Mavzu: Ta’lim-tarbiya jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish



Download 24,76 Kb.
bet1/4
Sana26.04.2022
Hajmi24,76 Kb.
#583791
  1   2   3   4
Bog'liq
dilnoz


Mavzu:Ta’lim-tarbiya jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish
Reja:
1. Dunyoqarash tushunchasi haqida
2. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning
tarkibiy qismlari
3. Ta’lim tarbiya – o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


1.Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘rni, mohiyati, hayotiy yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek, dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qiliish» kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash tushunchasi mafkura tushunchasi bilan aloqador. Mafkura bizning nazarimizda mehnatsevarlikka, milliy ong, milliy g‘oya, milliy g‘ururni tarbiyalashga, o‘zni-o‘zi anglashga, millatimiz bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘liga qanday yondashishimizni bilishga, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, rasm-rusmlarimizni qayta tiklashga va yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bizning milliy istiqlol mafkuramiz davlat mustaqilligini mustahkamlashda, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda aniq maqsad va yo‘nalishlarga tayanadi. Uning yordamida xalqimiz inson huquqini himoya qiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptiradi, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida o‘zida kuch topadi. Eng muhimi istiqlol mafkuramiz, milliy g‘oyamiz insonni halol va pok hayot kechirish, beva-bechoralar, qarovsiz qolgan bolalarga nisbatan diqqat va e’tiborda bo‘lishkabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga asoslanadi.
Dunyoqarash insoniyatni o‘tmish merosi, hozirgi hayot va bundagi Sharoitlar, tizimlarning anglab olinganligi, qadriyatdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzi, hayoti, axloq-odobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig‘indisidir.
Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.

Download 24,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish