Mavzu: Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllari Reja



Download 73,5 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2022
Hajmi73,5 Kb.
#430247
  1   2   3
Bog'liq
Abdumamatov Abdulhay.KSTI.


18-47- guruh talabasi Abdumamatov Abdulhay
Mavzu:Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllari
Reja:
1.Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllarini guruhlari.
2. Sinfdan tashqari ishlarni „birgalikda“ prinsipi bo‘yicha tashkil etishning samarali shakli
3. Sinf tarbiyaviy mashg‘ulotini tayyorlash.
Sinfdan tashqari ommaviy ish shakllari pedagogga har bir bolaga jamoa orqali ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Ular bolalarda boshqalarni tushunish malakalarining rivojlanishiga, jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilishga, tengdoshlari va kattalar bilan hamkorlik qilishga yordam beradi.Sinfdan tashqari ommaviy ishlarning bu shaklini ikkita katta guruhga ajratish mumkinki, bu guruhlar bolalarning faoliyati xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Birinchi guruh — frontal shakllar. Bolalarning faoliyati „yaqin“, „yonma-yon“ prinsipiga ko‘ra tashkil etiladi, ya’ni ular birgalikda harakat qiladilar, har bir bola aynan bir xil ishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Pedagog ham har bir bolaga bir vaqtda ta’sir ko‘rsatadi. Teskari aloqa cheklangan bolalar bilan amalga oshiriladi. Sinfda olib boriladigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarning ko‘pchiligi „yonma-yon“ prinsipi asosida tashkil etiladi.
Bolalarning sinfdan tashqari faoliyatini tashkil etish shakllarining ikkinchi guruhi „birgalikda“ prinsipi bilan ajralib turadi. Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o‘z rolini bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi. Hamma bajarayotgan ishning muvaffaqiyati har bir ishtirokchining harakatiga bog‘liq. Ish bunday tashkil etilganda bolalar bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladilar. Bunday faoliyat turi jamoaviy ish nomini oldi, bu xildagi tarbiyaviy ishlar esa jamoaviv tarbiya ishi deb ataldi. Pedagog har bir bolaga alohida ta’sir etmaydi, balki bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi teskari aloqaning yaxshi bo‘lishiga imkon beradi. Bolalarning juft-juft bo‘lib, kichik guruhlarda, sinfda faoliyat ko‘rsatishi „birgalikda“ prinsipi bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Har bir yo‘nalishning o‘z afzalliklari va cheklovlari mavjud. Birinchi guruh pedagog uchun tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi, ammo unda jamoaviy o‘zaro hamkorlik malakalari unchalik shakllanmaydi. Ikkinchi guruhning bolalarda hamkorlik qilish, bir-biriga yordam ko‘rsatish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish malakalarini rivojlantirishda tengi yo‘q. Biroq kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqalarda teng huquqlilikni ko‘rmaydilar, kelishib olish, odamlarga aralashishni unchalik bilmaydilar) ishning jamoaviy shakllarini tashkil etish pedagogdan ko‘p vaqt sarflashni, muayyan tashkilotchilik malakalarini talab etadi. Uning pedagog uchun murakkabligi ham ana shundadir. Ikkala yo‘nalish o‘zaro bog‘langan va bir-birini to‘ldiradi, shu sababli quyida biz har bir yondashuv imkoniyatlarini aniq bir forma (shakl) misolida qarab chiqamiz. Sinfdan tashqari ishlarni „birgalikda“ prinsipi bo‘yicha tashkil etishning samarali shakli jamoaviy ijodiy ishdirki, uning texnologiyasi o‘zbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori R. A. Mavlonova tomonidan ishlab chiqilgan. Jamoaviy ijodiy ish texnologiyasi demokratik maktab sharoitida ayniqsa dolzarbdir, chunki u gumanistik negizga — o‘quvchilarning kichik guruhlardagi hamkorligi asosiga qurilgan. U to‘rtta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda bolalar oldiga umumiy maqsad qo‘yiladi. Bu maqsadga erishish uchun ular guruhlarga (3 dan 7—9 kishigacha) bo‘linadi. Har bir guruh o‘z variantini, bu maqsadga erishish loyihasini taklif etadi. Bu bosqichda faoliyatning umumiy maqsadi asosida bolalarning birlashuvi ro‘y beradi va har bir bolada bu faoliyatni asoslash uchun sharoitlar yaratiladi.
Ikkinchi bosqichda taklif qilingan barcha variantlarni muhokama qilish davomida bittasi tanlanadi yoki yig‘ma variant yaratiladi. Shundan so‘ng har bir guruh vakillaridan ishchi kengashi saylanadi. Bu jamoaviy boshqaruv organi bo‘lib, ishning barcha ishtirokchilari o‘rtasida vazifalarni, bajariladigan ishlarni taqsimlaydi. Bolalar boshqalarning nuqtayi nazarini tushunish, kelishib olishga o‘rganadilar.
Uchinchi bosqichda ishchi kengashi tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi, guruhlar o‘rtasida topshiriqlarni taqsimlaydi, zarur yordam ko‘rsatish maqsadida ularning ishini tekshirib boradi. Har bir guruh umumiy loyihani amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Bunda boshqalarning muvaffaqiyati bir guruhning ishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun guruhlarning ishi ular o‘rtasidagi raqobatga emas, balki hamkorlik asosiga quriladi. Bu bosqichda bolalar jamoa bo‘lib faoliyat yuritish tajribasini egallaydilar, bir-birini tushunish, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, yordam ko‘rsatishga o‘rganadilar, turli xil amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradilar yoki kashf etadilar.
To‘rtinchi bosqichda o‘tkazilgan ish muvaffaqiyat va kamchiliklar nuqtayi nazaridan muhokama qilinadi. Har bir guruh o‘zining xatti-harakatini tahlil qiladi, kelgusi ishga doir takliflar aytadi. Mazkur bosqich bolalarda o‘zining va boshqalarning ishlarini tahlil qilish, ularga o‘zgartirishlar kiritish malakalari shakllanishiga yordam beradi. Bolalarda, shuningdek, obyektiv ravishda o‘ziga o‘zi baho berish hissi rivojlanadi, chunki bunday muhokamalarda hech qachon bolalarning shaxsiy fazilatlariga daxldor gaplar aytilmaydi. Jamoaviy ijodiy ishlar bolalarga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning shaxsiy tajribasini boyitadi, muomala doirasini kengaytiradi. K II texnologiyasini muntazam ravishda qo‘llashda har bir bola turli guruhlarda ishtirok etish va turli rollarni (tashkilotchi va ijrochi rolini) bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. K II texnologiyasi bilan sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi o‘rtasida ba’zi bir o‘xshashliklar bor: unda ham, bunda ham modellashtirish, ishlarni amaliy ravishda bajarish va tahlil qilish mavjud. Shu sababli, agar pedagog o‘zini tarbiyaviy ishlarni mazkur algoritm asosida tashkil etishga o‘rgatsa, uning bolalarni K II ga jalb etishi oson bo‘ladi.

Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish