Milliy istiqlol mafkurasining asosiy



Download 15,01 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi15,01 Kb.
#562265
Bog'liq
MILLIY ISTIQLOL MAFKURASINING ASOSIY


MILLIY ISTIQLOL MAFKURASINING ASOSIY
TAMOYILLARI
G‘oya va mafkuralar muayyan xalq va jamiyat hayotidagi o‘ziga
xos o‘rni hamda ahamiyati bilan farqlanadi. Bu farq uning milliylik,
xalqparvarlik, bunyodkorlik kabi xususiyatlari bilan belgilanadi.
Bizning g‘oyamiz milliy istiqlol g‘oyasi bo‘lib, u xalqaro huquq
qoidalariga, umuminsoniy qadriyatlarga, davlatimiz
Konstitutsiyasiga, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizga, vijdon
erkinligi, insonparvarlik, fikrlar rang-barangligi kabi demokratik
tamoyillarga mos keladi.
Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy
tamoyillari deb, uning shakllanish
xususiyatlari va amal qilish usullarining imkoniyatlari va yo‘llarini
Buni yodda tuting:

7 8
Buni yodda tuting:


belgilab beradigan yo‘nalishlarga aytiladi. Bunday yo‘nalishlar
ko‘p va har biri keng qamrovlidir. Milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari
o‘zaro uzviy aloqador bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar
uyg‘unligi, qonun ustuvorligi kabi talablarni ham nazarda tutadi.
Qonunning ustuvorligi tamoyili milliy
istiqlol g‘oyasining huquqiy asosidir.
Mazkur tamoyilning huquqiy me’yorlari mamlakatimiz
Konstitutsiyasining 12-moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar,
mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech
qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin
emas».
Albatta, davlat jamiyat siyosiy tizimining o‘zagi, mamlakat
barqarorligi va izchil taraqqiyoti kafolati bo‘lgan siyosiy institutdir.
U siyosiy muassasa, ya’ni boshqaruvchi, uyushtiruvchi va safarbar
etuvchi tuzilmadir. O‘zbek modeli haqidagi mavzudan yaxshi
bilasizki, bizda davlat bosh islohotchi. U jamiyatda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik, milliy xavfsizlik, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat va
islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Biz milliy va umumbashariy
qadriyatlarga, xalqimizning boy merosiga, taraqqiy topgan davlatlar
tajribasiga tayangan holda insonparvar jamiyat barpo etmoqdamiz.
Bu borada olib borayotgan islohotlarimiz natijasida bugungi kunga
kelib mustabid tuzumdan xalos bo‘ldik.
Xalqimizda «Kengashli to‘y tarqamas» degan maqol bor.
Umumbashariy demokratik tamoyillarning hayotimizdan
mustahkam o‘rin olishi – milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha
va tamoyillarida aks etgan maqsad-muddaolarni amalga
oshirishimizga bog‘liq.
Inson huquqlari, erkinliklari va
hurfikrlilik tamoyili milliy istiqlol
g‘oyasining ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Konstitutsiyamiz va
qonunlarimizda fuqarolarimizning huquqlari va burchlari to‘liq
ifodasini topgan. Milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari ana shu huquqiy
asosga tayangan holda amalga oshiriladi. Bu esa demokratiya
mohiyatini teran anglab yetishni, hokimiyat organlari va fuqarolar
o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori saviyaga ko‘tarishni talab etadi.
Odamzod azaldan intilib kelgan umuminsoniy tamoyillardan
biri vijdon erkinligi bo‘lib, u «e’tiqod erkinligi» tushunchasidan
ko‘ra keng mazmunga ega. «E’tiqod erkinligi» insonning biror
Buni yodda tuting:

7 9
din yoki g‘oyaga e’tiqod qo‘yishda o‘z ixtiyori bilan ish tutishini


ifodalaydi. «Vijdon erkinligi» esa kishining biror dinga, g‘oyaga
e’tiqod qilishi yoki umuman e’tiqod qilmasligini ham anglatadi.
Insonning dinsiz yoki xudojo‘y bo‘lishi uni ayblash yoki maqtash
uchun asos bo‘lmaydi. Bu tamoyil kishining ishonch-e’tiqod
borasidagi erkinligi, jamiyat qonunlariga mos hayot kechirishini
bildiradi.
Milliy istiqlol g‘oyasining fikrlar rang-
barangligini qaror toptirish tamoyili –
demokratik jamiyat barpo etishning asosiy shartidir. Ushbu
tamoyil odamlarning xilma-xil fikrlari, rang-barang qarashlari
umumiy maqsad asosida uyg‘unlashuvini ifodalaydi. Aynan shu
uyg‘unlik milliy istiqlol g‘oyasini amaldagi kuchga aylantiradi.
Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillaridan yana biri – mil-
liy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligidir. Odamlarning buyuk
kelajak yaratish jarayonidagi ishonchini mustahkamlashda, fuqaro-
larning siyosiy madaniyatini o‘stirishda, ularning taraqqiyot muam-
molarini to‘g‘ri anglashlarida bu tamoyil muhim g‘oyaviy yo‘nalish
bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy qadriyatlarga sodiqlik – istiqlol
g‘oyasining tayanchidir. Bu tamoyil
O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z milliy qadriyatlarini asrab-
avaylab, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘liq imkoniyatlar
yaratilishini bildiradi. Vatanimizda istiqomat qilayotgan barcha
millat va elat vakillari o‘z ona tilini, madaniyatini, urf-odatlarini
asrash va rivojlantirish imkoniyatiga ega. Tarixiy meros va madaniy
boyliklarni, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o‘rganish
mazkur tamoyilning asosiy jihatlaridir.
Milliy istiqlol g‘oyasi, shubhasiz, shaxsning e’tiqodi va insonning
ma’naviy olami bilan bog‘liq. Bu g‘oyani amalga oshirish, avvalo, har
tomonlama bilimli, ma’naviy, jismoniy va aqliy yetuk insonlarni voyaga
yetkazishga bog‘liq. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, erkin
fuqaro ma’naviyatini shakllantirish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi.
Shaxsning mafkuraviy jarayonlardagi faol ishtiroki milliy istiqlol
g‘oyasi tushuncha va tamoyillarini odamlar qalbi va ongiga
singdirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki, faol, intiluvchan shaxs
milliy istiqlol g‘oyasini yetkazuvchi vosita bo‘ladi. Shu tariqa milliy
g‘oya xalqni aniq maqsad-muddaolar sari yetaklaydigan yagona
bayroqqa aylanadi.
Buni yodda tuting:
Buni yodda tuting:

8 0
Istiqlol g‘oyasi tayanadigan milliy


asosdagi yana bir tamoyil xalqimizga xos
jamoaviylikdir. U jamiyatimizning muhim xususiyati, ijtimoiy
hamkorlik va hamjihatlik negizi hisoblanadi. Jamoaviylik, ayniqsa,
mahalla faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Milliy istiqlol g‘oyasini odamlar qalbi va ongiga singdirish, avvalo,
oiladan boshlanadi. Milliy g‘oya bu yerda bobolar o‘giti, otaning
shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali avloddan avlodga, insondan
insonga o‘tadi, yosh avlod ongi va shuurida muhrlanib boradi.
Shu bois g‘oyaviy-tarbiyaviy jihatdan sog‘lom oila negizidagi jamiyat
va davlat mustahkam bo‘ladi. Bunday oilalarda komil insonlar
voyaga yetadi, ularning e’tiqodi va dunyoqarashiga milliy istiqlol
g‘oyasi asos bo‘ladi.
«Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli
sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat
yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar
ko‘pdir. Fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari -
mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston xotin-qizlar
qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg‘armalari,
«Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi
va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin.
Mamlakatning
mustaqilligi, hududiy
yaxlitligi, sarhadlar daxlsizligi
Yurtning tinchligi, davlatning
harbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy,
ekologik, informatsion
tahdidlardan muhofaza etilishi
Download 15,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish