Reja: 1. Mehnat taqsimoti
_____________________
Mehnat taqsimoti
Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h.k. ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarish da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qoʻyadi. 21-asr boshlarvda Mehnat taqsimoti tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud boʻldi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. Jamiyat taraqqiyotida Mehnat taqsimoti 3 yoʻnalishda boradi
Umumiy Mehnat taqsimoti — yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, yirik sohalarni tashkil etishi. Bunda mehnatning moddiy va nomoddiy, agrar, industrial va servis sohasidagi turlari paydo boʻladi; X u susiy Mehnat taqsimoti — yirik sohalar ichidagi Mehnat taqsimoti — muayyan sohadagi mehnat ixtisoslashadi, mehnat turlari koʻpayadi. Agrar mehnat dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik mehnati turlariga ajraladi. Sanoatdagi mehnat undirma va ishlama, ogʻir va yengil sanoatdagi mehnat turlariga ajraladi. Qisman Mehnat taqsimoti — korxona doirasida boʻladigan mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Bunda mehnat mahsulot yaratish uchun kerak boʻlgan ayrim qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashgan turlarga ajraladi. Milliy iqtisodiyotda hududlar yoki mintaqalar boʻyicha mehnat ixtisoslashadi. Mehnat kooperatsiyasi mehnatni tashkil etish shakli; moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonida ayrim xodimlar yoki jamoalarning yagona mehnat jarayonida hamkorliqda ishtirok etishiga asoslanadi. Xodimlarning asosiy qismi bu jarayonning turli operatsiyalarini bajaradi. Mehnat kooperatsiyasining taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga bogʻliq. Mehnat kooperatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchlaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajada taʼminlash maqsadida tashkil etiladi. Mehnat kooperatsiyasini 2 asosiy xilga boʻlish mumkin: oddiy kooperatsiya (mehnat jarayonida hamma xodimlar bir turdagi ishni bajaradilar), murakkab kooperatsiya (mehnat taqsimotiga asoslangan kooperatsiya). Mehnat vazi-falarini chegaralab, ularni muayyan xodimlarga (xodimlar guruhiga) biriktirib qoʻyish, ularning oʻzaro mu-nosabatlari sohasini bevosita oldindan belgilab beradi. Shu sababli keng maʼnoda mehnat taqsimoti tushunchasi undan ajralmas boʻlgan kooperatsiya tu-shunchasini ham tavsiflaydi. Oddiy Mehnat kooperatsiyasi mehnat taqsimoti rivojlanmagan davrda muhim rol oʻynadi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |