Mavzu;Fonetik-fonologiya



Download 37,14 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi37,14 Kb.
#305876
Bog'liq
Fonetik-fonolog


Mavzu;Fonetik-fonologiya

Fonetika  trilshunoslikning  bir  bo‘limi  bo‘lib,  unda  nutq  tovushlari,  ularning  hosil  bo‘lishi,  turlari, o‘zgarishi, so‘z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg‘u, intonatsiya(ohang)   nutqning fonetik bo‘linishi, kabi masalalar o‘rganiladi.  Fonetika tovushlarni nutq oqimida o‘rganadi.Tovush oqimi tovushlarning uzluksiz chiziqli izchilligidir.Tovush nutq oqimining ma’noga ega bo‘lmagan eng kichik birligi sanaladi. Tovush ma’no ifodalamasa ham leksema, morfema kabi ma’noli til birliklarini shakllantiradi, ular uchun  moddiy baza sanaladi; leksema, morfema kabi ma’noli til birliklari tovushlardan tuziladi. Masalan, o‘zbek tilida  kitobi  leksemashakli tarkibidagi kitob  tovushlari vositasida, morfemasi tovushi vositasida shakllangan.   

Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o’rganadi. Fikr almashish uchun foydalaniladigan so’zlar va gaplar, albatta, tovush lar tizimida o’z ifodasini topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o’rganish mumkin, chunki nutq tovushlari o’z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko’ra murakkab hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko’ra tabiatda paydo bo’ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini o’rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson foydolanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o’laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun, tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o’rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan ham o’rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o’z holicha mavjud bo’lmaydi. Ular so’zlarni yasashda va fikr almashish vositasini ta’minlab berishda muhim rol o’ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik xususiyatlarini fonetika fani o’rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya o’rganadi. Fonetikaning bir necha ko’rinishlari bor: nazariy fonetikaamaliy fonetika, segmental, supergmental fonetika va fonologiya.

Fonetikaning to’rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya alohida fan sifatida qaraladi.

Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo’lgan morfologiya va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog’liqdir. Nutq fonetik jihatdan fraza, takt, bo’g’in va nutq tovushlariga ajraladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo’lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o’ziga xos ohangga ega bo’ladi. Frazalar taktdan tashkil topgan bo’ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona urg’u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo’g’inning yig’indisiga takt deyiladi. Frazada nechta urg’u bo’lsa shuncha takt bo’ladi.

Takt bo’g’inlardan tashkil topadi. Bo’g’in bir yoki bir nechta tovushdan tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo’g’in ta’rifiga aloqador bir qancha nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bo’g’in nazariyasi va fonetik bo’g’in nazariyasi keng tarqalgan. Tovushlar fonetika birligi sifatida o’rganilganda “nutq tovushlari” yoki “fonlar” deb yuritiladi. “Fon” hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan atama bo’lib, nutqning eng kichik, ma’no anglatmaydigan birligidir.

Nutq tovushlarining o’rganilishidagi aspektlardan biri fonologiya deb yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o’rganadi. Fonologiyaning o’rganish manbai fonemadir. Fonema so’z, so’z shakllari va morfemalarni tashkil etuvchi, ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan til birligidir. Masalan, tup-tub; quy-qo’y; sut-sud so’zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq qiluvchi so’zlar kvaziomonimlar deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga nisbatan ma’lum ko’lamda bo’ladi. Fonemalarning bog’lanishi, o’zaro munosabati fonologik tizimni tashkil etadi.



Fonetika –  tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bo‘limi. 
Fonologiya – tovushlarning so`z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadigan bo‘lim. 
Tovush - nutq a'zolari yordamida hosil qilinadigan eng kichik, bo‘linmaydigan nutq birligi 
Fonema – so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi. 
Fonetik akustika - nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan soha. 
Nutq a’zolari  - nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashadigan inson a’zolari. 
Artikulyatsiya - nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati. 
Unli  tovushlar    o‘pkadan  chiqadigan  havo  to‘lqining  hech  qanday  to‘siqqa  uchramasdan  chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushlar. 

Undosh  tovushlar    o‘pkadan  chiqadigan  havo  to‘lqining  turli   to‘sqlar  uchrashi  natijasida  hosil bo‘ladigan tovushlar. 



Qo`sh tovushlar  - so‘zning turli qismlarida yonma-yon keladigan bir xil tovushlar. 
Fraza – ikkita cho‘ziq pauza orasidagi nutqiy bo‘lak. 
Takt  - ikkita qisqa pauza orasidagi nutqiy bo‘lak. 
Fonetik so`z  o‘z mustaqil urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir  umumiy urg‘u ga ega bo‘lgan birdan ortiq so‘z. 

Bo`g`in  o‘pkadan chiqadigan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan bir tovush yoki tovushlar yig‘indisi. 

Urg`u  - so‘z tarkibidagi bir unli tovushning yoki gap tarkibidagi bir so‘zning kuchliroq talaffuzi. 
Download 37,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish