Javoblar:
1. Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlarini aniqlang.
Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlanishi. O‘zbekiston jamiyati
hayotining g‘oyaviy mafkuraviy asoslari va uning konstitutsion prinsiplari.
Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlanishi haqida so‘z
yuritishdan avval mafkura tushunchasining mohiyati, tasnifi, shakllari haqida
to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
“Mafkura” arabcha so‘z bo‘lib, fikr yuritish, tafakkur, e’tiqod va maslaklar
tizimi degan ma’nolarni anglatadi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq, jamiyat, davlat
ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy
tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari
tizimidir.
Har qanday mafkura quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: 1) muayyan g‘oyaga
ishontirish; 2) uyushtirish; 3) safarbar etish; 4) ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish; 5)
g‘oyaviy tarbiyalash; 6) g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 7) harakat dasturi
bo‘lish. Mafkuraning mo‘ljal, xulq-atvor, emtsiya kabi elementlari mavjud.
Davlat va jamiyat mafkurasi tushunchalarini bir-biridan farqlanadi.
O‘zbekistonda biror mafkuraning, hattoki milliy istiqlol mafkurasining ham
davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekistonda milliy mafkuraning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Bu nazariy
asos bugundayoq o‘z mahsulini bermoqda. Shuningdek, uni xalqqa yetkazish uchun
jamiyatning ilg‘or fikrli kishilar shoirlar, yozuvchilar, siyosatshunoslar, faylasuflar
mahkam bel bog‘lab ishga kirishdilar. Umuman olganda tarix, falsafa, siyosat,
adabiyot va boshqalar bu mafkurani xalqqa to‘g‘ri yetkaza bilmoqlari lozim.
Mafkuraning nazariy asoslari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan. Mafkurani xalqqa yetkazishda uning asarlari
metodologik vazifani bajarmog‘i lozim. Jumladan, davlat va jamoat arbobi Islom
Karimov mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida: “Mafkura har qanday
jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini
yo‘qotish muqarrar. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi
va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini
ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat
qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishiga qodir
g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman. Shu o‘rinda noto‘g‘ri fikrga o‘rin
qoldirmaslik kerak.