishi bir umrga la'natga, nafratga mahkumdir. O`sib kelayotgan yosh avlodga Vatanni sevish, elu-yurt, xalq, millat timsollariga sadoqat, ularning tarixi, tili, dini, qadriyatlari, turmush tarzi, urf-odatlari va san'atlariga hurmat bilan qarash kerakligini doimo uqtirib kelmog`imiz shart. Oila-ahloqiy tarbiya asosi. Oila-insoniyatning betakror, bebaho umri kechadigan, taskin topadigan, beg`ubor roxat-farog`atlar, g`amxo`rliklar, shodu-xurramlik va ayni mahalda, g`am-anduxlar, tashvishu-ko`ngilsizliklar, xalovat va xalovatsiz damlarning o`zaro bog`liqligidan iborat dargoh qisoblanadi. Shuningdek yuraklarning siru-sinoatlari, insonning xatti-harakatlari va intilishlar toblanadigan, shakllanadigan, kamol topadigan, qadriyatlar, xikmatlar va donoliklar, jasorat va qahramonliklar kamol topadigan xazinalar maskanidir.
Oilalarda barcha ijtimoiy-ma'rifiy, ma'naviy hamda ahloqiy qadriyatlar shakllanadi va kamolga yetadi. Oilada beriladigan ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi bolalarda ijobiy sifatlarni hosil qilish, ularni yaxshi hulq-atvorga o`rgatish, ahloqiy hislatni rivojlantirish hamda ularda ijobiy xatti-harakat, ko`nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iboratdir. Bolada mehnatni to`g`ri tashkil qilishning eng oddiy ko`nikmalarini hosil qilish, uni intizomli bo`lishga, topshirilgan ish uchun ma'suliyatni sezishga o`rgatish oilada ahloqiy tarbiya berishning birinchi galdagi vazifasidir. Ma'naviy, ahloqiy tarbiyaning asosi oiladan, ota-onaning tarbiya uslubi va mazmunidan boshlanadi. Bola tarbiyalanayotgan oilada ota-ona o`zaro totuv bo`lishi, bir-biriga bo`lgan samimiy munosabati, vafodorligi, ishonch va xurmati, og`ir vazmin bo`lishi, har qanday vaziyatda ham aql bilan ish tutishi, izzat hurmat bilan bir-birining qalbiga yo`l topishga intilish bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi.
Kamol topayotgan har bir bolaga birinchi navbatda, xushmuomilalikni, oila a'zolariga e'tiborli, qarindosh urug`larini, yaqinlarini qolidan qabar olib turmoqlikni, o`z oilasi sha'niga dog` tushirmaslikni, o`tib ketgan avlod-ajdodlarni yod etib turishni, ulardan qolgan udumlarni davom ettirishligi kerakligini tushuntirish foydadan xoli emas. Qadriyatlar ezgulikka boshlaydi. Yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlardan foydalanish, yangilanish davrida tarbiyaviy ta'sirning muhim omillaridan biri sifatida juda katta ahamiyatga ega. Qadriyatlar o`zi nima? Uni qanday ta'riflash mumkin?
Jaxonda biron xalq yoki elat yo`qki, o`zining milliy qadriyatlariga ega bo`lmasa. Darxaqiqat, o`zbek millatining ham milliy qadriyatlari- tug`ilgan makon va ona yurtga ehtirom, avlodlar hotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomilada mulozamat, hayo, andisha kabilar bo`lib, bular mustaqillikni mustaxkamlashda ma'naviy asoslardan biri sifatida rol o`ynamoqda. Milliy muhit qadriyatlarni yaratadi va yaxshiliklarni pardozlaydi., voyaga yetkazib, jaxon miqyosiga olib chiqadi. Azal-azaldan avlodlar o`rtasida poklik, xalollik, xaqqoniylik, adolat, lafz, oriyat, obro`, g`urur, kechirimlilik, qadr-qimmat,bag`rikenglik, insof-diyonat singari qadriyatlar ham yashab va amal qilib kelinmoqda. Yana ham fikrimizni davom ettirib aytadigan bo`lsak, yo`l yuzasida yotgan toshni chetga olib qo`yish, mahalla-ko`y uyushtirgan xasharlarda qatnashish, kuzda yoki erta baxorda ko`chat o`tkazish, ma'rakalarda qatnashish, ta'ziyadagilar tashvishiga sherik bo`lish singari ijtimoiy-axloqiy xodisalar hamma zamonlarda, xalqlar, jami millatlar va elatlar xayotida amal qilib, avloddan-avlodga o`tib turgan. Yuqorida sanab o`tilgan bir qator umuminsoniy qadriyatlar yoshlarni baynalminal ruhda tarbiyalashda ham katta imkoniyatlarga ega.
Biz yoshlarni ma'naviy, axloqiy, avlodlar merosiga, madaniyatiga, qadriyatlariga nisbatan hurmat bilan qarash, ularni e'zozlash, qadrlash, sayqal berish va boyitishga o`rgatishimiz zarur. Mehnat insonni ulug`laydi. Inson hamisha ezgu niyat, orzu-xavas bilan yashaydi: Ilm olish, xunar egasi bo`lish, jamiyatga va xalqqa naf keltirish, xayotda o`zining o`rnini topish singarilar.... U shu narsalarni amalga oshirish uchun hamisha oqilona ish tutishga, xalol mehnat qilishga o`rganishi, adolatli, xaqiqatgo`y va mard bo`lishi lozim. Bunday kishilar qanday xolat va sharoitda bo`lmasin xalq tomonidan ardoqlanadi.
Mehnat bu mamlakat kuch qudratini mustaxkamlaydigan, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan, ichki va tashqi mavqeini oshiradigan, boyligiga boylik qo`shadigan, elu-yurtni to`q, farovon, obod, go`zal va charog`on etadigan, odamlarni kiyintiradigan, ularning xonadoniga qut-baraka kiritadigan, dasturxoniga fayz va to`kinlik baxsh etadigan muhim omildir. Bugina emas, balki shu bilan birga mehnat kishilarni jismoniy bardam,baquvvat, sog`lom hamda barkamol qiladi, ularda teran uy fikrlarni, sergak va tetik kayfiyatni, jonli va yorqin his-tuyg`ularni uyg`otadi. Mehnat kishilarda jamiyat oldidagi, el-yurt oldidagi ma'suliyatni his etish, sezish va anglash tuyg`usini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |