Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi. Yadrocha.
Xramosoma, tuzilishi va tarkibi.
REJA:
1. Hujayra yadrosining tuzilishi.
2. Yadro membranasining tuzilishi va tarkibi.
3. Yadroning hujayrada tutgan o„rni.
4. Yadrochaning tuzilishi va vazifasi.
5.
Xromasoma tuzilishi.
Tayanch so‘zlar: Eukariot, prokariot, zigota, yadro po„sti, kariolemma,
nukleolemma, ergastoplazma, Ultratsentrifuga, nukleol, RNK, DNK, nukleonema,
xromatin, xromanema, sentromera, telomer.
Eukariotik hujayralarning eng muhim xususiyati sitoplazmadan membrana
orqali ajralib turadigan
yadroning bo„lishidir. Bo„yalmagan tirik hujayralarda
yadro bir jinsli pufakchadek ko„rinadi. Ba‟zan yirik yoki mayda donachali
strukturalar bo„ladi. Hamma hollarda ham o„zining yorug„lik sindirish ko„rsatkichi
bilan farqlanadigan yadrocha aniq ajralib turadi. Hujayra nazariyasining
mualliflaridan Shleyden va Shvanlar hujayraning o„sishi va rivojlanishida
markaziy rolni yadro o„ynashligini taxmin qilgan edilar. Ular, bu rol nimadan
iborat va u qanday namoyon bo„lishi haqida aniq tasavvurga ega bo„lmagan
bo„lsada, ularning taxminlari keyinchalik to„liq tasdiqlandi.
Yadroning eng muhim ahamiyati shundaki, bu hujayra, to„qima, organ va butun
organizm uchun zarur bo„lgan barcha axborotni o„zida tutadi, tinimsiz boradigan
barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni boshqarib turadi.
Yadroning tuzilishi.
A-o„simlik,B-oshqozon osti bezi hujayralari yadrosining elektron mikroskopik
tuzilishi. 1-yadro, 2-yadrocha, 3-yadro qobig„i, 4-pora, 5-xromatin,6-mitoxndriya,
7-xloroplast, 8-Golji apparati, 9-endoplazmatik to„r,10-hujayra qobig„i, 11-
vakuola, 12-tonoplast
.
Bakteriyalar va ba‟zi ko„k yashil suv o„tlari shakllangan yadroga ega emas;
ularning yadrolari yadrochasiz va sitoplazmadan aniq ko„rinadigan yadro
membranasi bilan ajralib turmaydi. Lekin yadroning asosiy komponenti irsiy
axborotni olib yuruvchi xromosomalar hamma hujayralarda bo„ladi. Bunday
hujayralarni prokariotlar deyiladi. Ularning yadro zonasi ham eukariotlarniki kabi
rolni bajaradi. Yuksak o„simliklarning to„rsimon naylari hujayralari, eritrotsitlar
hayotining ko„p davrida yadroga ega bo„lmaydi, ammo ular ham ixtisoslashmagan
vaqtda yadroli bo„ladi. Yadroning soni turli hujayralarda turlicha, bir yadroli
hujayralar tipik hisoblanadi. Ammo, ko„p yadroli hujayralar ham uchraydi. Ba‟zan,
bu bir necha hujayralarning qo„shilib ketishidan yuzaga keladi. Masalan,
ko„ndalang chiziqli muskullarda, yuksak o„simliklarning sut tomirlarida yadroning
soni ko„p, suv o„tlaridan vasheriya hujayralarida hattoki, bir necha yuzta bo„lishi
mumkin.