Xiyonat razolat jaholatgacha, Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik, Insoniy fazilat ibodatgacha, Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik. Vaqt



Download 34,65 Kb.
bet1/11
Sana21.08.2022
Hajmi34,65 Kb.
#847436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'z ijodimdan she\'rlar


****
Xiyonat razolat jaholatgacha,
Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik,
Insoniy fazilat ibodatgacha,
Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik.
Vaqt.
Kunlar o'taverar vaqt daryo misol,
Umr o'tayapti sezmaymiz buni,
To'qson yoshga kirgan keksa oqsaqol,
Tushunar vaqt qadrin vaqtning zarini.
Soatlar qadrsiz tuyular goho,
Soniyalar o'tar tinimsiz tinmay.
Soniya qadrini bilmoq istasang,
So'ngi so'zin aytolmay o'tganlar qancha.
Vaqt qadriga yetib yuring iloyim,
Yigitlar bek bo'ling, qizlar begoyim,
Ollox qo'llab yursin doimo bizni,
O'zing yaratguvchi egam xudoyim.

Bir bor degin sizda mening ko'nglim bor.
Baxtim bo'lib kelasanmi yonimga?
Yupanch bergin azob chekkan jonimga
Almashardim seni xonu monimga,
Bir bor degin sizda mening ko'nglim bor.
Har dam kulib yuragimni tilasan,
Meni qiynab aytgin nima qilasan
Ko'ngling bormi yoki kimni sevasan,
Bir bor degin sizda mening ko'nglim bor.
Kunlar o'tar sen xam kelin bo'lasan
Menga mangu armon bo'lib qolasan
Meni desang o'zing yorim bo'lasan
Bir bor degin sizda mening ko'nglim bor.

Tilak.
Orzu qilib yashayapmiz bu dunyoda,
Kunlar kelib orzu amal bo'lar axir,
Mehr kutib yashayapmiz insonlardan
Mehrli bir inson bersin bizga taqdir.
Kulib yurib dardlarini yashirgan kim,
Sevib turib sevgisini aytmaslar jim,
Va'da berib o'z so'zidan qaytganlar kim,
Sog'inch to'la ishqni bersin bizga taqdir.
Seni yomon sog'inyapman.
Yolg'izlikka yo'ldosh bo'lib
Yig'lasam ham xandon kulib
Yuragimni bir bir tilib
Seni yomon sog'inyapman
Dardlarimni ichga yutib
Bir kelar deb seni kutib
Baxt o'rniga g'amni yutib
Seni yomon sog'inyapman
Kelgin endi mushtoq etmay
Vaslingga yor o'zim yetay
Aytgin yana qancha kutay
Seni yomon sog'inyapman

Sevgilisi bor…
Yuragim urar xasta va nochor,
Tunlari uxlolmay bo'laman bedor
Sevgimni rad etdi ul go'zal dildor
Chunki sevganimning sevgilisi bor.
Hayot sinovlari buncha beshavqat
Yuragim urar u deya faqat
Sevaman desaydi qaniydi bir bor
Lek afsus sevganimning sevgilisi bor.
Do'stim edi avval ul go'zal dildor
Do'stligimiz tugatdi bir zumda u yor
Hozir yoz bo'lsada yuragimda qor
Chunki sevganimning sevgilisi bor.


Ona elim…
yuragimning ardog'isan ona elim
Ko'zlarimning qarog'isan ona elim
Ne kunlarni ko'rdi xalqing o'tmishingda
Men uchun baxt chirog'isan ona elim.
Qancha kezib dunyolarning dunyosini
Ko'rmadim hech men sendayin tanxosini
Senda ko'rdim bobolarim siymosini
Allomalar avlodisan ona elim.
Tunda tiniq oyning aksi charaqlaydi
Shoiringdan ne bitding deb so'roqlaydi
Xali yoshlar seni mehringni oqlaydi
Mehri daryo mehribonim ona elim.
Tinchligingga ko'z tegmasin makoningga
Doim porlab tursin quyosh osmoningda
Xecham urush bo'lmasin xur zamoningda
Farzandlaring faxridirsan ona elim.

***
Bu yurak yig'laydi seni zor kutib
Vasling hayol qilar o'zin unutib
Hayotim kel menga kelgin yonima
Yiroqlab ketmagin sen mendan ketib.
Sog'inch sahrosida sarg'aydim yetar
Endi kelmasang baxt butkul tark etar
YO araz sevgidan ustunmidi ayt
Xijron azobidan iltimos qutqar.
Qasam ichkandikku abad sevgiga
Sevgi qasamlaring unut bo'ldimi
Orzular qilgandik yetaylik baxtga
Yoki mendan ketib ko'ngling to'ldimi?
Bo'ldi arazlaring unutgin endi
Ketaylik birga baxt koshonasiga
Oylar o'tib bizlar mana shu kunni
Esga olaylik to'y ostonasaida.
O'ng'alov Ortiq


Download 34,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish